O’quv adabiyoti


Nerv to’qima (textus nevrosus)



Download 43,86 Mb.
bet9/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

4.Nerv to’qima (textus nevrosus) nerv hujayrasi va neyrogliyadan tashkil topgan. Nerv hujayrasi tana va turli uzunlikdagi o’simtalardan iborat bo’lib, neyron deb ataladi. O’simtalarning uzuni bitta bo’lib neyrit yoki akson deyiladi. Uning uchi boshqa nerv hujayrasida, mushak tolalarida yoki bez a’zolar to’qimasida tugaydi. Akson bo’ylab nerv impulslari ishchi a’zolarga yo’naladi. Qisqa o’simtalari shoxlangan bo’lib, dendritlar deyiladi. Ularning uchlari ta’sirotni qabul qilib, hujayra tanasiga o’tkazib beradi.


A’zolar va a’zolar tizimi

A’zolar (organon-qurol) organizmning o’zini o’rab turgan tashqi muhitga moslashish quroli. Ular ma’lum bir shaklga ega bo’lib, ma’lum bir vazifani bajaradi. A’zolar organizmning evolyutsion ravojlanishi jarayonida mavjud muhitga moslashgan holda saqlanishga, ko’payishga va hayot kechirishga moslashib rivojlanadi. A’zolar organizmdan tashqarida hayot kechira olmaydi. A’zolarning tuzilishi va vazifalari doimo bir-biriga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun a’zolarning tuzilishi va shaklining o’zgarishi ularning faoliyatiga, aksincha ularning faoliyatni o’zgarishi a’zolarning hajmi va tuzilishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari a’zolarning tuzilishi, shakli va vazni odam jinsi va yoshiga qarab o’zgarib boradi.
Ayrim vaqtlarda a’zolar o’sishi davrida o’zining odamdagi tuzilishiga va shakliga ega bo’lmay qolsa, g’ayri-tabiylik (anamaliya) vujudga keladi. A’zolar odatda bir necha to’qimadan iborat bo’lib, ulardan bittasi ko’proq bo’ladi va a’zoning tuzilishi va faoliyatini belgilaydi. Masalan: skelet mushagi faqat ko’ndalang-targ’il mushak to’qimadan iborat bo’lmay, uning tarkibida turli xil biriktiruvchi to’qima (fibroz va elastik tolalar), nerv to’qimasi, qon tomirlarni hosil qiluvchi endoteliy va silliq mushak tolalaridan iborat bo’ladi. Ammo ko’ndalang targ’il mushak to’qimasi ko’p bo’lib, mushakning tuzilishi va faoliyatini (qisqarish) ta’minlaydi.
Odam organizmida quyidagi a’zolar tafovut qilinadi:
1.Organizmda modda almashinuvini ta’minlovchi a’zolar. Bu a’zolar vositasida organizmga ozuqa moddalar va kislorod qabul qilinadi, ishlanib bo’lgan va organizmda modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan chiqindi moddalar tashqariga chiqarib yuboriladi.
2.Ko’payish yoki jinsiy a’zolar.
3.Qon aylanish va limfa tizimi a’zolari. Bu a’zolar qabul qilingan oziqa moddalarni, kislorodni tananing barcha to’qimasiga yetkazib beradi va modda almashinuvida hosil bo’lgan keraksiz moddalarni ajratuv a’zolariga olib boradi.
4.Organizmdagi barcha kimyoviy o’zgarishlarni tartibga solib turuvchi endokrin (ichki sekretsiya) a’zolar. Bu a’zolar ishlab chiqargan suyuqlik-gormon qon orqali organizmga tarqalib boshqa a’zolar faoliyatini boshqarib turadi.
5.Organizmni tashqi muhitga harakat vositasida moslovchi a’zolar: suyaklar, bo’g’imlar va mushaklar.
6.Tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qiluvchi- sezgi a’zolari.
7.Hamma a’zolarni bir-biriga bog’lab, ularning faoliyatini idora qilib turuvchi nerv tizimi a’zolari.
Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar o’zaro birlashib, a’zolar tizimini hosil qiladi. Odam organizmida quyidagi a’zolar tizimi tafovut qilinadi:
1.Tayanch-harakat a’zolar tizimi. Ular ikki:

  1. nofaol qism-suyaklar va ularning birlashmalari;

  2. faol qism- mushaklar tizimidan iborat.

2.Ichki a’zolar tizimi o’z navbatida:

  1. hazm a’zolari tizimi;

  2. nafas a’zolari tizimi;

с) siydik ajratish a’zolari tizimi;
d)ko’payish yoki jinsiy a’zolar tizimidan iborat.
Siydik ajratish va jinsiy a’zolarning faoliyati turlicha bo’lgani bilan, ularning rivojlanishi o’zaro bog’langanligi uchun ular bitta siydik-tanosil a’zolari tizimiga birlashtiriladi.
3.Ichki sekretsiya bezlari tizimi.
4.Yurak-qon tomirlar va limfa tomirlar tizimi.
5.Nerv tizimi-bosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nervlardan iborat.
6.Sezgi a’zolari tizimi tarkibiga ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, og’riq va harorat sezgisi a’zolari kiradi.
Hazm, nafas, siydik ajratish, qon aylanish a’zolari tizimi o’simlik (vegetativ) hayoti a’zolari deyiladi, chunki bunday faoliyatlar o’simliklarda ham bo’ladi.
Tayanch-harakat, sezgi va nerv tizimi a’zolari hayvon hayoti a’zolari deb ataladi, chunki ular faqat hayvonlarda bo’ladi.


Homilaning taraqqiyoti haqida tushuncha


Embrionning taraqqiyotini embriologiya fani o’rganadi. Homilada uchta parda tafovut qilinadi:


1). tashqi homila pardasi-ektodermadan terining tashqi qavati (epidermis) va uning hosilalari (tuklari, ter va sut bezlari, tirnoq), og’iz bo’shlig’i shilliq qavati epiteliyi va so’lak bezlari, tish emali, to’g’ri ichak pastki qismi va tashqi jinsiy a’zolar shilliq qavati epiteliyi, nerv tizimi va sezgi a’zolarning epiteliyi hosil bo’ladi.
2). o’rta homila pardasi-mezodermadan teri osti yog’ to’qimasi, skelet suyaklari ko’ndalang-targ’il mushaklar, yurak, buyrak va siydik chiqaruv yo’llari taraqqiy etadi.
3). Ichki homila pardasi-entodermadan nafas a’zolari, hazm a’zolari shilliq pardasi va uning bezlari, qalqonsimon, qalqonorqa, ayrisimon bezlar taraqqiy etadi.


Odam qomatining tuzilishi

Odam bo’yining turlicha bo’lishi uning nasliga, ijtimoiy sharoitiga atrof muhitga bevosita bog’liq bo’ladi. Qomatning tuzilishi uch turga ajratiladi.
1.Dolixomorflar (asteniklar) uzun bo’yli, tor ko’krakli, yelka orasidagi masofa kichik, qo’l va oyoqlari uzun.
2.Braxiomorflar (gipersteniklar) -past bo’yli, ko’krak qafasi keng, keng yelkali, qo’l va oyoqlari nisbatan kalta.
3.Mezomorflar (normosteniklar) o’rta bo’ylilar, yuqorida bayon etilgan astenik va gipersteniklarning o’rtasidagi odamlar.

TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI TIZIMI


Odam organizmining asosiy vazifalaridar biri tana qismlari holatini o’zgarishi-uning harakatidir. Bu harakat tayanch-harakat a’zolari: richaglar vazifasini bajaruvchi suyaklar, ularning birlashmalari va tana mushaklari ishtirokida ro’y beradi. Tayanch-harakat apparati nofaol qism-suyaklar va ularning birlashmalari, faol qism- mushaklardan iborat. Tayanch-harakat a’zolar tizimi organizmni ko’p qismini (gavda umumiy og’irligini 72,5 %) tashkil qiladi.


OSTEOLOGIYA - SUYAKLAR HAQIDAGI ILM

Umumiy ma’lumotlar


Osteologiya bu suyaklarning tuzilishi haqidagi ilm. Organizmning qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar yig’indisi skeletdir. Skelet (skeletos) grekcha quritilgan degan so’zdan olingan bo’lib, 200 dan ortiq alohida suyakdan iborat. Skeletning og’irligi 5-6 kg bo’lib, erkaklarda tana umumiy og’irligini 10%, ayollarda 8,5 % tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifalarni bajaradi.
Tayanch vazifasi suyaklar unga birikkan yumshoq to’qimalarni (mushaklar, fastsiyalarni) ushlab turib, bo’shliqlar hosil qilishda ishtirok etadi. Skelet suyaklari mushaklar vositasida harakatga keluvchi uzun va qisqa richaglar vazifasini bajaradi. Buning natijasida tana qismlari ma’lum bir harakatni bajaradi.
Skelet suyaklari bir biri bilan birlashib bo’shliqlar hosil qiladi va uning ichida joylashgan hayot uchun kerakli bo’lgan turli a’zolarni tashqi ta’sirotlardan saqlaydi. Umurtqa kanali orqa miyani, kalla suyaklari bosh miyani, ko’krak qafasi o’pka va yurakni.
Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko’p miqdorda mineral modda almashinuvida ishtirok etuvchi kaltsiy, fosfor, magniy va boshqa elimentlar bor. Bundan tashqari suyaklarning epifizlarida joylashgan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini bajaradigan qon elimentlarini ishlab chiqaradi.
Skeletda bosh, tana, qo’l va oyoq qismlari (1-rasm) tafovut qilinadi.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish