O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

Variantlarning 
joylashtirlishi.
Sug„orma 
dehqonchilik 
sharoitida 
bo„laklarning qulay shakli-cho„ziq to„g„ri to„rtburchak, tomonlari nisbati taxminan 
1:20; 1:25; va undan kattaroq, odatda, uzun tomoni nishablik bo„yicha tuproq 
xilma-xilligini baravar qamrab olishi bilan izoxlanadi. 
Variantlar tajriba dalasi bo„laklari bo„yicha 3 guruhdagi usullar asosida 
joylashtiriladi: standart (andozali), sistemali (tartibli) va rendomizatsiyalangan 
(tasodifiy). 
Standart (andozali) usulda 
har 1-2 variantdan so„ng nazorat-standart 
joylashtiriladi. 
Sistemali (tartibli) usulda 
variantlar asosan tartib bilan joylashtiriladi. 
Masalan, birinchi takrorlanishda ular, 1,2,3,4,5, va 6 tarzda raqamlangan bo„lsa, bu 
tartib boshqa takrorlanishlarda ham saqlanadi. 
Rendomizatsiya (tasodifiy) usulida 
variantlar har bir takrorlanishda 
tasodifan, ya‟ni qur‟a tashlash asosida joylashtiriladi. Bu usul quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
Tajriba variantlari raqami bir xil xajmdagi qog„ozchalarga yozilib, bir 
idishga solinadi-da, yaxshilab aralashtirilgach, birma-bir tortib olinadi. SHunday 
tarzda tegishli variant olingan qog„ozda ko„rsatilgan raqam bilan belgilanadi, 
birinchi takrorlanish, so„ng boshqa takrorlanish variantlari shu tartibda 
joylashtiriladi. 
Dala tajribasi natijalarining ishonchlik darajasini belgilash uchun statistik 
(matematik) baholash talab etiladi. Buning uchun variantlarni joylashtirishda 
rendomizatsiyaga asoslangan zamonaviy usuldan foydalaniladi. 
Bir takrorlanishning barcha variantlari xududiy jixatdan birlashtirilgan, ya‟ni 
bir qator (yarus)da joylashgan bo„lishi kerak. Tajribaning barcha takrorlanish va 
variantlari bir qatorda joylashsa, yanada yaxshi bo„ladi (1.2.1-chizma). Ammo, 
ko„pgina hollarda xudud va dalaning joylashish holati tajribani bir qatorga qo„yish 


17 
imkonini bermaydi. SHuning uchun takrorlanish (qaytariq)larni qator (yarus)lar 
bo„yicha joylashtirish mumkin (1.2.2 va 1.2.3-chizmalar). Ikki va undan ortiq 
parallel 
qatorlardagi 
variantlarning 
joylashish 
tartibi 
turli 
qatorlardagi 
takrorlanishlarda shunday o„zgartirilishi kerakki, toki, bir xil raqamli variantlar 
xududiy yonma-yon joylashib qolmasin. 











II 





III 





IV 

II 
















III 
IV 
1.2.2.chizma.
Tajriba 
takrorlanishlarining 4 qator (yarus)da 
joylanishi. 
1.2.3.chizma
. Tajriba 
takrorlanishlarining 2 qator (yarus)da 
joylashishi. 
 
Tajribasining qo‘yish texnikasi. 
Tajriba dalasida takrorlanishlar va bo„laklar 
avvaldan chizib tayyorlangan tizim asosida joylashtiriladi. Unda barcha 
bo„lakchalarning hamma takrorlanishlar bo„yicha tomonlari o„lchami ko„rsatilgan 
bo„ladi. 
Tajribani dalada qo„yishda (bu tajribaning muhim shartidir) uning ijrochisi 
shaxsan o„z yordamchilari-ilmiy-texnik xizmatchilar bilan, albatta, qatnashishlari 
shart. 
Tajribani qo„yishda quyidagilar oldinda tayyorlab qo„yilgan bo„lishi zarur: 
20 metrli ruletka, uzun pishik kanop ip, nishon ko„rsatuvchi 3-5 ta tayoq
qoziqchalar, burchaklarni belgilovchi qoziqlar. Qoziqchalar barcha bo„laklar soni 
ikki marta ko„paytirilganidan ham 8-10 dona ko„p bo„lishi talab etiladi. 
Tajribaning umumiy ko„rinishi belgilangach, u variantlar bo„yicha bo„laklarga 
ajratiladi. 
Dalaning burchaklaridan birida boshlang„ich nuqtani belgilab, bo„laklarning 
qisqa tomonlariga qoziqlar qoqilib aniq belgilanadi. Eng muhimi, ish benuqson, 
sifatli bajarilishi va burchaklar qoqilgan qoziqlar bo„yicha to„g„ri chiziqni tashkil 


18 
etishi zarur. Buning uchun dalaning uzun tomoni bo„ylab oldindan ip tortiladi. 
Agar tegishli tomon uzun bo„lib, ipni tarang tortish imkoni bo„lmasa, nishon 
ko„rsatuvchi 2-3 tayok u bilan taranglashtiriladi. Ip yonidan ruletka tortilib, tasmasi 
bo„yicha o„lchab, qancha variant sig„sa, shuncha qoziq qoqib belgilanadi (qoziq 
tasmaning ko„rsatkichi oldiga hamma vaqt bir tomondan qoqiladi). So„ng ruletka 
yana suriladi, keyingi bo„lakning qarama-qarshi tomoni o„lchab belgilanadi. Bunda 
bo„lakning yuqorigi va pastki chegarasi birinchi egatga nisbatan to„g„ri burchak 
hosil qilish kerak. 
Barcha hollarda qoziqlar silliqlangan tomoni (unda bo„lak va takrorlanish 
raqami va b.q. yoziladi) bilan muayyan bo„lakning ichki tomoniga qaratilib 
qoqiladi. Bu uning qaysi bo„lakka ta‟luqligini bildiradi. Takrorlanish chegarasida 
esa ikkitadan qoziq qoqiladi. 
Har bir tajriba dalasida doimiy dastlabki nuqtani aniq belgilab qo„yish 
zarur.Unga ko„ra xoxlagan vaqtda bo„lak chegarasini bilish mumkin. 
Tajriba dalasi chegaralarini belgilab qo„yishning ko„pgina usullari mavjud. 
Ularning hammasida asosan dala chekkasidagi doimiy nuqtalar (ariq bo„yi, yo„l 
yoqasi elektr ustunlari, daraxtlar va h.k.) ko„zda tutiladi. Mana shu nuqtalarda 
doimiy qoziqlar o„rnatiladi (dala chekklarini belgilovchi qoziqlar). Doimiy 
nuqtalar bilan tajriba dalasi burchagida o„rnatilgan qoziqqacha bo„lgan masofani 
bir necha marta diqqat-e‟tibor bilan o„lchab, natijasi dala daftariga yozib qo„yiladi. 
Mabodo burchakdagi qoziq yo„qolsa, daftardagi yozuvga qarab, uni tiklash 
(o„lchash yo„li bilan) mumkin. 
Doimiy o„rnatiladigan qoziqlar turli ashyolardan tayyorlangan bo„lishi 
mumkin. Ko„pincha tag tomoniga ko„ndalang to„sin qoqilgan yo„g„on yog„och 
qoziq 50-70 sm chuqurlikka qoqiladi. Bunda shuningdek, temir quvur bo„lagi, 
temir rels, hatto, tosh ustunicha ham o„rnatilishi mumkin. 
G„o„za va g„allada o„tkaziladigan tajribalarda zarur miqdorida hisobli va 
himoya egatlari ajratiladi. Himoya egatlari o„rganilayotgan omilning yonma-yon 
joylashgan bo„lakka ta‟sirini bartaraf etadi. Ajratiladigan himoya egatlarining soni 
turli tipdagi tajribalar uchun turlicha bo„lishi mumkin. Himoya va hisobli qismlarni 


19 
belgilashning bir necha usullari ma‟lum, bo„laklar himoya va hisobli egatlarining 
bir-biriga nisbatan esa turlichadir. Barcha tajribalar uchun umumiy talab shuki, 
chekkadagi bo„lak (maydon oxiri) da ximoya egatlari 4 tadan kam bo„lmasligi 
kerak. Buni quyidagi misollarda ko„rib chiqamiz: 
Tajribadagi har bir bo„lakdagi 4 tadan va 8 tadan egat qoldirilgan. 
A) 4 ta egat qoldirilgan variantda ekishda traktorning oldingi g„ildiragi 
bo„lak markazidan yurishi kerak. SHunda bo„lakda 2 ta hisob egati ajratiladi, 
ularning ikki yonida bittadan himoya egat qoldiriladi. 
B) 8 ta egat qoldirilgan bo„lakda seyalkaning birinchi kirishida traktorning 
oldingi g„ildiragi bo„lak himoya egatlari chegarasidan 120 sm. uzoqlikda yurish 
kerak. 
Seyalka ikkinchi yurishda 8 egatli variantdagi ikkinchi bo„lak ekiladi. Navbatdagi 
bo„laklarni ekish ham shu kabi amalga oshiriladi. Agar bo„lak 12 va undan 
ko„proq qatorli bo„lsa, ekish va traktorning yurishi uning o„lchamiga 
moslashtiriladi. 
Bo„lakning har bir tomonidan 2 tadan emas, 1 tadan himoya egati qoldirish 
ehtiyoji paydo bo„lsa, unda variantlar orasida 2 tadan himoya, 6 ta xisobli egat 
bo„ladi. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish