O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


N O R M A L A N A T O M IY A V A N O R M A L F IZ IO L O G IY A


bet4/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

N O R M A L A N A T O M IY A V A N O R M A L F IZ IO L O G IY A
F A N L A R IN IN G Q IS Q A C H A T A R IX I
Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo'lini 
bosib o'tdi. Lekin o'tm ishda 
odam murdasini yorib o'rganish gunoh 
hisoblangan. Shuning uchun murdani yorib o'rganishga intilganlar hatto 
o'lim jazosiga hukm etilgan. Binobarin, odam organizmini o'rganish ilmiy 
tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. Lekin qadimiy M isrda ta­
niqli shaxslarning jasadlarini mumiyolash odat bo'lganligi sababli ba’zi 
a ’zolaming tuzilishi to'g'risida yuzaki bo'lsa ham m a’lumotlar bo'lgan. 
Jumladan, miloddan aw al yashab o'tgan Smit bosh miya va yurak tuzilishi 
to'g'risida m a’lumotga ega bo'lgan. Hind tabibi Bxaskare Bxatshe miloddan 
avvalgi X asrga mansub «Anatomiya targ'iboti» asarida a’zolar, muskul- 
lar, qon tomirlar va nervlar to 'g 'risid a yuzaki ma’lumotlar to'plagan.
Anatomiyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlaka- 
tidan boshlangan. Yunonistonda ruhoniylar hukmron bo'lm aganligidan 
maktablar bo'lib, ko'pgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi o'qitilgan. 
Bu maktablarda boshqa olimlar bilan bir qatorda Gippokrat ham tarbiya 
topgan.
G i p p o k r a t (miloddan avvalgi 460— 337-yillar) tibbiyot sohasidagi 
o'zigacha bo'lgan m a’lumotlami to'plab sistemaga solgan, kuzatish va 
tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Bu qo'llanmalardan tibbiyot olamida 
uzoq yillar mobaynida foydalanib kelindi. Gippokrat yurak va qon tomirlar 
tuzilishi to'g'risida ham ma’lumodar berib, arteriya tomiridan havo (jon) yuradi, 
degan noto'g'ri fikmi oldinga surgan va nervlami paylardan ajrata olmagan. 
Arteriya nomi ana shundan kelib chiqqan.


A r i s t о t е 1 (miloddan avvalgi 384— 322-yillar) Yunonistonning atoqli 
olimi, faylasufi va anatomi. U nervlarning paylardan farqi borligini 
isbotlagan, olim Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanadi 
degan no to'g 'ri fikrini rad etib, qon tomirlar yurakdan boshlanishini is- 
botlab bergan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo'shliqdan iborat bo'lib, 
bosh miyada hosil bo'ladigan ruh, shu nervlar orqali organizmga tarqaladi, 
degan no to'g'ri fikrda bo'lgan.
V i l y a m G a r v e y (1578— 1657) taniqli anatom va fiziolog bo'lib, 
o'z kuzatish va tajribalari asosida 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda 
yurak va qon harakatlari to'g'risida anatomik tekshirishlar» degan 
ilmiy 
asarida katta va kichik qon aylanish sistemasini tarixda ilk bor ilmiy isbotlab 
bergan. Garvey qon arteriyadan venaga ko'zga ko'rinm aydigan mayda 
tomirchalar orqali o'tadi, deb taxmin qilgan bo'lsa, М. M a 1 p i g i (1628— 
1694) 1661-yilda arteriya bilan venani bir-biriga qo'shib turadigan kapillarlar 
borligini mikroskop ostida ko'rib isbotladi.
O 'rta asrlar (V— XI) da O 'rta Osiyodan ham bir qancha mashhur 
olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri har taraflama yetuk olim A b u
A l i i b n S i n o d i r (980— 1037).
Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan bu olim falsafa, adabiyot, 
matematika, kimyo, astronomiya, musiqa va tibbiyot bilimidan xabardor 
bo'lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Dastlabki 
bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko'p fanlarni mukammal egallagan. 
Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo'lib xizmat qilgan. 
Tibbiyot sohasidagi misli ko'rilmagan buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni 
butun dunyoga mashhur qilgan.
Ibn Sino 100 dan ortiq asar yozgan, bulardan eng mashhuri «Tib 
qonunlari» 1000-yillarda chop etilgan. Kitob besh jildlik bo'lib, birinchi 
jildi anatomiya va fiziologiyaga bag'ishlangan. Ibn Sino o'zining bu 
buyuk va o 'lm as kitobida tibbiyot sohasidagi barcha m a’lum otlam i 
to'plabgina qolmasdan, o 'z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari 
bilan asarni boyitgan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr qilindi va 
dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida tibbiyot 
bilim yurtlarida o'quv qo'llanm asi bo'lib xizmat qilib keldi.
Ibn Sino odam organizmini o'rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi 
bo'lib e’tibor berdi. «Tib qonunlari» jildlarida ichki kasalliklar, xirurgiya, 
farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning boshqa sohalari to'g'risida ma’lumot 
berilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta 1954— 1956-yillarda Toshkentda 
o'zbek tilida bosilib chiqqan.
Abu Bakr Ar-Roziy (865— 925) — Abu Bakr M uhammad Zakariyo 
Ar-Roziy Ray (Eron)da tug'ilgan. K o 'p vaqt Buxoroda yashab ijod 
etgan buyuk hakim, klinitsist. Roziyning 260 dan ortiq asari bo'lib,


«Chechak va qizamiq» risolasi ilk bor chop etilgan. Dunyoda birinchi 
bo'lib «Kasalliklar tarixini» yozgan (799 ta).
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Al-Chag‘miniy 1221-yili Urganchda 
vafot etgan. U o ‘z zamonasining atoqli olimlaridan biri bo'lib, 1210- 
yilda «Tibbiyot qonuni» asarini yozgan. Bu asar o 'sh a davrdagi tibbiyot 
namoyandalari orasida keng shuhrat g'ozongan. Chag'm iniy O 'rta Osiyo 
tibbiyotida katta iz qoldirgan.
Abu Abdulloh Iloqiy (936) — «M a’mun Akademiyasi»ning ko'zga 
ko'ringan olimlaridan biri. U o 'z zamonasining taniqli tabiblaridan bo'lib, 
Abu Ali ibn Sino bilan birga ishlagan. Juda k o 'p kitoblar yozgan: «Kitob 
Asbob va Alomat»; «Kulliyoti Tib Iloqiy»; «Fisumi Iloqi Fi Kulliyoti 
Tib»; «Muxtasari Iloqiy» va boshqalar.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973— 1050) tabo- 
batda, ayniqsa farmakognoziyada muhim o'rin tutgan olim. U matemati- 
ka, kimyo, munajjimlikni ham mukammal bilgan.
Anatomiya faniga qiziqish Uyg'onish davrida (XII— XVI asrlarda) 
Italiyada, keyinchalik Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida boshla­
nadi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani yorib o'rganishga 
ruxsat beriladi. Natijada dunyoda birinchi marta (1316-y.) aniq ma’lumotlar 
asosida yozilgan anatomiya darsligi paydo bo'ladi.
Leonardo da Vinchi (1452— 1519) — Uyg'onish davrining 
buyuk 
arbobi, italiyalik olim, musavvir, matematik, muhandis va faylasuf. Odam 
portretini to 'g 'ri va aniq chizish maqsadida 30 dan ortiq murdani yorib 
o'rgandi va a ’zolar rasmini chizib chiqdi. U dunyoda birinchi bo'lib 
muskullarning ishlash dinamikasini o'rgandi. Shu bilan plastik anatomi- 
yaga asos soldi.
Andrey Vezaliy (1514— 1564) Venetsiya universitetida anatom iya 
professori bo'lib ishlagan. U juda ko'p murdani yorib o'rganadi, hayvon­
lar ustida tajribalar o'tkazadi. Shular asosida 1538-yili «Anatom iya 
jadvallari» atlasini va «Odam tanasining tuzilishi to'g 'risid a yetti kitob»ini 
yozadi.
Klavdiy Galen (130— 210) anatomiya, fiziologiya, falsafa va biolo- 
giya fanlarini mukammal o'rgangan olim, ilgarigi idealistik g'oyalam i 
quvvatlab, organizm o 'z vazifalarini uch xil ruh orqali bajaradi, degan 
xulosaga keladi, birinchisi — jigarda paydo bo'lib, venalar orqali, ikkin­
chisi — yurakda vujudga kelib, arteriyalar vositasida organizmga tarqaladi. 
Uchinchisi esa miyada paydo bo'lib, nervlar orqali organizmning barcha 
qismlarini idora qiladi.
Rossiyada XVII asrgacha vrachlar chetdan taklif etilgan. Ular tibbiyotga 
bo'lgan ehtiyojni qondirmagan. Shuning uchun Pyotr I Peterburgda (1715) 
va Kronshtatda 
(1717), 
keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy 
gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan. Pyotr I 
birinchi


n a v b a td a tibbiyotning asosi bo'lm ish odam anatom iyasi fani bilan 
shug'ullanishga da’vat etgan, o'zi ham anatomiyani chuqur o'rgangan. U 
Gollandiyada bo'lgan vaqtlarida anatomiyani dorixonachi, anatom va bota­
nik F. Ryuishdan o'rgangan va turli preparatlar tayyorlagan. Pyotr I Ryuishdan 
anatomik preparatlar sotib olib, Peterburgdagi tabiat ilmiy muzeyiga qo'ygan. 
Preparatlaming bir qismi hozir ham saqlanib keladi. Pyotr I ning tashabbusi 
bilan 1798-yilda Peterburgda tibbiyot Akademiyasi tashkil etilgan.
N. I. P i r o g o v (1810— 1881) — rus harbiy-dala xirurgiyasining 
asoschisi va topograf anatom. U odam organizmidagi a’zolarni muzlatib, 
qatma-qat qilib kesib o'rgangan va juda k o 'p preparatlar tayyorlab, «to- 
pografik anatomiya» atlasini tuzgan (1859).
V. M. B e x t e r e v (1857— 1927) — nevropatolog, psixiatr va taniqli 
anatom. U bosh miyaning po'stloq qismida joylashgan bir qancha analizator 
(markaz)larni va ularning o'tkazuvchi yo'llarini o'rganib, talaygina ilmiy 
asarlar yozadi.
I. P. P a v l o v (1849— 1936) — ulug' rus fiziologi. Odam markaziy 
nerv sistemasi fiziologiyasini o'rganishga salmoqli hissa qo'shgan. U 
bosh miya p o'stlog'i va unda joylashgan markazlar to'g'risidagi tushun- 
chani takomillashtirdi. Jumladan, miya yarim sharlarining hamma qismlari 
(harakat sohalari ham) sezgi impulslarini qabul qiluvchi markazlar ekan­
ligini isbotladi va ularni analizator deb atadi. U birinchi bo'lib, ikkita 
signal sistemasi to'g'risidagi ta’limotni yaratdi.
P. F. L e s g a f t (1837— 1909) sportchilar anatomiyasini o'rgandi. U 
o rg an iz m n in g riv o jla n ish i va tu z ilis h ig a tashq i m uhit, jism o n iy
m ashg'ulotlar ta’sirini o'rganib, «Maktab yoshigacha bo'lgan bolalarning 
badantarbiyasiga doir qo'llanm a» (1888— 1901), «Anatomiya nazariyala- 
ri asosi» (1892) asarlarini nashr etdi.
Akademik V. P. V o r o b y o v (1876— 1937) Xarkov tibbiyot ins­
t i t u t i n g professori, a’zolar va ulardagi nerv tolalarini o'rgandi. Murdani 
mumiyolash ustida k o 'p ishlar qildi. Rossiyada birinchi bo'lib besh jildlik 
anatomiya atlasini tuzdi.
N. K. L i s e n k o v (1865— 1941) — Odessa universitetining profes­
sori. Odam organizm ining normal tuzilishi, topografiyasini, plastik 
anatomiyani o'rgandi va 1932-yilda V. I. Bushkevich bilan hamkorlikda 
«Odamning normal anatomiyasi» kitobini yozdi. Bu darslik hozirgacha 
qayta-qayta nashr etib kelinadi.
S. Sh. S h a x o b u t d i n o v (1921— 1978) ilmiy izlanishlarini bosh 
miyaning anatomik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishladi.
Akademik Yo. X. T o ' r a q u l o v ichki sekretsiya bezlari morfologi- 
yasini o'rganib, olamshumul natijalarga erishdi va ko'plab kadrlar tay- 
yorladi.


Akademik К. A. Z u f a r o v (1925— 2002) shogirdlari bilan ovqat 
hazm qilish sistemasining morfologik xususiyatlarini o'rganib, ko'plab 
kadrlar yetishtirdi, darslik va atlas tayyorladi.
Z. G. S l o b o d i n Toshkent tibbiyot institutida 1941— 1951-yillarda 
anatomiya kafedrasiga mudirlik qildi. Qisqa vaqtda 10 dan ortiq anatom- 
pedagoglar tayyorladi. Vegetativ nerv sistemasi ustida ilmiy izlanishlar 
olib bordi.
H. 
Z. Z o h i d o v (1912— 1978) anatom olim va mohir pedagog, 
Toshkent tibbiyot pediatriya institutining odam anatomiyasi kafedrasini 
tashkil etgan. Suyaklar, markaziy va periferik nerv sistemalarining rivoj­
lanish xususiyatlarini o'rgangan.
R . E . X u d о у b e r d i у e v (19 2 2 -20 0 3)— anatom, I Toshkent tib­
biyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) normal anatomiya 
kafedrasi m u d iri, qon to m ir va nerv sistem alarin in g m o rfo logik 
xususiyatlarini o'rgangan. O 'z ilmiy kuzatishlariga asoslanib qo'llanm a- 
lar va hamkorlikda anatomiyadan darslik tayyorlagan.
N. A. I b o d o v — Samarqand tibbiyot institutining anatomiya ka­
fedrasi mudiri. Vegetativ nerv sistemasining morfologiyasini o'rgangan. 
Anatomiyadan lotincha-ruscha lug'at tuzgan.
N. K. A h m e d o v — 1955-yilda Andijon tibbiyot institutida anato­
miya kafedrasini tashkil etgan, keyinchalik Toshkent tibbiyot instituti 
qoshida stomatologiya va sanitariya-gigiyena fakultetlarining anatomiya 
kafedrasini, so'ngra II Toshkent tibbiyot institutining anatomiya kafedrasini 
tashkil etgan va rahbarlik qilgan. Periferik nerv sistemasi va qon tomirlar 
morfologiyasini, ayniqsa uning mikrosirkulyator xususiyatlarini o 'rgan­
gan. Talabalarning o'zbek tilidagi darslik va qo'llanm alarga bo'lgan ehti- 
yojini qondirish maqsadida 12 darslik, O'zbekiston tarixida birinchi marta 
ikki jildlik atlas va hamkorlikda anatomiyadan lotincha-o'zbekcha-ruscha 
lug'at tuzgan. K o'plab kadrlar tayyorlagan. Darslikda birinchi bo'lib kabel 
televideniyasini qo'llagan.
Yu. A. K u l i k o v taniqli anatom, mohir pedagog, vena qon tomiri- 
ning m orfologik xususiyatlarini o 'rg an g an , N. K. A hm edov bilan 
hamkorlikda anatomiyadan lotincha-o'zbekcha-ruscha lug'at tuzgan.
F. N. B a h o d i r o v taniqli olim, anatom, I Toshkent tibbiyot instituti 
odam anatomiyasi kafedrasi rahbari, ichki a ’zolar, jum ladan jigarning 
morfologik-fiziologik xususiyatlari va vena sistemasini o'rgangan, kadrlar 
yetishtirgan.
O '. M. Mirsharapov II Toshkent tibbiyot instituti anatomiya kafedrasi 
rahbari, mohir anatom va pedagog, ilmiy izlanishlarini qon tomir, ayniqsa 
vena sistem asining tu g'ilgan d an keyingi rivojlanish xususiyatlariga 
bag'ishlagan. Kadrlar tayyorlab, qo'llanmalar chop etgan.


Yu. N. Nishonov. Farg'onadagi tibbiyot markazining anatomiya kafed­
rasi rahbari, mohir pedagog va olim, ilmiy tekshirishlari ovqat hazm qilish 
sistemasining morfologik xususiyatlariga bag'ishlangan.
S. 
A. T e n — Samarqand tibbiyot instituti anatomiya kafedrasi mudiri, 
ilm iy -te k sh irish ishlari ovqat hazm qilish va vena siste m a la rig a
bag'ishlangan, qo'llanm alar yozgan.
XIX asrga kelib a’zolaming hayotiy vazifalarini o'rganadigan fan — 
fiziologiya mustaqil fan sifatida rivojlandi. Bunda Lyudvig, I. M. Sechenov,
I. P. Pavlov, S. P. Botkin, V. M. Bexterev kabi olimlarning ilmiy ishlari 
muhim rol o'ynadi. Ular nerv sistemasi orqali organizm faoliyatining bir 
butunligi boshqarib borilishini, uning tashqi muhit bilan bog'lanib turishini 
aniqlab berdilar.
1882-yilda I. M. Sechenovning markaziy nerv sistemasidagi tormoz- 
lanish jarayonini aniqlashi va katta yarim sharlar po'stlog'i faoliyatining 
reflektor ahamiyati borligini tushuntirib berishi muhim hodisa bo'ldi va 
bu bilan fiziologiyaga asos solindi.
XX asrga kelib fiziologiyada muhim va anchagina yangi m a’lumotlar 
aniqlandi. Jumladan, elektrofiziologiyadan foydalanib yurak, qon tomir 
va nerv sistemasida yangi m a’lumotlar olindi. Ichki a’zolar faoliyatini 
o'rganishda ancha muvaffaqiyatlarga erishildi. O 'zbek olimlari (A. Yu. 
Yunusov, A. S. Sodiqov, A. X. Hoshimov) ham fiziologiya fanining 
yanada rivojlanishiga munosib hissa qo'shdilar.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish