1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo`rg`on bo`limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. General-mayor unvoni berilgan A.K.Abramov okrug boshlig`i va harbiy xalq ma'muriyati rahbari etib tayinlandi. General-gubernator K.Kaufman uning ixtiyorida 4 ta piyoda batalyonini qoldirib, qolgan qo`shin bilan Toshkent tomon yo'1 oldi. - 1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo`rg`on bo`limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. General-mayor unvoni berilgan A.K.Abramov okrug boshlig`i va harbiy xalq ma'muriyati rahbari etib tayinlandi. General-gubernator K.Kaufman uning ixtiyorida 4 ta piyoda batalyonini qoldirib, qolgan qo`shin bilan Toshkent tomon yo'1 oldi.
- Amir Muzaffar mag`lubiyatni tan olishga va amirlik bilan Turkiston general-gubernatorligi o`rtasidagi yangi chegaralar to`g`risidagi Kaufman tomonidan taklif etilgan shartnomani imzolashga majbur bo`ldi. Podsho Rossiyasi bosqinchilik siyosatining ikkinchi bosqichi yakunlandi. 1868-yil 28-iyunda general Kaufmanning Samarqanddagi qarorgohida amir Muzaffar Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Shartnomaga ko`ra, amir urush boshlashda o`zini aybdor deb tan olib, "abadiy do`stlik" nishonasi sifatida podsho qo`shinlarining harbiy xarajatlarini qoplash uchun 500 ming rubl to`lash majburiyatini oldi. Shartnomaga muvofiq, podsho tomonidanbosib olingan Chinozdan Zirabuloqqachabo`lgan barcha hudud, Xo`jand, o`ratepa,Jizzax, Samarqand, Kattaqo`rg`on shaharlaribilan birga podsho Rossiyasi hududiga qo`shildi
Ular yangi — Zarafshon okrugini tashkil qildi.Qolgan hududlar ustidan amir o`z hokimiyatinisaqlab qoldi, biroq Turkiston general-gubernatorining ko`rsatmalarini bajarishgamajbur edi. Amir Rossiyadan keladigan savdogarlar uchun butun amirlikdaerkin savdo qilish imkoniyatini berish majburiyatini, ularni himoyalash uchunmas'uliyatni o`z zimmasiga oldi. Savdogarlarga davlatning barcha hududlaridasavdo agentliklarini ta'sis etishga ruxsat berdi, ayni mahalda moldan olinadigan boj ularningumumiy qiymatining 2,5 foizdan oshmasligidarkor edi. Rossiya savdogarlari amirlik yeridanboshqa har qanday davlatga erkin o`tish hu-quqini oldi. - Ular yangi — Zarafshon okrugini tashkil qildi.Qolgan hududlar ustidan amir o`z hokimiyatinisaqlab qoldi, biroq Turkiston general-gubernatorining ko`rsatmalarini bajarishgamajbur edi. Amir Rossiyadan keladigan savdogarlar uchun butun amirlikdaerkin savdo qilish imkoniyatini berish majburiyatini, ularni himoyalash uchunmas'uliyatni o`z zimmasiga oldi. Savdogarlarga davlatning barcha hududlaridasavdo agentliklarini ta'sis etishga ruxsat berdi, ayni mahalda moldan olinadigan boj ularningumumiy qiymatining 2,5 foizdan oshmasligidarkor edi. Rossiya savdogarlari amirlik yeridanboshqa har qanday davlatga erkin o`tish hu-quqini oldi.
- Bu mag`lub etilgan davlatni tahqirga, hu-quqsizlikka va qashshoqlikka mahkum etgantalonchilik shartnomasi edi. Uzunligi 877 kmbo`lgan Zarafshon vodiysi Rossiya imperiyasi nazorati ostiga tushib qolayotgan edi. Bu Buxoroning va butun davlatning g`alla koni bo`lgan 12 ming km hududini sug`orib turganasosiy suv yo`li edi. Amir, shuningdek, davlatning ikki yirik shahri — Samarqand va Jizzaxdan keladigan daromaddan ham mahrum bo`lgandi. Bunday yon berish evaziga amir Muzaffar taxtni saqlab qoldi.
- Jo`rabek va Bobobek Samarqandni ozod qilish uchun kurashni davom ettirishdi. Ular amir Muzaffar taxtdan ag`darilganini va uning to`ng`ich o`g`li — Abdumalik to`ra amir etib tayinlanganini e'lon qilishdi va dastawal Shahrisabzni, so`ng Qarshi va Karmana shaharlarini egallashdi. General Kaufman qarshilik manbalarini bostirish uchun general-mayor Abramovni jo`natdi. Qarshi shahri yaqinida shafqatsiz jang boshlandi. Jo`rabek va Bobobek asir tushib qolib, Abdumalik to`ra ustun kuchlar zarbasi ostida Shahrisabzga chekindi. U yerdan qolgan qo`shin bilan Afg`onistonga, so`ng Peshovar (Hindiston)ga o`tib icetdi. Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi mustamlakachilik urushining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |