O‘quv testlari Nafs nima ?



Download 40,23 Kb.
bet5/7
Sana12.06.2022
Hajmi40,23 Kb.
#658321
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Нафс мартабалари бўйича тест

Nafs bandasi nafsidan boshqani o‘ylamaydigan.
...Nafsi buzuq (yoki yomon) Ovqatdan sira qaytmaydigan, nafsini tiya olmaydigan; hirsli. Nafsi buzuq hayitda o‘lar. Maqol.
Nafsi o‘lik (yoki tiyiq) Nafsini tiya oladigan, har narsaga suq bilan qarayvermaydigan.
Nafsiga o‘t tushmoq Nafsi haddan tashqari avj olmoq; nafsi hakalak otmoq.
Nafsini tiymoq Nafsiga erk bermaslik, o‘zini saqlamoq. Ko‘zing og‘risa. Qo‘lingni tiy, iching og‘risa, nafsingni tiy. Maqol.

  1. Shahvoniy hirs[1]”. 

Rivoyat qilishlaricha, Alloh taolo Odam Atoni yaratishda dastlab tanalarini yaratadi. Odam atoning tanalariga tana ehtiyoji bo‘lgan nafsni olib kelishga buyuradi. Chunki inson tanasining dunyoda bo‘lishi unda nafs bo‘lishini taqazo qiladi. Nafs esa yeyish, ichish va uxlashga muhtojdir.
Farishtalar nafsni olib kelishganda Alloh taolo: “ Ey nafs, men kimman, sen kimsan?”, deb so‘radi. Nafs:“ Men seni tanishni xohlamayman.Meni xohishim zo‘r yeyish- ichish va uxlashda ”, deb javob beradi. Alloh taolo yuz yil nafsni olov bilan azoblaydi. Undan qayta so‘radi ammo javob o‘zgarmadi. Yana u yuz yil olovda azoblandi, javob o‘sha-o‘shaligicha qoldi. Alloh taolo nafsni yuz yil ochlik bilan azobladi. Nafs ochlik azobiga duchor bo‘ldi. Shundan so‘ng Alloh taolo undan: “ Men kimman, sen kimsan”, deb so‘radi. Nafs esa: “ Men rizqlanuvchi, sen esa razzoq ekansan”, deb Alloh taoloni e’tirof etadi. 
Alloh taolo farishtalarni yaratib, ularga aql berdi, ammo nafs bermadi. Hayvonlarni yaratib, ularga nafs berdi ammo aql bermadi. Alloh taolo insonga ham aql berdi, ham nafs berdi. Alloh taolo Odam ato tanalariga nafsni qo‘ygach, farishtalar aql ne’matini olib kelishga buyurdi. Alloh taolo aqlga: “Yaqinroq kel”, -dedi. Aql yaqinroq keldi. Alloh taolo aqldan so‘radi:“Men kimman, sen kimsan?”. Aql esa:“ Men aqlman, sen esa meni yaratganimsan”, deb javob berdi. Alloh taolo aqlni ulug‘lab Odam ato tanalari ning eng yuqori, ya’ni bosh qismiga qo‘yishni buyurdi. Alloh taolo insonga aql ne’matini berish bilan insonni boshqa maxluqlardan aziz qildi. Inson aql yordamida o‘z nafsini va yaratganini taniydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “ Kimki o‘z nafsini tanibdi, u o‘z yaratuvchisini tanibdi”, deydilar. Nafs inson uchun ichki turtkidir. U inson ichidan turib, “och qolding, chanqading, charchading” deb gapirib turadi. Inson aqli esa nafsni tinglab, unga nasihat qiladi. Inson aql yordamida o‘z nafsini tanish bilan birga, bu dunyoga nima sababdan kelganligini va dunyodan ketishning asl mohiyati nima ekanligini idrok qilish baxtiga muyassar bo‘ladi. Inson aql yordamida o‘z nafsini yaxshilikka undaydi va uni yomonliklardan tiyadi. Va ana shu bilan u ikki dunyo saodatiga erishadi.
Donishmandlar inson nafsini bir necha darajaga bo‘lishadi. Nafsning birinchi darajasini “Nafsul-ammora” deyishadi. Nafsul-ammora insonning xilqatidagi nafsdir. Bu nafs yeyish, ichish, uxlashdan iborat bo‘lib, unga dunyo va oxiratni qayg‘u qilmaydigan bolalik davri misol qilinadi. Ammo insonning bu nafsiy holati shunday tashlab qo‘yilsa, u har xil yomonliklarga undaydi. Bu haqda “ Qur’oni karim”da Yusuf alayhissalom nomidan shunday deyiladi:“ Nafsimni oqlamayman. Zero, nafs yomonlikka undovchidir. Faqat rabbim rahm qilganlar bundan mustasnodir. Albatta, Rabbim kechirimli va rahmli zotdir”. ( Yusuf surasi, 53-oyat).
Nafsning ikkinchi darajasi esa nafsul-lavvoma deyiladi. Nafsning bu darajasi insonning aqli kirib, yaxshi-yomonni ajratadigan, yomon ishlaridan pushaymon qiladigan holdagi nafsidir. Nafsning bu darajasini insonda vijdon hakamlik qiladigan holatini qiyoslash mumkin. Chunki, nafsida vijdoni bor odam o‘zini tergaydi va o‘zidan pushaymon bo‘ladi. Ichida vijdoni g‘ulu, malomat qiluvchi nafs o‘zini yomonliklardan tortadi, yaxshiliklarda bardavom bo‘ladi. Nafsul-lavoma haqida “Qur’oni karim”da “ Va men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki, hech shak-shubhasiz qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar). (Qiyomat surasi 2- oyat.)
Nafsning uchinchi darajasi nafsul- mutmainnadir. Inson nafsining bu darajasi o‘zligini anglagan va nafsiy xotirjamlikka erishgan davridir. Nafsning bu darajasida inson vujudida iymon hakamlik qiladi. Bu haqda “Qur’oni karim”da: “Ular iymon keltirgan qalblari Allohni zikr qilish-eslash bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘lingizkim, Ollohni zikr qilgan bilan qalblar orom olur. (Ra’d surasi, 28- oyat.)
Ayrim ulamolar nafsning yana nafsul-mulhama, nafsur-roziya, nafsul-marziya, nafsus-sofiya kabi yana to‘rtta darajalari borligini ta’kidlashgan. Inson nafsi o‘z darajasiga ko‘ra faoliyat olib boradi. Nafsul-ammora insonni har kuni nafsoniy ishlarga yo‘llaydi. Inson erta tongda uyg‘onganidan u: “ Qani bugun nima yeysan, qaerga borasan, nima kiyasan? “deb savollarga tutadi. Shu paytda insonning nafsi tarbiya topib, u nafsul-lavoma darajasiga yetgan bo‘lsa, nafsini tergaydi, uni xotirjam qiladi. Shu sababli inson o‘z nafsini bilib, uning gunohga olib boruvchi xohishlarini bilan kurashishi zarur. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: “ Bizning oldimizda to qiyomatgacha davom etib turadigan kurash bor, u ham bo‘lsa, har kimning o‘z nafsi bilan kurashishidir”. Albatta, inson bu kurashda o‘z nafsini anglashi, havoyi-nafslari bilishi lozim. Zero, bu dunyodagi solih ishlar nafsga qiyin qilib qo‘yilgan bo‘lsa, havoyi nafsga xos ishlar esa zavq-shavq bilan o‘ralgandir. Payg‘ambarimiz s.a.v.: “ Dunyoda jannatiy ishlar nafs yoqtirmaydigan narsalarga o‘ralgan, do‘zaxiy ishlar esa nafsga chiroyli qilib ko‘rsatilgandir”, deydilar. Shu tufayli inson o‘z nafsi bilan kurashishda doimo yomon ishlardan qaytish va yaxshi ishlarga harakat qilishi lozim. Qadimda bir shogird ustozi huzuriga kirib: “ Ustoz, men nafsim buyurganini qilaymi yoki uning buyurganiga qarshi ish tutaymi? “, -deb so‘rabdi. Shunda uning ustozi: “Nafsing buyurganiga qarshi ish tutma, va uni aytganini ham qilma, balki nafsingni xudoning buyrug‘i bilan tarbiya qil”, - deb javob bergan ekan. 
O‘z nafsini tanib uni jilovlagan insonlar ko‘proq boshqa insonlarga manfaat yetkazadilar. O‘z nafsini tiyaolmagan odamlar har xil nomaqbul ishlarga qo‘l uradilar. Shu sababli inson o‘z nafsini anglashi va uni tarbiyalashi natijasida yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida shakllantiradi. Va jamiyatda kishilar o‘rtasida bir-birini ko‘raolmaslik, hasad, xudbinlik kabi salbiy odatlar barham topib, ularning o‘rniga bir-birovlariga insof va adolat qilish, mehr-muhabbat ko‘rsatish, o‘zaro hamjihatlikda yashashlik kabi yuksak insoniy fazilatlar mustahkamlanadi. 
lloh bir oyatda shunday ogohlantiradi:
Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar va har bir jon erta – Qiyomat kuni uchun nimani (ya’ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir” (Hashr surasi, 18-oyat).
Ey inson, bilib qo‘yki, doim yomonlikni xohlab turadigan Nafs senga shaytondan ham dushmanroqdir. Shayton nafsingning hoyu havasi bilan bo‘yningga minib olib, seni Allohning yo‘lidan chiqarishi mumkin. Nafsing esa seni behuda amallar va quruq xayollar bilan aldab qo‘yur! Chunki Nafs tabiatan tinchlik-osudalikni, loqaydlik, g‘aflat va beparvolikni yoqtiradi va umrni tanballik bilan o‘tkazishni istaydi. U doimo behuda va botil (buzuq) narsalarga o‘ralashadi. Behuda kibrga beriladi. Agar nafsingdan mamnun bo‘lib, uning xohishlariga yursang, manziling falokatdir, o‘limdir. Yanglish hisoblar va xomxayollaringdan xabardor bo‘lmasang, oxiri cho‘kishing muqarrardir. Agar, Nafsga «to‘xta!» deyishga ojizlik qilsang, u seni yong‘inga olib boradi. U holda aslo yaxshilikka qaytish umidi yo‘qdir. Nafs balolarning boshi, razolatlarning manbaidir. Shayton uchun gunoh xazinasi bo‘lgan Nafsni yaxshi ko‘rgan odam Yaratganni taniy olmaydi. Inson Alloh yo‘lida nimalar kilgani to‘g‘risida, umrining o‘tgan qismi ustida ana shunday mulohaza yuritsa, bu mulohaza bir navi o‘z qalbini yuvish bo‘ladi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyuradilar: “Yaxshi mavzuda bir soat mulohaza qilmoq, o‘ylamoq bir yillik ibodatdan yaxshiroqdir”. 

Download 40,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish