O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

Nazorat savollari: 
1. 
Tuproqning suv xossalariga nimalar kiradi va ular qanday aniqlanadi?
2. Tuproqdagi namlik turlari va ular qanday aniqlanadi? 
3. Molekulyar, gravitatsion, kapilyar, dala, to‘la, chegaraviy dala nam sig‘imlari va 
boshqalar qanday anqlanadi? 
3.2.Tuproqning fizik va mexanik xossalari. 
Tuproq hajmining bir qismi mineral elementlardan, bir qismi esa suv va 
havodan iborat. Suyuq faza - tuproqning muxim qismi bo„lib, o„simliklarning 
oziqlanishi uchun xizmat qiladi, gaz holatdagi faza esa ildiz sistemasining nafas 
olishi va aerob mikroorganizmlarni kislorod bilan ta‟minlash uchun zarur. 


37 
Ularning ikkalasi xam tuproqqattik; fazasining fizikaviy xossalariga bog„liq. 
Quyida tuproq qattiq fazasining xossalari ko„rib chiqiladi. 
Tuproq o„simliklar o„z hayoti uchun zarur bo„lgan oziq moddalar va suvni 
oladigan muhit hisoblanadi. Tuproqning struktura xolati uning unumdorligiga 
ta‟sir etuvchi sharoitlardan biri hisoblanadi. 
Tuproqning mexanikaviy elementlari bir-biri bilan yopishib, har xil 
kattalikdagi va shakldagi kesakchalar (agregatlar) hosil qiladi. Tuproqning 
mexanikaviy elementlaridan agregatlar hosil qilish xossasi struktura hosil qilish 
xususiyati deyiladi. Tuproqshunoslikda tuproq strukturasi deyilganda uning har xil 
shakl va kattalikdagi tuproq agregatlariga(kesakchalariga) ajralib ketish xususiyati 
tushuniladi. Agronomiya nuqtai nazaridan qaraganda suvda yuvilib ketmaydigan, 
ya‟ni mustahkam bo„lgan kesakchalargina eng yaxshi hisoblanadi. Bunday 
kesakchalar suvga chidamli, bunday kesakchalardan tuzilgan tuproq esa 
mustahkam strukturali tuproq deyiladi. Strukturasiz tuproqlar esa suv ta‟sirida oson 
uvalanib ketadigan kesakchalardan tuzilgan bo„ladi. 
Kesakchalarning Katta-kichikligiga qarab, tuproqquyidagi turlarga 
bo„linadi: 
Diametri 10 mm dan ortiq kesakchalar - palaxsa-palaxsa struktura; 
Diametri 0,25 mm dan 10mm gacha bo„lgan kesakchalar - makro-
struktura; 
Diametri 0,01 mm dan 0,25 mm gacha bo„lgan kesakchalar - dag„al 
mikrostruktura; 
Diametri 0,01 mm dan kichik kesakchalar - nozik mikrostruktura. 
Kattaligi 1 mm dan 3 mm gacha bo„lgan kesakchalar agronomiya jihatidan 
suvga chidamli eng yaxshi kesakcha deb kabo„l kilingan. 
Mustahkam strukturali tuproqda kapillyarsiz kovaklar xajmi ko„pbo„lishi 
tufayli yogin-sochin va sug„opyvsuvlarining hammasini singdirib oladi hamda 
yaxshi saqlaydn va mayda zarrachali tuproqda Karaganda xavo almashinuvi unda 
ancha yaxshi bo„ladi. SHuning uchun strukturali tuproqqa suv va xavo etarli 
bo„lishi tufayli mikroorganizmlarning yashashi uchun qulay sharoit vujudga 


38 
keladi, bularning natijasida tuproqda o„simliklar hayoti uchun zarur bo„lgan oziq 
moddalar to„planadi. 
Mustahkam kesakchali struktura doimiy bo„lmaydi. U quyidagi faktorlar 
ta‟sirida buzilishi mumkin: a) mexanik faktorlar - dalalarda traktorlar, odamlar va 
hayvonlarning yurishi, tuproqni ishlash qurollarining ishchi organlari ta‟siridan; b) 
fizikavny-kimyoviy faktorlar-yog„in-sochinlar kesakchalarni buzadi, atmosfera 
yog„in-sochinlarida bo„lgan ammoniy va vodorod esa tuproqqa kirib, chirindi 
singdirib olgan kalsiy va magniyni siqib chiqaradi va ular o„rnini olib, tuproq 
strukturasining mustahkamligini pasaytiradi; oqizib qo„yib va ayniqsa, bostirib 
sug„orishda suv siqib chiqargan havo tuproq kesakchalarini buzadi; v) biologik 
faktorlar-aerob protsess ta‟sirida tuproq kesakchalarini yopishtiribturuvchi chirindi 
parchalanadi, buning natijasida tuproqning mayda zarrachalarga aylanishi ortadi. 
Tuproq strukturasini tiklash uchun almashlab ekishda kup yillik va bir yillik 
o„tlar ekiladi, shuningdek, organik o„g„itlar solinadi. CHirindi Zahirasini yangilash 
strukturali kesakchalar hosil qilish va ularni mustahkamlash uchun zarur. 
Bir yillik o„simliklarni ekib, tuproqni chimqirqarli plug bilan kuzgi 
shudgorlashda dalalarning mayda zarrachali ustki qavat qatlamining strukturasi 
qisman tiklanadi. Xaydash vaqtida chimqirqarli plug tuproqning mayda zarrachali 
yuqori qatlamini o„simliklar qoldig„i bilan birga egat tubiga tashlaydi, asosiy 
korpus organik moddalarning anaerob parchalanishi hisobiga chirindiga boyigan 
pastki katlamining yumshoq, mustahkam kesakchali tuprog„ini yuzaga ag„darib 
tashlaydi. 
Akademik K.K.Gedroysning fikricha, struktura paydo bo„lishida ikki faktor: 
kuchli rivojlangan ildiz sistemasining tuproqdagi bosim va tuproqning 
quyuqlashishi 
hal 
qiluvchi 
ro„l o„ynaydi. Tuproqdagi mayda tuproq 
zarrachalarining quyuqlashishi, muzlashi va qurib qolishi ikki hamda uch valentli 
kationlar ta‟sirida ruy beradi. 
Aytib o„tilgan barcha faktorlar tuproq; strukturasini qayta tiklash va 
saqlashda muhim rol o„ynaydi. 


39 
YUqorida aytib o„tilganidek, tuproq strukturasi uning unumdorligidagi 
muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Doimiy ravishda o„zgarnb turadi, uning dinamikasini kuzatib borish hamda 
buzilish va tiklanish protsessini tartibga solish yullarini aniqlash zarur. 
Tuproq strukturali holatini o„rganishning bir necha usuli mavjud: 
1.
N.I.Savvinov usuli-K.A.Timiryazev nomidagi Moskva Qishloq 
xo„jaligi akademiyasining dehqonchilik kafedrasida ishlab chiqilgan, tuproqni 
elash bilan o„tkaziladigan makroagregat analiz usuli. 
2.
Bilvosita usullar-Akademik V.R.Vilyams va P.A.Andrianovning 
tuproq makrostrukturali elementlarining suvga chydamliligini aniklash usuli, 
K.K.Gedroysiing tuproq mikrostrukturali elementlarining chidamliligini aniqlash 
usuli, D.T.Vilenskiyning agregatlarning suvga chidamliligini aniqlashning tomchi 
usuli. 
Aytib o„tilgan usullardan, murakkab apparatlarni talab qilmaydigan ba‟zi 
birlarini bayon qilib o„tamiz. 
N.I.Savvinov usuli 
a) tekshiriladigan maydondantuproq namunasi olinib, zabolisharoitda quruq 
holatgacha keltiriladi. SHu tuproqning 2,5 kg va quruq holda elaklar to„plamidan 
o„tkazilib, quyidagi sakkizta fraksiyaga bo„linadi: 10 mm dan kattaroq; 10-5; 5-3; 
3-2; 2-1; 1-0,5; 0,5-0,25 va 0,25 mm dan kichikroq. Elaklar to„plamining past 
tomoniga changsimon zarrachalar to„planadigan taglik quyiladi, elanayotgan 
vaqtda tuproq zarrachalari to„zg„ib ketmasligining oldini olish uchun elaklarning 
ust tomoni qopqoqcha bilan berkitiladi; 
b) 
elab bo„lgandan so„ng har birfraksiya tarozida alohida tortiladi va 
uning protsienti hisoblab chiqiladi, bunda 2,5 kg og„irlikdagi tuproq 100% deb 
qabo„l kilinadi; 
v) 
og„irligi 50 gbo„lgan agregatlarning chidamlilik protsientini aniqlash 
uchun o„rtacha namuna olinadi. Buning uchun har bir elakdan grammlarda 
ifodalangan fraksiya protsentining yarmiga teng miqdorda tuproq tortib olinadi. 
Pastki elak teshiklari to„lib ketmasligi uchun o„rtacha namunaning diametri 0,25 


40 
mm dan kichik bo„lgan fraksiyadan olmaslik mumkin (garchi o„rtacha namuna 
hisoblanayotganda u hisobga olinsada). 
O„rtacha namuna ikki marta olinadi; 
g) 
olingan o„rtacha namuna suv to„ldirilgan 1 l li silindrga solinadi va 10 
minutquyib quyiladi. Bu ish keyingi operatsiyalarda kesakchalarni mexanik 
buzadigan havoning agregatlar orasidan chiqib ketishi uchun, qilinadi. 
Bir-ikki minutdan keyin garchi tuproqdan havoning ko„p qismi chiqib 
ketgan bo„lsada, uning birmuncha miqdori katta oraliqlarda pufakcha ko„rinishida 
saqlanib qoladi, qolgan barcha xavoni chiqarib tashlash lozim. Buning uchun 
silindrniig yuri qismigacha suv quyiladi va ustini oyna bilan berkitib tezda 
gorizontal holatgacha engashtiriladi, so„ngra yana vertikal holatga qaytariladi. 
SHundan keyin havo tuproq ichidan mayda pufakchalar holida ajralib chiqa 
boshlaydi; 
d) 
tuproq namunasi silindrga solingandan keyin 10 minuto„tgach, oyna 
bilan yopilgan silindr tezda to„nkariladi va tuproqning yirik zarrachalari pastga 
tushib ketmagunga qadar shu xolatda bir necha. Sekund ushlab turiladi. So„ngra 
silindr uz holiga keltirilib, tuproq uning tubiga chukishi kutiladi. Bunday 
to„nkarishlar 10 marta takrorlanadi. 
Silindrni to„nkarishda mustahkam bo„lmagan agregatlar va diametri 10 mm 
dan ortikroqbo„lgan kesakchalar tarkibiy qismlarga ajraladi; 
e) 
diametri 20 sm, balandligi 3 sm va teshiklari 0,25; 1; 2; 3 va 5 mm 
diametrli beshta elak to„plami suv to„ldirilgan keyit silindrsimon vannaga 
tushiriladi. Suv sathi yuqorigi elak chetidan 5-6 sm yuqorida bo„lishi kerak. 
j) 
o„n marta to„la aylantirilgandan keyin pastki tomoni berk tutilgan 
silindr elaklar to„plami ustiga to„nkariladi. Suv ostida oyna ochiladi va tuproq 
massasi to„plamdagi yukorigi elakka tushadi. Tekis taqsimlanishi uchun silindrni 
suvdan chiqarmasdan turib elaklar yuzasida u yoq bu yoqqa suriladi. Asosiy massa 
(0,25 mm dan yirikroq) elak yuzasiga tushgandan keyin 40-50 sekund o„tgach, 
silindr suv ostida yana oyna bilan berkitiladi va chiqarib olinadi; 


41 
z) 
elanadi, yukorigi elakni suvdan chiqarmasdan turib elaklar to„plami 5-
6 smyukoriga ko„tariladi va tez keskin harakat bilan pastga tushiriladi. Ana shu 
holatda kesakchalar yangidan elakka tushmaguncha 2-3 sekund tutib turiladi. 
So„ngra elaklar to„plami sekin-asta ko„tariladi va tezda tushiriladi. YUkorigi 
elaklar (5, 3 va 2 mm) o„n marta silkitnlgandan keyin olinadi, pastkisi esa 
qushimcha ravishda besh marta silkitiladi va suvdan chiqarib olinadi; 
i) elaklardagi kesakchalar yuvuvchi qurilmaning suv oqimi bilan katta 
chinni kosachaga yuvib olinadi, ortiqcha suv chikarib yuborilgandan keyin ular 
avval tortib quyilgan va nomerlangan kichik kosachalarga solinadi; 
k) kosachalar suv hammomiga quyiladi va tuproq havoli kuruq holatgacha 
quritilgandan keyin har qaysisi alohida- alohida tortiladi. 
Fraksiyalardagi mustahkam kesakchalarning protsient mirqdori grammlar 
sonini ikkiga ko„paytirish bilan aniqlanadi. 0,25 mm dan kichikbo„lgantuproq 
zarrachalari protsienti 100 dan anchayirik fraksiyalar protsientining yig„indisidan 
ayirib tashlash bilan topiladi. Olingan ma‟lumotlar 3.2.1-jadvalga yozib olinadi. 
Kerakli narsalar: tuproq namunalari, taglik va qopkqog„i bo„lgan, teshiklari 
10; 5, 3; 2; 1;0,5 va 0,25 mm diametrli elaklar to„plami, oynasi bo„lgan, diametri 7 
sm, balandligi 45 sm li bir litrli silindr, katta chinni kosachalar8 dona va kichiklari 
9 dona, texnik tarozilar va tarozi toshlari, suv hammomi, bachoklarni yuvuvchi 
kurilma, diametri 30-40 sm, balandligi 30-35 sm li silindrsimon vanna. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish