O`quv materiallari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

moliyaviy  barqarorlikni  ta’minlash  maqsadi 

rivojlanishda  konservativ  siyosat  yuritishni  taqozo  etadi.  Oʻz  navbatida  konservativ 

siyosat  yuqori  daromadli  operatsiyalar  boʻlishidan  qat’iy  nazar  risklardan  qochish, 

yangi  loyihalarni  amalga  oshirishda  qatnashishni  doimiy  rad  etish,  natijasi  yuqori 

darajada  noaniqlikka  ega  boʻlgan  innovatsiyalarni  joriy  etishdan  voz  kechish 

kabilarni  nazarda  tutadi.  Keskin  raqobat,  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  jadallashuvi, 

yangi  mahsulot  va  xizmatlarning  doimiy  ravishda  paydo  boʻlishi  sharoitida  bunday 

siyosat faqatgina qisqa muddatli istiqboldagina korxonaning yashab qolishiga imkon 

beradi. 

Qayd  etib  oʻtish  kerakki,  yuqorida  koʻrib  chiqilgan  moliyaviy  boshqaruv 

maqsadlari  qoʻllanilishi  boʻyicha  alohida-alohida  maqsadlar  boʻlib,  amaliyotda 

ularning  kombinatsiyasi  (masalan  foydani  maksimallashtirish  va  moliyaviy 

barqarorlikni ta’minlash) qarama-qarshilikka olib keladi. Shu bilan birgalikda bozor 

iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati murakkab va koʻp qirrali, shuning uchun 

ham  asosiy  maqsad  va  boshqaruv  samaradorligining  tegishli  mezonlari  oʻzaro  mos 

kelishi lozim. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq: 




13 

 

- moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining turli xil jihatlarini oʻzida aks ettirishi



- uzoq muddatli istibolgan yoʻnaltirilgan boʻlishi; 

- vaqt, risk va noaniqlik omillarini hisobga olish; 

- ilmiy asoslangan va ob’ektiv baholangan boʻlishi. 

Hozirgi  vaqtda  korxona  mulkdorlari  moddiy  farovonligini  maksimallashtirib 



borish maqsadi yuqorida keltirilgan shartlarga yuqori darajada javob beradi. 

Mulkdorlar  korxona  foydasiga  oxirgi  talabgor  hisoblanishi  sababli  ularning 

daromadlarini  maksimallashtirish  korxona  faoliyatidan  manfaatdor  boʻlgan  barcha 

tomonlar,  masalan  iste’molchilar  (tovarlar  sotishning  kengayishi  hisobiga),  mol 

yetkazib beruvchilar (etkazib beriladigan moddiy resurslar miqdorining oʻsishi va oʻz 

vaqtida toʻlovning amalga oshirilishi hisobiga), xodimlar (ish haqlarining oʻsishi va 

oʻz  vaqtida  toʻlanishi  hisobiga),  kreditorlar  (foizlarning  oʻz  vaqtida  toʻlanishi  va 

qarzlarning belgilangan tartibda qoplanishi hisobiga), davlat (soliqlarning oʻz vaqtida 

va  belgilangan  tartibda  toʻlanishi  hisobiga)  va  nihoyat  butun  jamiyat  moddiy 

farovonligi oʻsishiga va talablari qanoatlantirilishiga olib keladi.  

Shu  oʻrinda  qayd  etib  oʻtish  lozimki,  mulkdorlar  oʻz  moddiy  farovonligini 

nafaqat  joriy  davrda,  balki uzoq  muddatli  davrlar  mobaynida ham  oshirib  borishdan 

manfaatdordirlar.  Bu  ularni  oʻz  daromadlarining  bir  qismini  biznesni  kengaytirish 

uchun yoʻnaltirishga, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga, boshqaruvning 

samarali  tizimini  yaratishga,  qoʻshimcha  moliyaviy  resurslar  va  yuqori  malakali 

kadrlarni  jalb  qilishga  va  boshqa  shu  kabilarga  undaydi.  Korxona  bozor  qiymatini 

oshirib  borish  jarayoni  iste’molchilar  talablarini  qanoatlantirish  darajasini  oshirish, 

mavjud  mahsulotlar  va  xizmatlarni  doimiy  takomillashtirib  borish  hamda  yangi 

mahsulot  va  xizmatlarni  ishlab  chiqish,  xodimlar  mehnat  sharoitlarini  yaxshilash, 

kapital  yetkazib  beruvchilarga  mos  qaytimni  ta’minlash  va  boshqalar  bilan 

chambarchas va bevosita bogʻliq. 

Amaliyotda  mazkur  maqsad  alohida  maqsad  sifatida  shakllangan  va  unga 

bozor qiymatini maksimallashtirish yoʻli bilan erishiladi. 

Iqtisodiy nuqtai nazardan korxonaning bozor qiymati – bu korxona mulkdorlari 

(aksiyadorlari)  egalik  qiladigan  yoki  sotish  natijasida  pul  shaklida  olishi  mumkin 

boʻlgan real boylikdir. 

Amaliyotda  korxonaning  qiymati  kapital  qoʻyilmalar  umumiy  miqdori  bilan 

aniqlanmaydi, balki ularning bozordagi mos tovar va xizmatlar bilan qanday holatda 

ta’minlanganligi  asosida  aniqlanadi.  Oʻz  navbatida  bu  holat  amalga  oshirilgan 

qoʻyilmalarning  natijalariga  va  yoʻnalishlariga  bogʻliq  bogʻliq  boʻlib,  agarda  bu 

qoʻyilmalar  korxonaning  raqobatbardoshligini  oshirsa  va  kapitalning  oʻsishini 

ta’minlasa  unda  korxona  bozor  qiymati  oshadi  va  uning  egalari  kapitali  yanada 

oshadi. Aksincha holatda korxona aktivlari xususiy kapitalga qoʻshimcha qoʻyilmalar 

yoki  yangi  qarzlar  jalb  qilish  hisobiga  rasman  oshirish  korxona  rentabelligining 

yomonlashuviga,  raqobatbardoshligi  pasayishiga  olib  kelsa  mos  ravishda  korxona 

qiymati ham pasayadi. 

Bundan  quyidagicha  muhim  xulosa  chiqarish  kerak:  har  qanday  boshqaruv 

qarori birinchi navbatda korxona qiymatiga qanday ta’sir koʻrsatishi nuqtai nazaridan 

koʻrib  chiqilishi  kerak.  Boshqacha  aytganda  moliyaviy  menejer  faqat  shunday 



14 

 

qarorlar qabul qilishi kerakki, ular kelajakda korxona bozor qiymati va mos ravishda 



uning mulkdorlari moddiy boyligi oʻsishini ta’minlashi lozim. 

Qarorlar qabul qilishning keltirilgan mezoni birmuncha umumiy va asos boʻlib 

xizmat  qiluvchi  mezon  hisoblanadi,  lekin  amaliyotda  uni  har  doim  ham  qat’iy 

ravishda qoʻllash tavsiya etilmaydi. 

Korxonalar  uchun  birjalarda  kotirovkalanuvchi  aksiyalari  orqali  moliya 

bozorlarida  ularning  qiymatini  baholash  amalga  oshiriladi.  Buning  natijasida  koʻrib 

chiqilgan 

maqsad 


korxona 

mulkdorligining 

moddiy 

farovonligini 

maksimallashtirishning  mohiyati  boʻyicha  ekvivalenti  boʻlgan  aksiyalar  bozor 

bahosini maksimallashtirishga oʻzgaradi.  

Umuman  koʻrib  chiqilgan  yondashuvning  quyidagi  afzalliklarini  koʻrsatish 

mumkin: 


- uzoq muddatli istiqbolga yoʻnaltirilganligi; 

- vaqt, risk va noaniqlik kabi omillarning hisobga olinishi

-  mulkdorlar  va  ularning  biznes  boʻyicha  hamkorlari  (kreditorlar,  invstorlar, 

xodimlar, kontragentlar) manfaatlarining oʻzaro muvofiqlashtirish imkoniyati; 

- joriy va strategik vazifalar oʻrtasida qarama-qarshilikning mavjud emasligi; 

- mulkdorlarning korxona ustidan nazoratni ta’minlashi va boshqalar. 

Qayd etib oʻtish kerakki, amaliyotda mazkur yondashuvni amalga oshirish har 

doim ham oson kechmaydi. Birinchidan, u kelgusi daromad va xarajatlarni ehtimoliy 

baholashga,  pul  tushumlari  va  ularning  risklar  bilan  bogʻliqligiga  asoslanadi. 

Ikkinchidan,  hamma  korxonalar  ham  umumtanolingan  bozor  qiymatiga  ega  emas. 

Xususan,  agar  korxonaning  aksiyalari  birjada  muomalada  boʻlmasa,  uning  haqiqiy 

bozor bahosini bevosita aniqlash murakkablashadi. 

Lekin  korxona  bozor  qiymatini  maksimallashtirish  maqsadi  rivojlangan  va 

samarali  ishlovchi  bozor  kapitali  amal  qilish  vaqtida  yuqori  darajada  asoslangan  va 

muhim xususiyatga ega hisoblanadi. 

Asosiy  maqsad  –  mulkdorlar  moddiy  farovonligini  maksimallashtirish  va 

bevosita  korxona  bozor  qiymatini  maksimallashtirishga  erishish  uchun  moliyaviy 

menejerdan quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha samarali boshqaruv qarorlari qabul 

qilish talab etiladi: 

-  operatsion  faoliyat  (korxonaning  moliyaviy  holatini  tahlil  qilish, 

rejalashtirish, prognozlash va nazorat qilish); 

-  moliyalashtirish  –  oʻz  va  jalb  qilingan  mablagʻlar  manbalarini  boshqarish 

(moliyaviy qarorlar qabul qilish); 

-  investitsiyalar  –  investitsion  siyosat  va  avtivlarni  boshqarish  (investitsion 

qarorlar qabul qilish). 

Keltirilgan  yoʻnalishlardan  har  biri  moliyaviy  menejment  tizimida  amalga 

oshiriladigan  aniq  kompleks  vazifalar  bilan  tavsiflanadi.  Namunaviy  kompleks 

vazifalar quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm). 




15 

 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish