O‘quv qo‘llanma toshkent – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


– MAVZU: “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining predmeti, vazifasi va maqsadi



Download 32,79 Mb.
bet3/114
Sana20.07.2022
Hajmi32,79 Mb.
#825415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
21.06.Ўқув қўлланма 2021 й.Азизова

1 – MAVZU: “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining predmeti, vazifasi va maqsadi
Nazariy qism

Axborot, kommunikatsiya, kompleks va texnologiyalar ta’rifini, iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalar(IAKT) turlari va vazifalarini. IAKT fanining predmeti va vazifasini. Kompyuter tizimining rivojlanishi, kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanish bosqichlarini.
Bilib olasiz:

Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan yagona sohadir.


"Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so`zi lotincha "thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi. Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`yektining dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar orqali non, bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma`nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiya - bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o`zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo`lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirish vositalari.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolutsion bosqichlarni bosib o`tdi. Ana shu bosqichlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.


1.1.1 -rasm. Qo`llik axborot texnologiyasi
Birinchi bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda "Qo`llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositalari: pero, siyohdon, kitob. Kommunikasiya, ya`ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. Bu axborot texnologiyasi insonning aqli rivojlanish davrida paydo bo`lgan.


1.1.2 rasm. Mexanik axborot texnologiyasi

Ikkinchi bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositalari yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
Uchinchi bosqich. XX asr boshlariga mansub bo`lib, "Elektromexanik" texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o`zgardi. Unda asosiy urg`u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko`chirildi.


1.1.4 -rasm. Kompyuter - axborot texnologiyasi



1.1.3 -rasm. Elektron axborot texnologiyasi
To`rtinchi bosqich. XX asr o`rtalariga to`g`ri kelib, "Elektron" texnologiyalar qo`llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
Beshinchi bosqich. XX asr oxiriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo`ljallangan dasturiy vositalarga ega bo`lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo`ljallangan texnik vositalarning o`zgarishi ro`y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ma`lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma`lum aniq algoritmlar bo`yicha boshlang`ich ma`lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo`ljallangan. Masalan, har bir tashkilotda o`zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan insonlarning axborotga bo`lgan talabini qondirishdan iborat. Masalan, boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o`tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni beruvchi.
3. Tashkilot axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar majmuasidir. Uning tarkibiga matn muharriri, elektron jadval, taqdimot muharriri, ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.


1.5 -rasm.
E-mail belgisi (tijorat а)
4. Ma`lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy elementi ma`lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma`lumotlarni o`zida saqlaydi.
5.Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo`lib, hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta - bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi elektron pochtadir.


Download 32,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish