O`quv materiallari


-MAVZU: “MOLIYAVIY MENEJMENTNING KONSEPTUAL ASOSLARI”



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

2-MAVZU: “MOLIYAVIY MENEJMENTNING KONSEPTUAL ASOSLARI” 

Reja: 

1. Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati 

2. Moliyaviy menejmentning konsepsiyalari 

3. Moliyaviy menejmentning funktsiyalari 

 

Tayanch  so`z  va  iboralar:  moliya,  moliyaviy  resurslar,  moliyaviy  menejment, 

kontseptsiya, gipoteza, risk, daromadlilik, potfel, agentlik, kapital 



 

1. 

Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  moliyaviy  oqimlar  har  qanday  korxonada 

boshqaruv  ob’ekti  hisoblanadi,  shu  sababli  har  bir  moliyaviy  qaror  pul  oqimlari 

harakati  bilan  bilvosita  yoki  bevosita  bogʻliq.  Shuning  uchun  ham  aksariyat 

boshqaruvchilar  oʻz  funksional  vazifalarini  amalga  oshirish  jarayonida  moliya 

xizmati bilan oʻzaro bogʻliqlikda faoliyatni tashkil etadi.  

Bu  bogʻliqlik  bugungi  kunda  har  bir  boshqaruvchidan  moliyaviy  menejment 

asoslari  haqida  bilimga  ega  boʻlishi,  korxona  oldida  turgan  muammolarni  toʻgʻri 

talqin  qilishi  va  oʻz  faoliyatini  yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  tashkil  etishi 

talab etiladi. 

Bizga  ma’lumki,  moliya  –  pul  fondlarini  tashkil  etish,  taqsimlash  (qayta 

taqsimlash)  va  foydalanish  bilan  bogʻliq  iqtisodiy  munosabatlarning  oʻziga  xos 

sohasidir. 

Pul  moliyaviy  munosabatlarning  moddiy  asosi  sifatida  bozor  iqtisodiyotida 

tomonlarning  manfaatlarini  ifodalashda  va  oʻzaro  muvofiqlashtirishda,  shuningdek 

umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol oʻynaydi. 



Pul fondlari tushunchasi aniq belgilab qoʻyilgan maqsad asosida tashkil etilgan 

fond  ekanligi  bilan  tavsiflanadi.  Bunday  fondlardagi  pul  mablagʻlari  moliyaviy 



resurslar deb ataladi. 

Yuqorida  qayd  etib  oʻtilganidek,  hozirgi  kunda  moliyaviy  resurslarni 

boshqarish  har  bir  korxona  oldida  turgan  eng  asosiy  va  strategik  vazifalardan  biri 

hisoblanadi.  Bu  yoʻnalishning  korxonani  boshqarish  tizimida  strategik  ahamiyatga 

egaligi  moliyaviy  resurslar  va  boshqa  resurslar  (moddiy  resurslar,  mehnat  resurslari 

va  boshqalar)ni  jalb  qilishning  oʻzaro  bogʻliqligi  bilan  izohlanadi.  Bunday  oʻzaro 

bogʻliqlikning ratsional, maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan 

korxona  iqtisodiy  barqarorligini  belgilab  beradi,  shuningdek  iqtisodiy  sub’ekt 

faoliyatidan  manfaatdor  boʻlgan  mulkdorlar,  xodimlar,  kontragentlar,  davlat  va 

jamiyat moddiy farovonligi oʻsishiga xizmat qiladi.   

Bozor  iqtisodiyotida  moliyaviy  resurslarning  (muhim)  ahamiyatga  egaligi 

ularni  boshqarishning  funksiyalarini  belgilab  beruvchi  mustaqil  faoliyat  sifatida 

moliyaviy menejmentni tashkil etish zaruriyatini shart qilib qoʻyadi. 

E.F.Brighаm  fikriga  koʻra,  moliyaviy  menejment  aktivlarni  qancha  miqdorda 

va  qanday  tartibda  jalb  qilish,  aktivlarni  sotib  olish  uchun  zarur  kapitalni  oshirish 

hamda firma qiymatini maksimallashtirish uchun firma faoliyatini tashkil etish bilan 




18 

 

bogʻliq  qarorlar  qabul  qilishga  qaratilgan  boshqaruv  faoliyatidir



2

.  J.Deepika  esa 



moliyaviy  menejment  kompaniyalarda  moliyaviy  resurslar  resurslarni  rejalashtirish, 

ularni  jalb  qilish  va  foydalanish  ustidan  nazorat  qilishga  qaratilgan  boshqaruv 

faoliyatidir

3

,  deya  fikr  bildiradi.  I.A.  Blank  tomonidan  moliyaviy  menejment 



korxonalarda  moliyaviy  resurslarni  shakllantirish,  taqsimlash  va  foydalanish  hamda 

pul  mablagʻlari  oboroti  bilan  bogʻliq  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  va  amalga 

oshirish prinsiplari va metodlari tizimi

4

 sifatida izohlanadi.   



Umuman,  moliyaviy  menejment  –  bu  korxonaning  strategik  va  joriy 

maqsadlarini  amalga  oshirishga  yoʻnaltirilgan  moliyaviy  resurslarni  va  moliyaviy 

faoliyatni boshqarishdir. 

Moliyaviy  menejment  oʻz  xususiyatiga  koʻra  keng  va  koʻp  qirrali  tushuncha 

sifatida quyidagi kontekstlarda koʻrib chiqilishi mumkin: 

- ilmiy fan (soha) sifatida

- korporativ moliyani boshqarish tizimi sifatida; 

- tadbirkorlik faoliyati turi sifatida. 

Moliyaviy menejment ilmiy fan (soha) sifatida nazariy bilimlar, konsepsiyalar, 

modellar  va  ular  asosida  ishlab  chiqilgan  amaliy  metodlar,  boshqaruv  qarorlarini 

qabul  qilish  jarayonida  qoʻllaniladigan  usullar,  instrumentlar  tizimini  oʻzida  aks 

ettiradi. 

Moliyaviy  menejment  nazariyasi  va  amaliyoti  iqtisodiy  muhitda  yuz  bergan 

turli xil oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish