Oqsillarni shakli bo`yicha ikki guruhga fibrillyar va globulyar guruhlarga bo`lish mumkin. Oqsillar, ularning tarkibiga kiruvchi aminokislotalar singari erkin karboksil va amin guruhlarini tutishi mumkin. Shuning uchun ham ular amfoter birikmalar hisoblanadi,ya`ni ular kislotalik va ishqoriy xossalarni namoyon qilishi mumkin. Masalan, oqsillar nordon muhitlarda ishqoriy sifatlarni namoyon qilsa, ishqoriy muhitda kislotalik xossalarini namoyon qiladi. Shuning uchun ham kislotalik muhitda oqsil molekulalari musbat zaryadga ega bo`lsa, ishqoriy muhitda uning teskarisi manfiy zaryadlangan bo`ladi. Agar biz oqsil eritmasi orqali elektr tokini yuborsak ishqoriy eritmada oqsil molekulalari anodga tomon, kislotalik eritmada esa katodga tomon harakatlanadi.
R – CH – COOH R – CH – COO– R – CH – COO– NH3+ NH3– NH2 Oqsillarning mana shu xususiyatidan ularni poliakrilamid gelida elektroforez usulida ajratishda foydalaniladi. Agarda reaksion muhitda manfiy va musbat zaryadlarning miqdori bir-biriga teng bo`lsa bu izoelektrik nuqta deyiladi. Oqsillar bunday holatda juda ham kam eruvchanlikga ega bo`lib eritmalarda yengil cho’kmaga tushadi.
Biokimyo
Oqsil molekulalarining turli qismlari har xil gidrofillik xususiyatlariga ega. Masalan karboksil (COOH) guruhi to`rt molekula suvni bog`lash xususiyatiga ega bo`lsa amin guruhi (NH2) bir molekula suvni bog`lash xossasiga ega. Mana shu holat tufayli oqsil molekulasi doimo suv molekulasi bilan o`ralgan bo`ladi va oqsilga yaqin suv molekulalari qatiy ravishda oqsil tomonga bo`rilgan bo`ladi, α sal nariroqda esa tartibsizroq bo`ladi. Oqsillarning suv qobig`i molekulaning turg`unligini belgilaydi. Oqsil molekulalariga suvning birikishiga yana bir sabab har bir suv molekulasining to`rtta qutbga ya`ni ikkita manfiy va ikkita musbat qutbga egaligidir.
Biokimyo.
Ayrim sharoitlarda masalan eritmalarda (sitoplazmada) oqsillar gel holatida bo`lishi mumkin. Bu hol erkin oqsil molekulalarining, o`rtasida suv molekulalarini tutgan to`rsimon holatga o`tishi bilan bog`liqdir. Mana tursimon holatning buzilishi va sitoplazmadagi oqsillarning kam yopishqoq holatga o`ishi oqsillarning suvlilanishi tufayli ro`y beradi va zol holati deyiladi. Mana shu sitoplazma holatining gel-zol va zol-gel holatlariga utishi o`simliklarning chidamliligida alohida ahamiyatga ega. Oqsil molekulalarining har-biri faqat ungagina xos inokislotalar ketma-ketligiga ega va bu holat DNK asosida sintezlanadigan mRNK molekulasining tuzilishi tufaylidir.Oqsilning tuzilishi haqidagi informatsiya mRNK molekulasida har biri bitta aminokislotani ifodalovchi kodonlarda joylashgandir. Har bir kodon uchta azotli asosdan (tripletdan) tuzilgan bo`lib ushbu azotli asoslar meflum bir ketma-ketlikda joylashgandir. Oqsillarning sintezlanishi translyatsiya jarayonida sitoplazmadagi mRNK asosida amalga oshadi. Translyatsiyaning mexanizmi transkriptsiyaga nisbatan anchagina murakkabdir. Masalan transkriptsiya jarayonining borishi uchun 15-20 xil oqsil molekulasi zarur bo`lsa translyatsiya jarayonining borishi uchun 50 xildan ko`proq maxsus oqsillar zarurdir.