O’quv metodik material o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/57
Sana13.03.2022
Hajmi1,75 Mb.
#492659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
milliy goya asosiy tushuncha va tamoillar

 
1.Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari
 
Milliy g‘oya fani g‘oya va mafkura timsolida o‘zining genezisiga va evolyusiyasiga egadir. Tarixiylik va 
mantiqiylik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, g‘oya va mafkuralarning dastlabki kurtaklari insoniyat rivoji 
tarixining "mehnat taqsimoti" davrida paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Bu esa xar bir narsaning o‘z tarixi, ya’ni 
tarixiy ildizlari borligidan darak beradi. Falsafiy jixatdan qaraganda "tarixiy ildiz" tushunchasini tor va keng 
ma’noda talqin qilish mumkin. "Tarixiy ildiz" tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo‘lgan 
barcha narsa va xodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa 
muayyan sub’ektlar tomonidan bilish va rivojlantirishga qaratilgan narsa va xodisalarning tarixiy makon va 
zamonda egallagan o‘rnini anglatadi. Masalan, milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlarini keng ma’noda tushunish 
deganda, O‘zbekiston xududida eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi, urug‘ va qabilalarining kelib 
chiqishi, davlatchiligining shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishi, ilmiy va diniy bilimlardan 
foydalanish, falsafa, axloq, xuquq va boshqa shu kabi narsa va xodisalarning bir butun tizim sifatida tarixiy 
makon va zamonda egallagan o‘rni, tor ma’noda esa muayyan olim yoki ilmiy jamoatchilik tomonidan 
o‘rganilayotgan g‘oya va mafkuraning tarixiy makon va zamonda egallagan tomoni tushuniladi. 
Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari deb, kishining o‘zligini anglashga, ozod va obod Vatani ravnaqi 
yo‘lida tinmay samarali erkin mehnat qilishga, olam sirlarini kashf etib, uni insoniyat taraqqiyotiga xizmat 
qilishga, insoniylikni ulug‘ fazilat deb bilishga, komil fanzandlarni voyaga etkazishga, uning butun jismoniy va 
ma’naviy vujudini ma’naviy jasorat ko‘rsatishga chorlaydigan asrlar mobaynida turli sinovlarga bardosh berib, 
tarixiy makon va zamondan abadiy joy olib ota-bobolarimizdan o‘tib kelayotgan moddiy va ma’naviy ashyolar 
tizimiga aytiladi. 
O‘zbek xalqining tarixiy ildizi haqida I.A. Karimov: "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning 
o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy 
hol. Odamzot borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga etgan qishloq, shaxar, xullaski, 
Vatanining tarixini bilishni istaydi. 
Xozir O‘zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjatson 
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jaxon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk 
allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy 
ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan 
murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, maxobatini yukotmagan osori atiqalarimiz qadim-
qadimdan yurtimizda dexqonchilik, xunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaxarsozlik san’ati yuksak 
bo‘lganidan dalolat beradi", - degan edi. 
Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlariga kuyidagilar kiradi: 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish