O’quv mashg`ulotida ta’lim texnologiyasi modeli Fanning nomi:«O’zbek tili»



Download 0,52 Mb.
bet1/8
Sana06.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#139783
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Ozbekiston yagona Vatan (2)


O’quv mashg`ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
Fanning nomi:«O’zbek tili»

Mavzu (raqami) №1 (nomi):O’zbekiston–yagonaVatan. Orfoepiya qoidalari




Guruh




























Sana




































Foydalanilganadabiyotlarva internet manbalari


  1. I. Karimov “O’zbekiston mustaqillikga erishish ostonasida T-2011

  2. I. Karimov “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” T-2008

  3. A. Rafiyev, R. Niyozmetova “O’zbek tili” T – 2006

  4. A. Nurmonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili” T – 2005

  5. K. Usmonova “Adabiy ta;limda pedagogic texnologiyalar” T – 2004

  6. M. Abduraymova “Onatilita’limida pedagogic texnologiya” T - 2008.

http://www.yahoo.com, www.uza.uz, www.ziyonet.uz




1


Baholashmezonlari

O’quvchining ta’lim darajasiga qo’yiladigan talablar

Engkatta ball “5”

Qo’yilganbaho

Mustaqillik, Оnа-vаtаnni mаdh etuvchi shе’rlаrni ifоdаli vа yоd аytsа; Vаtаn mаvzusigа оid xalq maqollаridаn аytib, uning mа’nоsinishаrhlаb bеrsа; Grammatik mavzuni batafsil o’rganib mashq va topshiriqlarni to’g’ri bajarsa;

5

A’lo

O’z tug’ilib o’sgаn jоyi, qishlog’ haqida o’zbеk tilidа yеtаrli dаrаjаdа hikоya qilib bеrа оlsа; Grammatik mavzuni yaxshi o’zlashtirib, mashq va topshiriqlarni bajarishda ozgina kamchiliklar bo’lsa;

4

Yahshi

Bеrilgаn mashqlаrni bаjаrа оlsа; lеkin mаvzugа оid tushunchаlаrni to’liq yеtkаzib bеrа оlmаsa;

3

Qoniqarli


-ilova

2


Talabalarda dаstlаb Vаtаn tushunchаsi haqida ko’nikmа hоsil qilish

(Klaster usulida)

-ilova

“Klaster” tuzish uchun namuna va“Kalit so’zi”:














VATAN




3-ilova



4-ilova



Talabalarga dаstlаb orfoepiya haqida umumiy ma’lumot berish

2-Slayt


Orfoepiya (grekcha «to’g’ri» va «nutq» elementlaridan tuzilgan) adabiy talaffuz qoidalari to’plamidir.

Adabiy til qonuniyati asosida to’g’ri yozish qanchalik muhim bo’lsa, to’g’ri talaffuz qilish ham shunchalik zarurdir. Talaffuzni belgilashda esa, tovushlarningto’g’ri aytilishi ahamiyatlidir. Tovushlar buzib talaffuz qilinsa, so’zning manosi buziladi, ta’siri yo’qoladi. Adabiy talaffuz qoidalarini belgilashda tovushlari, urg’u, intonatsiya kabi vositalarga asoslaniladi.

O’zbek tilida so’zlashuvchilar o’zbek adabiy tilida, shuningdek, o’zbek tilining mahalliy sharoitiga xos sheva va dialektda ham so’zlashadilar. Shunga ko’ra o’zbek adabiy tili talaffuzi dialect va sheva talaffuzidan farq qiladi. Masalan: adabiy tildagi keldik so’zi shevalarda keldu, kelduvuza, kelduvuz, keldimiz, galdik kabi: adabiy tildagi u yerga, bu yerga so’zlari shevalarda o’tga, bo’tga, aqqa, baqqa kabi talaffuz qilinadi. Bu so’zlarning shevalardagi bunday talaffuz variantlari adabiy til an’analariga mos kelmaydi, ya’ni bunday talaffuz bir yoki bir tipli shevalarga xos bo’lgani uchun umumxalq tilining talaffuzini o’zida aks ettirmaydi, og’zaki nutqda har xillikni ko’paytiradi.

Og’zaki nutqning to’g’ri talaffuz qilish normasi sifatida ko’pchilik shevalarga xos bo’lgan, umumxalq tilining talaffuzini o’zida aks ettiradigan holatlar olinadi. Masalan: maktab, odob, kitob kabi so’zlarning oxirida b undoshining og’zaki nutqda jarangsizlashib p tarzida talaffuz etilishi; do’st, go’sht, g’isht, xursand, baland kabi so’zlarning oxiridagi t, d tovushlarining og’zaki nutqda tushib qolishi ko’pchilikning, umumxalq tilining talaffuzini o’zida aks ettiradi. Albatta bunday holatlarni to’g’ri talaffuz orfoepiya normasiga mos keladi deyish mumkin. O’zbek tili orfoepiyasining to’g’ri talaffuz normalarini belgilashda fonetikaning, ayrim tovushlar talaffuzi qonuniyatlarining roli kattadir.

Demak, orfoepiya adabiy til uchun yagona talaffuz meyori bo’lishini talab qiladi. Orfoepiyaning adabiy talaffuz qoidalari to’plamiga unli tovushlarning talaffuzi, ayrim undosh tovushlarning talaffuzi, ayrim Grammatik shakllar talaffuzi kiradi. Urg’u va intonatsiya ham to’g’ri talaffuz qilishda muhim ahamiyatga ega.

5-ilova


İ unlisi. İ unlisining quyidagi talaffuz holatlari mavjud: a) i tovushi tilak, bir, tish, dil kabi so’zlarda qisqa; b) ilmiy, adabiy, lirika, idealist, radiy kabi so’zlarning urg’u bo’g’inida cho’ziq; v) qish, qir, g’isht, xirmon, g’ilof kabi so’zlarda ruscha o’ tovushiga moyil qattiq; g) arab-fors va rus tilidan o’zlashgan bir bo’g’inli so’zlarning qo’sh undosh oralig’ida qisqa i tovushi qo’shib talaffuz etiladi: aql, bahs, litr, metr, vazn, gips, mehr kabi.




U unlisi. Bu unli quyidagi talaffuz xususiyatlariga ega: a) ufq, umr, ukrop, ustoz kabi so’zning boshida; masul, mashum kabi belgisidan keyin kelsa, u unlisi aniq aytiladi; b) kul, kun, xum, xulosa, xumor, g’urbat kabi so’zlarda qisqa; v) suv, mazmun, mafkura, maftun, mamur, tikuv, to’quv, quvvat kabi hamda tundra, manufaktura kabi ruscha-internatsional so’zlarning urg’uli bo’g’inida cho’ziq aytiladi; g) uzum, uzuk, tutun, butun, turmush, chuqur kabi so’zlarning ikkinchi bo’g’inidagi hamda sovun, qovun, dovul, omuxta kabi so’zlardagi u unlisi qisqa i tarzida talaffuz qilinadi.Ayrim holatlarda bu unli parallel tarzda ham u, ham i tarzida aytiladi.




O’ unlisi. O’ unlisi quyidagicha talaffuz qilinadi: a) so’lim, po’choq, to’plam, no’noq kabi so’zlarda qisqa; b) mo’l, zo’r kabi bir bo’g’inli so’zlarda, ro’baro’, shuxro’y, gulro’ kabi so’zlarning oxirgi bo’g’inida, mo’tabar, mo’tadil kabi so’zlar belgisidan oldin cho’ziq aytiladi;



E unlisi. Bu unli quyidagicha talaffuz xususiyatlariga ega: a) erta, ekin, meva, tekin kabi so’zlarda keng aytiladi; b) ketmon, mergan, tepki, sezgir kabi ikki undosh o’rtasida biroz qisqa; v) etti, elkan, etmish kabi so’zlarning boshidagi e y Q e tarzida; g) adres, attestat, delegatsiya, fazelin, ruscha-internatsional so’zlarda i ga moyil talaffuz etiladi: adris, attistat, deligatsiya, vazilinkabi; d) e’lon, etibor, etiqod, etiroz kabi so’zlarda belgisidan oldin cho’ziq talaffuz qilinadi.



A unlisi. A unlisi quyidagi talaffuz holatlariga ega:

A) aql, asr, askar, atlas kabi, qand, qarz, xat, g’am kabi hamda surat, halg’a, bilaks kabi belgisidan keyin kelganda, aniq zarb bilan aytiladi; b) a’lo, ma’no, ta’na, ta’zim kabi ayirish belgisidan oldin kelgan a cho’ziq; v) manfaat, taassurot, taajjub, taassufkabi, mudofaa, matbaa kabi yonma-yon kelgan a unlisidan biri talaffuzda tushib qoladi; g) mubolag’a, muzokara, muhokama, munosabat kabi so’zlarning uchinchi bo’g’inidagi a unlisi i ga moyil aytiladi; d) shavkat, shavla, gavda, davlat, mavsum kabi so’zlarning birinchi bo’g’inidagi a unlisi o ga moyil talaffuz qilinadi.








O unlisi. O unlisi quyidagicha talaffuz xususiyatlariga ega: a) ona, ov, osh, anor, bola, bodom, inson, tog’, qor kabi so’zlarda aniq zarb bilan aytiladi; b) avzo, zebo, sabo, fido, xato kabi so’zlarning oxirida; zotan, notiq, volida, voriya kabi so’zlarning urg’uli bo’g’inida kelgan o unlisi cho’ziq talaffuz qilinadi; v) opera, nota, rol, tok kabi ruscha-internatsional so’zlarda o’ tarzida; botanika, gastronom, kolxoz, kompot kabi hamda televizor, ekvator, novator kabi ruscha-internatsional so’zlarning urg’usiz bo’g’inida kelgan o unlisi a, i tovushlariga moyil talaffuz qilinadi.

6
Ayrim undоsh tоvushlаr orfoepiyasini

tаsnif qilish
-ilova



Undosh tovushlar talaffuzida hech qanday o’zgarishga uchramasdan so’zning turli o’rinlarida kelib aynan aytiladi va yoziladi. Lekin shu bilan birga ayrim undosh tovushlar talaffuzda o’zgarishga uchraydi, bu ularning so’zda kelgan o’rniga, qanday tovushlar bilan yonma-yon kelishiga bog’liq bo’ladi.

Undoshlarning quyidagi talaffuz xolatlari orfoepiya normalariga kiritilgan:



    1. So’z oxiridakelgan b undoshi jarangsizlashib, p tovushiga moyil aytiladi: maktab-maktap, odob-odop, sarob-sarop kabi;

    2. So’z oxirida kelgan d undoshi jarangsizlashib t tarzida aytiladi: iqtisod-iqtisot, daromad-daromat kabi;

    3. So’z o’rtasida va oxirida kelgan qorishiq portlovchi j undoshi ch tarzida aytiladi: lahja-lahcha, avj-avch, mavj-mavch, iloj-iloch kabi;

    4. Ruscha-internatsional so’zlar tarkibidagi v undoshi f undoshiga moyil talaffuz qilinadi: avtomat, avtoruchka, avtobus, ustav-ustaf, passiv-passif kabi;

    5. Ayrim so’zlarning o’rtasida, oxirida qo’llangan z undoshi s undoshi tarzida aytiladi: izhor-ishor, iztirob-istirop, faraz-faraskabi; shuningdek ruscha-internatsional so’zlarda ham shunday holat kuzatiladi: gipnoz-gipnos, karniz-karnis, narkoz-narkos kabi;

    6. Ayrim undoshlardan oldin qo’llangan q undoshi x tarzida aytiladi: vaqt-vaxt, naqd-naxt, to’qson-to’xson, maqsad-maxsat;

    7. So’z oxirida kelgan k, q jarangsiz undoshlari bazan jarangli g, g’ tovushiga moyil aytiladi: -bilak-bilag, yurak-yurag; o’roq-o’rog’, sariq-sarig’ kabi; shuningdek ruscha-internatsional so’zlarda ham k undoshi jarangli g tarzida aytiladi: znachok-znachog, galstuk-gastug kabi.

    8. Ayrim so’zlarda so’z oxirida kelgan t, d undoshlari talaffuzda tushib qoladi: go’sht-go’sh, g’isht-g’ish, xursand-xursan, baland-balan kabi;

    9. Birinchi va ikkinchi bo’g’in oxirida kelgan n undoshi o’zidan keyin kelgan b undoshining ta’sirida m tarzida aytiladi: tanbur-tambur, sunbul-sumbul, yakshanba-yakshamba kabi;

    10. O’zlashma so’zlar so’z o’rtasida, oxirida yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshdan biri talaffuzda tushib qoladi: mujassam-mujasam, munavvar-munavar, taassurot-tasurot; grammatika-gramatika, metall-metal kabi.


7-ilova




1- mashq. Savollarga yozma javob qaytaring.

1. O’zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan davlatlar qaysilar ?

2. O’zbekiston Respublikasi qaysi davlat bilan birinchi bo’lib diplomatik munosabat o’rnatgan ?

3. Mamlakatimizda qaysi millat vakillari yashaydi ?

4. Milliy valyutamiz qachon muomalaga kiritilgan ?

5. O’zbekiston Respublikasi tarixiga oid yana qanday muhim sanalarni bilasiz ?








3- mashq.Quyidagi matndan adabiy talaffuz me`yorlariga zid bo`lgan holatlarni aniqlang.

. . . do`konning to`rida yotgan cho`vak bir yigit cho`chib, boshini ko`tardi, uyqulik ko`z bilan atrofiga qaragandan keyin, hamyoza tortdi, kerishdi, so`ngra eng chetda yotuvchiga ko`zi tushib, yonidagi yigitni turtdi:

–Tur, Shariyf, tur, peshinbo`libtu!

Ikkinchi yigit ko`zini ochdi:

–E, qo`ysang -chi, Rahem.

–Tur – da, axe, ana Qobilboy ham keb to`xtabtu!

Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga qaradi:

–Pala`nat, qachonkelganekan?

–Kim bilsin.Inisinibouchratdimikin?Qani, uyg`otchi, pala`natini!

Sharifboy yotgan joyidan qo`lini uzatib, Qobilboyning murtidantortdi. Qobilboyg`inshibuyg`ondi:

–Tekyot, Sharif!

–Ininggayo`liqdingchi?

– Yo`liqdim, ikavingga salom aytdi, - dedi Qobilboy va yuzini ulardan chetga o`girib oldi. – Bir oz tinch qo`y, uxlayman.

–Iybi, iybi, - dedi Rahim, - burodaring ahvolini gapur – da, axe.

Barpadari uyquki, peshinga chikin bo`lsa, ko`chaga bo`lib yotgan to`palangni go`shingga ilasanmi?

–Kech keldim, ko`p jovramachi, Rahim!

–Qorunnito`yg`uzib, so`g`inuxla, akun! Qorinlar ham piyozbo`libto`xtabtu, nonushtaniqaerg`aqilamiz, Shariyf?

–Choyxonagaqilamiz.







1- tоpshiriq. Mаtnni o’qing. O’zbеkistоnning tаbiаti, el yurti, bоyliklаri hаqidа kеngаytirib hikоya qiling.

Yurtimiz go’zаl tаbiаti, bоy tаbiiy imkоniyatlаri bilаn tаnilgаn. Hаqiqаtаn, O’zbеkistоnimiz qоrli tоg’lаri-yu yam-yashil аdirlаri, zilоl suvlаri-yu musаffо hаvоsi, оltin tuprоg’i-yu shirin-shаkаr mеvаlаri bilаn mаshhur yurtdir. Eh-е, mеvаli bоg’lаri-yu, so’lim mаskаnlаrini аytmаysizmi? SHundаy ekаn, аvlоdlаrimiz mаnfааtini ko’zlаb, yurtimizning tаbiiy bоyliklаridаn оqilоnа fоydаlаnish, o’simlik vа hаyvоnоt dunyosini muhоfаzа qilish hаmmаmizning burchimiz-ku!



8-ilova




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish