O`quv – uslubiy majmua (3-kurs, 6-semestr)


TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH TEXNOLOGIYALARI



Download 4,72 Mb.
bet5/55
Sana22.07.2022
Hajmi4,72 Mb.
#837115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
УМК 6-сем

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH TEXNOLOGIYALARI


O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishganidan so‘ng ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonida asosiy bo‘g‘in hisoblangan umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida o‘quvchilarni hayotga tayyorlash va kasb tanlashga yo‘naltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning mazmuni, omillari hamda tamoyillari ularni o‘quv -tarbiya tizimidagi barcha yo‘nalishlar bilan uzviy bog‘lagan bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mehnatning integral jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ularga fan asoslarini o‘rgatish jarayonida mehnatsevarlikni tarbiyalash va politexnik ta’lim berish asosida texnologiya ta’limi va tarbiyasini, tajriba orttirish bilan bog‘liq ijodiy va ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini amalga oshirish tushuniladi. Ushbu jarayonlarda kasb-hunarga yo‘naltirish bilan mehnat tayyorgarligi orasida bog‘liqlik umumiy tarzda dialektik xarakterga ega bo‘lib, ular orasidagi yangi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi va tarkibiy qismlarga xos huquqiy asoslarni aks ettiradi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakat jarayonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular mehnat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar. Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha munosabati sharoitida mehnat ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘quvchilarning kasb-hunarga yo‘llash ishlarining maqsadli texnologiya ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat sub’ekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.
Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi. O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtai nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha ta’riflar berilgan.

  • Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.

  • Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.

  • Kasb – tiriklik va tirikchilik manbai.

O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmunini quyidagilardan iborat:

  1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi - I-bosqich

  2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1-4 sinflar) – II – bosqich

  3. O‘rta yoshdagi (5-7 sinflar) - III - bosqich

  4. Katta yoshdagi (8-9 sinflar) – IV - bosqich


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish