O`rta Osiyoning qadimgi va o`rta asrlar tarix doc


O`rta Osiyoning janubiy hududlarida Qadimgi shahar madaniyatining



Download 395,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana24.05.2023
Hajmi395,72 Kb.
#943125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`rta Osiyoning qadimgi va o`rta asrlar tarixi1 (A. Erqo\'ziyev)

O`rta Osiyoning janubiy hududlarida Qadimgi shahar madaniyatining 
shakllanishi va taraQQiyoti 
Reja: 
1.
 
Janubiy Turkmanistonda shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi 
2.
YOztepa – Marg`iyonaning qadimgi markazi sifatida
3.
O`zbekistonning 
janubiy 
hududlarida 
shaharsozlik 
madaniyati. 
Ilk 
shaharmonand shaharlar
4.
CHust madaniyati xronologiyasi 
 
Dastlabki metallning kashf etilishi va xo`jalik hayotiga jadallik bilan kirib kelishi jamiyat 
taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo`lganligi bois ushbu bo`limda istisno tarzida eneolit 
davriga ham qisqacha to`xtalib o`tishni lozim topdik. Demak, Urta Osiyo hududlarida dastlabki 
metallning paydo bo`lishi va yoyilishi bronza davri madaniyatlari xususida turli yillarda S.P. 
Tolstov, B.A. Kuftin, B.A. Litvinskiy, V.M. Masson, V.I. Sarianidi, I.N. Xlopin, A.A. Asqarov, 
T.SH. SHirinov, L.B. Kircho hamda qator xorijlik olimlar tadqiqot ishlari olib borgan bo`lib, 


ushbu tadqiqotlar natijasida mil. avv.GU ming yillik oxiri SH-1 ming yillik boshlaridagi tarixiy-
madaniy jarayonlarga ko`plab aniqliklar kiritivd i.mkoniyatlari paydo bo`ldi. 
Tadqiqotlar natijalariga ko`ra, Mesopotamiya va Old Osiyoda dastlabki metalldan (misdan) 
foydalanishga o`tilishi (eneolit davrining boshlanishi) ilk bor shahar-davlatlarining vujudga 
kelishi bilan izohlanadi. Mil.avv, IV ming yillikning ikkinchi yarmiga kelib, Qadimgi SHarkning 
madaniyati yuqori darajada rivojlangan o`choqlarida va ilk davlatlarida misdan ishlangan mehnat 
qurollari va zeb-ziynatlar keng tarqaladi. 
O`rta Osiyoda dastlabki metallning paydo bo`lishi Janubiy Turkmaiiston hududlari bilan 
bog`liqdir. Bu hududlarda mil.avv. IV—II ming yilliklarga oid arxeologik yodgorliklar ko`p 
bo`lib, ushbu arxeologik yodgorliklarning xronologiyasi butun O`rta Osiyo neolit-eneolit-bronza 
davri majmualarini tadqiq etish va ulardagi topilmalarni sanalashda muhim ahamiyatga ega 
bo`ldi. 
Janubiy 
Turkmaniston 
arxeologik 
topilmalarining 
stratigrafik 
ustuni 
(kolonka) 
R.Pampellining Anovda qazishmalar o`tkazgan ekspeditsiyasi paytida tuzib chiqilgan edi. Bu 
jarayonda birin-ketin bir-birini almashtiruvchi to`rtta -Anov 1-1U majmualari ajratilgan edi. 
Ushbu davrlashtirish tadqiqotchilar tomonidan ko`plab munozaralarga sabab bo`lishiga qaramay 
o`tgan asrning o`rtalariga qadar undan foydalanib kelindi. 1949-50 yillarda
B.A.Litvinskiyning Namozgohtepadagi qazishmalari tufayli ushbu yodgorliklar ko`lami yanada 
kengaydi. 1952 yilda B.A. Kuftin Kopetdog` tog` oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik 
tartibini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu 
hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo`lgan Nomozgohtepada olib borildi. Ushbu 
tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma-ket keluvchi oltita majmuani-Nomozgoh 1-U1 ni 
aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Nomozgoh I ilk eneolit, Nomozgoh II o`rta eneolit, 
Nomozgoh III so`nggi eneolitga, Nomozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so`nggi bronza 
davrlariga oiddir. 
1956 yilda V.M.Masson ushbu majmualar topilmalarini qo`shni erondagi topilmalar bilan 
qiyosiy tahlil asosida quyidagi xronologiyani taklif etdi: Joytun va Anov 1-mil.avv. V ming 
yillik, Nomozgoh I, I-mil.avv. IV ming yillik, Nomozgoh SH-GU- mil. avv. III ming yillik, 
Nomozgoh U-mil.avv. II ming yillikning birinchi yarmi, Nomozgoh U1-mil avv. II ming 
yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. 
SHuningdek, V.M.Massonning fikricha, Janubiy Turkmanistondagi ilk eneolit majmui 
Anov I ning paydo bo`lishi Kopetdog tog` oldi hududlaridan turli qabilalar guruhlarining kirib 
kelishi bilan bog`lanadi. Tadqiqotlar tahlillaridan xulosa chiqarar ekanmiz, O`rta Osiyo 
janubidagi kishilik jamiyatida bu davrdagi yangilik shundan iborat ediki, aholi turmush tarzida 


mis va xom g`isht paydo bo`lib manzilgohlar aniq rejaviy tuzilishga ega bo`ladi, sopol 
idishlarning sifati yaxshilanib naqshlarida yangi uslublar shakllanadi hamda to`qimachilik 
rivojlana boshlaydi. 
Ushbu hududlarning asosiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti ko`p hollarda o`troq sug`orma 
dehqonchilik bo`lib xo`jalik hayotida chorvachilik ham etakchi ahamiyatga ega edi. Tarixiy-
madaniy taraqqiyot natijasida mil.avv. 1U-SH ming yilliklarga kelib alohida manzilgohlarda 
yashovchi aholining unchalik murakkab bo`lmagan sug`orish tartibi paydo bo`ladiki, bu holat 
sun`iy sug`orishning rivojlanishiga asos bo`ldi. 
Tadqiqotlar tahlillaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir tomondan 
manzilgohlarning mavjudligi va joylashuvi dalalarni sug`orish uchun foydalaniladigan suv 
manbalari tartibiga bog`liq edi. SHuning uchun ham dastavval tog oldi hududlarida asos solingan 
manzilgohlar sharoiti nisbatan yaxshi edi. Ikkinchi tomondan, sug`orish tartibining 
murakkablashuvi va mana shunday tartib ichida ishlab chiqarish. faolyyatini barqarorlashtirish 
zaruriyati aholining ma`lum hududlarda zich joylashuvini talab etar edi. Bu holat esa ayrim 
vohalarda nysbatan yirik markazlar hamda ularga qarashli bo`lgan kichik manzilgohlarning 
paydo bo`lishiga olib keldi. 
Bu davrda Kopetdog` tog` oldi tekisligining eng yirik manzilgohlari Nomozgohdepa (50 
gektardan ziyod) va Oltindepa (25 gektar) edi. Tadqiqotchilarning taxminicha, asosiy 
xususiyatlariga ko`ra ular so`nggi eneolit davrida shakllanib bo`lgan edi. SHuningdek, 
Ulug`depa (20 gektar), Qoradepa (15 gaktar), Geoksyur (12 gektar) kabi yirik markazlar ham 
mavjud edi. eneolit davrining oxirlariga kelib manzilgohlarning ba`zilarida hayot to`xtaydiki, bu 
holat ekologik sabablar hamda alohida yirik markazlarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. 
Eneolit davrida Janubiy Turkmaniston hududlarida manzilgohlar qurilishining evolyutsiyasi 
kuzatiladi. YA`ni, bir xonadan iborat bo`lib, tartibsiz joylashgan uylardan, ko`chalarga bo`lingan 
mahallalarni birlashtiruvchi ko`p xonali uylar, ayrim hollarda qishloq markazida markaziy 
maydon paydo bo`lsa, o`rta eneolit davridan boshlab sodda holatdagi himoya inshootlari paydo 
bo`lganligi aniqlangan. Undan tashqari katta oilali jamoalarning maxsus o`choqlari bo`lgan 
o`ziga xos diniy markazlarning izlari ham topilgan. So`nggi eneolit davriga kelib ayrim 
qishloqlarda markazlashgan diniy markazlar paydo bo`ladi. 
O`rta Osiyoning ko`pgina joylarida bo`lgani kabi Turkmanistonda ham bronza davri (mil. 
avv. SH-P ming yillik) dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning jadallik bilan 
rivojlanishi orqali izohlanadi. SHuningdek, bu davrda jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish 
jarayonlari ham rivojlanadi. Ko`pchilik tadqiqotchilar ushbu tarixiy davrni ilk, rivojlangan 
hamda so`nggi bronza davrlariga bo`ladilar. Ushbu davrlar moddiy madaniyat taraqqiyot 


darajasining o`ziga xosligi va rivojlanish bosqichlari bilan bir-biridai farqlanadi. Bu tarixiy 
davr aholisi turli metallar aralashmasi natijasida hosil bo`ladigan bronzani kashf etadilar. 
Bronza-kimyoviy xususiyatlari jihatidan mustahkam va qattiq .metall bo`lib, u qadimgi 
xo`jaliklar taraqqiyoti uchun yuksak ahamiyatga ega bo`ldi. 
Janubiy • Turkmaniston yodgorliklaridan topilgan ko`p marta ishlatiladigan mis erituvchi 
xumdonlar, ma`danlarni maydalaydigan ko`p sonli tosh qurollar hamda metall buyumlarni 
bog`laydigan qurollarning topilishi ilk bronza davridayoq metallchilik . ishlab chiqarishining 
alohida ajralib chiqganligidan dalolat beradi. Bu davrda ilk shaharlar paydo bo`lishida muhim 
omil hisoblangan hunarmandchilikda kulolchilik charxining paydo bo`lishi juda katta 
ahamiyatga ega bo`ldi. Ilk bronzaning oxirlariga kelib barcha sopollar kulolchilik charxida 
tayyorlana boshlanib, sopodlardagi naqshlar yo`qola boshlaydi. Rivojlangan va so`nggi bronza 
davriga kelib Kopetdog` tog` oldi tekisliklaridagi hunarmandchilik ishlab chiqarishida 
kulolchilik sohasi gullab yashnaydi va sopollar butunlay kulolchilik charxida hech qanday 
naqshlarsiz ishlab chiqariladi. Ko`pchilik manzilgohlarda kulollar yashab faoliyat ko`rsatgan 
mahallalar aniqlangan. 
Tadqiqotlar tahlillaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Farg`ona vodiysidan to 
Janubiy Turkmanietongacha (janubi-sharqiy va janubi-g`arbiy O`rta Osiyo)oraliqlaridagi 
hududlardan juda ko`p sonli eneolit va bronza davriga oid yodgorliklar topib o`rganilgan. 
Tarixiy-madaniy rivojlanish bosqichlariga qarab ushbu yodgorliklar uch guruhga bo`linadi:
1. O`troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari (Janubiy Turkmaniston, Janubiy 
O`zbekiston, 
Zarafshon 
va 
Farg`ona 
vodiylari). 
2.
Bronza davri chorvachilik-dehqonchilik madaniyati yodgorliklari (Tozabog`yob, 
Zamonbobo.) 
3.
Bronza davri dasht madaniyati (Mo`minobod, Oqtanga, Qayroqqum, Tulxar, 
Beshkent). Ushbu madaniyatlar o`rtasida uzviy aloqalar mavjud ediki, bu haqda 
dissertatsiyamizning maxsus bobida to`xtalib o`tamiz. 
Mil. avv. II ming yillikka kelib Murg`ob daryosi havzasi hamda Amudaryoning o`rta oqimi 
hududlarida yuqori darajada rivojlangan o`troq dehqonchilik madaniyatlari shakllanadi. 
Keyinchalik qadimgi Baqtriya yaa Marg`iyona tarkibiga kirgan bu xududlardan hozirgi kunga 
qadar 200 dan ziyod bronza davri yodgorliklari topib o`rganilgan. Ular orasida nisbatan yaxshi 
o`rganilganlari Gonur, Dashli, Kelleli, Sopollitepa, Jarqo`ton, To`g`oloq, Mullali kabilar bo`lib, 
ko`pchilik tadqiqotchilar Baqtriya va Marg`iyona ushbu davr manzilgohlarini ikkita asosiy 
guruhga: istyohkomli manzilgohlar va istehkomsiz manzilgohlar guruhlariga ajratadilar. 


Ushbu hududlarda ilk shaharlarning asosi hisoblangan mustahkamlangan qal`alarning 
paydo bo`lishi harbiy xavf-xatar tug`ilgan paytda boshpana vazifasini bajarish jarayoni bilan 
bog`liq bo`lib, shuningdek, qal`alar qadimgi dehqonlar jamiyatida chuqurlashib borayotgan 
ijtimoiy tabaqalashuv jarayonlarini o`zida aks ettirgan. Qal`alarning ichki hududlari turli 
uslublarda bunyod etilgan. Misol uchun, Gonur 1 ning shimoliy qal`asida yakka reja asosida 
qurilgan katta zal va bir-biriga o`tiladigan qator uylar (anfilada) ochilgan. Qal`aning aylanma 
yo`lagida, qal`a devorining ichki qismida bir-biridan aniq masofada joylashgan to`rtburchak 
shaklidagi bir tomoni devordan chiqib turgan ustun (pilyastra) joylashgan. V.I. Sarianidining 
fikricha, ushbu qal`ada mahalliy hokimning saroyi joylashgan. Ayrim qal`alar, masalan, 
To`g`oloq 21 ibodatxona vazifasini bajargan bo`lib, ibodatxona bayramlar kunlarida butun 
Marg`iyona qohinlari shu erga to`planganlar. 
To`g`oloq 1 hududlaridan umumiy maydoni 10 gektardan ziyod bo`lgan hamda voha 
markazi vazifasini bajaruvchi yirik manzilgoh aniqlangan. Uning yaqinida, mahalliy ahamiyatga 
molik bo`lgan uncha katta bo`lmagan ibodatxona joylashgan. Ibodatxona qurilishi uchun tabiiy 
tepalik tanlanib, bu tepalikning atrofi tashqi devor bilan o`rab olingan. Majmuaning shimoliy 
qismida 30x30 metr o`lchamli o`ziga xos qal`a qad ko`targan. Markazda ichki hovli bo`lib to`rt 
tomonidan tor dahliz (koridor)lar bilan o`ralgan. 
Qazishmalar natijalariga ko`ra, butun mahobatli ibodatxona majmui tayyor reja asosida 
birdaniga qurilgan va diniy marosimlarga xizmat qilgan. SHuningdek, bu erda xudolar uchun 
muqaddae hayvonlar qurbonlik qilingan. 
Xullas, O`rta Osiyoda metallning paydo bo`lishi Janubiy Turkmaniston hududlari bilan 
bog`liq bo`lib, mil.avv. 111-11 ming yilliklarda mintaqaning ko`pgina joylariga yoyiladi. Bu davr 
aholisi turli metallar aralashmasidan hosil bo`ladigan mustahkam xom-ashyo-bronzani kashf 
etganligi bois., mil.avv.SH ming yillikning o`rtalaridan boshlab mahalliy aholi hayotida metalga 
ishlov berish alohida xo`jalik sifatida ajralib chiqa boshlaydi. SHuningdek metalga ishlov 
berishning paydo bo`lishi va keng eyilishi mintaqada turli madaniyat-larning taraqqiy etishi va 
eng muhimi-ular o`rtasida iqtisodiy va madaniy munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga 
olib keladi. Bu esa o`z navbatida dastlabki shahar markazlarining rivojlanishi uchun keng 
imkoniyatlar yaratgan edi. 
Tadqiqotchilarning fikricha, O`rta Osiyoning janubi-g`arbidagi bronza davri ilk 
dehqonchilik qabilalari taraqqiyotining birinchi davri Nomozgoh IV va Nomozgoh V (mil.avv. 
SH-P ming yillikning birinchi yarmi) davrlariga to`g`ri keladi. Ikkinchi davr esa (inqirozdan 
keyingi rivojlanish va taraqqiyot) Nomozgoh VI davriga to`g`ri keladi. Birinchi davrda bronza 
davri o`troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari o`zlashtirilgan hududlarda markazlashgan 


bo`lsa, ikkinchi davrda qadimgi ziroatchilarning SHarqqa-Murg`ob vohasi hamda Baqtriyaga 
keng xududiy joylashuvi bo`lib o`tadi. Ilk shahar tsivilizatsiyasi sohiblari bo`lgan ayrim qabila 
guruhlari esa mil. avv. II ming yillikning o`rtalarida Zarafshon vohasiga kirib keladilar. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ilk va rivojlangan bronza davri manzilgohlarini ikki 
turga bo`lish mumkin: maydoni 10 va undan ortiq gektar bo`lgan «markaz» manzilgohlari va 
maydoni 1-0,25 gektar bo`lgan «qishloq» manzilgohlari. Birinchi guruhdagi yodgorliklar orasida 
o`lchamlari 
bo`yicha 
ham, 
arxeologik 
ma`lumotlar 
bo`yicha 
ham 
Oltindepa 
va 
Nomozgohdepalar «poytaxt» manzilgoh sifatida ajralib turadi. SHuningdek, Turkmaniston 
hududlaridagi Ulug`depa, Qaradepa va Xauzdepalarni ham yirik manzilgohlar safiga kiritish 
mumkin. 
O`rta Osiyodagi mil. avv. III-II ming yilliklarga oid bo`lib keyingi davr tarakqiyoti uchun 
muhim ahamiyatga ega bo`lgan manzilgohlardan biri umumiy maydoni 70 gektarga yaqin 
bo`lgan Nomozgohtepa bo`lib. yodgorliqdagi Nomozgoh IV va V davrlaridan juda boy 
materiallar olingan. Nomozgoh V davriga oid sopol idishlar o`zining nafislygi bilan ajralib 
turadiki, bu holat. ilk dehqonchilik jamoalari kulollarining nisbatan yuqori yutug`idan dalolat 
beradi. Nomozgoh IV davri qatlamlarinyng qalinligi 4-7 m. Bu davrda Nomozgohning deyarli 
barcha hududlari o`zlashtiriladi. Qazishmalar natijasida tor ko`chalar bilan ajratilgan ko`p xonali 
uylar ochilgan. 
Nomozgoxdepa ko`p xonali turar-joylar markazlashgan joy bo`lib qolmasdan ishlab 
chiqarish faoliyatining yirik markazi ham edi. Bu erdan topilgan ko`p sonli metall buyumlar va 
mis qotishmalari metallga ishlov berish taraqqiy etganligidan dalolat beradi. 
Nomozgoh V davri bu-rivojlangan bronza davrining gullab-yashnashi, ilk shahar 
ko`rinishidagi yirik manzilgoxdarning shakllanishi hamda keyingi rivojlanish pallasiga zamin 
yaratgan davr hisoblanadi. Aynan mana shu davrda O`rta Osiyoning janubida ikkita yirik 
markaz-Nomozgohtepa va Oltindepa shakllanadi. Turkmanistonning tog` oldi hududlaridan 
hozirgi kunga qadar madaniy jihatdan ilk shaharsozlik belgilariga yaqin bo`lgan alomatlarni 
o`zida aks ettiruvchi ko`p sonli kichik manzilgohlar ochilgan. Anovning janubiy tepaligi, 
SHo`rdepa, Qaladepa, Toychanakdepa kabi qishloq manzilgohlari shular jumlasidandir. Ushbu 
yodgorliklardan ko`p sonli va sifatli tayyorlangan sopol idishlardan tashqari ayollar 
haykalchalari, hayvonlar tasvirlari, aravalarning loydan yasalgan shakllari, urchuqlar, kumush va 
bronza muhrlar topib o`rganilgan. 
Tadqiqotlarning natijalariga ko`ra, ushbu manzilgohlar xo`jaligining asosini dehqonchilik 
va chorvachilik tashkil etgan. Iirik shahar markazlari hamda kichik manzilgohlarda olib borilgan 
qazishma ishlarining guvohlik berishicha, ular o`rtasida doimiy madaniy va iqtisodiy aloqalar 


mavjud bo`lib, yirik markazlarda hunarmandchilik etakchi o`rinda bo`lgan. Dehqonchilikda arpa 
va dukkakli bug`doy etishtirish asosiy o`rinda bo`lib, ushbu xo`jalik turi sun`iy sug`orishga 
asoslangan. 
YUqorida ta`kidlab o`tganimizdek, O`rta Osiyoda eng qadimgi o`troq dehqonchilik 
madaniyati Janubiy Turkmaniston hududlarida paydo bo`ladi. Ushbu hududlardagi ilk 
shaharsozlik madaniyati va uning asoslari masalalari bo`yicha turli yillarda V.M. Masson, V.I. 
Sarianidi, G.F. Korobkova, L.B. Kircho, B.A. Litvinskiy, G.N. Lisitsina, I.S. Masimov, I.N. 
Xlopin, B. Udeumurodov kabi tadqiqotchilar ilmiy izlanish ishlari olib bordilar. Ushbu uzoq 
yillik tadqiqotlar natijasida Turkmaniston hududlarida ilk dehqonchilik qishloqlarining 
shakllanishi va rivojlanishi, dastlabki shahar markazlarining paydo bo`lib taraqqiy etishi, 
manzilgohlar va yirik markazlarning o`zaro aloqalari masalalariga ko`pgina aniqliklar kiritish 
imkoniyati paydo bo`ldi. Olingan ko`p sonli ma`lumotlar O`rta Osiyo, hech bo`lmaganda uning 
janubiy viloyatlari Qadimgi SHarqning boshqa hududlarida bo`lgani kabi ilk dehqonchilikdan 
dastlabki tsivilizatsiyagacha bo`lgan rivojlanishning an`anaviy jarayonlari bo`lib o`tgan mustaqil 
qadimgi madaniyat o`chog`i degan fikrlarni yana bir marta isbotlaydi. 
Mil. avv. IV ming yillikning boshlari va o`rtalariga kelib Janubiy Turkmanistonning Tajan 
daryosi havzasi va tog` oldi hududlarida joylashgan o`troq jamoalar barqaror sug`orma 
dehqonchilik taritibini shakllantiradilar. Bu holat ixtisoslashgan ishlab chiqarish, avvalo, metalga 
ishlov berishning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu davrga oid yodgorliklardan 
(Namozgoh II) misdan tayyorlangan mehnat qurollari kam topilgan bo`lsada, tosh qurollarning 
deyarli uchramasligi ishlab chiqarishda metalga ishlov berishning ustunlik qila boshlaganidan 
dalolat beradi. Iirik markazlarga ega bo`lgan manzilgohlar tartibining paydo bo`lishi ijtimoiy 
hayotning ham murakkablashganligini ko`rsatadi. O`sha davrdagi jamiyat aniq madaniy 
rivojlanish bo`sag`asida bo`lib, bu jarayon mil.avv. IV ming yillikning so`nggi choragi-SH ming 
yillikning boshlarida bo`lib o`tadi. 
Bu davrda Turkmanistonning janubida nisbatan rivojlangan ilk dehqonchilik jamoalari 
shakllanadi va ko`p o`tmay uning ta`siri bu hududlardan tashqarida ham sezila boshlaydi.
Janubiy Turkmaniston so`nggi eneolit davri madaniyatiga xos xususiyatlarni tahlil qilish 
shuni ko`rsatadiki, bu erda ko`pgina mdhalliy an`analar saqlanish bilan birga ayrim belgilar. 
avvalo naqshli sopollar va haykalchalarda kuzatiladi. 
So`nggi eneolit davrining o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki,' bu davrda O`rta 
Osiyo janubi-g`arbiy kabilalarining O`rta SHarq va Hindistondagi o`troq dehqonchilik.jamoalari 
bilan madaniy aloqalari yanada kuchayadi. Misol uchun, Janubiy Turkmaniston naqshli sopollari 
va haykalchalariga xos xususiyatlar SHimoliy Balujiston (Kvetg) topilmalarida kuzatilgan 


bo`lsa, aynan shunga o`xshash buyumlar SHimoliy Afg`onistondagi Mundigakda va 
Seyistondagi SHahri So`xta yodgorligida uchraydi. Demak, Kvett va SHahri So`xta topilmalari 
bu hududlarniig Janubiy Turkmaniston bilan nisbatan ko`proq madaniy alokalar olib borganligini 
tasdiklaydi. SHuningdek, O`rta Osiyo madaniyatiga xos haykalchalar Hindistondagi Xarappa 
tsivilizatsiyasining davomchilari bo`lgan bir qator ilk dexqonchilik manzilgohdarida ham 
uchraydi. Janubiy Turkmanistondagi Geoksyur va Qoratepa so`nggi eneolit madaniyatlari 
nafaqat O`rta Osiyo balki undan ham janubroq hududlarda ilk shahar madaniyati shakllanishida 
muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bularning barchasi o`sha davrda Janubiy Turkmaniston erlari faol 
madaniy aloqalar olib borilgan hududlardan biri bo`lganligidan dalolat beradi. 
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida so`nggi eneolit davridan boshlab Janubiy Turkmaniston 
jamiyati va madaniyatida sezilarli o`zgarishlar ro`y berganligi kuzatiladi. Bu jarayon avvalo, 
texnologik taraqqiyot va ishlab chiqarish imkoniyatlarining o`sganligida seziladi. Bu erda 
sug`orma dehqonchilik yoki ko`p marta sug`oriladigan dehqonchilik tartibining shakllanishi hal 
kiluvchi omil hisoblanadi. Geoksyur vohasidan ochilgan qadimgi sug`orish inshootlarining 
qoldiqlari va paleobotanik topilmalarning tahlili 
un1bu 
jarayondan dalolat beradi. 
Bu - samarali xo`jalik tartibi bo`lib, unda uyushgan umumjamoa mehnati safarbar etilgan. 
Darhaqiqat, yirik sug`orish tarmoqlarini barpo etish va undan foydalanish uchun kattagina jamoa 
xizmat qilgan. Paleoiqtisodiy ma`lumotlarga ko`ra, Geoksyur I manzilgohi atrofidagi 50-75 
gektar erni sug`orishga mo`ljallangan sug`orish tartibini barpo etishda o`sha davr ish qurollari 
nuqtai nazaridan 150 ta odam ikki oy mobaynida mehnat qilishi lozim bo`lgan. 
Turmush tarzidagi o`zgarishlar. va moddiy farovonlikning o`sishi ikkinchi muhim 
yo`nalish-moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va ixtisoslashuviga imkoniyat yaratdi. 
Kulolchilik ishlab chiqarishida ushbu tarmoqning rivojlanishida katta ahamiyaga ega bo`lgan 
maxsus xumdonlar paydo bo`ladi. 
Doimiy xo`jalik va madaniy yuksalish, ma`naviy rivojlanish natijasida Janubiy 
Turkmaniston hududlarida ko`plab madaniy va badiiy qimmatga ega bo`lgan yodgorliklar 
yaratildi. Xususan, turar-joylar rejalarining o`zgarishi, ixtisoslashgan hunarmandchilikning 
taraqqiy etishi, turli haykadchalar, muhrlar, taqinchoqlar va bezaklar yaratilishi ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy yuksalishdan dalolat beradi. 
Bronza davri Janubiy Turkmaniston mintaqasida ilk dehqonchilik madaniyatining har 
tomonlama rivojlangan davri bo`ldi. Buning natijasida jamiyatning sifatiy yangi bosqich 
darajasiga ko`tarilishi uchun mustahkam ishlab chiqarish asoslari va madaniy zamin yaratildi. Uz 
xo`susiyatiga ko`ra yangi davrning boshlanishi Nomozgoh IV yoki mil. avv. III ming yillikning 
boshlari va o`rtalari davriga to`g`ri keladi. 


Jamiyatda ro`y berayotgan madaniy va texnologik yangiliklar o`rta bronza davrida, ya`ni, 
Nomozgoh V turidagi o`zida urbanistik madaniyatning barcha belgilarini aks ettiruvchi o`ziga 
xos arxeologik majmua shakllangan davrda yanada taraqqiy etadi. Bu madaniyat turli 
tasvirlarsiz, kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar, metalldan ishlangan 
to`g`nog`ichlar, pichoqlar, muhrlar bilan .izohlanadi. Hududiy jihatdan bu madaniyat dastlabki 
dehqonlar tomonidan Kopetdog` tog` oldi tskisligida markazlashib, so`nggi bronza davriga kelib 
Murg`ob havzasiga yoyiladi va bu erda markazi Kelleli manzilgohi bo`lgan butun voha 
shakllanadi. 
Bronza davrining yirik ilk shahar markazlaridan biri hisoblangan Oltindepa xarobalari 
Turkmanistonning janubidagi Miyona yonida joylashgan. Ushbu yodgorlikda 1965 yildan 80-
yillarning oxirlariga qadar muntazam qazishma ishlari olib borilgan. Olib borilgan qazishmalar 
natijasida umumiy maydoni 25 gektar bo`lgan. Oltindepadan 500 ga yaqin terrakota 
haykalchalar, 150 ta qadimgi muhrlar, 550 ta dafn. inshootlari, ko`plab turar-joy qoldiqlari va 
boshqa moddiy madaniyat buyumlari topib o`rganilgan. 
Oltindepaning yukori qatlamlari bronza davriga oid bo`lib, Nomozgoh V ko`rinishidagi 
materiallar bilan o`xshashlik topadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra (radiokarbon 
tahlillar asosida) bu davr mil. avv. III ming yillikning oxiri-P ming yillikning birinchi choragini 
o`z ichiga oladi. Aynan mana shu davr Mesopotamiyada Urning III sulolosi inqirozga uchragan, 
Misrda zaiflashgan fir`avnlar hokimiyati o`rta podsholik davriga kirgan, Huanxe daryosi 
vohasida esa dastlabki Xitoy tsivilizatsiyasi bo`lgan SHan-In shakllanivdi uchun shart-sharotlar 
paydo bo`layotgan davr edi. Oltindepa qazishmalari bu davrda Urta Osiyoning janubida mahalliy 
shaharsozlik madaniyatining shakllanish jarayoni jadallik bilan borayotganligini ko`rsatadi. 
Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, Oltindepa faqat oddiy turar-joy va xo`jalik 
xonalaridan iborat bo`libgina qolmay, balki, o`ziga xos murakkab ichki tuzilishni ham aks 
ettiradi. Ammo, ko`hna shaharning janubiy qismida hech qanday inshootlar bunyod etilmagan 
hudud mavjud bo`lib, bu er ko`hna shaharning markaziy maydoni bo`lgan bo`lishi ham mumkin. 
Bu maydonga yodgorlikning janubida joylashgan maxsus chiqish yo`li orqali chiqilgan. 
Qazishmalarning ko`rsatishicha, bu chiqish yo`li bo`ylab 6,2x3 metr o`lchamdagi mahobatli 
minoralar qurilgan. CHiqish yo`lining umumiy eni 15 metr bo`lib, bo`ylama devor bilan 4-5 metr 
enlikdagi o`ziga xos bosh ko`chaga bo`lingan. Ushbu ko`chalar aftidan aravalarga mo`ljallangan 
bo`lsa kerak. 
Alohida ta`kidlash joizki, Oltindepaning baland tepalik ustida joylashganligi ko`hna 
shaharnint
-
himoyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratgan. Undan tashqari tepalikning tik yon-
bag`irlari pishiq g`ishtdan o`ziga xos qoplama bilan qoplangan. Qiyalikka boradigan nishablik 


esa devor bilan to`silgan. Devorlarning tuzilishi va qalinligi qurilish xususiyati va sharoitiga 
qarab belgilangan. Ko`hna shaharga kirish joyida devor maksimal qalinlikda, boshqa joylarda 
aylana devor 1-2 metr saqlanib qolgan. Ayrim joylarda kvadrat rejali minoralar ham bor. 
Ko`hna shaharning shimoliy chekkasidagi 2 gektarga yaqinroq maydon muhim tarkibiy 
qismlardan bo`lgan. Bu erdagi ko`plab sopol pishiruvchi xumdonlarga karab bu er hunarmandlar 
mahallasi deb ataladi. Murakkab tuzilishga ega bo`lgan ikki yarusli xumdonlarda 1000-1200°S 
da yupqa devorli nafis sopol idishlarni ham pishirish mumkin bo`lgan. Ko`hna shaharning shu 
qismida toshni qayta ishlash faoliyati bilan bog`liq izlar topilgan. Bu erdagi turar-joylar kichik 
uylardan, umumiy oshxona va umumiy xo`jalik xonalaridan iborat bo`lib )'lardagi topilmalar 
ham unchalik boy emas. Ochib o`rganilgan qabrlar topilmalari ham unchalik ko`p emas. 
Bularning barchasi xunarmandlar mahallasi aholisining turmush tarzi unchalik yuqori 
bo`lmaganligidan dalolat beradi. 
Qazishmalar natijasida topilgan ko`p sonli toiilmalar Oltindepa madaniyatini har 
tomonlama yoritish uchun muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek, ushbu topilmalar 
shaharsozlik masalalarini yoritish uchun ham qimmatli ma`lumotlar beradi. Topilmalar orasida 
sopol buyumlar ko`pchilikni tashkil etadi. Nafis va nozik shakllarda shakllangan sopolchilik 
buyumlarida qandaydir naqshlar yoki bezaklar uchramaydi. Faqatgina diniy marosimlar uchun 
mo`ljallangan va o`yma naqshlar bilan bezatilgan idishlar bundan Mustasno. 
Oltindepa ko`hna shahri hunarmandchiligida metallni qayta ishlash ancha rivojlangan edi. 
Buyumlarning katta qismi misdan tayyorlangan. SHuningdek, qalay va qo`rg`oshin aralashtirib 
ishlangan buyumlar ham uchraydi. Undan tashqari, temir pichoq va xanjarlar, irg`itiladigan o`q 
uchlari va boshqa buyumlar ham topilgan. Metall buyumlar orasida kumush buyum topilmalari 
ham ko`pchilikni tashkil etadi. Aftidan, aynan kumushdan ishlangan buyumlar shaharlikyaarning 
asosiy boyligi hisoblangan. 
Tadqiqotlar natijalari tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Oltindepaning ichki 
tuzilishi ham, yuqori darajada rivojlangan madaniyati ham ibtidoiy arxaik munosabatlar 
darajasidan chiqib ulgurgan edi. eng qadimgi shaharlar dastlabki birlashmalar yoki 
ugoshmalarning asosiy qismi hisoblanib ayrim hollarda tadqiqotchilar ularni shahar-davlatlar deb 
ataydilar. CHunki, aynan ilk shaharlarda dastlabki hokimiyat organlari markazlashib, ma`muriy 
boshqaruv tizimi shakllanadi. 
Oltindepa aynan mana shunday ilk shahar ko`rinishini o`zida aks ettiradi. SHuningdek, 
yodgorlikda ilk dehqonchilik jamoalari manzilgohlariga qaraganda shaharning o`ziga xos 
vazifalari nisbatan aniqroq ko`rinadi. Bu vazifaviy belgilar hunarmandlar mahallasi va diniy 
inshootda o`z aksini topgan bo`lsa, «aslzodalar mahallasi» va uning yonidagi qazishmalar esa 


ko`hna shaharning ijtimoiy tabaqalanishi bilan bog`liq bo`lgan shahar hududining tabaqalarga 
bo`linganligidan dalolat beradi. Ko`hna shaharning ushbu tarkibiy belgilari va qazishmalar 
paytida topilgan turli -tuman topilmalar Oltindepani atrof dehqonchilik hududlarining 
hunarmandchilik, qisman savdo va mafkuraviy markaz sifatida izohlashga imkoniyat yaratadi. 
SHu bilan birga Oltindepaning harbiy yoki himoya vazifasini bajarganligi haqida ma`lumotlar 
kam. CHunki ko`hna shahar darvozalaridagi minora-pilonlar himoya xususiyatidan ko`ra 
ko`proq savlatli manzara berish uchun qurilgan. Qazishmalar paytida topilgan harbiy qurol-
yarog`lar juda kam. Qabrlardan topilib antropologlar tomonidan har tomonlama o`rganilgan 
suyaklarda harbiy jarohatlar izlari uchramaydi. Fikrimizcha, bu holat aniq tarixiy shart-sharoitlar 
bilan bog`liq bo`lib, bu erda harbiy san`at rivojlanishi past darajada edi. CHunki, Oltindepa 
o`sha davr Old Osiyoni larzaga keltirgan harbiy yurishlar va qarama-qarshiliklardan chetroqda 
joylashgan edi. 
Janubiy Turkmaniston hududlarida Oltindepa ko`hna shahri madaniyati fanga ma`lum 
bo`lganidan so`ng Old Osiyoning ko`hna shaharlarida tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bir 
tomondan Mesopotamiya va ikkinchi tomondan Qadimgi Hind tsivilizatsiyasi Xarappa oralig`ida 
joylashgan SHarqiy eron,Afg`oniston va Pokiston hududlarida bronza davri ilk shahar 
tsivilizatsiyaning bir butun zonasi mavjud edi. Ushbu zonada bir-biri bilan uzviy savdo va 
madaniy aloqalar o`rnatilgan bir nechta viloyatlar bo`lib, shulardan birining markazi Janubiy 
Turkmanistondagi Oltindepa ko`hna shahri edi. 
O`rta Osiyo qadimgi xalqlari iqtisodiy va madaniy aloqalarini Oltindepadan ochilgan san`at 
yodgorliklarida aniq kuzatish mumkin. Mesopotamiya an`analari bilan aloqalar, dastavval, 
me`morchilikda yaqqol ko`zga tashlanadi. Qurilish uslublaridan tashqari, terrakota haykallari. 
ishlanish uslublari (buqaning oltin • boshi) jihatidan ham o`xshashliklarni kuzatishimiz mumkin. 
Bu o`rinda, Oltindepaning Hind madaniyati bilan aloqalari, ko`p hollarda aniqroq ko`rinadi. 
Xususan, Oltindepada fil suyagidan ishlangan buyumlar ko`plab uchraydi. Bu buyumlarning turli 
qatlamlardan topilishi ular o`rtasida uzoq vaqt doimiy aloqalar bo`lganligidan dalolat beradi. 
Undan tashqari ayrim sopol va metall buyumlarda ham aynan Xarappa madaniyati ta`sirini 
kuzatish mumkin. 
Tadqiqotlar natijalariga ko`ra, bronza davrida Janubiy Turkmaniston jamiyatining ijtimoiy 
tuzumi ham murakkablashadiki, bu jarayon haqida uy-joylar va ko`mish marosimiga oid 
yodgorliklar orqali ma`lum tasavvurlarga ega bo`lishimiz mumkin. Ilk bronza Oltindepa 
qurilishlari kichik uylardan iborat bo`lib ularning o`lchamlariga qo`ra bunday uylar kichik 
oilalarga mo`ljallangan. 


O`rta bronza davriga kelib yuqoridagi manzara butunlay o`zgaradi. Ko`pgina 
topilmalarning ma`lumot berishicha, Oltindepa jamiyatida mulkiy mavqe va umuman, turmush 
tarzida o`z aksini topgan sezilarli ijtimoiy tabaqalanish bo`lib o`tadi. V.M. Masson shahar aholisi 
orasida turli ijtimoiy va mulkiy mavqega ega bo`lgan quyidagi uchta guruhni ajratadi: 
1) 
ushbu guruh uchun aholining ko`p xonali uylarda joylashuvi xosdir; 
2)
bu guruh uchun aholining maxsus xo`jalik xonalari 3-5 xonali katta bo`lmagan alohida 
uylarda joylashishi xosdir; 
3)
bu guruh aholisini mukammal rejali qurilishlardagi «aslzodalar mahallasi» deb nomlanuvchi 
manzilgohlar sohiblari tashkil etgan. 
Demak, qazishmalar natijasida aniqlangan yuqoridagi aholi guruxdari Oltindepadagi 
ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarini aniq aks ettiradi. 
Olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Oltindepa tabaqalarga 
qarab. qududiy bo`linishi, o`ziga xos ichki tuzilishi nuqtai nazaridan - ilk shahar tuzilmasi, atrof 
qishloq xo`jalik hududi markazi, hunarmandchilik markazi, shuningdek, mafkuraviy vazifasi 
nuqtai nazaridan esa shahar markazi eifatida izohlanadi. Tadqiqotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, 
bronza davriga oid Oltindepa-o`trok dehqonchilik jamiyati negizida shakllangan shahar 
uyushmasi evolyutsiyasini o`zida aks ettiradi. Bu jamiyatning qo`lga kiritgan madaniy yutuqlari 
ham yuqori darajada bo`lib, turli-tuman buyumlardan tashqari ayniqsa, mahobatli me`morchilik 
(rejali uylar, ibodatxonalar va boshq.) ushbu jarayonlardan dalolat beradi. 
Janubiy Turkmaniston bronza davri urbanistik tuzilmasi qadimgi SHarqning ilg`or 
markazlarida shakllangan mahalliy ilk dehqonchilik tizimlari asosida paydo bo`lib rivojlanadi. 
SHu bilan birgalikda Urta SHarqning bronza davri ayrim yodgorliklaridagi topilmalarda Janubiy 
Turkmanistonga xos madaniy jihatlar mavjudligini kuzatish mumkin. Misol uchun, Seyistondagi 
yirik markaz SHahri So`xta ko`hna shahri pastki qatlamlaridan toiilgan naqshli sopollar, 
shimoliy Balujistonning, Kvett yodgorligidagi muhrlar va terrakotalar, kam bo`lsa-da janubiy 
Afg`onistondagi Mundigak va Saidqal`a yodgorliklari topilmalarida ham Janubiy Turkmaniston 
madaniyati ta`siri aniqlangan. Demak, Janubiy Turkmaniston bronza davri madaniyati chetdan 
bo`lgan tashqi ta`sirni qabul qilibgina qolmay, chetdagi boshqa madaniyatlar rivojiga ham 
sezalarli ta`sir o`tkazgan, degan xulosalar ilmiy jihatdan asoslidir. eng muhimi, ushbu 
hududlardan olingan ma`lumotlar ilk dehqonchilikdan murakkab jamiyatga o`tish davri 
rivojlanish jarayonlari hamda urbanistik taraqqiyot haqidagi tasavvurlarimizni ancha boyitadi.

Ahamoniylar hukmdorlarining O`rta Osiyo viloyatlarini bosib olishi alohida mavzu 


hisoblanib, ilmiy-tarixiy adabiyotlarda keng yoritilgan. SHuning uchun ham darslikning > ushbu 


bo`limida shaharlar tarixi bilan bevosita bog`liq bo`lgan ahamoniylar davlatining tuzilishi, 
boshqaruv tartibi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot masalalariga batafsilroq to`xtalib o`tamiz. 
Gerodot ma`lumotlariga ko`ra, ulkan Ahamoniylar saltanati alohida viloyatlar (o`lkalar)- 
satrapiyalarga bo`lingan bo`lib, ularning soni 20 ta edi. Har bir satrapiya har yili ma`lum 
mikdorda soliq to`lab turishi shart edi. 
Juda ko`pchilik tadqiqotchilar O`rta Osiyoning o`troq, vohalaridagi sug`orish tartibida mil, 
avv. VI- IV asrlarda sezilarli o`zgarishlar bo`lib o`tganligini e`tirof etadilarki, bu o`zgarishlar 
o`sha davr shaharlari taraqqiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu davrda ko`p 
joylardagi to`planib qolgan suvlardan foydalaniladigan mavsumiy tabiiy sug`orish o`rnini keng 
hududlarni sug`orish imkoniyatini . beruvchi yiriq magistral kanallar tartibi egallaydi. Bunday 
o`zgarish natijasida nisbatan kengroq hududlarni o`zlashtirish imkoniyatlari paydo bo`ladi. O`rta 
Osiyoning deyarli barcha tarixiy-madaniy viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqikotlar 
natijasida o`troq aholi tomonidan yangi erlarning o`zlashtirilganligi kuzatiladi. 
SHimoliy Baqtriya hududlarida bu davrda Surxon va Kobadiyon vohalari keig miqyosda 
o`zlashtirilib, o`ng qirg`oq Amudaryo irmoqlaridan magistral kanallar o`tkaziladi. Vaxsh 
vohasida Bolday kanali qazilib, uning atroflarida mil. avv. U-GU asrlarga oid manzilgoh 
aniqlangan. Xorazm hududlarida chap qirg`oq Amudaryodagi Sariqamish havzasida joylashgan 
Ko`zaliqir yaqinida ahamoniylar davriga oid yirik dehqonchilik vohasi o`rganilib, bu erdan o`sha 
davrga oid bir nechta kanallar aniqlangan. 
Ta`kidlash joizki, ahamoniy podsholari va satraplari shaharlar taraqqiyotini ta`minlab 
gurgan qishloq xo`jaligining rivojlanishiga, avvalo, dehqonchilikka katta e`tibor berib turganlar. 
Ksenofontning xabar berishicha, «podsho o`z mamlakatining ayrim qismlarini o`zi aylanib 
chiqadi, ayrim qismlariga o`z ishonchli odamini yuboradi. Agar hokimlar yangi barpo etilgan 
shaharlar, o`zlashtirilib obod etilgan, bog`-rog`lar barpo etilib ekinlar ekilgan erlarni. ko`rsatsalar 
ularga yana yangi erlar qo`shib berilib turli mukofotlar in`om etiladi». Urta Osiyodagi dastlabki 
korizlar er osti sug`orish kanallari ham ahamoniylar davrida paydo bo`ladi. Polibiy salavkiylar 
hukmdori Antiox III ning Parfiya dashtlari orqali yurishini ta`riflar ekan, bu erda sug`orish 
ishlari quduqlari bo`lgan bir nechta er osti kanallari orqali amalga oshirilib ular «forslar davrida» 
bunyod etilgani haqida ma`lumot beradi. 
Mil. avv. . VI-!V asrlar sug`orish inshootlari takomillashuvi bilan birga Urta Osiyo qishloq 
xo`jaligida dehqonchilik taraqqiyotiga va shaharlardagi hunarmandchilikka sezilarli turtki bergan 
temir buyumlardan foydalanish ham keng tarqaladi. SHimoliy Baqtriyadagi Qizilcha 6, 
Xorazmdagi Ding`ilja va Ko`zaliqir, So`g`diyonadagi Afrosiyob va Daratepa kabilardan topilgan 
temir buyumlar shu jarayondan dalolat beradi. 


Bu davrda Urta Osiyo o`troq tarixiy-madaniy viloyatlari xo`jaligi doirasida chorvachshshk 
ham taraqqiy etadi. Xo`jalikning bu turi katta va kichik daryolar havzalari huDudlarida, tog` va 
tog` oldilarida, dasht chegara hududlarida, ayniqsa jadallik bilan rivojlanadi. Qadimgi 
Xorazmdagi Ko`zaliqirdan mil. avv. \'1-1U asrlarga oid hayvon suyaklarining topib tadkiq 
etilishi bu erda xo`jalikning asosini chorvachilik, avvalo, yirik tuyoqli hayvonlar tashkil 
etganligidan dalolat beradi. Fikrimizcha, Persepol tasvirlarida ko`pgina O`rta Osiyo xalqlari fors 
podsholariga soliq sifatida turli hayvonlarni etaklab kelayotganligining tasvirlanishi ham 
tasodifiy hol emas. 
Mil. avv. U1-1U asrlar O`rta Osiyo viloyatlarida hunarmandchilik ishlab chiqarish, 
xususan, sopol hunarmandchiligi yuqori darajada rivojlanadi. Kulolchilik charxida tayyorlanib 
maxsus xumdonlarda pishirilgan sopol idishlar ko`pchilik O`rta Osiyo viloyatlariga xos 
shakllarga ega edi. Bu o`rinda tsilindrsimon va tsilindr-konussimon idishlarning keng 
tarqalganligini ta`kidlash joizdir. Bunday ko`rinishdagi idishlar Baqtriyadagi Balx, Kobadiyon, 
Boldaytepa, Talashkan, Qiziltepa, So`gdiyonagi Afrosiyob, Ko`ktepa, Xo`ja Bo`ston, Uzunqir, 
Sarmish, Xorazmdagi Ko`zaliqir, Qal`aliqir, Ding`ilja, Marg`iyonadagi YOzdepa va 
Govurqal`alardan topib o`rganilgan. Metallarni badiiy jihatdan qayta ishlash uslublari yuqori 
darajada bo`lganligi haqida Amudaryo xazinasi buyumlari ma`lumotlar beradi. Kam sonli bo`lsa-
da, qo`hna shaharlarda hunarmandchilikning boshqa turlari-to`qimachilik, toshga ishlov berish, 
suyakni qayta ishlashga oid bo`lgan topilmalar topib o`rganilgan. 
Ko`pgina davlatlarning ulkan ahamoniylar saltanati tarkibiga kirishi, avvalo, qadimgi 
shaharlar va qishloqlardagi tashqi savdoning taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatdi. Ammo, ahamoniylar 
davri O`rta ' Osiyoga keltirilgan yoki bu hududlardan olib chiqilgan mahsulotlar haqida juda kam 
ma`lumotlar saqlangan. SHunga qaramasdan, Kichik Osiyodagi efes shahridan Baqtriyaga, 
undan Hiidistonga ketuvchi yo`l haqidagi ma`lumotlar O`rta Osiyoning ahamoniylar davlatining 
g`arbiy viloyatlar bilan savdo adoqalari olib borganligini tasdiqlaydi. So`g`diyonadan va ayniqsa 
Baqtriyadan topilgan tangalarga qarab xulosa chiqaradigan bo`lsak, mil. avv. U1-1U asrlar O`rta 
Osiyoga nafaqat markaziy ahamoniylar hokimiyati huKmdorlari zarb etgan tangalar, balki 
Kichik Osiyo va yunon tangalari ham kirib kelgan. Ammo, bunday tangalar hozircha kam sonli 
topilganligi tufayli ular muomalada bo`lganmi yoki boylik to`plash maqsadida xazinalar uchun 
keltirilganmi, bu hakda aniq bir fikr aytish qiyin. Keyingi tadqiqotlar O`rta Osiyoning 
ahamoniylar davri pul muomalasi masalalariga aniqlik kiritishi shubhasizdir. 
Ahamoniylar davri shaharsozligi masalalarining tahlili asosida aytish mumkinki, o`ttan 
asrning 30-yillarida ahamoniylar davri madaniy qatlamlari faqat Janubiy Tojikiston 
hududlaridagina ma`lum edi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrdan so`ng mil. avv. 


UT-GU asrlarga oid yodgorliklar ko`pgina hududlarda aniqlanib, tadqiqotlar ko`lami kengaydi. 
Hozirgi kunda bu davrga oid qo`hna shaharlar va qishloqlar nafaqat Janubiy Tojikiston, balki 
SHimoliy va Janubiy Baqtriyadan, So`g`diyonadan, Parfiya, va Marg`iyonadan, Xorazmdan, 
CHoch . va Farg`onadan topib o`rganilgan bo`lsa, Farg`onadan, Oloydan, SHarqiy Pomirdan 
hamda Orol bo`yidan ko`mish marosimiga oid yodgorliklar topib tekshirilgan. 
Bu davrga oid qishloq va ko`hna shaharlar me`morchiligi Janubiy 'Gurkmanistonda 
nisbatan ko`proq o`rganilgan. Bu hududlardagi eng yirik ko`hna shahar Marvdagi Govurqal`a 
hisoblanadi. Govurqala o`lchamlarining yig`indisi 7,5 km.ga teng. Ahamoniylar davri Marvning 
markazi Govurqal`a shimoliy tomonining markazida joylashgan erkqal`a istehkomi bo`lgan. Mil. 
avv. I ming yillik o`rtalarida ushbu istehkom baland loy devor bilan o`rab olinadi. erkqal`aning 
markazida yirik me`moriy inshootlar-hukmdor saroyi va diniy majmua qad ko`taradi. Istehkom 
xom g`ishtdan bunyod etilg`an mustahkam poydevor ustiga qurilib, yagona darvozasi shahar 
tomonga qaratilgan. 
Marv vohasining qadimgi markazida ahamoniylar davriga oid YOztepa manzilgohi ochib 
o`rganilgan. YOztepa birmuncha ilgariroq davrda paydo bo`lgan bo`lib, mil. avv. I ming yillik 
o`rtalarida o`zining avvalgi harbiy-ma`muriy ahamiyatini yo`qota boshlaydi. Ammo, YOztepa 
manzilgohi butunlay yo`qolib ketmaydi va qazishmalar natijasida bu erdan to`g`ri burchakli 
g`ishtlardan qad ko`targan devorlar, inshootlar qoldiqlari aniqlangan. 
Kopetdog`ning tog` oldi hududlaridan mil. avv. UMU asrlarga oid yirik ko`hna shahar 
Elkendepe xarobalari ochib o`rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Elkendepe SHimoliy 
Parfiyaning harbiy-ma`muriy markazi bo`lib, bu erga ahamoniy podsholari kelib turgan. Ko`hna 
shahar noto`g`ri-notekis shaklda bunyod etilgan bo`lib uzunligi 500 metr, eni 300 metrga yaqin. 
SHahar o`rnidagi dastlabki manzilgoh to`gri burchakli yirik g`ishtlardan qad ko`targan 
mustahkam devor bilan o`rab olingan. Markazda istehkom qad ko`targan. 
Xorazm ekspeditsiyasining say`i-harakatlari tufayli qadimgi Xorazm hududlarida ham 
ahamoniylar davri yodgorliklari aniklangan. Ulardan biri - satrapning qurib bitkazilmagan saroyi 
Qat’alikir I bo`lib, biz u haqda yukoridagi bo`limlarimizda eslatdik. YAna bir bu davrga oid 
ko`hna shahar Amudaryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan Ko`zaliqir bo`lib, tabiiy tepalik ustida 
joylashgan. Uning maksimal uzunligi 1000 metr, eni esa 500 metrdan ziyodrokdir, Qazishmalar 
natijalariga ko`ra, ko`hna shahar ikki qator devor bilan .o`rab olinib, tashqi devor minoralar bilan 
mustahkamlangan. Ichki devor esa turli qurilishlarga tutashib turgan. 
O`ng qirg`oq Xorazmdagi ahamoniylar davriga oid yana bir yodgorlik Ding`ilja yaqinidagi 
manzilgoh hisoblanadi. Qazishmalar natijasida bu erdan 2600 kv.m. maydonga ega bo`lgan ko`p 
xonali katta bino ochib o`rganilgan. Binodan turar-joy, xo`jalik va ishlab chiqarish ahamiyatiga 


ega bo`lgan 17 ta xona aniqlangan. Bino ikki metr qalinlikdagi tashqi devor bilan o`rab olingan. 
Devor to`g`ri burchakli va to`rtburchak yirik g`ishtlardan bunyod etidgan. Bino qurilishlari mil. 
avv. V asr oxiri - IV asrning birinchi yarmi bilan sanalangan. 
CHelak shahridan 5 km ja1gubi-sharqda, SHamot va CHandir qishloqlari oralig`ida, 
Bulung`ur kanalining o`ng qirg`oq yuqori trassasida Ko`ktepa ko`hna shahri xarobalari 
joylashgan. Ko`hna shahar qazishmalarining asosiy ishTirokchilaridan biri bo`lgan 
M.X.Isomiddinov yodgorlikni uchta davrga ajratib shartli ravishda Ko`ktepa I, II, III bilan 
belgilaydi. Ko`ktepa I davri 2 bosqichga bo`linadi. Olimning fikricha, birinchi bosqichda ko`hna 
shahar aholisi erto`la yoki yarim erto`lalarda yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug`ullanganlar hamda sopol idishlarni maxsus xumdonlarda pishirganlar. Ikkinchi bosqichning 
oxirlarida ko`hna shahar markazida diniy inshoot bunyod etiladi. Ko`ktepa II davrida urbanistik 
jarayonlarda sezilarli o`zgarishlar bo`lib, aftidan hokimning qarorgohi bo`lgan yirik inshoot 
paydo bo`ladi. Bu inshoot ahmoniylar davrida ham mavjud bo`lgan. Ko`ktepa III davrida asosan 
himoya inshootlari bunyod etilib, bu davr ellinizm davriga oiddir. 
So`g`diyonaning yirik madaniy markazi va poytaxti bo`lgan Afrosiyob ko`hna shahri bu 
davrda ayniqsa gullab-yashnadi. Bu davrga kelib umumiy maydoni 219 gektar bo`lgan 
Afrosiyob markaziy va yirik shahar sifatida ancha rivojlanib, bu erda shahar hayotining
rivojlanishi So`g`diyona va butun O`rta 
Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda 
kechgan. 
M.X.Isomiddinovning fikricha, So`g`dning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi bilan 
shaharsozlik an`analari tubdan. o`zgaradi. Bu an`analarning muhim belgisi mudofaa inshootlari 
me`morchiligi hisoblanadi. Aynan mana shu davrdan boshlab shaharning ichki va tashqi 
tomoniga qaratilgan shinaklarning yo`lak-galereya tartibi paydo bo`la boshlaydi. Ahamoniylar 
davridagi Samarqand So`gdi xo`jalik hayoti va madaniy taraqqiyot haqida Lolazor, 
Laylaqo`ytepa, Ko`ktepa, To`rtko`ltepa kabi yodgorliklardan topilgan topilmalar ham qimmatli 
ma`lumotlar beradi. Bu topilmalarga qarab (jangovar va mehnat qurollari, uy-ro`zg`or 
buyumlari, taqinchoqlar, qurilish uslubi va hokazo). Samarqand va uning atroflaridagi 
hududlarda mil.avv. I ming yillikning o`rtalarida yashagan aholi xo`jalikning dehqonchilik, 
chorvachilik, uy hunarmandchiligi va ixtisoslashgan hunarmandchilik turlarini anchagina 
rivojlantirganlar degan xulosa chiqarish mumkin. 
Buxoro vohasidagi Xo`ja Bo`ston, Konimex, Qumrabod, Arabon, CHordara, Quzmontepa 
kabi o`nlab ko`hna shahar va qishloqlar ahamoniylar davriga oiddir. Tadqiqotchilarning 
fikrlariga qaraganda, ular yirik etno-madaniy viloyatning uncha katta bo`lmagan tumanlari 


bo`lib, bu hududlarda mil. avv. U1-1U asrlarda umumiy ko`rinishi bir xil bo`lgan dehqonchilik 
madaniyati shakllanadi. Topilgan topilmalarning nihoyatda o`xshashligi shundan dalolat beradi. 
Keyingi yillarda Buxoro shahri va uning atroflarida ko`pgina arxeologik tadqiqotlar olib 
borildi. Bu tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mil. avv. I . ming yillikning o`rtalarida 
Zarafshonning yirik bir irmog`i Buxoro shahari hududidan oqib o`tib, uning o`ng va chap 
qirg`og`ida shaharga asos solinadi. YAna shu narsa ham aniqlandiki, bu davrda ark hududi paxsa 
devor bilan o`rab olinadi. Buxoro atroflaridan esa bu davrga oid qal`alar va qo`rg`onlar ham 
ochilganki, ular atrof qishloqlarni tashkil etgan. Tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarish 
mumkinki, Buxoro voxadagi urbanistik jarayonlarning markazi bo`libgina qolmasdan, geografik 
nuqtai 
nazardan ham vohaning markazida joylashib, viloyat markazi vazifasini bajargan. 
2006 yilning aprel oyida darslik muallifi Nurota tabiiy-me`moriy muzeyi majmuasini 
takomillishtirish, shahar va uning atrofida joylashgan tarixiy-arxeologik yodgorlikliklarda 
tekshiruv ishlari olib borish, shaharlarning yoshiga aniqliklar kiritish maqsadida Nurota shahri va 
tumanida bo`ldi. Avvalo, ta`kidlash lozimki Ahamoniylar davridayoq ma`lum bo`lgan er osti 
suvlarini yuzaga chiqarish -koriz usulidan Nurota atroflari aholisi ham foydalangan. Nurota 
tumani hududida hozirgi kunda ham sug`orish ishlarida bu usuldan foydalaniladi. 
Muallif tomonidan Nurota qal`asining tuzilishi, mudofaa devorlari va ulardagi minoralar 
(burjlar) qisman tadqiq etildi. Qal`a devorining ichki yo`laklariga eltuvchi kirish yo`llari 
(mahalliy aholi ularni g`orlar deb tasavvur qiladi) saqlanib qolgan. Qal`a devori paxsa asosida 
xom g`ishtdan qad ko`targan hamda vaqti-vaqti bilan ta`mirlanib turilgan. Xom g`ishlarning 
o`lchamlari So`g`diyonadagi mil.avv. U1-1U asrlarga oid Uzunqir, Erqo`rg`on, Afrosiyob 
yodgorliklaridagi g`ishtlarga ancha yaqin ekanligi aniqlandi. SHuningdek topilma sopol 
parchalari mil.avv.U-GU asrlar buyumlariga o`xshab ketadi. Nurota shubhasiz, mil.avv.USHU 
asrlarda shakllana boshlagan qadimgi shaharlardan biridir. Ammo, bu fikrmizni to`la ilmiy 
asoslash uchun tadqiqotlar hozircha etarli emas. 
Qashqadaryo vohasi mil. avv.USHU asrlar yodgorliklari So`g`diyonaning boshqa 
hududlariga nisbatan yaxshiroq o`rganilgan. Vohadagi ko`hna shaharlardan biri Erqo`rg`on mil. 
avv. USH-UP asrlarda shakllanadi va ahamoniylar davriga kelganda hududlari ancha kengayib, 
to`rtburchak shaklda devorlar bilan o`rab olinadi. Undan tashqari bu davrga kelib ko`hna shahar 
atrofida alohida qishloq manzilgohlari paydo bo`ladi. Bu davrda dehqonchilik vohalari 
atroflarining o`zlashtirilishi shaharlar bilan bog`liq bo`lib, o`zlashtirilgan hududlar shaharlarga 
vositachi yoki tayanch vazifani bajargan. Bunday kichik qishloqlarning bir qismi shahar 
aholisining shahar tashqarisidagi erlari bo`lgan bo`lishi ham mumkin. Mil. 


avv. U1-U asrlar voha va shahar yagona jamoadan iborat bo`lib yaxlit So`g`d o`lka-satrapiyasini 
tashkil etgan bo`lishi mumkin. 
Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarib, ahamoniylar davriga oid Janubiy So`g`ddagi 
quyidagi inshootlar shakllarini belgilash mumkin: rejaviy tuzilishi to`g`ri burchakli va ikki qator 
devor bilan mustahkamlanib maydoni 3 gektar bo`lgan alohida qal`a qo`rg`oni (Sangirtepa); 
qishloq xo`jalik vohasi aholisi uchun harbiy boshpana vazifasini bajaruvchi va maydoni 34-70 
gektar bo`lgan yirik qal`alar (Erqo`rg`on, Uzunqir); paxsa-xom g`ishtlari bo`lmagan hamda 
maydoni 2 gektargacha bo`lgan yarim erto`la va erto`lalardan iborat qal`alar (Qo`rg`ontepa, 
Somontepa, Ko`zatepa, To`rtburchaktepa va boshq.); tabiiy-geografik qurilishlarga asoslanib, 
alohida turar-joylarga ega bo`lgan manzilgohlar (Daratepa, Qorovultepa); qishloq uy-
qo`rg`onlari (Saroytepa, SHo`rob, CHoshtepa). Vohadagi eng yirik yodgorliklardan biri bo`lgan 
Uzunqir ko`hna shahri ahamoniylar davrida o`zida barcha himoyalanish belgilarini aks ettiruvchi 
mustahkam devor bilan o`rab olinadi. Uzunqir va uning atroflaridagi me`morchilik va himoya 
inshootlari (70 gektarga yaqin) yuqori darajadagi shaharsozlik madaniyatidan dalolat beradi. 
Hozirgi kunda Tojikiston qadimiyati bilan shug`ullanuvchi olimlar tomonidan Sirdaryo 
o`rta oqimining chap qirg`og`i hududlaridagi Xo`jand va uning atroflaridan (o`rta asrlardagi 
Ustrushona) mil. avv. U1-1U asrlarga oid yodgorliklar ochib o`rganilgan. Xo`jand shahrini 
o`rgangan tadqiqotchilar ko`hna shahar istehkomining pastki qatlamlarini, xususan, umumiy 
maydoni 20 gektarga yaqin bo`lgan (shundan istehkom 1 gektarga yaqin) to`rtburchak shakldagi 
shahar maydonini o`rab turgan qal`a devori qoldiqlarini mil. avv. U1-GU asrlarga oid deb 
hisoblaydilar. Bu davr madaniy qatlamlari SHirin, Mug`tepa (Uratepa shahrida) va Nurtepa 
(O`ratepa shahridan shimolroqda) ko`hna shaharlaridan ham aniqlang`an. 
Nurtepa ko`hna shahri baland tog` tepaligida joylashgan. N.Negmatov va boshqalarning 
fikricha, ko`hna shahar o`rnidagi manzilgoh mil. avv. 6 asrda paydo bo`ladi. Mil. avv. 6-4 
asrlarda esa Nurtepa umumiy maydoni 18 gektar bo`lgan paxsa va xom g`isht devorlardan qad 
ko`targan qal`a hamda himoya devorlari bo`lgan shahar hisoblanar edi. Bu erdan topilgan 
ko`plab topilm.alarga qarab shunday xulosa chiqarish mumkinki, Nurtepa aholisi asosan 
dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarish bilan shug`ullangan. Xo`jand va Nurtepa 
ko`hna shaharlari makedoniyalik Iskandar yurishlari davrida tayanch nuqtalar bo`lgan bo`lishi 
mumkin. 
N.Negmatov va T.Belyaevalar Nurtepa ko`hna shahrining pastki qatlamlarini mil. avv. U1-
U asrlar bilan belgilasalarda, , uning pastki qatlamlarida me`moriy qurilishlar izlari deyarli 
uchramaydi. Qadimgi Ustrushona hududlarida Nurtepadan tashqari shunga o`xshash Xontepa, 
Sag`anoqtepa, Mug`tepa (pastki qatlamlari) kabilar o`rganilgan. Ulardagi madaniy qatlamlar 


Nurtepa bilan o`xshashlik topganligi bois A.A.Gritsina bu madaniyatni "Nurtepa madaniyati" 
deb nomladi. Ammo, M.X.Isomiddinovning fikricha, "Nurtepa madaniyati" o`z davrida keng 
tarqalgan hamda markazi Zarafshon vohasida bo`lgan So`g`d madaniyatining shimoli-sharqiy 
chekkasi bo`lgan xolos. So`g`d va Ustrushona o`rtasidagi farq shundaki, mil. avv.T ming yillik 
o`rtalaridan boshlab Zarafshon vohasiga Baqtriyaning shahar madaniyati Ustrushona 
hududlariga nisbatan kuchliroq ta`sir etadi. Bu fikrni ko`pchilik tadqiqotchilar, jumladan 
dissertatsiya muallifi ham e`tirof etadilar. 
Mil. avv. UP-U1 asrlarda Baqtriya hududlarida himoya devorlari bilan o`rab olingan 
shaharlar shakllana boshlaydi. Oltindilyor (Aorn), Baqtra, Qiziltepa kabilar bu hududlardagi 
yirik shaharlar edi. Ahamoniylar davri SHimoliy Baqtriya haqida to`g`ridan-to`g`ri yozma 
manbalarda ma`xgumotlar berilmasa ham arxeologik tadkiqotlar bu masalaga ko`pgina aniqliklar 
kiritadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Baqtriya Kir II ning mil. avv. 539-530 yoki 547-539 
yillardagi yurishlaridan so`ng ahamoniylar davlatiga buysundiriladi. Ayrim tadqiqotchilar bu 
davrda Baqtriyaning shimoli-g`arbiy chegaralaridagi Temir darvoza atroflarida Sisimifr qal`asi 
bo`lgan deb hisoblaydilar. I.V.P’yakovning fikricha, bu erda Baqtriya va So`g`diyona o`rtasidagi 
chegarani belgilaydigan hamda katta yo`lni nazorat qilib turadigan punkt joylashgan bo`lishi 
mumkin. 
Ammo, bu taxminlar arxeologik tadkiqotlar bilan tasdiqlanmaydi. SHu bilan birga 
Amudaryodan kechuv joyida va bu kechuvga keluvchi yo`llar ustida mil. avv. I ming yillik 
o`rtalarida qal`alar (SHo`rtepa, Talashkan I, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu jarayon 
ahamoniylarning Baqtriyadan So`g`diyonaga o`tuvchi barcha yo`llarni qat`iy nazorat ostiga 
olganlaridan dalolat beradi. 
Ahamoniylar davriga kelib, Baqtriya shaharsozligida sezilarli o`zgarishlar bo`lib o`tadi. 
Ko`plab rivojlanish jarayonlari: temir qurollarning keng yoyilip1i, sug`orma dehqonchilik va 
hunarmandchilikning takomillashuvi, manzilgohlar sonining ortishi, ular maydonining 
kengayishi, yangi belgilar qo`shilgan holda tuzilishining murakkablashuvi aynan mana shu davr 
uchun xosdir. SHuningdek, bu davrga kelib aholi punktlarining turli shakllari paydo bo`ladi. 
Bu davrga kelib manzilgohlarning ilgarigidan ko`plab belgilari bilan farqlanuvchi Qiziltepa 
ko`rinishidagi yangi shaharsozlik shakli ham paydo bo`ladi, ko`pchilik tadqiqotlarning fikricha, 
Qiziltepa: qal`a, shahar, «shahar oldi» va atrof hududlar qismlardan iborat. Maydoni 2 gektar, 
balandligi 14-15 metr tepalik ustiga joylashgan qal`aning g`arbiy yarimi baland sun`iy poydevor 
ustiga qad ko`targan hokimning saroyi bo`lgan katta qurilishlardan iborat. Qal`aning sharqiy 
yarimy g`arbiy qismidan kagga hovli yoki maydon bilan ajratilgan bo`lib, bu erda xo`jalik turar-
joy majmuasi joylashgan va bu majmua ko`plab turli davrlarga oid xonalardan iborat. 


Qiziltepada 
olib 
borilgan 
stratigrafik 
tadqiqotlar 
natijasida 
ko`hna 
shahar 
o`zlashtirilishining uchta asosiy davri (Qizil I, II, III) aniqlangan. Qizil III davri aynan 
ahamoniylar davriga (mil. avv. U~1U asrlar) oid bo`lib bu davrda ko`hna shaharning janubi-
sharq tomonida shahar oldi shakllanadi, Uning ichida va qal`ada ayrim uchastkalar qayta qurilib, 
ayrim yangilari paydo bo`ladi. Bu davrning oxirlariga kelib shahar inqirozga uchray boshlaydi. 
Himoya devorlarida chiqindi to`plamlari paydo bo`ladi va qal`aning yuqori xonalari xo`jalik 
chiqindilarining qalin qatlami bilan qoplanadi. 
Tadqiqotlar natijalariga ko`ra, ilgarigi davrdagi barcha manzilgohlarga nisbatan Qiziltepada 
mutlaqo yangi tuzilish va rejaviy belgilar paydo bo`ladi. Xususan, ko`pqismlilik, vazifaviy farq 
va har bir qismning alohidaligi, qo`rg`onning qal`aga aylanishi, mustahkamlanmagan kismning 
manzilgohga aylanishi, shahar oldi va atrof hududlarning ajralishi kabi belgilar Qiziltepa uchun 
xosdir. SHuningdek, Qiziltepaning himoya inshootlari ham ilgarigi manzilgohlardan sezilarli 
farqlanadi. Himoya devorlari, keng va chuqur xandaqlar ko`hna shaharni o`rab turgan. 
Antik davr mualliflari ahmoniylar davri Baqtriyasini ko`p sonli katta shaharlari bo`lgan 
o`lka sifatida ta`riflaydilar. Ular orasida nisbatan yiriklari Baqtra-Zariasp, Aorn, Drapsak yoki 
Daraska - Adraska va Kariatid bo`lgan. Baqtrada juda balandlikda qal`a qurilib pastda shaharni 
qalin devor o`rab turgan. SHuningdek qal`a, akropolda ham mavjud edi. Arxeologik tadqiqotlar 
natijalariga ko`ra, ahmoniylar davrida Baqtra Bolo Hisor hududlarini (120 gektar) va uning 
janubi g`arbidagi pastki shaharning bir qismini egallagan. Aorn esa Balxdan 35 km shimolda 
joylashgan Oltindilyortepaga qiyos qilinadi. 
Fargona vodiysi arxeologik madaniyatlari tarixidan Fargona vodiysi Urta Osiyoning boshka 
xududlarida bulgani kabi arxeologik yodgorliklarga boy xudud xisoblanadi. Vodiyda olib 
borilgan tadkikotlar natijasida ilk paleolit davridan tortib to urta aerlargacha bulgan davrlarga oid 
bir necha yuzlab arxeologik yodgorliklar topib urganilgan. Bronza davri va uning sunggi 
boskichlariga kelib Fargona vodiysi kadimgi axoliey uziga xos madaniyatlar yaratib, tarixiy-
madaniy jarayonlarni yanada faollashtiradilar. Ushbu uziga xoslikni utrok va dasht axoliey uzaro 
alokalarida, moddiy madaniyat buyumlarida, turar joylar kurilishi va uslubida, dafn etish 
inshootlarida ayniksa, kuprok kuzatish mumkin. 
Olib borilgan tadkikotlarni kiyosiy taxlil kilish asosida Fargona vodiysi sunggi bronza davridan 
antik davrgacha bulgan tarixiy-madaniy xayotida CHuet madaniyati, Kayrokkum madaniyati va 
eylaton madaniyati kabi boskichlar ajratildi. Ushbu lavxada yukorida ajratilgan arxeologik 
madaniyatlar boskichlariga nisbatan batafsilrok tuxtalishga xarakat kilamiz. 
CHuet madaniyati boskichi. Fargona vodiysining ilk temir davriga oid uziga xos madaniyatini 
CHuet madaniyati deb atashni 1956 yilda YU.A.Zadneprovskiy taklif etgan edi
1
. Kulda ishlanib 


kizil angob koplangan va ayrim xollarda kora buyok bilan saykallangan sopollar Fargona 
vodiysining kattagina xududlariga yoyilgan CHuet madaniyati uchun xosdir. 
Nakshli sopollar 1933-1934 yillarda eylatonda B.A. Latinin tomonidan topilgan edi. Ammo usha 
paytda bu sopollar bronza davriga oid deb notugri talkin etildi
2
. Keyinrok T.G. Oboldueva (1939 
y) Katta Fargona kanal i kurilishi munosabati bilan olib borgan kuzatuv ishlari natijasida aynan 
shunga uxshash kuplab sopol namunalarini topdi
3
. Ushbu madaniyat yodgorliklarini tartibli va 
xar tomonlama urganish 1950 yilda Pomir-Fargona kompleks ekspeditsiyasi tomonidan 
boshlandi. Xususan. CHuet manzilgoxida keng kulamdagi tadkikot ishlari olib borildi
4
. 1952 
yilda esa Dalvarzin kuxna shaxri ochilib uzok yillar arxeologik tadkikotlar olib borildi
5
. Usha 
yillarda Fargona vodiysining turli xududlarida kup sonli yangi manzilgoxlar anikdanib, bugungi 
kunda ularning soni 100 ga yakin xamda ularning yarmida stratigrafik shurf va kichik kazishma 
ishlari utkazilgan. Xususan, CHuet va Dalvarzin yodgorliklarida keng kulamdagi tadkikot ishlari 
olib borilgan bulib. kichik manzilgox bulgan Buztepa tula ochib urganilgan. 
1957 yilga kadar CHuet madaniyati bronza davri bilan sanalangan bulishiga karamay
6
, xozirgi 
kunda katta kupchilik tadkikotchilar orasida ushbu madaniyatni mil. avv. P-1 ming yillik 
busagasidan mil.avv. VIII—VII aerlargacha sanalanishi e`tirof etilgan
7
. Bu urinda shuni 
ta`kidlash joizki, CHuet madaniyatining kuyi chegarasi xali etarli darajada tulik aniklanmagan. 
Fargonaning CHuet madaniyati davri kuxna shaxarlari va manzilgoxdari aloxida voxalar 
kurinishida markazlashgan bulib, ular daryolarning kadimgi irmoklari yoki uzanlari orkali 
boglangan. Manzilgoxlar odatda, ushbu irmoklar va uzanlar 
ek
i ularning shaxobchalari buylab 
joylashgan. Voxalar urtasidagi masofa urtacha 20-30 km.ni tashkil etgan. Tadkikotchilar 
kuyidagi voxalarni ajratadilar: ^zgan (9 ta manzilgox), Korasuv (24 ta manzilgox), Tova-
Kosonsoy (8 ta manzilgox), Koradaryo, ^ojiobod. Bu voxalarning ba`zilarida ularning markazlari 
vazifasini bajaruvchi yirik manzilgoxlar mavjud bulgan
1

Manzilgoxlarning tipologiyasi asosan, ularning ulchamlariga asoslanib kup xollarda shartli 
xususiyatlarga ega. Manzilgoxlarning uchta kurinishi ajratiladi: 1) yirik manzilgoxlar - 12-25 
gektar (Ashkoltepa va Dalvarzin); 2) urtacha manzilgoxlar - 4-5 gektar (CHuet, Dexkon); 3) 
kichik manzilgoxlar - 0,02 gektardan 0,9 gektargacha (kup sonli manzilgoxlar)
2

Yirik manzilgoxlar orasida nisbatan kuprok urganilgani Dalvarzin xisoblanadi. Kuxna shaxar 
yassi tepaliklar shaklidagi 25 gektar maydonni egallagan bulib, uch kiemdan iborat. Bu 
kismlarning xar biri uzining fortifikatsiya tartibiga ega. YA`ni kal`a (maydoni 2 ga), uning katta 
kismi inshootlar kurilmagan maydon, bir nechta turar joy majmualari esa ichki devor buylab 
joylashgan; turar joy xududi (maydoni 18 ga); ular urtasidagi xududda xech narsa bunyod 
etilmagan (maydoni 5 ga) bulib bu joy aftidan chorva mollariga muljallangan bulsa kerak. 


Urtacha ulchamdagi manzilgoxlarga kiruvchi ikkinchi tipga CHuet manzilgoxini kiritish 
mumkin. Bu manzilgox ikki kiemdan iborat bulib, uning katta kismi mustaxkamlanmagan. 
Manzilgoxning fakat shimoli-garbiy kismi (maydoni 1,5 ga yakin) devor bilan 
mustaxkamlangan. Mustaxkamlangan kiem xakida ikki xil taxmin mavjud: bu er kal`a bulgan 
bulishi yoki xarbiy xavf tugilgan paytda boshpana vazifasini bajargan bulishi mumkin. 
Kichik manzilgoxlarni Buztepa misolida kuzatishimiz mumkin. Tula kazib urganilgan bu 
manzilgox kup xonali (20 ga yakin xona) uydan iborat bulib, aftidan, bitta katta oilaga tegishli 
bulgan. SHuningdek, adirlarda vaktinchalik kichik manzilgoxlar xam mavjud ediki, 
tadkikotchilarning fikricha, ular mavsumga muljaplanib, chorvadorlar turmush tarzi bilan boglik 
bulishi mumkin
3

CHuet madaniyatiga oid turar joylarning bir nechta kurinishi mavjud. Paxsa kurilishli uylar 
Dalvarzintepadan, CHustdan va Buztepadan aniklangan. Dalvarzintepaning kal`asida bir nechta 
turarjoy majmualari urganilgan. Ular bevosita shaxar ichki devoriga tutashib kettan. 
Majmualardan biri turtta xonadan iborat bulib, urtada katta zal (7,2x7) joylashgan. CHetlarida 
ikkita tor xona bulib, shimol tomondan bu barcha xonalarga ayvon kurinishidagi inshoot tutashib 
ketgan. Uyning umumiy maydoni 140 kv.m. SHuningdek, Dalvarzintepaning turar joy tumani 
xududlaridan bir xonali uy (5x8) ochib urganilgan'. Uylarga uxshash ammo, yo'mon sakdangan 
uylar koldikdari CHustdan xam anikdangan. Bu urinda Buztepadan topilgan 20 tadan ziyod 
xonani uz ichiga olgan katta bino tadkikotlari dikkatga molikdir
2

Ertula kurinishidagi inshootlar Dalvarzintepa va CHustdan anikdangan. Dalvarzin ertulalari 
rejasi odatda, tugri burchakli bulsa, CHustda chuzikrok shaklda ertulalar erdan 1 metr chukur 
kazilib, ayrim xollarda chukur devorlari xom gisht bilan koplangan bulsa, ayrim xollarda tomni 
ushlab turish uchun yogoch sinchlar urnatilgan. Undan tashkari CHuet madaniyati 
manzilgoxlarida chayla shaklidagi engil-elpi inshootlar xam uchraydi
3

Ayrim tadkikotchilarning fikricha, Dalvarzintepadan topilgan ertulalardan biri diniy inshoot 
vazifasini bajargan bulishi mumkin. Bu inshoot turtburchak shaklda bulib, devorlar uzunligi 
turlicha, umumiy maydoni 60 kv.m. Devorlar xom gisht bilan koplangan. Markazda esa 
chuzikrok shakldagi uchok joylashgan
4

Axolining asosiy mashguloti chorvachilik va dexkonchilik edi. Xujalikda arpa, tarik, bugdoy, 
loviya etishtirish va ayrim mevali usimliklar ekish ustunlik kilgan. Dexkonchilik barcha 
xududlarda xam sugorma tartibga asoslanmagan. Dalvarzintepa va CHustdan kup sonli uy 
xayvonlari suyaklari topilishi xujalikda chorvachilik xam muxim axamiyatga ega bulganligidan 
dalolat beradi. Uy xayvonlaridan koramol. ot, kuy, echki kuplab bokilgan. Xujalikda ovchilik 
deyarli katta axamiyatga ega bulmagan. Balik suyaklari va karmok koldiklari topilishiga karab 


bu davrda xujalikda balikchilik xam ma`lum axamiyatga ega bulganlili xakida xulosa chikarish 
mumkin. 
CHuet madaniyatiga oid bronza mexnat kurollari orasida urokdar. iskana, pichoklar, bigiz, 
ignalar bulsa, kurol-yaroglardan kamon uki uchlari va nayzalar bor. Ushbu madaniyatga oid 
metall buyumlar uch guruxga ajratiladi: 1) fakat Fargona uchungina xos bulgan maxalliy 
buyumlar; 2) Fargonadan janubi-garbiy xududlarda (Janubiy Turkmenistan, eron) joylashgan 
erlarda tarkalgan buyumlarga uxshash buyumlar; 3) bronza davri dasht madaniyati buyumlariga 
juda uxshash buyumlar. Bular orasida son jixatdan uchinchi guruxga mansub buyumlar 
kupchilikni tashkil etib, bu xolat Fargonaning dasht kabilalari bilan uzviy alokalaridan dalolat 
beradi'- 
Bu davrda toshdan ishlangan mexnat kurollarining xam axamiyati katta edi. Jumladan, er 
xaydash uchun tosh omochlardan foydalanilgan. ^roksimon shakldagi tosh pichoklar xam CHuet 
madaniyatiga xosdir. Undan tashkari, katta ulchamdagi galla yanchgich xovonchalar xam 
topilmalar orasida kupchilikni tashkil etadi. SHarsimon maydalash asbobi (otboynik) ayniksa, 
kuplab uchraydi. SHuningdek, topilmalar orasida urtasida teshigi bor gitara kurinishidagi 
karmoktoshlarni xam uchratish mumkin. 
Kayrokkum madaniyati. Fargonaning bir-biridan ancha jidtsiy farklanuvchi sunggi bronza davri 
yodgorliklari (manzilgoxlar va mozor-kurgonlar) Kayrokkum nomi bilan bitta madaniyatga 
birlashtirilgan. Ammo bu yodgorliklar nafakat xududiy birlik, balki, kupgina umumiy belgilari 
bilan xam bir-biriga yakindir. Fargona vodiysi va unga k^shni bulgan xududlardagi bronza davri 
dasht yodgorliklarini Kayrokkum madaniyatiga ajratishni birinchi bulib 1956 yilda B.A. 
Litvinskiy taklif etdi
2
. Xozirgi kunga kadar olib borilgan tadkikotlar asosida ushbu 
madaniyatning rivojlanish boskichlari, yoyilgan xududlari va davrlashtirish masalalarini yanada 
chukurrok urganish imkoniyatlari paydo buldi. 
Kayrokkum madaniyati kurinishidagi yodgorliklarni tadkik etish natijasi kupgina ilmiy 
tadkikotlarda uz aksini topgan. Kayrokkum madaniyatiga oid barcha manzilgoxlar Garbiy 
Fargonada joylashgan. Ularning deyarli barchasi emirilib ketgan yoki xaddan tashkari vayrona 
xolatda bulganligi tufayli bugungi kunda bu manzilgoxdardagi turar joy tiplari va xakikiy 
ulchamlari xakida anik fikr aytib bulmaydi. Bronza buyumlar ishlab chikarish bilan boglik 
bulgan nisbatan kup sonli topilmalar markaziy gurux manzilgoxdaridan topilgan bulib, ulardan 
eng kattasi (maydoni 300 gektarga yakin) mil.avv. UP-1U asrlarga yoki Fargonaning sunggi 
bronza davri chegaralariga xos bulgan madaniyatga oiddir. 


N.G.Gorbunova uzining Fargonadagi bronza davri dasht madaniyatiga bagishlangan ishlarida 
Kayrokkum madaniyatiga oid xozirgi kunda ma`lum bulgan barcha dafn marosimiga oid joylar 
xakida ma`lumot beradi
3

adkikotchi kabrlar ustidagi inshootlarga karab, ularni turtta tipga, Kabrlarning tuzilishiga karab 
esa, turtta kurinishga ajratadi. Ammo sunggi yillarda Kayrokkum madaniyatiga oid kabrusti 
inshootlarini tadkik etish natijasida Fargonaning bronza davri dasht dafn etish inshootlarini 
tizimlashtirganda barcha belgilar nazardan chetda kolmasligi va bunda xronologiya xamda 
madaniy alokalar yunalishi albatta, xisobga olinishi zarur degan nuktai nazar ilgari surildi. Bu 
jarayonda asosiysi kabrusti inshooti emas, balki kabrning tuzilishini izoxdaydigan belgilar 
bulishi lozim. CHunki, kurgonlar ayniksa, kabrusti inshootlari kabrga nisbatan kuprok vayron 
etilgan bulib, ularning sakdangan xolatiga karab fikr yuritish notugri xulosa chikarishga olib 
kelishi mumkin
1

Kupchilik tadkikotchilar fikrlaridan shunday xulosa chikarish mumkinki, bu madaniyatga oid 
barcha kabrlar tuzilishi bir xil emas. SHimoli-garbiy va janubiy gurux Kayrokkum kabristonlari 
va xatto, guruxdar ichidagi kabrlar xam bir-biridan farkdanadi. 
Xozirgi kunda Kayrokkum madaniyati ancha keng sana - mil.avv. II m.y.ning urtalaridan 
mil.avv. VIII asrlargacha bulgan sana bilai belgilanadi. Kup xollarda tadkikotchilar bu 
madaniyatga oid bir xil buyumlarni turli sana bilan belgilaydilar. SHuning uchun xam ushbu 
madaniyatni davrlashtirish va xronologiyasini belgilashda jidtsiy yondashuv talab etilib, 
tadkikotchilarning anik fikr-xulosalarini solishtirib talkin etish maksadga muvofikdir. 
Demak, xozirgi kunga kadar fanga ma`lum bulgan 14 ta bronza davri kamon uki uchidan fakat 
bittasi Vodil kabristonidagi kabrdan topilgan. Kolganlari esa Kayrokkumdagi vayronaga 
aylangan makonlardan tuplangan. Tadkikotchilardan fakat B.A. Litvinskiy ushbu uk uchlarining 
ikkitasini mil.avv. VIII asrdan oldingi davrga oid bulishi mumkin deb xisoblaydi
2
. Bu sanani 
aynan uk uchlari topilgan xududlarda uchraydigan kulolchilik buyumlari xam inkor etmaydi. 
Fikrimizcha, ushbu ikkita uk uchlarini sunggi bronza, kolganlarini esa mil.avv.VIII asrdan 
keyingi davrlar bilan belgilash mumkin. Ayrim tadkikotchilar keyingi davr bilan begilangan uk 
uchlarini sak va skif mozor-kurgonlaridagi topilmalarga uxshab ketishini ta`kidlaydilar
3
. Ammo 
topilmalardagi bu uxshashlikni Kayrokkum manzilgoxlaridagi axolining almashuvi deb talkin 
etmasdan, Kayrokkum madaniyati an`analarining yangi boskich va yangi tarixiy davrda davom 
etishi deb izoxdash lozimdir. 
Aynan mana shunday xolatni bronza pichoklar misolida xam kuzatishimiz mumkin. Kashkarcha 
kabristonidan topilgan ikkita va yana Kayrokkumdan topilgan ikkita pichok shubxasiz sunggi 
bronza davriga 
oIDDIR 

Topilma pichoklar bir davrga oid bulsada, kurinishi bir-biridan 


farkdanadi. Aynan shunga uxshash topilmalarni kiyosiy taxlil etib urgangan tadkikotchilarning 
fikricha, ushbu pichoklardan birortasi 
x
am mil.avv. II m.y.ning oxirlaridan oldingi davrga oid 
emas
2

Bu urinda shuni ta`kidlash joizki, Kayrokkum ga xos metall buyumlar (pichok, uk uchlari, 
boltacha va boshk) ishlab chikarishga muljallagan kuyma shakllarni H.A. Avanesova mil.avv. 
XI1-IX asrlarga oid deb xisoblaydi
3

E.E. Kuz’mina esa bunday shakllar mil.avv. II m.y.ning oxiri -1 m.y.ning boshlariga oid bulishi 
mumkin degan fikrni ilgari suradi
4

Kayrokkum madaniyati yodgorliklarini sanalashda odatda, ikki tipdagi sirgalarga kuprok 
tayaniladi. Bu sirgalar spiralsimon agdarma konus kurinishdagi va ogzi varonkasimon (rastrub) 
kurinishdagi sirgalardir. Bunday kurinishdagi sirgalar Urta Osiyoning asosan, Fargona 
xududlaridan topilganligi asosida N.G. Gorbunova ularni fakat Fargonaga xos madaniyat 
namunasi sifatida izoxdaydi. Tadkikotchi barcha topilmalarni taxlil etish asosida ular mil.avv. 
XII asrga oid degan karorga keladi
5

Kayrokkum madaniyati topilmalarining asosiy kismini sopol buyumlar tashkil etadi. Xozirgi 
kunga kadar bu madaniyatga oid manzilgoxlardan 5 mingga yakin sopol idish parchalari va bitta 
butun idish topilgan bulib, undan tashkari kabristonlar kdzishmalari natijasida anikdangan 24 ta 
idish ma`lum
6

Kayrokkum madaniyatiga oid yodgorliklardan topilgan sopol idishlar namunalarini uzaro 
solishtirib va taxlil etib, ayrim tadkikotchilar, ularning shakli va ishlanish texnikasiga karab 
tukkizta guruxga ajratadilar. 
Fargonaning bronza davri dasht sopollari keyingi davrlarga oid Arpa kabristoni, Ok tanga 
yodgorligi kazishmalaridan topilgan sopollardan keskin farkdanadi. YUkorida eslatib 
utganimizdek, Kayrokkumdan topilgan metall buyumlarning birortasi xam mil.avv. II m.y.ning 
sunggi choragidan yukori sana bilan belgilanmaydi. Topilma sopol idishlar sanasini 
belgilashdagi taxlil jarayonida xam aynan shu xolatni kuzatishimiz mumkin. Bu jarayonda 
nisbatan kadimgi 

Download 395,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish