O’quvchilar tarbiyasida maktab, oila, jamoatchilik hamkorligi



Download 47,98 Kb.
bet8/9
Sana09.03.2022
Hajmi47,98 Kb.
#487197
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi 7

Ijtimoiylashuv agentlari - bu eng muhim ijtimoiylashuv jarayonlari yuz beradigan tuzilmaviy guruqlardir. Barcha madaniyatlarda bola ijtimoiylashuvining asosiy agenti oila hisoblanadi. Bundan tashqari, tengdoshlar guruhlari, maktab, ommaviy axborot vositalari ham ijtimoiylashuv agentlaridir.
Shuni ta'kidlash joizki, ijtimoiylashuvda jamoaning o'rni beqiyosdir. «Jamoa ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyat uchun jipslashgan o'quvchilarning guruhidir».
Sinf faqat o'quv faoliyati birligi bo'libgina qolmasdan, balki o'quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir
Jamoa va unga qo'yilgan talablar haqida so'z ketar ekan, turli yoshdagi sinflarda jamoa tashkil etishning farqli tomonlari bormi? Ulaming o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat, degan savol tug`ilishi tabiiy. O'quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farqlar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo'1-yo'riqlarni belgilab boimaydi.
Ayniqsa, boshlang`ich, V va IХ sinflarda o'quvchiiar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug'diradi. Bu sinflarda ko'pincha o'quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o'zgaradi. Shunday ekan, o'quvchilar jamoasini yangidan tuzishga to'g'ri keladi.
VI-VII sinflarda o'quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko'proq jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o'zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar, mehnat qilish malakalari va ko'nikmalarini rivojlantiradilar.
Sinf rahbari quyi va o'rta sinflarda bu ishlarni amalga oshirishda boialar va o'smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati yordamiga tayanadi. Jamoa bo'lib ishlash, amaliy faoliyat ko'rsatish sinf jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha o'quvchilarga, hatto qoloq, inti-zomi bo'sh o'quvchilarga ham jamoat topshirig`i berish kerak.Bu bolalarni mehnatsevarlik, tejamkorlik va tartib-intizomga o'rgatadi. Sinf rahbari dastlabki kunlardanoq o'quvchilarni jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ular ichidan faol bolalarni tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a'lochi o'quvchilardan sinf faollarini saylaydi.Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha o'quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir.O'quvchilarni istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin, qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda yorqin va jozibador istiqbollarning bo'lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli holatlarni keltirib chiqaradt.Istiqbol, odatda, oddiy kundalik ishlar: sinf xonasini jihozlash, kutubxona tashkil etish, musobaqalarga tayyorlanishdan boshlanib, sayr-tomoshalarga chiqish, kino, teatrlarga jamoa bo`lib borish orqali davom ettiriladi. So'ngra murakkabroq istiqbolli vazifalar qo'yiladi: kecha tayyorlash, dramatik to'garak tashkil qilish, olim-piadalarda qatnashish, sovrinlarni («Zulfiya», «Nihol» kabi) qo'lga kiritish uchun harakat qilish kabi.Har qanday an'ana sinf o'qituvchilari va ota-onalar nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ular qo'llab-quvvatlagan taqdirdagina bu boqiy an'anaga aylanadi. Yaxshi an'ana sinf jamoasining jipslashuviga ko'maklashadi.O'quvchilar jamoalarining tarbiyalanganlik darajalari pastligi ko'pincha maklabda o'quvchilarga qo'yiladigan yagona talablarning yo'qligi bilan izohlanadi. Yagona talablar o'quvchilarda javobgarlik munosabatini, yuksak o'zaro talabchanlikni tarbiyalashga, ularda yuksak axloqiy odatlarni tarkib toptirishga, mustahkam an'analar yaratishga yordam beradi.
Yagona talablarni ishlab chiqishda o'quvchilaming o'zlari, sinf rahbari, ota-onalar qatnashishlari mumkin. Uni tuzishda har bir maktabning o'ziga xos xususiyatlari, mahalliy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Yagona talablar buyruqbozlikka nisbatan katta afzalliklarga ega. U barcha o'quvchilar tomonidan g'oyat adolatli deb idrok etiladi, tirishqoqlik bilan bajariladi.Sinf jamoasining shakllanishi va uning rivojlanib, uyushib borishida o'qituvchining roli juda katta. U jamoani tarbiya maqsadiga muvofiq rivojlantirishga yo'naltiradi.Jamoaning faoliyatida sinf faollarining o'rni ham muhim bo`lib, ishonchli, faollarni tanlash uchun o'qituvchi o'quvchilarning faoliyatini, sinf ishlariga kim qanday munosabatda bo'lishini kuzatishi, har bir o'quvchi bilan shaxsan suhbatlashib ijtimoiy ish bilan shug'ullanish istagini bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur. Jamoani uyushtirishda jamoatchilik topshirig`idan, o'quvchilarni istiqbolga chorlash, sinfda ijobiy an'analarni qaror toptirish va o'quvchilarga yagona talablar qo'yishdan o'z o'rnida foydalana olishi lozim. O'qituvchilik kasbini egallagan har bir inson o'quvchilar jamoasini jipslashtirishda o'qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o'zida mujassam etishi, ruhiy-pedagogik talablarga qo'yiladigan qator talablarga javob berishi, maxsus kasbiy tayyorgarlikning to'la xajmi va mazmunini uzlashtirgan bo'lishi, tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, nazokat, ziyraklik va kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo'lmog`i juda muhim. Zero, olqituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun yoshlarni mustaqil fikrlashga o'rgata olishlari, jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga, voqea-hodisalarga adekvat baho berishga o'rgatishlari, e'tiqodi mustaxkam vatanparvarlar qilib tarbiyalashlari bugungi kunning asosiy qirrasi bo'tib xizmat qiladi.

1.3.O’quvchilar tarbiyasida oilaning o’rni


Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo'g`ini bo'lib, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila-murakkab ijtimoiy guruh. U biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi, shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashkil etadi. «Oila-kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo'lgan majmua. Ya'ni mikroijtimoiy tuzilmadir», - deb ta'kidlaydi o'zbekistonlik olim A. O'lmasov. Jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini ko'rsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat manfaat do rdir. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuk avlodni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozim. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434 raqamli farmoni va unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog`iigini mustahkamlash, sog'lom avlod tug`ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to'g'risida»gi 242-sonli qarorining "bajarilishi mamlakatimizda sog'lom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Oila-jamiyatning boshlang`ich ijtimoiy bo'g`inidir. U o'zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o'zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik diagnostikada oila tarbiyasi o'z milliy va demo grafik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. O'quv maskanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan o'quvchi-talaba shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning tarkib topib borishini jadallashtiradi. Yoshlarning xulqida uchraydigan nuqsonlar: yolg'onchilik, agressivlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda o'quv maska­nlarida beriladigan ta'lim-tarbiyaning ta'sirini oshirish yo'llarini tadqiq etishda oila diagnostikasining muhim ahamiyati mavjud. Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-Rubinshteyn, E. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, M. Qur'onov, O. Musurmonova, L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlar-ning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo'linmoqda. Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o`z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy-pedagogik yordamga muqtoj oilalarni ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko'rsatish, ya'ni oilada valeologik sog'lorti turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to'g'ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila diagnostikasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo'yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:
- maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekaniiklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
- harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o'rnatishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko'ra, ota-onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir;
- diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Bu oilaviy tarbiyaning o'ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. «Oilaviy tarbiya doimo o'zining murakkab va ko'p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi» (42,54), - deb ta'kidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila o'ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig'magan olam, u tarbiya ishida o'ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o'zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo'l-yo'riqlari mavjud emas. O'zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o'zini-o'zi anglash, milliy tuyg'u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o'z aksini topadiki, o'zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o'rganishda bularni chetlab o'tish mumkin emas. O'zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko'p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo'lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlaming birgalikda yashashi. Jamiyatning asosiy bo'g`ini bo'lmish-oilalarning vazifalari turli-tuman

Download 47,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish