Ona tili va o’qish savodxonligi 2-“A”sinf Mavzu: “Qishda uxlaydigan hayvonlar”



Download 1,1 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#787440
Bog'liq
Ona tili va o\'QISH SAVODXONLIGI QISHDA UXLAYDIGAN HAYVONLAR 2



Ona tili va o’qish savodxonligi
2-“A”sinf
Mavzu: “Qishda uxlaydigan hayvonlar”
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarga yovvoyi hayvonlar, ularning yashash sharoiti, tabiatdagi o’rni va turlari haqida ma’lumotlar berish. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini tushuntirish. O’quvchilar nutqini o’stirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarni tabiatga befarq bo’lmaslikka, tabiatni asrab – avaylashga o’rgatish. Atrofidagi barcha narsalardan zavqlanishga o’rgatish. Hayvonlar bilan muomalada ehtiyotkorlikka rioya qilishni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarni tabiat haqidagi tasavvurlarini oshirish, dunyoqarashini yanada kengaytirish. Og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi:
Darslik, yovvoyi hayvonlar tushirilgan rangli rasmlar, tarqatma materiallar va slaydlar. “Qo’ng’ir ayiq” audiomatni.
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
Suhbatlashish, savol-javob, “Aqliy hujum”, “Bu kimniki” interfaol metodlari.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) Davomatni aniqlash;
c) Ko’rgazmalarni darsga tayyorlash;
d) O’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Do’stona kelishuv”
Intizom
• O’zaro hurmat
• Faollik
Aniqlik
• O’ng qo’l qoidasi
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi savollarni beriladi.
Hozir qanday dars o’tyapmiz?

O’quvchilar o’tilgan mavzular haqida ma’lumotlar beradilar. Bu bilan avvalgi o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.yovvoyi hayvon
Bolajonlar bugun sizlar bilan qishda uxlaydigan yovvoyi hayvonlar haqida suhbatlashamiz hamda o’rganamiz.
Yovvoyi hayvonlar 2 guruhga bo’linadi.
1. Yirtqich hayvonlar.
2. O’txo’r hayvonlar
Yirtqich hayvonlar o’zidan kuchsiz bo’lgan hayvonlar bilan oziqlanadi. Ular go’shtxo’r hayvonlar deb ham ataladi. Bunday hayvonlarga arslon, yo’lbars, ayiq va bo’ri kabilar kiradi.
Arslon eng kuchli yirtqich hayvonlardan biridir. Uni sher deb ham atashadi. Arslonlar o’t va butalar bilan qoplangan issiq o’lkalarda hayot kechirishadi. Kiyik, zebra kabi yirik o’txo’r hayvonlarni ovlab yeydi.
Erkak arslon boshi va bo’ynini qoplab olgan yoli bilan urg’ochisidan farq qiladi. Urg’ochi arslon 2 tadan 5 tagacha bolalaydi. Bolalari 6 oygacha emadi, onasi bilan 2 yilgacha birga yashaydi.
Yo’lbars arslondan farqli ravishda ko’p vaqt yakka o’zi hayot kechiradi. Yo’lbarslar, asosan o’rmon va butazorlarda, tog’ yonyonbag’irlarida yashaydi. Ular yirik o’txo’r hayonlarni ovlab yaydi. Yo’lbars faqat qisqa masofaga tez yugura oladi. Shuning uchun u o’ljasini poylab yotib, to’satdan hujum qiladi. Urg’ochi yo’lbars 2 tadan 6 tagacha bolalaydi. Bolalarini 2 oygacha sut bilan boqadi. Bolalari 2-3 yoshgacha onasi bilan yashaydi.
Ayiqlarning oq ayiq, qo’ng’ir ayiq, qora ayiq kabi turlari mavjud. Oq ayiq shimoliy qutbiy o’lkalarda yashaydi. Uning tanasi 2 metrdan ham uzun, og’irligi esa 1000 kilogrammgacha bo’ladi. Oq ayiq, asosan, baliq, tulen kabi suv hayvonlari bilan oziqlanadi.
Qo’ng’ir ayiq tog’lar va o’rmonlarda yashaydi. O’simliklarning bargi, mevasi ildizi, baliq kabilar bilan oziqlanadi. Asalni xush ko’radi. Daraxt kovaklaridagi asalari inidan asalni topib yeydi. Ayrim paytlarda bug’u va kiyik kabi yirik o’txo’r hayvonlarni tutib oziqlanadi.
Bo’ri tog’lar, o’rmon, adir va cho’llarda hayot kechiradi. Bo’ri kechalari ovga chiqib, uchragan turli o’txo’r hayvonlarni ovlaydi. Bo’rilar gala bo’lib o’ljasiga hujum qiladi. Galada 20 tagacha bo’ri bo’lib, ulardan eng kuchlisi galaga boshchilik qiladi. Har bir bo’rilar galasi boshqa galalarni o’z hududiga kiritmaydi.
Bo’ri 4 tadan 13tagacha bolalaydi. Bolalari 35-45 kun onasini emadi. Ovqatni erkagi keltirib beradi. 2 yoshga yetgan bo’ri bolalari galalarga qo’shilib, mustaqil hayot kechiradi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi.
Rasmda qaysi hayvonlarni ko‘ryapsiz? Ularga ta’rif bering.
2 .Qaysi hayvonlar qishda uxlaydi?
3 .Nima deb o‘ylaysiz, ular nega uyquga ketadi?
4. Qishda uxlamaydigan hayvonlar nimalar bilan oziqlanadi?
5 .Sizga qaysi hayvon ko‘proq yoqadi?
O’quvchilar javoblari tinglanib, to’ldirib boriladi va umumlashtiriladi.
V. Darsni yakunlash, o’quvchilarni rag’batlantirish.
Dars so’nggida mavzu xulosalanib, dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiriladi va e’lon qilib qo’yiladi.
VI. Uyga vazifa.
O’quvchilarga darslikdagi berilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu so’nggida berilgan savollarga javob topish va mavzu yuzasidan rasm chizib kelish uyga vazifa sifatida beriladi.


Tasdiqlayman”
26-maktab direktori:
________________
____” __________ 2022-yil

Toshkent viloyat Xalq ta`lim boshqarmasi
Qibray tuman Xalq ta’limi bo'limi
26–umumiy o’rta ta`lim maktabi

2-sinf
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan dars ishlanma
Darsning mavzusi:
Qishda uxlaydigan hayvonlar

Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi:
SIDIKOVA FERUZA SHOKADIROVNA

“Shaxsiy kutubxona”
Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish