Reja: Gap haqida umumiy ma’lumot



Download 37,45 Kb.
bet1/4
Sana11.04.2022
Hajmi37,45 Kb.
#543241
  1   2   3   4
Bog'liq
6AP6YjSxyrFeQK4sqWxACwTB1ubZOr a




9-mavzu

Gap (2 soat)



Reja:

  1. Gap haqida umumiy ma’lumot

  2. Nutqiy gapning belgilari

  3. Gapning shakllanishida leksik, morfologik omil

  4. Gapni shakllantirishda ohangning roli



Tayanch tushunchalar
lison, nutq, leksik omil, morfologik omil, ohang, kesim, kesimlik kategoriyasi


Tahlil uchun matnlar
1-matn
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Siz Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti tarkibidagi o‘zbek tilshunosligi kafedrasini yaxshi bilasiz. Kafedra 1944-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1980-yillardan boshlab buxorolik birinchi filologiya fanlari doktori, professor Mustaqim Mirzayevich Mirzayev nomi bilan atab kelinadi.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi kafedrasini va uning lingvistika sohasidagi yutuqlarini dunyo tilshunoslari biladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kafedraning bunday yutuqlarga erishishida professor H.G‘.Ne’matovning e’tirofga loyiq xizmatlari bor, albatta.
Hozirda kafedrada ikkita professor, yettita dotsent, bitta fan nomzodi va to‘rtta katta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ular:
Matnni davom ettiring.
2-matn
Lisoniy birliklarda umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa dialektikasi
Til tizimining har bir uzvida dialektika qonunlari yotadi. Til tizimi va uning bevosita yuzaga chiqishida umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa dialektikasi namoyon bo‘ladi. Lisoniy birliklarda namoyon bo‘lgan umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa zidlanishini ifodalash uchun tilshunoslikda ko‘proq invariant va variant atamalaridan foydalaniladi.
Invariant (mohiyat) va variant (hodisa) tushunchalari til birliklarining antologik mohiyatini, demakki, tilning antologik tabiatini tavsiflashda eng muhim ahamiyatga egadir. Har qanday umumiylik xususiyliklar orqali namoyon bo‘lganidek, har qanday invariant variantlar orqali moddiylashadi.
Bevosita sezgi organlarimiz bilan idrok qilishimiz mumkin bo‘lgan moddiy vositalar zamirida qandaydir umumiylik, mohiyat mavjudligini, tadqiqotchilarning vazifasi ana shu yashiringan mohiyatni topish ekanligini e’tirof etish fanda invariant nazariyasini vujudga keltirdi.
Invariant nazariyasini vujudga kelishi gnoseologiya uchun katta ahmiyatga ega bo‘ldi. Chunki u in’ikos nazariyasini chuqurlashtirdi va konkretlashtirdi1.
Invariant~variant tushunchalari til va nutq tushunchalari bilan uzviy bog‘liq. Invariant~variant tushunchalari tilning fonologiya sathida til va nutq birliklarini farqlash talabi bilan vujudga keldi. Invariant va variant muayyan sinfga mansub predmetlarning, belgi-xususiyatlarining ziddiyatli, ikkilangan xususiyatini aks ettiradi.
Invariantlik xususiyati ma`lum narsani shunga o‘xshash boshqa narsada ham mavjud bo‘lgan umumiy xususiyatini ko‘rsatadi. Variantlilik esa invariant xususiyat bilan bir sinfga birlashgan predmetlardan faqat bittasi uchun xos bo‘lgan xususiyatni namoyon qiladi.
Muayyan til birligining turli makon va zamonda har xil moddiy o‘zgarishlarga uchrashi invariant vavariant tushunchalarining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, [k] undoshi yondosh tovushlar qurshovi, yo so‘zning qaysi bo‘g‘inida kelishi yoki so‘zlovchinig qaysi hududga mansubligiga ko‘ra turlicha talaffuz qilinadi. Bunday turlicha talaffuz qilingan tovushlar bir [k]ning turli vakillari sanaladi. Ana shu turli xil vakillar variant, variantlar umumlashmasi esa invariant hisoblanadi.
Invariant~variant tushunchalari tilshunoslikda ko‘pchilik tomonidan e`tirof etilgan bo‘lsa ham, lekin uni tushunish, talqin qilish tilshunoslar o‘rtasida bir xil emas…
1-mashq. Matnni o‘qing. Moslashuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmalarini ko‘chiring. Hokim va tobe so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini izohlang.
Yozning issiq kunlari, quyosh tikka ko‘tarilgan. Bepoyon, ko‘m-ko‘k dala ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha cho‘g‘ bo‘lib, g‘o‘zalar ustida tovlanib ko‘rinadi. Murod bilan ikkimiz mayda-chuydani ko‘tarib, katta yo‘lning shimol tomonidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan jo‘nadik. Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. O‘rtog‘imni hovli orqasidagi bog‘ga olib chiqdim. Bir tarafi gulzor, ikkinchi tomoni turli meva daraxtlari bilan to‘lgan so‘lim bog‘dan sira chiqib ketgimiz kelmas edi. Oq olma, ko‘ksulton rosa pishgan ekan, yeb turgan edik, birdan allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofiga qaradi. Shu chog‘ bobomning bo‘rsig‘i esimga tushdi.
– Nimaning ovozi? – dedi o‘rtog‘im.
– Bobomning bo‘rsig‘i-ku!
– Rostdanmi? Qayerda? – dedi hayron bo‘lib Murod.
– Yur, ko‘rsataman, – dedim-da, do‘stimni boshlab bog‘ etagidagi qafasda turgan bo‘rsiq oldiga olib bordim. (G‘ayratiy)
2-mashq. Matndan bitishuv yo‘li bilan bog‘langan so‘z birikmalarini topib ko‘chiring. Hokim va tobe so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini izohlang.
Yomg‘ir kechasi tindi. Beg‘ubor zangori osmonda lovullagan quyosh nuri ko‘m-ko‘k barglar, baxmal sabzalar ustiga to‘kilmoqda. Hamma dalada. Bog‘larda ko‘klam taraddudi. O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘lganimdan so‘ng oyim:
– Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi.
Tezroq ovqat olib bor! – deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jo‘nadim. (G‘ayratiy)


Download 37,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish