O`qituvchi: Azizova Sh. Talaba: Botirov N. Kasallik tarixi Toshkent 2021 Pasport qism. Bemorning F. I. Sh



Download 109,83 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi109,83 Kb.
#272836
Bog'liq
Endo Surunkali gangrenoz pulpit by Nurali B.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT
STOMATOLOGIYA INSTITUTI

FAKULTET
TERAPEVTIK STOMATOLOGIYA KAFEDRASI



TISH QATTIQ TO`QIMASINING PULPA KASALLIKLARI BO`YICHA KASALLIK TARIXINI HIMOYA QILISH

Tashxis: Surunkali gangrenoz pulpit
O`qituvchi: Azizova Sh.

Talaba: Botirov N.


Kasallik tarixi

Toshkent - 2021

Pasport qism.

Bemorning F.I.Sh.: Ahmedov Eldor Azimovich

Millati:O’zbek.

Yoshi:22

Jinsi: Erkak

Yashash manzili: Toshkent viloyati, Angren tumani, Sharof Rashidov ko’chasi 20

Kasbi: Talaba.

Subyektiv ma’lumotlar.

Vrachga murojaat qilgan vaqtdagi bemorning shikoyatlari: 47 tishda uzoq vaqt davom etuvchi simillovchi og’riqqa og’zidan qo’lansa hid kelishiga va sovuq havoga chiqqanda usha tishda og’riq boshlanishiga

Ushbu kasallikni rivojlanish tarixi( Anamnez ): bemorda shu tishida oldin o’tkir xurujsimon og’riqlar bo’lgan,lekin bemor shifokorga murojaat qilmasdan vaqtincha og’riq qoldiruvchi dorilar bilan og’rig’ini qoldirib yurgan.Bir oydan beri bemor og’zidan qo’lansa hid kela boshlagan va aynan 47 tishining rangi o’zgarib qorayib qolgan.

Boshidan kechirgan va yo’ldosh kasalliklari:OPV, Qizilcha, Gepatit B

Tuberkulez, sifilis, VICh infektsiya, ruxiy xastaliklar, irsiy kasalliklar, qandli diabet, xavfli o’sma, alkogolizm kabi kasalliklari yo`qligini aytdi.

Bemordan so’ralganda allergiyasi yo`qligini aytdi. Bemorning yashash tarzi qoniqarli, zararli odatlari yo`q. Ratsional ovqatlanadi.

Obyektiv tekshiruv.
1.Bemorning umumiy ahvoli:Noxushlik hissi, ahvoli qoniqarli

2.Og’iz bo’shlig’I shilliq qavati, milk, alveolyar o’siqlar, tanglay holati va prikus:Og’iz bo’shlig’ida ko’p tish karashlari, toshlari, davolashga va olishga muhtoj tishlari mavjud. Milk qizargan, oson qonaydi, Ortognatik prikus.

3.Tish bo’shlig’i karioz kovak bilan tutashgan.Zondlaganda og’risiz.chuqur zondlaganda og’riqli.vertikal perkussiya kam og’riqli gorizontal perkussiya og’riqsiz.



Dastlabki tashxis:surunkali gangrenoz pulpit.

Qo’shimcha tekshiruv usullari: rentgenografiya va EOD

Qiyosiy tashxis:surunkali fibroz pulpit va surunkali cho’qqi periodontit.

Etiopatogenez:

Bemorda tish bo’shlig’I bilan karioz kavak tutashganligi va aynan shu joydan pulpaga turli xil chirituvchi bakteriyalar tushushi natijasida surunkali gangrenoz pulpit rivojlangan.Ushbu bakteriyalar hayot faoliyati natijasida pulpa qora rangli badbo’y hidli massaga aylangan.Noxush hid kelishining sababi shu.

Yakuniy tashxis: surunkali gangrenoz pulpit.

Davolash rejasi:

1-qatnov:47 tish sol.articaini hydrochloride 4% bilan mandibulyar va infiltratsion og’riqsizlantirish o’tkazildi. Tish kavagi sharsimon bor bilan charxlandi va kengaytirib olindi.So’ng sol.H2O2 3% bilan medikamentoz ishlov berildi va karioz bo’shliq qurutildi.Tish bo’shlig’i ochildi va pulpa ekstraktor yordamida toj va ildiz pulpasi eksterpatsiya qilindi.So’ng ildiz kanallari 35 razmergacha kengaytirib oldindi va rentgen qilib ko’rildi hamma kanallar oxirigacha o’tilgan shundan so’ng kanallar sol.Natrii hydrochloride 5% bilan medikamentoz ishlov berildi.So’ng kanallar yaxshilab yuvib qurutilib bo’lgandan so’ng bitta shtiftli usul yordamida endofile va filler sifatida gutta-percha (№ 35) bilan plombalandi.Tish vaqtincha plomba ashyosi dentin pasta bilan yopildi.Bemorga 3kundan keyin kelishi aytilib kerakli tavsiyalar berildi.

2-qatnov:3 kundan so’ng 47 tishda hech qanaqa og’riqlar yo’qligi kuzatildi.Vaqtinchalik plomba olinib karioz kovakka yana medikamentoz ishlov berildi.Keyin ShIS bilan ajratuvchi taglik qo’ydik.Doimiy plomba ashyosi sifatida ximik qotuvchi Composite plomba ashyosi tanlandi va doimiy plomba bilan karioz bo’shliq to’ldirilib plombaga yakuniy ishlov berildi.

Kundalik:

Og’iz tozalik holatini saqlash, eleksirlar bilan chayish, gigienaga qatiy amal qilish.



Epikriz:

Tishdagi ogriq va og’izdagi badboy hid,tishning tabiiy rangi, tishning anatomic va funksional holati qayta tiklandi.



Xulosa:

Davolash samarali amalga oshirildi, bemorga og’iz bo’shlig’i gigienasiga rioya qilishi va har 6 oydan stomatolog ko’rigidan o’tish tavsiya etildi.



Adabiyotlar:Terapevtik stomatologiya M.F.Ziyoyeva

S.X. Yusupalixojayeva.



Stomatologiya” qo’llanma (2019) tibbiyot fanlari doktori, professor Sunnatulla Amrulloevich G’afforov umumiy tahriri ostida.
Download 109,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish