O‘quv materiallari Ma’ruza mashg‘ulotining materiallari 1-Mavzu: Surdopedagogikaning predmeti va metodlari reja



Download 74,96 Kb.
bet8/10
Sana29.03.2022
Hajmi74,96 Kb.
#516156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-5 мавзулар

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Басова А.Г., Егоров С.Ф История сурдопедагогики. М., Просвещение 1994
2. Боскис Р.М. Глухие и слабослышащие дети. М., 1993.
3. Po‘latova P.M., Nurmuxamedova L.Sh., Yakubjonova D.B., Mamarajabova Z.N., Amirsaidova Sh.M., Sultonova D. Maxsus pedagogika (Darslik).- Т.: Fan va texnologiya, 2014.
4. Mo'minova L. R. va boshqalar. Maxsus psixologiya. T: fan va texnologiyalar, 2014.
5. Pedagogika. O'tish: saytda harakatlanish, qidiruv T.: O’qituvchi, 1996.
6. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Professor M. X. Toxtaxodjayevaning umumiy tafri ostida. T.: 2006.
7. Surdopedagogika. Ostida. Nikitina M. M. M., ma'rifat, 1989.

4-Mavzu: Kar bolalar maktabida ta’lim tamoyillarini amalga oshirilishi

REJA:
1. Ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan qonuniyatlar va tamoyillar haqida tushuncha
2. Ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan didaktik tamoyillar
3. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida amalga oshiriladigan didaktik tamoyillarning mazmuni

Tayanch so‘zlar va iboralar: qonuniyatlar va tamoyillar, didaktik tamoyillar, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni.

Ta'lim tamoyillari.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra tashkil etiluvchi ta'lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta'lim tamoyillarida ta'limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me'yoriy asoslari (qoidalari) o’z ifodasini topgan. Ta'lim tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta'lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.
Ta'lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta'lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta'lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta'limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta'lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi.
Ta'limni mazmunli va tashkiliy - metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e'tirof etish mumkin.
Didaktik tamoyillar (lotin tilidan principium - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang’ich, dastlabki holati) – ta'lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq dastlabki holati mazmunini belgilovchi qarashlari bo’lib, ularning mazmunida ta'limni tashkil etish va unga qoyilgan me'yoriy talablar aks etadi.
Ta'limning tashkiliy - metodik tamoyillari. Ta'limni tashkil etish metodikasi ta'lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o’z ifodasini topgan:

  • ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;

  • ta'limda onglilik va ijodiy faollik;

  • ta'limda ko’rgazmalilik;

  • ta'limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);

  • ta'limning tushunarliligi;

  • guruhli va individual ta'lim birligi;

  • ta'limning o’quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;

  • pedagogik hamkorlik.

  • Ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish bosqichlarining ob'yektivligini anglatadi.

  • Izchillik ta'lim mazmuni, uning shakli va usullari, o’quv jarayoni ishtirokchilari bo’lgan sub'yektlarning o’zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida partsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o’quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o’zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o’quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.

O‘qitish tamoyillari o‘qitish jarayoni komponentlari bo‘limi mazmuni, metodlari, tashkil etish shakllarining umumiy yo‘nalishini aniqlab beradigan, umumlashtirilgan, eng muhim hamda universal talablarni ifodalaydi. Shu bilan birga, o‘quv-biluv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tarzini aniqlab beradi. Tamoyillar o‘quv jarayonining pedagogik tajribada doimiy ravishda namoyon bo‘ladigan ma’lum qonuniyatlari va qonunlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Kar bolalar zamonaviy umumta’lim maktablari umumiy pedagogikada asoslab berilgan didaktik tamoyillar tizimi, ya’ni ilmiylik, onglilik va faollik, tushunarlilik, ko‘rgazmalilik, puxtalik, yakka yondashish, izchillik va muntazamlik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi va boshqa tamoyillari bo‘yicha ish olib boradi. Bunda kar bolalar maktabida ulardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga egabo‘lishi hamda kar bolalarni o‘qitish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini hisobga olgan holda maxsus xususiy tamoyillar ham ajratiladi: o‘qitishning korreksion yo‘nalishi, fan asoslariga o‘qitishni so‘zli nutqni rivojlantirish bilan birgalikda olib borish, eshitish idrokini jadal ravishda rivojlantirish, fan – amaliy faoliyatga tayanish, nutqiy muloqotni jadallashtirish, hozirgi zamon pedagogikasida o‘qituvchining faoliyati hamda o‘quvchilar bilish faoliyati xarakteri aniq didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida karlarni o‘qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltiriladi.
Ilmiylik tamoyili. Karlarni o‘qitishda ilmiylik qoidasi hozirgi zamon fanida qat’iy qaror topgan qoidalarning o‘quvchilarga o‘zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O‘quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o‘quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to‘g‘ri aniqlash o‘quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarining kengayib borishiga, o‘quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng optimal metodik turni tanlab olishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotining asta-sekin ko‘tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirib olishga imkon beradi. O‘quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo‘lish bilan uyg‘unlashishi kerak. Bunga uni o‘quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Bilimlar mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida o‘qishga qiziqish uyg‘otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi.
Kar o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida nazariyani amaliyot bilan bog‘lash tamoyili.Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash o‘quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi. Bu o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda uning sifatini ko‘taradi. Bu tamoyil mehnat ta’limi va o‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‘lanish xarakteri o‘quv fanining mazmuni bilan taqozo qilinadi. O‘qitishda nazariy bilimlar o‘quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o‘zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o‘quvchilarni nazariyani o‘zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin.
O‘quvchilarning tirik tabiat burchagidagi, shuningdek, o‘simliklarning suvga, issiqlikka, yorug‘likka ehtiyojini, gul, manzarali o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga organik va mineral o‘g‘itlarning ta’sirini, pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko‘chirib o‘tkazilishiniig ta’sirini aniqlash bo‘yicha tajribalar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv-tajriba maydonchasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog‘lanishi yaxshi amalga oshiriladi.
Darslarda nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishini amalga oshirib borishda shuni yodda tutish kerakki, o‘quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o‘zlashtirib olishga bo‘lgan intilishlarini bo‘shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday obekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariyaning qoidalarini tasdiqlasin va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Karlarni o‘qitishda nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog‘i, nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O‘rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning har xil shakllari mavjud.
Karlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili. O‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi: o‘quvchilarning o‘qishga ongli va ijodiy munosabatda bo‘lishlarini; o‘rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; o‘qish mehnatining ijodiy xarakterda bo‘lishini; bilimlarning amaliyotda ongli qo‘llanilishi va ularning ishonchga aylanishini o‘z ichiga oladi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o‘qituvchiga taalluqlidir. U o‘quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshilab bajarishga qiziqish uyg‘otishi kerak.
O‘qitishda onglilikning namoyon bo‘lishining oliy shakli o‘quvchilarning ijodiy faolligidir.
O‘qitishning ko‘rgazmalilik tamoyili.Ko‘rgazmalilik qoidalaridan foydalanishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof-olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o‘qitishni nazarda tutadi. Ko‘rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o‘rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, muhimdir. Chunki kichik yoshdagi maktab o‘quvchilar ko‘rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to‘g‘ri tushuncha va xulosalar hosil bo‘lishiga yordam beruvchi to‘la qimmatli bilimlar olishlari kerak.
Tabiatshunoslik bo‘yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o‘rganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi uchastkasida kuzatishlar o‘tkazish, o‘qishga imkon beruvchi metodlarning qo‘llanilishini, ya’ni o‘quvchilarning bevosita ko‘z bilan yoki bevosita ko‘rib, atrof-olamning jism hamda hodisalari bilan yoki ularning tasvirlari bilan tanishishi deb tushuniladigan ko‘rgazmali tamoyildan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Tabiatshunoslikni o‘qitishdagi ko‘rgazmalilikni mashg‘ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar foydalaniladigan yoki tajriba ko‘rinishidagi hodisalarni eslatuvchi fanli ko‘rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko‘rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir.
Fanli va tasviriy ko‘rgazmalilikni amaga oshirish asosida o‘qitish, ayniqsa, bolalar rivojining dastlabki bosqichlarida, tafakkurni, kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, o‘rganilayotgan masalalarga qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o‘rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashadi, ularni o‘zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta’minlaydi.
Tabiat jismlari va hodisalari ustidan olib borilgan kuzatishlar materialni tushunib olish va o‘zlashtirilganlarni mustaqkamlashga, o‘qituvchi raqbarligida tabiat hodisalari o‘rtasidagi chuqur bog‘lanishlarni aniqlashga, jismlar to‘g‘risidagi fikrlar bilan ko‘rganlarini taqqoslashga imkon beradi.
So‘z bilan qabul qilish, so‘z bilan tasavvur o‘rtasida puxta bog‘lanishlarning vujudga kelishi o‘quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to‘g‘risida o‘qituvchi hikoya qilib berganlar va ular to‘g‘risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi.
Bilimlarni puxta o‘zlashtirish tamoyili.Bu tamoyil olingan bilimlarni, shakllantirilgan o‘quv ko‘nikmalari o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O‘quvchilar bilimining puxta bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillardan o‘quvchilarning saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanilishiga bog‘liq.
Bilimlarning puxta bo‘lishiga erishish uchun, avvalo, o‘quv yili boshlanishida ilgari o‘tilgan materialni yangi bilimlarning o‘zlashtirilishini ongli bo‘lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko‘proq bog‘liq bo‘limlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarini o‘zlashtirishning birinchi bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilar yangi materialni asosli ravishda tushunishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi kerak. Chunonchi, “Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarda avval o‘lkadagi tabiiy sharoitning turli-tumanligi, keyin har bir hudud bilan tanishadilar. Bu yangi axborotlarni kiritib borish imkoniyatini beradi. Ular yordamida har bir hudud uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni, jumladan, o‘simlik va hayvonot dunyosi aniqlanadi, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtiruvchi qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
Puxta bilimlarga erishishda ularni o‘quvchilarning faol fikr yuritishlari asosida tizimlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar yangi bilimlarni, ilgari o‘rganilgan material bilan bog‘lab, yaxshiroq o‘zlashtiradilar.
O‘qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili.Atrofdagi olam haqida juda ko‘plab ma’lumotlardan kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligini, jonajon o‘lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta’lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o‘quv materiali tanlanadi.
O‘qitishning muntazamliligi, ya’ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog‘lanishning xilma-xil shakllari amalga oshirilishini, jumladan, nazariy bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o‘yinlar bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti bilan; mehnat ta’limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktaboldi uchastkasidagi ish va unumli mehnat bilan bog‘lanishini nazarda tutadi.
Kurslarining izchilligi o‘quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek, mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o‘quv materialining tushunarli bo‘lishi bilan belgilanadi. Chunonchi, maktab tabiatshunoslik kursi jonsiz tabiatdagi o‘simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o‘zgarishlarni; jonajon o‘lka, tabiatni, odam organizmi va uning salomatligini, Vatanimiz tabiatni, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni aks ettiruvchi materialni izchillik bilan o‘rganishni talab qiladi.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida amalga oshiriladigan maxsus didaktik tamoyillarning mazmuni
Yakka yondashish tamoyili
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida o‘rta ta’lim tizimini qayta qurish sharoitida bolalarning yakka xususiyatlarini o‘rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Maktabga kirayotgan har bir bola muayyan axborot yig‘indisiga va yakka xususiyatlarga ega, ular bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq o‘qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bir xil bo‘lishi mumkin. Binobarin, bolalar rivojida to‘g‘ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zahirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor baholarining o‘xshashligi bo‘lishi mumkin.
Ammo umumiylik bilan bir qatorda, har bir o‘quvchi uchun o‘zining yakka xususiyatlari: diqqatining rivojlanishi, darsdagi xulq-atvorining xarakteri, fanga munosabati, ko‘rgazmali va og‘zaki materalni qabul qilishining tezligi va aniqligi; o‘quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri; tabiat to‘g‘risidagi bilimlarining sifati va og‘zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o‘ziga xosdir.
O‘qituvchi, sinfda ish olib bora turib, har bir o‘quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish va salbiylarini bartaraf qilish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o‘rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak.
O‘qituvchining o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilishi ularga yakka yondashishning asosi hisoblanadi. Buning uchun u doim o‘quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o‘rganib boradi. O‘quvchilarning qanday o‘zlashtirayotganligidan qat’i nazar, ular hammasiga yakka yondashish kerak, qoloqlarga o‘z vaqtida qo‘shimcha yordam ko‘rsatmoq zarur. O‘qituvchi har bir topshiriqni o‘quvchining yakka xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini, o‘rganilayotgan obektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak.
O‘quvchilarga yakka yondashishga asoslangan o‘qitish jarayoni o‘quv materialiningmuvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, axloqiy meyorlarini singdiradi.

Download 74,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish