O’spirinlik davrida o’zini-o’zi boshqarishga irodaviy sifatlar ta’sirining psixologik xususiyatlari



Download 21,59 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi21,59 Kb.
#751563
Bog'liq
Maqola 5.1

O’SPIRINLIK DAVRIDA O’ZINI-O’ZI BOSHQARISHGA IRODAVIY SIFATLAR TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI


Tojiboyeva Odinaxon Xasanovna
Andijon viloyati Paxtaobod tumani 11-maktab psixologi

ANNOTATSIYA


Mazkur maqola o’spirinlik davrida o’zini-o’zi boshqarishga irodaviy sifatlar ta’sirining psixologik xususiyatlarini aniqlashga va o’rganishga bag’ishlanadi.
Kalit so’zlar: o’spirin, iroda, o’zini o’zi boshqarish, psixologik xususiyatlarni o’rganishda metodikalar.
Ma’lumki, yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta‘lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga etishini ta‘minlash, shuningdek, o‘smir va o‘spirinlarning madaniyat, san‘at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «besh muhim tashabbus»ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirishmoqda. Davlatimizda yoshlarga e‘tibor berilayotgan e‘tibor yoshlar psixologiyasini tubdan o‘zgarishiga yordam bermoqda. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, insoniyatning ruhiy olami uning butun ongli hayoti davomida, yillar silsilasida, umr yo‘llari sinovlarida toblanib, mustahkamlanib, boyib boruvchi asl hislat va fazilatlar majmui sanaladi. U har bir insonning xulq-atvori, xarakteri, irodaviy sifatlarida, odamlar bilan bo‘lgan munosabati, ish faoliyatida va turmushda o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Iroda va irodaviy faoliyat muammolari, turli xil psixologik nazariyalar va yo‘nalishlar vakillari tomonidan o‘rganilib kelingan bo‘lib, o‘z yechimini topib kelgan. Ammo ilk o‘spirinlik davrida o‘zini o‘zi boshqarishga irodaviy sifatlar ta‘sirining psixologik xususiyatlari alohida tadqiq qilinmagan. Hozirgi kunda ilk o‘spirinlik davriga «kamolot bo‘sag‘asi» deb ta‘rif berishmoqda. Bu davr o‘z navbatida fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga qamrab oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da‘vat qiladi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur‘ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy etilish muddati bilan hamma vaqt ham birday mos kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi bolalarimizning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avvalroq rivojlanmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3-ta bosqichga ajratishmoqdalar: I bosqich - prepubertat; II bosqich - pubertat; III bosqich - postpubertat. Yosh psixologiyasi o‘spirinlikning yoshini I-II bosqichlar bilan boglab keladi. Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 yoshgacha bo‘lmoqda. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Ilk o‘spirinlik davrida aqliy rivojlanish o‘quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni tahlil qilishga va bu masala bo‘yicha har tomonlama o‘ylagan o‘z fikrlarini bildirishga yordam beradi. Bu yoshdagi o‘spirinlar atrofdagi turli voqeahodisalardagi haqiqatni bilishga juda intiladilar. Ularni tayyor echimlar, ma‘lumotlar emas, balki shu echim va ma‘lumotlar orqali o‘zlari mulohaza yuritib, qidirish jarayonining o‘zi ko‘proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo‘yicha bahs va munozaralar yuritishga va o‘z fikrlarini isbotlashga juda intiladilar va qiziqadilar. O‘spirinlik davrida bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o‘spirinlar to‘la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo‘ladilar, nazariy fikr yuritib, o‘zlarini-o‘zlari tahlil eta boshlaydilar. Ular endi bemalol ahloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o‘z munosabatlarini va fikrlarini bildira oladilar. O‘spirinlik davrida bolalar juda ko‘p ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarni echishda foydalana oladilar. Ularda o‘z-o‘zini anglash sezilarli darajada o‘sib boradi. O‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘quv, mehnat va muloqot motivatsiyalarini o‘zgarishida o‘z aksini topadi. Bu davrda, yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. O‘spirinlik yoshi o‘qish, mehnat, muloqot singari etakchi faoliyatlar orqali umumiy va maxsus layoqatlarining rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. O‘spirinlik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi faol kechadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O‘spirinlik davriga kelib, juda ko‘p bolalarda o‘z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish va yangi g‘oyalar tuzish layoqati juda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish ham o‘spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘spirinning o‘quv mashg‘ulotiga bo‘lgan munosabati, o‘z xususiyati 409 va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o‘quvchilarning ta‘lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. O‘quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o‘zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning o‘qishga munosabati ham o‘zgaradi, ularda ayrim fanlarga qiziqishi ortib, yoqtirib o‘qiy boshlaydilar. Kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun oldidagi ichki va tashqi to`siqlarni harakat yordamida engish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayonni iroda debishimiz mumkin. Irodaviy sifatlarga iroda kuchi, ya'ni maqsadga erishishga to'sqinlik qiladigan qiyinchiliklarni yengish qobiliyati kiradi. Maqsad yo'lidagi to'siq qanchalik qiyin bo'lsa, irodaning namoyon bo'lishi shunchalik baland va kuchli bo'ladi. Faqat irodaviy sa'y-harakatlar yordamida to'siqlarni engib o'tish iroda kuchining ob'ektiv namoyon bo'lishidan dalolat beradi. Iroda o’zaro bog’liq ikkita vazifani - undovchi va tormozlash vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi va ularda o`zini nomoyon qiladi. Falsafa va psixologiyada idealizm kishi irodasi alohida, dastlabki faollikka bo`ysungan bo`ladi. Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog`liq bo`lmagan irodaviy hukmga yetakchi rol beradi. Insonda xulq-atvorning irodaviy sifatlarini rivojlantirish bir necha yo'nalishda amalga oshiriladi: ixtiyorsiz psixik jarayonlarni ixtiyoriy jarayonlarga aylantirish; shaxsning o'z xatti-harakati ustidan nazoratni egallashi; shaxsning irodaviy sifatlarini rivojlantirish. O‘smirlik davri-o‘tish davri deb ataladi. Unda o‘smirlar tomonidan imitatsiya qilish holatlari kuzatiladi. Shu bilan birga o‘smirlik davrida o‘z faoliyatini hamda o‘z-o‘zini nazorat etish, boshqarish kuchayib boradi. Bu davrda o‘smirlarda nazariy tafakkur katta ahamiyatga ega. Ushbu davrga xos xususiyat shundaki shaxsning shakllanishi ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. O‘smirlarning psixik rivojlanishida yangi hislatlar ya‘ni shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari, umumiy va maxsus layoqatlar ham shakllanib boradi. O‘z tashqi ko‘rinishi va qarama-qarshi jinsga nisbatan munosabatlar yuzaga keladi. Ularda kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning o‘ziga xos mezonlar yuzaga keladi. Ilk o‘spirinlarda esa akseleratsiya keskin namoyon bo‘ladi va ular kasb tanlash haqida ham fikrlay boshlaydilar. Jismoniy, aqliy jihatdan dunyoqarashlari va insoniy xususiyatlar shakllangan bo‘ladi. Mulohazali va ma‘suliyatli bo‘ladilar. Ta‘lim va tarbiya jarayonida ushbu psixologik xususiyatlarni e‘tiborga olgan tarzda faoliyat olib borilsa, o‘smirlardagi 410 deviant hulqlarning oldini olishga, yaxshi hulq-atvorlarning shakllanishiga ta‘sir qilgan bo‘lar edi. Odatda inson o‘ziga to‘g‘ri baho bera olishda unga eng yaqin kishilarining ta‘siri va yordami muhim rol o‘ynaydi. Kishiga o‘zining xatolari kamchiliklarini to‘g‘ri baholay olishida ota-onasi, aka-ukasi, opa-singilsi, do‘st-birodarlari, ustozi, murabbiyi kabi yaqin odamlari, shuningdek, uning haqiqiy mehribonlari yoki do‘stlari kuchli ta‘sir ko‘rsata olishi mumkin. Buning uchun insonning yaqinlari avvalo mustaqil fikrga, kuchli bilimga ega bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri talqin eta olish xususiyatiga ega bo‘lmoqligi kerak bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Kisova V.V., Semenov A.V. Aqli zaif maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiylashtirishning psixologik-pedagogik sharti sifatida hamkorlik // Fundamental tadqiqotlar. - 2014. - 12-4-son. - S. 882-886.
2. Koneva I.A., Karpushkina N.V. Inklyuziv ta'limda nogiron bolalar va o'smirlarning shaxsiy rivojlanishiga yo'naltirish // Xalqaro amaliy va fundamental tadqiqotlar jurnali. - 2015. - 12-8-son. - S. 1526-1528 yillar.
3. Maklakov, A. G. Umumiy psixologiya: universitet talabalari va psixologik fanlar kurslari talabalari uchun darslik. - Sankt-Peterburg: Peter, 2017. - 582 p
4. referat.uz
5. hozir.org
Download 21,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish