O’rni va roli. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi



Download 34,23 Kb.
bet4/5
Sana05.07.2022
Hajmi34,23 Kb.
#741894
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’rni va roli. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi

Qisqacha xulosalar

  1. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uning ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish
    salohiyatini hamda kadrlarini faol va nofaol iqtisodiy tahdidlardan, masalan,
    davlatning samarasiz ilmiy-sanoat siyosatidan yoki tashqi muhitda yuzaga kelgantahdidlardan himoyalanganligidir.

  2. Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik borasidagi strategiyasini puxta ishlab
    chiqish va uni samarali amalga oshirish milliy iqtisodiyotning eng muhim dastagi bo’lgan korxonalarning barqaror o’sishi va rivojlanishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi.

  3. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni
    amalga oshirish uchun uning xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarni bilish kerak bo’ladi. Buning uchun korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ifodalaydiganparametrlarni o’rganish va ularni tahlil qilish kerak bo’ladi.

  4. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar
    kelib chiqish manbalariga ko’ra ichki va tashqi tahdidlarga ajratiladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan ichki tahdidlar asosan ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi.

Xulosa
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiyiqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning
namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi
yuzaga keladi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor”1 yaratishi alohida ta’kidlab o’tilgan. SHuning uchun ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi. Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida unga u yoki bu darajada ta’sir
ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtainazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning
parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda. AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y berib, keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga tarqalib, global xarakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi. O’zbekiston ham integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir
qismi sifatida jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy
oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishi2 Respublika Prezidenti
I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida ta’kidlab o’tildi. Demak, globallashuv sharoitida mamlakatlarning milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning dolzarbligi yanada ortib boradi. SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiyot sohasiga oid juda ko’p bilimlarni “xavfsizlik” tushunchasini hisobga olgan holda to’ldirish yoki tuzatish maqsadga muvofiqdir. Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirgan. XX asrda jamiyat xavfsizligiga bo’lgan zamonaviy qarashlarga V.Paretto va rossiyalik yirik olim A.Bogdanovlarning asarlarida asos solingan. «Xavfsizlik» tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turlicha ma’noda talqin etiladi. SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi.

Download 34,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish