O‘simliklarning kasalliklarga chidamlililigi reja: O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi


Morfologik va anotomik chidamlilik



Download 37,74 Kb.
bet3/4
Sana15.04.2022
Hajmi37,74 Kb.
#554451
1   2   3   4
Bog'liq
O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik fiziologiyasi. Reja O

Morfologik va anotomik chidamlilik. Bunga o‘simlik to‘qimalari tuzilmasining mustahkamligi, qoplovchi to‘qima hujayralari devorlarining va kutikulaning qalinligi, tikanlar va tuklarning mavjudligi, hujayralarning kichik bo‘lishi va hujayralararo bo‘shliqlarning kamligi va boshqalar kiradi.

  • Fiziologik chidamlilik. Bunday chidamlilikni og‘izchalar harakatining o‘ziga xos xususiyatlari, CAM - metabolizm, hujayra shirasining nordonligi va osmotik bosimi miqdori kabilar ta’minlaydi.

  • Kimyoviy chidamlilik. To‘qima hujayrlarida har xil himoya moddalarining (himoya oqsillari, uglevodlar, prolin, fitonsidlar, alkaloidlar, fenol birikmalari, fitoaleksinlar va boshqalar) to‘planishi bilan tavsiflanadi.

    O‘simliklarning yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshirish maqsadida tashqi muhit omillarini (harorat, yorug‘lik, tuproq namligi va unumdorligi) mo‘‘tadil darajaga yo‘naltirish katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, o‘simliklarning mineral oziqlanishiga ko‘proq e’tibor berilmoqda. Keyingi yillarda fosfor, kaliy va mikroelementlar ta’sirida o‘simliklarning patogen mikroorganizmlarga chidamliligi oshganligi aniqlangan. Oziqa elementlarining miqdori, nisbati va qo‘llash muddatlaridan to‘g‘ri foydalanish metabolitik jarayonlarni faollashtiradi va natijada o‘simliklarning kasallikka chidamliligi ham mustahkamlanadi.
    O’zbekiston ekofiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri H.A.Maksimovdir(1880-1952). U o’zlarining shogirdlari ( I.I. Tumanov, F.D.Skazkin, B.U.Razumov, Mashkov, V.G.Aleksandrov, I.B.Krasovskaya va boshqalar) bilan birgalikda o’simliklarning qishningning noqulay omillari ta’siriga sovuqga, qurg’oqchilikga chidamlilik fiziologiyasi, o’sish va chidamlilik fiziologiyasi,suniy yorug’likda o’sish kabi jarayonlarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar.
    O’simliklarning stressorlarga chidamligi o’sish va rivojlanish bosqichlarida har xil bo’ladi. Tinim davrida ularning chidamliligi eng yuqori bo’ladi. Eng chidamsizlik- o’simliklarning yosh maysalarida kuzatiladi. Keyinchalik o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi bilan bir qatorda ularning chidamlilik darajalari ham to pishib yetilish bosqichigacha ortib boradi. Ammo, o’simliklarning gullash fazasi, ayniqsa gametalarning shakllanish muddati ham kritik sanaladi. Chunki, bu muddatlarda o’simliklar stressorlar ta’sirida kuchli zararlanishi va hosildorlikni keskin kamaytirishi mumkin.
    Ko’pchilik qishloq xo’jalik o’simliklari uchun tuproqning optimal namligi to’liq nam sig’imiga (t.n.s) nisbatan 60-70 % hisoblanadi. Bug’doy uchun bu ko’rsatgich 70-80 % bo’lganda quruq modda miqdori oshadi. Tuproq namligi yuqoridagi darajadan ham oshganda barcha sintetik jarayonlar sekinlashadi.. Suv yetishmasligi natijasida o’simliklardagi suv balansi o’zgaradi. Ya’ni ildiz orqali kirayotgan suvga nisbatan sarflanadigan suv miqdori oshadi, hujayralarning suvsizlanishi va ularda suv tanqisligi ham oshadi. Osmotik, suv, turgor potensiallari va boshqa ko’rsatgichlarning qiymatlari hujayraning tarkibidagi suvning miqdoriga uzviy bog’liq.
    Issiqlikka chidamli o’simliklar protoplazmasining qovushqoqligi va elastikligi yuqori bo’ladi. Bug’langan suv miqdori ko’p bo’lgan o’simlik oqsillari issiqqa chidamli bo’lib, tezlikda koagulyasiyaga uchramaydi. Issiqlikka chidamli o’simliklarning nafas olish jarayonida ko’proq organik kislotalar hosil bo’ladi va ular ammiak bilan reaksiyaga kirishib, asparagin, glutamin kabi aminokislotalar hosil bo’ladi. Natijada erkin ammiak neytrallanib, o’simliklarga zarar yetkazmaydi. RNK miqdori ko’p bo’lgan o’simliklar ham issiqlikka chidamli bo’ladi. Ko’pchilik suv bilan yaxshi ta’minlangan mezofitlar transpirasiya jadalligini oshirish orqali kuchli issiqlik ta’siridan saqlanadi. Bu o’simliklarning barg harorati havo haroratiga nisbatan 4-6oC gacha past bo’ladi.
    O’simliklar o’zlarining sovuqqa chidamligi bo’yicha ikkita guruhga bo’linadi, ya’ni, sovuqqa chidamli va izg’iringa chidamli o’simliklar. Sovuqqa chidamli o’simliklarga nisbatan past havo haroratiga chidamli, issiqsevar janub o’simliklari mansub bo’lsa, izg’iringa yoki muzlashga chidamli o’simliklarga 0oC dan past haroratga ham chidamli turlar kiradi.
    Tuproqning ortiqcha sho’rlanshi o’simliklar uchun (ayniqsa qishloq xo’jalik ekinlari) ikki tomonlama zararli hisoblanadi. Birinchidan, tuzning ko’payishi tuproq eritmasining osmotik bosimini oshiradi va ildizlarning suvni shimish tezligiga salbiy ta’sir etadi. Osmotik bosimi past bo’lgan o’simliklar bunday tuproqlardan suvni o’zlashtira olmaydi.Ikkinchidan, tuproqda eruvchan tuzlarning ortiqcha to’planishi o’simliklarga zararl;I ta’sir etadi. Kuchsiz konsentrasiyalarda salbiy ta’sir etmaydigan tuzlar ham hujayralarda to’planib, konsentrasiyasi yuqori bo’lgandan keyin zaharli bo’ladi. Bularga natriy xlor va natriy sulfat tuzlarini kiritish mumkin.
    O’simlikshunoslikda o’simliklarnng sho’rga chidamlilik muammosini o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tuproq sho’rlanishining yildan- yilga oshib borishi qator qishloq xo’jalik o’;simliklaridan yuqori va sifatli hosil olishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
    Sho’rlangan tuproqda o’sadigan o’simlik barglarining anatomik tuzilishlarida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Ko’pchilik olimlarning fikriga qaraganda, tuprog’i sho’rlangan sharoitlarda o’sgan o’simliklarda sukkulentlik belgilari paydo bo’ladi. Bunda burglar qalinlashadi, epidermis hujayralarining sathi oshadi, ma’lum barg sathidagi ustisalar soni kamayadi. Tuprog’i sulfatli sho’rlangan sharoitda g’o’za, g’alla navlari galokserofit belgilari paydo bo’ladi, ya’ni, epidermis hujayralarining o’lchami kichiklashadi, ustisalar soni oshadi. Hamda o’tkazuvchi tizimlar yaxshi rivojlanadi.
    Fan-texnika va xalq xo’jaligi taraqqiyotining hozirgi davrida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri bilan bog’liq bo’lgan muammolar asosiy va murakkab bo’lib bormoqda. Shulaardan tabiiy muhitning zaharli gazlar, radiofaol va zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va ularning oldini olish muammolarini ko’rsatish mumkin.
    “Qo’zg’alish” organizmning noqulay omilga javobi sifatida uch bosqichdan iborat bo’ladi. Bular “jonlanish”, “moslanish” va “holsizlanish” bosqichlaridir. Agar qo’zg’alishning oxirgi uchinchi bosqichi tez rivojlansa, organizm halok bo’lishi mumkin.
    O’simliklarning mustahkamlik darajasi ularning noqulay omillarga chidamlilik darajasi, ya’ni, yuqori va past haroratga, kislorod yetishmasligiga, suv tanqisligiga, sho’rlanishga, muhitning ifloslanishiga, ionlantiruvchi nurlar, infeksiya va boshqalarga chidamliligi bilan o’lchanadi.
    Yuqorida ko’rsatilgan barcha noqulay omillarni bitta qilib qo’zg’atuvchilar deb, organizmlarning reaksiyasini esa “qo’zg’alish” deb atash mumkin. Mana shu qo’zg’atuvchilarning ta’sir qilish vaqtiga qrab himoya mexanizmlari vujudga keladi. Masalan, o’simlikka nisbatan noqulay omilning ta’siri uzoq vaqt davom etsa, himoyalanishning maxsus mexanizmlari qisqa bo’lsa, himoyalanishning nomaxsus mexanizmlari vujudga keladi.
    O’simliklarning qurg’oqchilikdan so’ng o’z holatini tiklashi, suv yetishmasligi va yuqori harorat ta’sirida hujayraning o’z genetic tarkibining saqlab qolishiga bog’liqdir. Masalan, DNK molekulasining qurg’oqchilikdan himoyalanishi uning molekulasining yadro oqsillari yordamida qisman o’z faolligini yo’qotish xususiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham DNK miqdorining o’zgarishi faqt uzoq muddat davom etgan kuchli qurg’oqchilik holatidagina kuzatilishi mumkin.
    O’simliklar suv yetishmagan sharoitda yuzaga keladigan biokimyoviy o’zgarishlarda yana biri – o’simlik to’qimalarida o’sish ingibitorining garmonlaridan biri bo’lgan etilen garmonining ma’lum miqdorda ko’payishidir. Masalan, bug’doy barglarida suv miqdorining 9 % kamayishi 4 soat davom etsa, etilen garmonining barglaridagi miqdori 30 marta ko’payadi. Agarda o’simliklarning suv bilan ta’minlanishi yaxshilansa, o’simlik to’qimalarida etilenning hosil bo’lishi va uning umumiy miqdori yana o’zining avvalgi holatiga qaytadi.
    Demak, o’simliklardan yuqori va sifatli hosil olish uchun ular tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning faolligiga tashqi ekologik omillarning ta’sirini o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplari (patografik tasnif), zararlangan oʻsimliklar (oʻsimlikshunoslik tasnifi) hamda kasallik qoʻzgʻatuvchi sabablar (etiologik tasnif) boʻyicha guruhlanadi. Etiologik tasnif negizida Oʻsimliklar kasalliklari yuqumsiz va yuqumli kasalliklarga ajraladi.
    Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklari, asosan, muhitning abiotik omillari: mineral oziqlanish tartibining buzilishi, xususan, makroelementlar — azot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar — bor, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi; noqulay suv rejimi (tuproqda namning yetishmasligi yoki ortib ketishi); oʻsimliklarga yuqori yoki past traning taʼsiri, havo va tuproq trasining keskin oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklarining kelib chiqishiga havo va tuproqdagi zararli aralashmalar (sulfit angidrid taʼsirida barglarning kuyishi va toʻkilishi); tuproqqa solinadigan baʼzi gerbitsidlar qoddigʻi taʼsiri; noqulay yorugʻliq rejimi (xususan, issiqxonalar va parniklarda yorugʻlikning yetishmasligi, oʻsimliklarning yotib qolishi, xloroz kabilarga sabab boʻlishi mumkin); ionlovchi nurlar (alfa,beta, gamma nurlar, rentgen nurlari, neytronlar); baʼzi zamburugʻlar (Gʻivagsht, Vo1guSh va boshqalar turlar) hamda ayrim yuksak oʻsimliklar tomonidan tuproqqa chiqariladigan toksinlar sabab boʻlishi mumkin.
    Yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga oʻsimliklarning virusli kasalliklari (mozaika kasalligining bir qancha turlari, soʻlish, pakanalik, gʻumbaklanish, proliferatsiya — toʻqimalarning oʻsib ketishi); oʻsimliklar bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar (oʻsimliklar raki, bakterial chirishning turli xillari, mevali daraxtlar, tamaki va boshqalarning bakterial kuyish kasalliklari); oʻsimlik zamburugʻli kasalliklari yoki mikofitozlar (oʻsimlik zang kasalliklarining bir qancha turlari, qorakuya, ragʻa, fuzariozlar, chirishlar, sitosporozlar, askoxitozlar va boshqalar) kiradi. Shuningdek, aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar ham yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga kiradi. Yuqumli kasalliklarga oʻsimliklarning parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin.
    Oʻsimliklar kasalliklarining inkubatsion davri qancha davom etishi havo harorati, namligi, oʻsimlikning kasalliklarga chidamliligi yoki moyilligiga bogʻliq (qoʻzgʻatuvchi kasal oʻsimlik ichida yoki tashqarasida koʻpayadi; infeksiya elementlari havo, yomgʻir tomchilari, hasharotlar va boshqalar yoʻllar bilan tarqalib, oʻsimliklarni yoppasiga zararlashi mumkin). Himoya reaksiyalari. Oʻsimlikda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga qarshi fermentlar, fitonsidlar faolligi ortadi, hujayra devorlari poʻkaklanadi, zararlangan hujayralar kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan birgalikda oʻlik hujayralarga aylanadi va h.q.
    Oldini olish tadbirlar i: ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urugʻchilik, urugʻlikni dorilash va h.k.dan iborat. Davolashda turli kimyoviy preparatlar (insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlar)dan foydalaniladi. Oʻsimliklar kasalliklari qoʻzgʻatuvchilarining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oʻtmasligi uchun karantin qoʻllaniladi (qarang Fitopatologiya, Oʻsimliklarni himoya qilish).
    Gomeostazni ushlab turishda bir qancha ijroiya mexanizmlari qatnashadi. Bu vazifalarni shartli ravishda ikkita gruppaga bo'lish mumkin.
    1.Ionlar o'tkazuvchanligining plazmatik membranalar tufayli boshqarilishi. Bu xolat tufayli sho'rlangan sharoitda tashqaridan ionlarning tsитозолга kirish muqobillanadi.
    2.Ionlarni hujayradan tashqi muhitga ko'chiruvchi nasoslar ishi ya'ni ichkaridan tashqariga xaydash. Bunda ionlarning shimiluvi xususan Na+ ionlarining tashiluvi termodinamik gradientga kirish holatda hujayraning energiya yo'qotish bilan boradi.
    O'simlik hujayralarida sho'rlangan tuproq sharoitida ko'proq Na, Mg,Cl, SO4 va boshqa ayrim ionlar xususan og’ir metallar miqdori ortiqcha bo'ladi.
    Shuningdek, o'simlik hujayralarida suvda erigan gazlarning, pestitsit qoldiqlarining, gerbitsitlar qoldiqlarining yig’ishi unda juda qiyin o'zgarishlarga olib keladi. Ko'pgina zaharli moddalarning o'simlik o'suvchi organlarida va barglarida yig’ilish ovqatga ishlatilganligi tufayli odam uchun havflidir.
    Hozirgi vaqtda o'zida 3-4% tuz saqlagan suv manbalari er shari suv manbalarining 75% қисмини egallaydi. Er shari quruqlik qismining 25% sho'rlangandir. Shuningdek sug’oriladigan maydonlarning 1/3 qismi tuzning ko'payishi kuzatilmoqda.
    B.P.Sitroganovning (1962) fikricha sho'rlanish darajasi bo'yicha tuproq 4-gruppaga bo'linadi.
    1.Sho'rlangan. 2.Kuchsiz sho'rlangan . 3.O'rtacha sho'rlangan.4.Sho'rxok erlar.
    Tuproqning sho'rlanish darajasini aniqlash esa ular tarkibidagi anionlarning, ya'ni xlor, sulfat, xlor sulfit, sulfat xlorid va karbonat ionlarining miqdori bilan o'lchanadi. Ulardan ko'proq natriy o'lchanadi. Shuningdek karbonat-magniyli va xlorid-magniyli sho'rlanishlar ham ko'p uchraydi.
    Sho'rlangan joylarda o'suvchi o'simliklarga galоfitlar deyiladi (grekcha galos-tuz, phiton- o`simlik).
    Ular o'zlarining anatomik tuzilishlari va modda almashinuvi bilan glikofit o'simliklardan farq qiladi. Galofit o'simliklar tuzlarning yuqori miqdoridan asosan uzlarning 3 ta fazilati tufayli himoyalanadi.
    1.Ko'p miqdorda tuzni hujayralar tomonidan so'rilishи va vakuolalar shirasida to'planishi natijasida hujayralarda yuqori osmotik bosimning mavjudligi.
    2.Galofit o'simliklar ildizlari orqali so'riladigan tuzlar miqdorining chegaralanganligi.
    3.Yutilgan tuzlarning suv yordamida va maxsus tuz bezchalari yordamida hujayradan chiqarilishi hamda ortiqcha tuzlarni barglarni tukilishi tufayli yo'qotilishi.
    Bu hodisa quyidagicha bo'ladi.
    A) Tuz bezchalari yordamida barglar va poyalardan tuzlar tashqariga chiqariladi.U erdan esa yomg’ir suvlari tufayli yuviladi.
    B) Barglardagi tuz ajratuvchi barg tukchalari ikki qismdan iborat, ya'ni har biri bitta hujayradan tashkil topgan bulib, oyoqcha va boshchadan iborat. Boshcha vakuolasida ko'p tuz yig’ilib qolsa u oyoqchadan ajraladi. Uning o'rnida esa o'sish davomida yangi boshcha vujudga keladi. Galofit o'simliklarni 3 ta guruhga bo'lish mumkin.
    Kasallik Hindistonning ikkita shtatida 1931- yilda aniqlangan bo’lib, keyinchalik shtatlarga tarqalgan. kasallik Osiyo ( Afg’aniston, Birma, Hindiston, Iroq, Pokiston, Turkiya,) va Meksikada uchraydi. Kasallangan o’simlik boshog’ida donlar qora rangdagu teliospollardan tashkil topgan kukundan iboratbo’lib, chiriyotgan baliq hidini beradi. Kasallik asosan boshoqning 1 va 5-boshoqchalarida kuzatiladi. Donning murtak qismi kasallanadi. Ba’zan kasallangan donlar unib chiqish imkoniga ega bo’ladi.kasallangan o’simlik qipirqlari yorilib tushib ketgandan keyin donlar tuproqqa tushadi. Bug’doyning hind qora kuyasi kasalligi Basidiomycetes sinfi Ustilaginales tartibi Tilletiaceae oilasining vakili Tilletia indica Mitra zamburug’I hisoblanadi. Zamburig’ning teliosporalari rangi qoramtir yoki jigarrang bo’lib, shakli ellipsimon yoki sharsimondir. O’lchami 18-40 mkm kattalikda, to’q qizil jigarrangga ega bo’ladi. Teliospolalar tinim davrini kechirgandan keyin 15-250 C haroratda unib, yo’go’n bazidiy va bazidiyosparani hosil qiladi. Bazidiyosparalar bug’doy gullagan vaqtini uni kasallantiradi. Infeksiya manbai tuproqdagi yetilgan teriosparalar va urug’lar hisoblanadi. Kasallik yuqori harorat va namlikda keng tarqaladi. Zamburug’ harorat 250 C bo’lganda sporalar unib, bazidiy hosil qiladi. Unda hosil bo’lgan bazidiosporalardan mitseliy unib, tuproq yuzasidan shamol vositasida boshoqning tugunchasiga tushadi va rivojlanib teliosporalarga aylanadi.

    Kasallik tufayli 10-20 % bug’doy hosili nobud bo’lsa, urug’lik donlar unuvchanligi kamayishi natijasida ko’chatlar soni keskin kamayib ketadi.

    Kasallikka qarshi kurashish uchun urug’ni fitosanitar nazorat qilish, labaratoriya nazoratidan o’tkazish va chidamli navlarni ekish lozim.

    Bu kasallik Yevropa (Gretsiya, Italiya, Polsha, Ruminya, Shveysariya, Xorvatiya,) Osiyo (Vyetnam, Xitoy, Tailand), Shimoliy va Markaziy Afrikada (Kanada, Kosta, Rika, Meksika, Puerto Riko, AQSH,) Janubiy Amerika (Braziliya, Gviana, Peru) davlatlarida tarqalgan bo’lib, respublikamiz uchun karantin oybekti sifatida uchramaydi. Kasallik makkajo’xorining barcha yer usti organlarini kasallantiradi. Kasallik belgilari pastki yuruslardagi barglarda och yashil rangdagi ko’ndalang dog’lar tariqasida hosil bo’lib, keyinchalik sarg’ayib barg tomiri bo’ylab o’tkazuvchi to’qimalarga tarqaladi. Keyinchalik dog’lar yuqori yuruslardagi barglarga, poyaga tarqaladi. Natijada o’simlik o’sishdan qolib, quriy boshlaydi. Ba’zan oq rangdagi erkak gullar keyinchalik tushib keta boshlaydi. O’simlik poyasi ko’ndalang kesilganda o’tkazuvchi naylardan sariq rangdagi shilimshiq ajralib chiqadi. Bu kasallik bilan asosan erta pishar navlar kasallanadi.

    Kasallikning qo’zg’atuvchisi Erwinia stewartii Dye (Aplanobacter stewartii Mc. Cull. ) bekretiyasi hisoblanib, ular 8-390C haroratda (optimum 300C) tez rivojlansa, 530C da nobud bo’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchisi harakatsiz tayoqchalar hosil qilib, o’lchami 0,5-0,7 x 1-2 mkm, bittadan yoki ikkitasi birlashib, peptonli agarda mayda koloniyalar hosil qilib, uning usti kraterga oxshab chuqurlashadi. Kuchli pathogen turlari lakmusli sutni achitadi sahorasza laktoza va gulikozada kilato hosil qiladi . kasallik tufayli 20-50% hosil nobud bo’lsa maysalar utunlay nobud bo’ladi. Kasallik tufayli o’simlini suv balansi buziladi va o’sishdan orqada qoladi va unuvchaligi pasayadi. O’simlikning kasallanishida o’simlik qoldiqlari va hasarotlar tanasi asosiy ro’l o’ynaydi.kasallangan urug’ va o’simlik qoldiqlari enfeksiyaning tarqalish va saqlanish manbai hisoblanadi. Infeksia kasallangn o’simlikdan suv tomchilari shamol, hasharotlar vositasida tarqaladi. Baktera o’simlikga ustitsalar, mehanik zararlangan joylardan kirib keladi . kasallikga qarshi kurashda quidagi tadbirlarga amal qilish kerak: kasallik uchraydigan hududlardan urug’lik tayyorlamaslik kerak; Chetdan keltiriladigan urug’lar fitosanitar ekspertiza o’tkazilib, karatin pitonliklarga ekilishikerak; Bu joyda o’sayotgan o’simliklar maysa ungand supurgilarni tashlash vaqtida, sutalarni tig’ib olishda nazorat qilinishi kerak. Uruglarni ekishdan oldin fungitsidlar bilan ishlov berish chidamli namlarni ekish va o’zvaqtida hasharotlar bilan kurashish kerak.


    Download 37,74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish