O‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. Induksion g‘altaklar



Download 1,45 Mb.
bet3/21
Sana18.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#820734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O`T OLDIRISH TIZIMI

3. Uzgich-taqsimlagichlar
Uzgich-taqsimlagich batareyadan o‘t oldirish tizimdagi past kuchlanishli tok zanjirini uzish va ulash, yuqori kuchlanishli tokni o‘t oldirish svechalariga taqsimlash va dvigatelning ish rejimiga qarab o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini o‘zgartirishga xizmat qiladi. Uzgich-taqsimlagichlar ichida eng ko‘p tarqalganlaridan R-20 (rasm) quyidagi asosiy qismlardan: uzgich, taqsimlagich markazdan qochirma rostlagich, vakuum rostlagichi, oktan-korrektor, kondensator, yuritish valigi va korpusdan iborat.
Uzgichning tuzilishi bilan tanishib chiqamiz (rasm). u disk 1, sharikli podshipnik 2, yuqorigi disk 4 va mushtcha shaybasi 19 ni o‘z ichiga oladi. YUqorigi disk pastki diskka nisbatan ma’lum burchakka buriladi. SHarikli podshipnik burilishni rivojlashtiradi. Uchqun chiqishi natijasida sodir bo‘ladigan shariklar eroziyasini bartaraf etish uchun ikkala disk shuntlovchi sim bilan ulangan. YUqorigi diskka quyidagi detallar o‘rnatilgan: o‘q 9, rostlash plastinasi 8, rostlash vinti 7, qisish vinti 18, qo‘zg‘almas kontakt 17, tekstolit kolodka 11, richagcha 12, qo‘zg‘aluvchan kontakt 15, prujina 16, kronshteyn 20, ulash simi 26, yon qisma 28, plita 27. qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan kontaktlar magnetodagi singari erish temperaturasi yuqori bo‘lgan (3000S dan yuqori) volframdan yasalgan.
SHayba 19 aylanganda uning chiqig‘i tekstolit kolodka 11 tovoniga bosadi, u o‘q 9 da aylanib, kontaktni ajratadi. So‘ngra kontaktlar yassi prujina 16 ta’sirida yana tutashadi. SHunday qilib, batareyadan o‘t oldirish tizimida past kuchlanishli tok zanjiri uziladi. YUqorigi diskka joylashgan boshqa detallar uzgich kontaktlari orasidagi tirqishnini o‘rnatishga xizmat qiladi. Mushtcha shaybasi plita 27 vositasida moylanadi.
Uzgich-taqsimlagich korpusiga kondensator (rasmga qarang), konden satordan chiqqan sim esa yon qisma 28 ga mahkamlanadi (rasmga qarang).
SHu qismaning o‘ziga induksion g‘altak qismasi R dan chiqqan sim ulanadi. Korpus ichida yon qismaga sim 26 ning bir uchi, uning ikkinchi uchi esa stoyka va yassi prujina orqali qo‘zg‘aluvchan kontaktga ulangan.
Taqsimlagich (rasmga qarang) dvigatel silindrlari bo‘yicha yuqori kuchlanishli tokni taqsimlashga xizmat qiladi. U rotor 7, karbolit qopqoq 9 va sirpanuvchi kontakt 23 dan tuzilgan. qopqoq uzgich-taqsimlagich korpusiga ikkita prujinali lo‘kidon 4 yordamida mahkamlangan. Taqsimlagichni korpusga to‘g‘ri biriktirish uchun unga korpus shtifti kirib turadigan paz qilingan. Pazga rezina qistirma qo‘yilgan, bu birikma zichligini ta’minlaydi.
rasm. Uzgich va vakuum rostlagichi:
a-bo‘ylama kesimi; b-yuqoridan ko‘rinishi; 1-pastki disk; 2-sharikli podshipnik; 3-pastki diskni mahkamlash vinti; 4-yuqorigi disk; 5- shamollatish kanali; 6-markazdan qochirma rostlagich; 7-rostlash vinti; 8-rostlash plastinasi; 9-bronza o‘q; 10-shakldor shayba; 11-tekstolit kolodka; 12-richagcha; 13-lo‘kidon; 14-oktan-korrektor; 15-qo‘zg‘aluvchan kontakt; 16-prujina; 17-qo‘zg‘almas kontakt; 18-qisish vinti; 19-mushtchali shayba; 20-kronshteyn; 21-korpus; 22-quvur; 23-vakuum rostlagichning prujinasi; 24-membrana; 25-richagcha; 26-biriktirish simi; 27-pilta; 28-yon qisma.
qopqoqning bosh chiqishi 12 ga (rasmga qarang) induksion g‘altakdan chiqqan yuqori kuchlanish simi ulangan, yon chiqish 11 esa yuqori kuchlanish simi vositasida o‘t oldirish svechalariga ulangan. CHiqish 11 ichida elektrod 10 bor. qopqoq ichida bosh chiqish teshigiga burchaklik va prujinadan iborat sirpanuvchi kontakt 13 qo‘yilgan. Burchaklik prujina yordamida rotorning eltish plastinasi 8 ga siqib qo‘yilgan. Burchaklik qarshiligi 8-14 Om bo‘lib, u radioxalaqitni kamaytirish uchun ham xizmat qiladi.
Rotor ham karbolitdan yasalgan. U markazdan qochirma rostlagich vtulkasi 15 ga o‘rnatilgan va u bilan birga soat strelkasi harakati bo‘ylab aylanadi. Rotor vtulka liskisiga rotor teshigiga qo‘yilgan prujina yordamida zich o‘tkaziladi. Rotor plastinalarining uchi bilan qopqoq elektrodlari orasida qo‘shimcha uchqun oralig‘i deb ataluvchi 0,3-0,7 mm tirqish bor. U induksion g‘altakning ikkilamchi chulg‘amida yuqori kuchlanishli tokning oldindan hosil bo‘lishi, shuningdek uchqundan o‘t oldirish svechasi elektrodlari orasida kuchlanish oshishining oldini olish uchun zarur. qo‘shimcha uchqun oralig‘i azot va azot kislotasi bug‘ining ajralib chiqishini tezlashtiradi, u esa uzgich-taqsimlagich qopqog‘i elektrodlarining korroziyalanishini tezlashtiradi. SHuning uchun bu bug‘larni chiqarib yuborish uchun qopqoqda (prujinali lo‘kidon pastrog‘ida) shamollatish teshiklari bor.
Markazdan qochirma rostlagich (rasm) dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasiga qarab o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini avtomatik o‘zgartirishga xizmat qiladi. Uning asosiy qismlari pastki plastina 1, markazdan qochirma yukcha 3. Ularning o‘qi va barmog‘i 5, tortish prujinasi 2 va yuritish valigi 6 lardan iborat. Plastina 1 qo‘zg‘almas qilib valikka o‘rnatilgan.
rasm. Uzgich-taqsimlagichning markazdan qochirma rostlagichi (a) va uning ishlash sxemasi (b); 1-pastki plastina; 2-prujina; 3-yukchalar; 4-yukchalar o‘qi; 5-barmoq; 6-rostlagich valigi; 7-vtulka; 8-yuqorigi plastina; 9-mushtchali shayba; 10-yuqorigi vtulka; 11-vint; 12-namat shayba.
YUkchalar o‘q 4 da erkin aylanadi va prujina 2 bilan tortilib turiladi. YUk barmog‘i 5 vtulka 7 bilan birga valik 6 da erkin aylanadigan yuqorigi plastinka 8 teshigiga kirib turadi. Uzgichning mushtchali shaybasi 9 va taqsimlagich rotorning yuqorigi vtulkasi 10 vtulka 7 bilan birga aylanadi. SHunday qili, shayba 9 taqsimlagich rotori markazdan qochirma rostlagich orqali yuritish valigidan harakatlanadi.
Dvigatel tirsakli valining aylanish soni oshganda yukcha 3 markazdan qochirma kuch tag‘sirida o‘z prujinalarining qisish kuchini engib keriladi. Barmoq 5 plastina 8 teshigli devorini bosadi va u valik 6 ning aylanishi tomoniga bir oz suriladi. Mushtchali shayba va taqsimlagich rotori yuqorigi plastina bilan birga o‘sha tomonga aylanadi. Mushtchali shayba chiqig‘i tekstolit kolodkasi tovoniga oldinroq o‘tadi, bu uzgich kontaktlarining ilgariroq ajralishiga sabab bo‘ladi. SHu paytda g‘altakda paydo bo‘lgan yuqori kuchlanishli tok, shuningdek dvigatel silindriga ilgari beriladi, chunki shu paytda taqsimlagich rotori qopqoq elektrodi qarshisida bo‘ladi. Tirsakli valining aylanish chastotasi kamayganda yukchaning markazdan qochma kuchi kamayadi, prujina ularni tortadi va yuqorigi plastina dastlabki holatga qaytadi. Masalan, taqsimlagich valigining aylanish chastotasi 300 aylmin bo‘lganda markazdan qochirma avtomat o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini 0-2, 1300 aylmin bo‘lganda 7,5-10 , 1900 aylmin bo‘lganda 11-13 atrofida o‘rnatadi.
Vakuum rostlagichi (rasmga qarang) dvigatelga tushadigan yuklamaga qarab o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini o‘zgartirishga xizmat qiladi. U korpus 21, quvur 22, prujina 23, membrana 24 va richagcha 25 dan tuzilgan. quvur 22 rostlagich korpusining ichki bo‘shlig‘ini karbyurator patrubogining ichki bo‘shlig‘iga tutashtiradi. Richagcha uzgich yuqorigi diski 4 ning shtiftiga kiygizilgan.
Dvigatel kichik yuklamada ishlayotganda karbyuratorning drossel zaslonkasi 7 (rasm) deyarli berk bo‘ladi. Rostlagichning ichki bo‘shlig‘ida membrana oldida (prujina tomondan) siyraklanish hosil bo‘ladi. Normal atmosfera bosimi ta’sirida membrana uzgich tomondan egilib, prujina 4 ni qisadi. Richagcha 2 uzgichning yuqorigi diski 1 ni kulachokli shaybaning aylanishiga qarama-qarshi tomon buradi. Natijada uzgich kontaktlari yuqorigi disk burilishdan oldin ajraladi va o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi kattalashadi. Siyraklanish kamayishi, ya’ni yuklama oshishi bilan, yuqorigi disk bo‘shagan prujina 4 tag‘sirida dastlabki holatga qaytadi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish