O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Infuziya uchun ishlatiladigan suyuqliklar



Download 1,11 Mb.
bet147/153
Sana13.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#446209
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   153
Bog'liq
O\'rta maxsus, kasb-hunar ta\'limi markazi o\'zbekiston respublikas

Infuziya uchun ishlatiladigan suyuqliklar quyidagilarga bo'linadi: qon o'rnini bosuvchi shokka qarshi ta'sirchan suyuqliklar
ME Ml Ml

yoki dorilar (poliglyukin, reopoliglyukin, polifer, jelatinlar, bular kolloidlar ham deyiladi); zaharlanishga qarshi qoilaniladigan dorilar (gemodez, polidezlar. Ular o'zlariga zaharli moddalarni biriktirib olib, buyrak orqali chiqib ketadi); elektrolitlar (elementlarga) boy suyuqliklar yoki kristalloidlar (natriy xlor, disol, trisol, xalasol va boshqa tuzli eritmalar, ular qon ketishlarda, qon reologiyasi buzilganda, degidratatsiya holatlarida muhim rol o'ynaydi); oqsil moddalar (gidrolizatlar, aminokislotalarga boy preparatlar, alvezin, aminokrovin, aminopeptid, jelatinollar; ular qonni oziqlantirish vazifasini bajaradi, onkotik bosimni normallashtiradi); yog'lar yoki emulsiyalar (itrolepid, lipofundin va boshqalar, ular organizmga quwat beradi) ularni quyganda bi-rorta suyuqlik bilan qo'shib quyish ko'ngilsiz holatlarning oldini oladi.


Haddan tashqari ko'p qon ketish oqibatida suv va tuz miqdori kamayib ketganda yo'qotilgan moddalar o'mini to'ldirish uchun kuchaytirib quyish qo'llaniladi. Iloji bo'lsa, bunday paytda birdaniga 2 va 3 ta tomirdan bir daqiqada 100—300 ml dan quyiladi. Ketgan qon va tuzlar o'rni to'lishi bilan yoki qon bosimi 80—90 mm. sim.ust. ga yetgandan so'ng quyish tezligi minutiga 50 ml ga tushiriladi. Bemorning ahvoli, ko'rsatkichlar yaxshilangandan so'ng tomchilatib quyishga o'tiladi. Quyish tezligi bir daqiqada 20—40 tomchini tashkil qilishi kerak. Suyuqliklar qaysi yo'l bilan quyilishidan qat'iy nazar markaziy vena bosimi, ajralgan siydik miqdori, mikrosirkulatsiya holati, qon bosimi, tomir urishi, to'g'ri ichak bilan qo'ltiqosti harorati farqi hisobga olinishi kerak. Agar qon haddan tashqari ko'p ketgan bo'lsa, birinchi navbatda to'qimalarda suv yetishmovchiligini ta'minlash, buning uchun tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldirish, periferik qon aylanish va mikrosirkulatsiyani yaxshilash kerak bo'ladi. Umumiy quyilgan qon miqdori yo'qotilgan qon hajmidan ikki, ayrim hollarda uch barobar ko'p bo'lishi yoki qon va tuzlar nisbati 3:1 bo'lishi kerak. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, ko'p miqdorda qon quyish oqibatida ayrim asoratlar kelib chiqadi. Bu asoratga ko'p miqdorda qon quyishdan keyingi sindrom deyiladi. Bu sindromning kelib chiqishida quyilgan qon sifati, quyish tezligi, qon tayyorlangan muddat, aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilinganligi va organizmning reaktiv holati katta rol o'ynaydi. Bu sindromning belgilari quyidagicha: qon bosimi past, tomir urishi tcz, ko'z sklerasi va terisi sarg'aygan, terida
mayda qon quyilishlar bor, billirubin miqdori ko'paygan va h.k. Organizmda suvning haddan tashqari yo'qolishi degidrotatsiya deyiladi. Degidrotatsiya hujayradan tashqarida bo'lishi mumkin. Organizmdan 10—15 % suv yo'qolsa, bemor og'ir holatga tushib qoladi, suvning 20 % yo'qolishi kishini o'limga olib keladi. Degidrotatsiya holatlarida asosiy vazifa yo'qolgan suvning o'mini to'ldirishdan iborat. Bu muolaja 5 % И glukoza quyish yo'li bilan amalga oshiriladi. Glukozaga kaliy xlor eritmasi va insulin qo'shib yuborish maqsadga muvofiqdir. Glukozadan so'ng onkotik bosimni oshirish uchun oqsil moddalar, poliglyukin va qon preparatlari quyish zarur. Qancha miqdorda suyuqlik quyish kerakligini aniq-lash uchun sutka mobaynida organizmning suyuqlikka talabi, bemorning umumiy ahvoli, markaziy vena bosimi va bir soatda ajralgan siydik miqdori, mikrosirkulatsiya holati, teri hamda shilliq qavatlarning holati hisobga olinadi. Bulardan tashqari, organizm harorati, qo'shimcha yo'qotilish sabablari (sun'iy nafas berish, traxeostoma, oqmalar, qusishlar va h.k.) ham hisobga olinib, infuzion terapiya o'tkaziladi. Infuzion-transfuzion terapiya o'tkazilganda uning samarasini bilish uchun klinik belgilardan tashqari laboratoriya tahlillari ham o'tkazib turiladi. Tahlillarda gemoglobin, gematokrit, qonning ivish vaqti, bioximik tahlillar, siydikning solishtirma og'irligi, mikroskopiyasi va boshqalar muntazam ravishda tekshirib boriladi.
Mahalliy anesteziya anesteziologiya-reanimatologiyaning ajralmas qismidir. U tabobatning hamma sohasida qo'llanilib, turli og'riq sindromlarini davolashda ishlatiladi. Mahalliy anesteziya uchun qo'llaniladigan dorilar ko'p. Mahalliy anesteziyaning ta'sir qilish mexanizmi asab tolalarida qo'zg'aluvchanlik-o'tka-zuvchanlikni susaytirishdan iborat.
Mahalliy anestetiklar quyidagi talablarga javob berishi kerak: kam miqdorda qo'llanilishi va samarasi yaxshi bo'lishi; og'riq-sizlantirishni to'la ta'minlashi; asab tolalariga yoki to'qimalariga salbiy ta'sir qilmasligi; organizmni zaharlamasligi kerak.
Mahalliy anesteziya qo'llanilganda, quyidagi tamoyillarga rioya qilinsa, xavf-xatarsiz bo'ladi: mahalliy og'riqsizlantirish qo'lla-nilishidan qat'iy nazar operatsiya qilinadigan bemor anesteziolog tomonidan ko'rilishi; bemor albatta psixologik tayyorgarlikdan o'tishi; premedikatsiyaga albatta uxlatuvchi dorilar berilishi; mahalliy anestetiklar miqdorini bemorning yoshiga qarab qo'llash; hamma narsa anafilaksiyaga qarshi kurashish uchun tayyor
bo'lishi, va zarur bo'lganda, sun'iy nafas berishga o'tish mumkinligini unutmaslik kerak.
Asoratlar mahalliy va umumiy bo'lishi mumkin. Umumiy asoratlar mahalliy anestetiklarni ko'p miqdorda qo'Uaganda yoki shu preparatlarga sezuvchanlik oshganda (idiosinkraziya) sodir bo'lishi mumkin. Mahalliy asoratlar asab va tomirlarning zararlanishi, og'riq yoki yiringli jarayonlar bo'lishi mumkin. Novokain bilan zaharlanganda qusish, qo'zg'aluvchanlik, tutqanoqlar tutishi, terlash, terida qichishish kabi holatlar sodir bo'ladi. Bulardan tashqari, allergik holatlar ham kuzatiladi. Asoratlarning oldini olish uchun anestetiklarni qo'llashdan oldin anamnez so'rash, premedikatsiya, barbituratlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval sinamalar qo'ygan ma'qul. Bulardan tashqari, ularni qo'llash hamda aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilish ham muhimdir.
Mahalliy anesteziyaning ko'rsatmalariga kelsak, u tibbiyot-ning hamma sohasida qo'llaniladi. Moneliklar shundan ibo-ratki, bemorda anestetiklarga nisbatan allergiya bo'lishi, bemor ruhan qo'zg'aluvchan, qo'rqoq, emotsional holatlarda bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda umumiy anesteziyaga o'tish kerak bo'ladi.



NAZORAT SAVOLLARI
,< ■„. . .•.->-, w. ■ mm mm am» mm mm mm mm ><*» »» mm mm mm

  1. Uzoq bosilish sindromi nima?

  2. Uzoq bosilish sindromining kechish formalari, patogenezi haqida
    nimalarni bilasiz?

  3. Uzoq bosilish sindromida birinchi, ikkinchi qiladigan ishlaringiz
    nimalardan iborat?

  4. Uzoq bosilish sindromini davolashda qanday jarrohlik usullarini
    bilasiz?

  5. Toksik shoklarda dezintoksikatsion terapiya qanday o'tkaziladi,
    bunda qanday suyuqliklar va dorivor moddalar qo'llaniladi?

  6. Uzoq bosilish sindromida hamshira tashxisi, parvarish rejasi
    qanday bo'ladi?

TESTLAR



5. Infeksiya. С 1,4,5.

4. Plazmaning yo'qolishi.
A. 1,3,4. B. 1,2,3.
D. 2,4,5. E. 3,4,5.
< 2. Uzoq bosilish sindromida shokning qaysi turi kuzatiladi.
A. Postgemorragik shok.
B. Travmatik shok.
С Toksik shok.
D. Kardiogen shok.
E. Psixik shok.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish