O‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. Induksion g‘altaklar



Download 1,45 Mb.
bet2/21
Sana18.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#820734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O`T OLDIRISH TIZIMI

Induksion g‘altaklar

Induksion g‘altak yoki o‘t oldirish g‘altagi past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantirishga xizmat qiladi. Batereyadan o‘t oldirish tizimda B-1 g‘altagidan (36-rasm, a) keng foydalaniladi. Uning asosiy qismlari: korpus 6 magnit o‘tkazgich 5, o‘zak 4, birlamchi chulg‘am 3, ikkilamchi chulg‘am 2, chinni izolyator 1 va qismali qopqoq 18. Korpusga skoba 19 mahkamlangan bo‘lib, g‘altak uning yordamida dvigatelga mahkamlanadi. Induksion g‘altak bilan birga qo‘shimcha qarshilik yoki variator o‘rnatiladi (36-rasm,b).
Magnit o‘tkazgichlar transformator po‘latidan yasalgan bo‘lib, birining ustiga ikkinchisi qo‘yilgan ikkita yarim silindrdan tashkil topgan. G‘altak o‘zagi ham, shuningdek bir-biridan kuyundi bilan izolyasiyalangan alohida polosali transformator po‘latidan yasalgan. O‘zakning bir uchi izolyatorga, ikkinchi uchi prujina orqali qopqoqqa taqaladi. O‘zakka ikkilamchi chulg‘am, unga esa birlamchi chulg‘am joylashgan. CHulg‘amlarning bunday joylashishi birlamchi chulg‘amdan g‘altak korpusiga issiqlik uzatishni yaxshilaydi. CHulg‘am qatlamlari bir-biridan kondensator qog‘ozi bilan izolyasiyalangan. Bundan tashqari, yaxshi izolyasiyalash uchun chulg‘amlarga transformator moyi shimdirilgan, g‘altak ichiga esa bitum sostavi quyilgan. Korpus bilan qopqoq orasiga benzinga chidamli rezinadan yasalgan zichlash qistirmasi 12 qo‘yilgan.


rasm. B-1 induksion g‘altagi:
a-kesimi; b-variator qismlari; 1-izolyator; 2-birlamchi chulg‘am; 3-ikkilamchi chulg‘am; 4-o‘zak; 5-magnit o‘tkazgich; 6-korpus; 7-spiral (rezistor); 8-gaykali biriktirish vinti; 9-variator asosi; 10-izolyator; 11-shinalar; 12-zichlash qistirmasi; 13-kontaktli plastina; 14-yuqori kuchlanishli tok chiqishi; 15-yuqori kuchlanish li sim qismasi; 16-prujina; 17-qisma (belgisiz); 18-qopqoq; 19-skoba.
Ikkilamchi chulg‘amning bir uchi kontakt plastinasi orqali karbolit qisma 15 burab kirgizilgan (unga yuqori kuchlanishli sim tomiri qo‘yilgan) g‘altak chiqishi 14 ga, ikkinchi uchi g‘altak ichidagi birlamchi chulg‘am oxiriga ulangan. Birlamchi chulg‘amning bir uchi qopqoq qismasi 17 ga, ikkinchi uchi g‘altak qismasi VK ga ulangan.
Variator g‘altakning qizishini kamaytirish va dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi o‘zgarganda unda normal tokni saqlashga xizmat qiladi. U spiral 7, shina 11, chinni izolyator, asos 9 va biriktirish vinti 8 dan tuzilgan. Spiral qarshiligi 1,20 Om bo‘lgan (qiziganda 4,20 Om gacha oshadi) po‘lat simdan yasalgan bo‘lib, u birlamchi chulg‘am zanjiriga ketma-ket ulangan.
Agar dvigatel sekin aylanishda ishlasa, unda uzgich kontaktlari dvigatel tez aylanishda ishlayotgandagiga nisbatan ancha uzoq vaqt tutashib turadi. Joul-Lens qonuniga ko‘ra o‘tkazgichning qizishi faqat tok miqdoriga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki tokning o‘tish vaqtiga ham bog‘liq. Binobarin, dvigatel sekin aylanishda ishlayotganda birlamchi chulg‘am kuchli qiziydi, shu bilan birga variator spirali ham qiziydi. Uning qarshiligi ortib boradi, bu birlamchi chulg‘amning qizishini kamaytiradi; bir vaqtda uzgich kontaktlari orasidagi uchqun kamayadi.
Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi oshishi bilan kontaktlarning ajralish chastotasi ko‘payadi va g‘altakning birlamchi chulg‘amida tok kamayadi. Bunda variator spirali qizimaydi va uning qarshiligi birlamchi chulg‘amdagi tokka ta’sir qilmaydi. Birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amda hosil bo‘lgan, o‘rnatilgan yuqori kuchlanish tok o‘tadi.
Dvigatelni ishga tushirishda variator rezistori induksion g‘altakda normal kuchlanish hosil qilishga to‘sqinlik qiladi. Rezistorda kuchlanish kamayadi, bu esa g‘altakning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanishning kamayishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun variator rezistorini startyor o‘chirgichning yordamchi kontaktlari vositasida avtomatik uzish nazarda tutilgan.
Induksion g‘altak qismalari VK va VK-B startyorning yordamchi qismalariga simlar bilan ulangan. Dvigatel ishga tushirilganda startyor richagi uning relesining qismalarini ulaydi va tok variator rezistoridan o‘tmay ulardan o‘tadi. Agar dvigatelni biror sababga ko‘ra dasta yordamida ishga tushirishga to‘g‘ri kelsa, qismalar VK va VK-B ni sim bo‘lagi bilan ulab rezistor uziladi. ZIL-130 avtomobiliga o‘rnatilgan B-13 induksion g‘altak ikkilamchi chulg‘ami o‘ramining soni ko‘p, g‘altak ichiga bitum tarkib o‘rniga, chulg‘amdan 3-5 mm yuqori sathda transformator moyi qo‘yilgan, shuning uchun g‘altak vertikal o‘rnatiladi. Transformator moyi faqat chulg‘amni yaxshi izolyasiyalab qolmay, balki issiqlikni korpusga yaxshi o‘tkazadi. Ikkilamchi chulg‘amda o‘ramlar sonining oshishi unda kuchlanishning oshishiga yordam beradi (bu zarur, chunki g‘altak o‘n sakkiz silindrli dvigatelga xizmat qiladi). ZIL-130 avtomobilining dvigateli siqish darajasi yuqoriligi bilan farqlanadi, bu svecha elektrodlari orasidagi qarshilikni oshiradi va uni engil uchun yuqori kuchlanish talab etiladi.
G‘altak har smenada chang va iflosdan tozalanadi, qismalar va sim uchlari tozalanadi. Dvigatel to‘xtatilgach, birlamchi chulg‘am kuchlanish ostida bo‘lmasligi uchun o‘t oldirish darhol uziladi.
G‘altaklarning xarakterli nuqsonlari: chulg‘amlarning shikastlanishi, variator spiralining kuyishi. CHulg‘amlarning yaroqligiga ommetrdan foydalanib ishonch hosil qilish mumkin. Agar ikkilamchi chulg‘am uchlariga (qisma VK ga va yuqori kuchlan



расм. Р-20 узгич-та=симлагичи (а) ва та=симлагич =оп=о\и пастдан кыриниши (б): 1-конденсатор; 2-юритиш валиги; 3-октан –корректор; 4-лыкидон; 5-марказдан =очирма ростлагич; 6-узгич; 7-та=симлагич ротори; 8-ротор пластинаси; 9-та=симлагич =оп=о\и; 10-ён чи=иш электроди; 11-ён чи=иш; 12-ю=ори кучланишли ток чи=иши; 13-сирпанувчи контакт; 14-вакуум ростлагичи; 15-муштчали шайба втулкаси; 16-корпус.
ishli tok chiqishiga) ulangan ommetr 8-9 ming Om ni ko‘rsatsa, unda chulg‘am yaroqli hisoblanadi. Birlamchi chulg‘amni tekshirishda ommetr qismalar R (ramda ko‘rsatilmagan) va VK ga ulanadi. SHuningdek, variatorning yaroqliligini ham ommetr yordamida tekshirish mumkin.

Induksion g‘altaklarning texnikaviy xarakteristikasi 8-ilovada keltirilgan.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish