O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet30/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Qo’l panjasi barmoqlari
Qo’l panjasida yo’g’on va qisqa bosh barmoq (pollex), ko’rsatkich barmoq (index), eng uzun o’rta barmoq (digitus medius), nomsiz barmoq (digitus annularis) va jimjiloq (digitus minimus) tafovut qilinadi. Barmoq falangalari (phalanges digitorum) qisqa naysimon suyakdan iborat. II-V barmoqlarda uchta falanga: proksimal (phalanx proximalis), o’rta (phalanx media) va distal (phalanx distalis) bor. Bosh barmoqda esa ikki: proksimal va distal falangalar bor. Har bir falangada asosi (basis phalangis), tanasi (corpus phalangis) va boshi (caput phalangis) tafovut qilinadi. Proksimal falangalarning asosida kaft suyaklari bilan bo’g’im hosil qiluvchi chuqurcha bo’lsa, o’rta va distal falangalarda bo’g’im yuzasi bor. Distal falangalarning uchlari yassilashib g’adir-budirlik (tuberositas phalangis distalis) hosil qiladi.
Barmoq falangalari diafizida suyak nuqtasi homila hayotining 2 oyida distal, 3 oyning boshida proksimal, 3 oyning oxirida o’rta falangalarda paydo bo’ladi. Epifizar suyak nuqtalari 2-3 yoshda barmoq falangalari asosida paydo bo’ladi. Qarama-qarshi tomondagi tog’ay epifizlar suyak tanadan suyaklanish jarayonini tarqalishi hisobiga suyaklanadi. Epifizlar tanasi bilan 18-20 yoshlarda qo’shilib ketadi.


Oyoq suyaklari
Odam oyog’i tayanch-harakat va tanani ko’tarib yurish a’zosi sifatida nisbatan katta va yo’g’on suyaklardan iborat. Oyoqda ham kamar va erkin qismlar tafovut qilinadi. Oyoqning kamar qismi (cingulum membri inferiores) juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Oyoqning erkin qismi (sceleton membri inferioris liberi) uch qismdan: proksimal - son suyagi; o’rta-katta va kichik boldir suyaklaridan iborat. Tizza bo’g’imi sohasida katta sesamasimon suyak tizza qopqog’i joylashgan. Oyoqning distal-oyoq panjasi suyaklari o’z navbatida tavon oldi suyaklari, tavon suyaklari va barmoq falangalariga bo’linadi.



Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish