2
MAJBURIY BLOK
Ona tili
1.
Yoshlarning halol va haromni farqlab olishlari, shubhasiz,
jinoyatchilar olamining kamayishiga olib keladi.
Ushbu gapda ostiga chizilgan so`zning tasviriy ifodasi qaysi
qatorda to`g`ri berilgan?
A) yomonliklar kaliti
B) jamiyatga tushgan qurtlar
C) taraqqiyot kushandasi D) oq ajal
2.
O`zaro zid ma`noli so`zlar juftligini aniqlang.
A) moziy – o`tmish
B) uquvsiz – noshud
C) mushkul – dushvor
D) boy – kambag`al
3.
Qaysi qatordagi otlashgan so’z sifat bilan ifodalangan?
A) Yugurgannikimas – buyurganniki.
B) Tarbiyali bola ota-onasini uyatga qo’ymaydi.
C) Ustimizdan yozganlar endi nima qilarkan?
D) Ilg`orlarga mukofotlar topshirildi.
4.
ot+ot
shaklidagi so’z berilgan qatorni toping?
A) otboqar
B) achchiqtosh
C) karnaygul
D) oqqush
5.
Qaysi qatorda shaxs oti qatnashgan?
A) Olimtoy yana eski ishini boshladi.
B) Toshkent va Samarqandda bo’lgan Alisher oshib-toshib
gapirar edi.
C) Yigit va qiz bu haqida bilishmas edi.
D) Qorovultog’dan hamma narsa kichik ko’rinadi.
6.
Shom sari yurish oldidan Qorabog‘da chodir tikib uzoq turib
qoldik. Harb-u zarb mashqlarini puxtalamoq uchun qo‘shin
ichinda bo‘lib, ochiq havoda tunadik. Ko‘p vaqt o‘tkazib, safar
oldidan chodirga qaytsak, ajib manzaraning guvohi bo‘ldik.
Ajratib ko`rsatilgan so`zning eskirgan (arxaik) shakli qaysi
qatorda berilgan?
A) sipoh B) raiyat C) cherik D) dorug`a
7.
Qaysi javobda shaxsi (egasi) ma`lum gap berilgan?
A) Qachongacha faqat o`z nafsingni o`ylab yashaysan, uka.
B) Boshingga qilich kelsa ham, to`g`ri gapir.
C) Ilm hayo bilan kibr orasida yo`q bo`lib ketadi.
D) Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi.
8.
Faqat tobe qismi yasama so`z bilan ifodalangan otli so`z
birikmalarini aniqlang.
A) quvonchli xabar, baxtli bolalik
B) befoyda mashg`ulot, behuda urinmoq
C) donishmand ustoz, o`zlikni anglamoq
D) sarflangan vaqt, diyonatli inson
9.
Qaysi javobda egalik qo`shimchasi qo`shilganda fonetik
hodisaga uchraydigan yasama so`zlar berilgan?
A) suvoq, tarqoq, o`rik B) titroq, yaltiroq, sherik
C) elak, chirik, qovoq D) istak, to`shak, yamoq
10.
Qaysi javobda miqdor sonning bir ma`noviy turiga mansub
so`zlar qatori berilgan?
A) beshdan ikki, chorak, yarim
B) sakkiz, uchalasi, qirqta
C) yuzlab, mingtacha, to`qqiz
D) beshtadan, yettita, minglab
11.
Qaysi javobda paronim bilan bog`liq xatolik bor?
A) Qal`a mustahkam, beklar sadoqatli, shuning uchun
dushmanga aslo bo`yin egmaymiz.
B) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak.
C) Konstitutsiya 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
D) Do`stim ko`proq ilmiy ish bilan shug`ullanishni afzal
ko`radi.
12.
Qaysi javobda imloviy xatolik kuzatiladi?
A) Mehnatsevarlik bizni porloq kelajak sari olib boradi.
B) Ona tabiat insonga turli-tuman ne`matlarni in`om etib, unga
hayot bag`ishlab turadi.
C) Allanarsa eshikga gup etib urilganday bo`ldi.
D) Men suygan suyukli shunchalar go`zal,
Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!
13.
Faqat yopiq bo’g’indan iborat sodda yasama so’zni toping.
A) bolalarga
B) fidoyi C) vatanparvar D) vijdonsiz
14.
Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq
mos keladigan gapni aniqlang.
………… _ _ _ _ _ _ ………… ========
A) Rost so‘zlaganlarni men yaxshi ko‘raman.
B) Ilg‘or ishchilarni har doim qo‘llab-quvvatlashadi.
C) Bugun do‘stimni teatrda ko‘rib qoldim.
D) Yolg‘on gapirishdan hazar qiling.
15.
Ergash bu xabarni eshitib dami chiqmadi.
Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan iboraning ma`nosi qaysi
qatorda to`g`ri berilgan?
A) bir so`z ham ayta olmay qoldi.
B) qo`rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo`lib qoldi.
C) hech narsa demadi, indamadi.
D) oshkor bo`lishdan qo`rqib gapirmadi.