O’simliklarni himoya qilish kafedrasi o’simliklarni biologik himoya qilish


Ko’p yillik dukkaklilar zararkunandalarining entomofaglari



Download 9,16 Mb.
bet21/73
Sana26.03.2022
Hajmi9,16 Mb.
#511220
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
Bog'liq
Biologik Darslik UMK

Ko’p yillik dukkaklilar zararkunandalarining entomofaglari
Ko’p yillik dukkaklilarda (beda, yo’ng’ichqa, esparset) tarkibi jihatidan murakkab zararkunandalar kompleksi shakllanib, ular hosilni (ko’k massa, urug’) ancha kamaytiradi. Ayniqsa bedani har yili beda barg filchasi yoki fitonomus, tuganak filchalari, urug’ xo’rlar, so’qir qandalalar, tripslar va boshqalar zararlab, katta iqtisodiy zarar etkazadi. O’t o’sishi bilan asosiy zararkunandalarning soni 5100 martagacha ortadi. Ammo hammaxo’r va ixtisoslashgan zararkunandalar sonini entomofaglar boshqarishi mumkin.
Zararkunandalar sonini boshqarishda koksinellidlar, yirtqich qandalalar, oltinko’zlar bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bedada bu foydali hasharotlarning soni bir sentr ko’k massa hisobida 100 ming ekz. dan oshadi. Ayniqsa lalmi bedada koksinellidlar soni sug’oriladigan bedaga nisbatan 4-5 marta ortiq bo’ladi . Sug’oriladigan uchastkalarda vizildoq qo’ng’izlar, oltinko’zlar, yaydoqchilar, sirfid pashshalari soni yuqori bo’ladi .
Vizildoq qo’ng’izlar (Coleoptera turkumi, Carabidae oilasi). Ko’p yillik dukkaklilar dalalarida vizildoq qo’ng’izlarning 80 ga yaqin turlari uchraydi. Ayniqsa 2-3 yillik bedapoyalarda ular ancha ko„p. Ular orasida etakchi o„rinni Bembidion va Amara avlodlari vakillari egallab, ular tuganak filchalar tuxumlari bilan oziqlanadi. Ma’lum bo’lishicha, 1 sutka davomida bitta amara vizildog’i tuganak filchalarning 200 dona, bembidion esa 100 donagacha tuxumlarini eydi. SHu munosabat bilan beda nihollari unib chiqishi davrida tuganak filchalar soni vizildoq (Bembidion va Amara avlodlari) qo’ng’izlarga nisbatan 1:1 yoki 1:2 teng bo„gan taqdirda ular zararkunanda sonini juda past darajada ushlab turadi va bunday dalalarda zararkunandaga qarshi insektitsid qo’llashga ehtiyoj qolmaydi (Devyatkin, 1996).
CHopqircha vizildoqlar (Bembidion avlodi). Qo’ng’izi mayda (o’lchami 2,3-8 mm), odatda metallsimon rangli; qanotustliklari oqish naqshli, ba’zan yoppasiga oqish. Boshi uchburchak-dumaloq shaklli, qora yoki qoramtir-qo’ng’ir.
Oldingi elkachasi yumaloq yoki to’rtburchak shaklli. YAltiroq turlarining ikkinchi juft qanotlari rivojlanmagan, shuning uchun ham ular ucha olmaydi.
Turning asosiy belgilaridan biri – qanotustligidagi egatchalar sonidir.
Tuxumi mayda (o’lchami 1 mm gacha), dumaloq-cho’ziq, sutsimon-oq. Tuxumdan chiqqan kampodesimon lichinkasining o’lchami 1 mm atrofida, tusi sutsimon-oq. Dukakli ekinlarda qo’pincha yaltiroq chopqircha – Bembidion lampros, 4-dog’li chopqircha – B. quadrimaculatum vizildoqlari uchraydi.

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish