Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. Bugungi darsning mavzusi va maqsadi bilan o`quvchilarni tanishtirish. Frontal suhbat o`tkazish.
Yangi mavzu: Ona yurtimiz mavzusida suhbatlashish. Suhbat video yoki slaydlar namoyishi bilan amalga oshirilishi mumkin. Yoki bo`lmasa Vatanimizga bag`ish langan rasmlar ko`rsatish ham mumkin. Aniq va mavhum otlari,o`rin-joy otlari,ularning yasalishi va imlosi haqida ma’lumot berish. Bu jarayonda jadvaldan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Otlar aniq va mavhum bo‘ladi. Aniq otlar biz ko‘ra va seza oladigan narsa-buyumlarni bildiradi. Ular birlik va ko‘plik sonda keladi. Masalan: shahar — shaharlar,bino — binolar kabi. Mavhum otlar his-tuyg‘ular, shaxs-narsaga xos bеlgi nomlarini bildiradi. Masalan: vijdon, mеhr, ishonch, saxiylik kabi.
Mustahkamlash:2-topshiriqdagi savollar asosida suhbat o`tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |