8
II. Adabiyotlar taxlili
II.1
Bolalar va o'smirlarning o'sishi va rivojlanishini umumiy qonuniyatlari.
O'sish va rivojlanish to'g'risida tushuncha
Organizmning ulg'ayishidagi o'zgarishlari va davrlari:
1.
Ulg'ayishning davriyligi.
2.
Organizmni yoshga oid o'zgarishlari.
Bola organizmi voyaga yetgan organizmdan bir qator muxim belgilari bilan
farq qiladi. Ularni bilish, empirik yo'l bilan emas, balki to'liq ilmiy asosda ya'ni
bolalarni yoshga oid xususiyatlari hisobga olingan holda, ularni har tomonlama
barkamol rivojlanish tizimini yaratish imkonini beradi.
Odam organizmini rivojlanishi, uzluksiz jarayon sifatida, inson hayotining
barcha davrlarida davom etadi. Faqat shuni e'tiborga olish zarurki, qarish jarayoni
o'ziga xos bo'lib, bir qator hollarda qayta rivojlanish bilan bog'liqdir. Tana vaznini,
alohida a'zolar va to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar hamda
ularni differentsiyalashuvi bola hayotining birinchi yilida va bolalik davrida
amalga oshadi. Voyaga yetgan davrda organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin
funktsional differentsiyalashuvi va reflektor faoliyatni takomillashuvi ichki
kortikal aloqalarni rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi.
O'sish va rivojlanish bir xil mohiyatli jarayon emas, lekin bola barkamol va
normal rivojlangan paytda ular yaqindan aloqada bo'ladi va o'zaro hamkorlikda
harakat qiladi. Patologik holatlarda xam voyaga yetish, ayrim hollarda barkamol
sharoitlarda sodir bo'lishi mumkin, lekin bunda, u, jadallangan holda kechadi.
Masalan, ayrim hollarda, ba'zi bir morfologik strukturalar darajasida muddatidan
oldin yetilish sodir bo'lib, bu hol bir vaqtning o'zida individda bolalik va voyaga
yetgan belgilarni paydo bo'lishini tezlashtiradi.
Bolaning yoshga oid rivojlanish davrlari tana va a'zolar og'irligi va kattaligi,
skelet suyaklarini suyaklanish darajasi, tishlarini paydo bo'lishi, ichki sekretsiya
bezlaridagi biriktiruvchi to'qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va
boshqa ko'rsatkichlar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid
davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik
9
funktsional va morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani yo'q. Morfologik
va funktsional belgilarni alohida yoshga oid davrlarda hamkorlikda o'tishlari
hamda bolalarning o'sish va rivojlanishidagi tezkor o'tuvchi dinamik jarayonlar
davrlarni qat'iy chegaralash va tizimlashtirishni qiyinlashtiradi. Bu hol,
tizimlashtirishda birdamlikka olib kelmaydi. Pediatriyada, N.P.Gundobin taklif
qilgan rivojlanish davrlari sxemasi eng ko'p tarqalgan:
Do'stlaringiz bilan baham: