Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi jadid adabiyoti tarixi fanidan oʻquv- uslubiy majmua



Download 472,42 Kb.
bet17/82
Sana31.12.2021
Hajmi472,42 Kb.
#206339
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
Bog'liq
Мажмуа Жадид адабиёти тарихи 2 tekshirilgan 2

Tayanch so‘z va iboralar: “Chigatoy gurungi”,“Oyna”, “Al-isloh” jurnallari, “Sadoi Turkiston”, “sadoi Farg‘ona” “Yangi Sharq”, “Uchqun” gazetalari, “Shosh”jurnali.
Bu yillarda “Inqilob quyoshi”, “Al-isloh”, “Ishtirokiyun”, “Inqilob”, “Qizil bayroq”, “Turksiton”, “Yangi Fargona”, “Yangi Sharq”, “Mushtum”, “Alanga” , “Maorif va o‘qituvchi”, “Tong”, “Oyna”singari ko‘plab gazeta va jurnallar chop etilgan. Quyida ularning ayrimlari haqida muxtasar ma’lumot beramiz.

“Inqilob quyoshi”- ommaviy-siyosiy gazetasi Yosh xivaliklar tomonidan 1920- yildan chop qilingan. Bu gazeta 1939-yilning 2-yarmidan “Xorazm haqiqati”nomida nashr etilgan.

“Al isloh” - turkistonlik jadidlar va so‘l ulamolar jurnali bo‘lib, 1915-1918 -yillarda Toshkentda toshbosmada nashr qilingan. Jurnalning faoliyati besh soni chiqqach to‘xtatilgan.

“Ishtirokiyun”- gazetasining dastlabki soni 1918- yilning 21- iyunida Toshkentda 800 nusxada chop etilgan. U dastlab haftasiga uch marta chiqqan bo‘lsa, 1919 -yilning martidan kundalik gazetaga aylangan. Uning sahifalarida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy, Xurshid va boshqa ijodkorlar faol ishtirok etishgan. U 1920- yilning 12- dekabridan “Qizil bayroq” nomida chiqa boshlagan. Keyinchalik “Sovet O‘zbekistoni”nomida chop etilgan.

“Inqilob” adabiy,siyosiy-ommaviyoylik jurnal.U 1920-yilning 1- fevralidan 1924- yilningoktyabrigachamuntazamnashr etilgan. Unga dastlab Nazir To‘raqulov, keyinchalik 1922- yilning avgustidan Usmonxon Eshonxo‘jaev muharrirlikqilishgan.

20-yillarda publitsistika sohasida badiiy ocherk va feleton janrlari yuzaga keldi. A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, H.Olimjon, A.Qahhor, Komil Aliev, Sanjar Siddiq, A’zam Ayyublar o‘zbek feletonining dastlabki namunalarini yaratdilar. Usha davr matbuotini biz Fitrat ijodi misolida kuzatishni maqsadga muvofiq deb bildik. Agar e’tibor berilsa, Fitrat 1923-1924-yillarda Moskva va Leningrad shaharlarida yashasa-da “Uchqun”, “Buxoro hayoti” (“Buxarskaya jizn”) jurnallarida faol qatashgan. U Moskvadan qaytgach, ilmiy-badiiy ijodni davom ettirgan. “Inqmlob”jurnali tahririyatiga a’zo bo‘lgan. “Barmoq she’riy tizimi va uning adabiyotdagi urni”va boshqa adabiyot nazariyasining dolzarb masalalariga bagishlangan ma’ruzalar qilgan. Fitrat Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Navoiy, Bobur, Solih, Turdi, Mashrab singari mumtoz adabiyot namoyondalari, Shuningdek, fors-tojik klassiklari Firdavsiy, Umar Hayyom, Bedil va boshqa ko‘plab shoirlar ijodi haqida tadqiqotlar, maqolalar e’lon qilgan.



Fitratning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, adibiy tanqid, adabiyot tarixi, musiqa nazariyasi va tarixi, tarix, etnografiya, folklor, dinshunoslik kabi sohalar bo‘yicha olib borgan tadiqotlari alohida qimmatga molikdir. Ma’lumki, Fitrat ijodi haqida bir qator risolalar, maqolalar e’lon qilindi, dissertatsiyalar yoqlandi. Asarlari yangidan sahnalashtirildi. O.SHarafiddinov, B.Qosimov, A.Aliev, N.Karimov, H.Boltaboev, I.G‘aniev, U.Jo‘raqulov, N.Daurboeva, G.Rahimova va boshqa olimlar Fitrat hayoti va ijodi yuzasidan tadqiqotlar olib bordilar.

Kolumbiya dorulfununi professori E.Olvorsning fikriga ko‘ra, Fitratdagi ilmga rag‘bat 1900 yildan, uning o‘n to‘rt yoshligidan boshlangan. Mazkur fikrni H.Boltaboev, I.G‘aniev singari fitratshunoslar ham e’tirof etadilar. Fitratning ilohiyot tarixi va nazariyasini puxta bilishligi keyingi un yilliklarda yaratilgan adabiyot tarixiga oid ishlarida, ayniqsa, tasavvuf tarixi bilan bog‘liq maqolalarida o‘z ijobiy samaralirini ko‘rsatadi. Uning “Abo Muslim”, “Mavludu sharif”, “Me’roj”, “Qiyomat”kabi asarlari ham dinny haqiqatlar va rivoyatlar asosida yaratildi.

Fitratning “Mirzo Bedil”(1920) maqolasi, “Bedil. Bir majlisda”(1923) badihasida sharqning ulug‘ allomasi Bedilning tarjimai holi, falsafasi, tasavvufga munosabati, faylasuf yozgan asarlarning tasnifi, shoir sifatidagi uslubi, forsiy g‘azallarining sharhi beriladi. Bedil dunyoqarashining asoslari tushuntiriladi. Sohir olim ijodini dengizga qiyos qilgan Fitrat uning ming turlanuvchi jilvalari ko‘zni qamashtirishidan ulkan hayrat tuyadi.

“Qutadg‘u bilig”(1925) nomli maqolasida qadimiy turkiy kitobning Fargonadan topilgan uchinchi nusxasi tarixiy-ilmiy qimmati haqida fikr yuritiladi. Olim “Navoiyning forsiy shoirligi ham uning forsiy devoni to‘grisida”nomli maqolasida Navoiyning forschadan nechog‘lik bilimdonligi borasida hatto ulug‘ Bobur shoh bilan ham bahsga kirishadi, Navoiyga nisbatan berilib kelingan forscha devonning hijriy XI asrda yashagan Muhammad Muhsin kalamiga mansub ekanligini asosli dalillar bilan isbot etadi.

Fitrat “Barmoq she’r tizimi”(1924) nomli ma’ruzasida qadimgi turk she’riyati uchun asosiy vazn o‘lchovlaridan biri bo‘lgan, hozirgi zamon turk she’riyatida ham faol qo‘llanilayotgan barmoq she’r tizimining tarixi, buguni, istiqbollari haqida qimmatli fikrlar bilidirilgan. Tadqiqotchi o‘sha davrning ayrim olimlari tomonidan barmoq she’r tizimining go‘yoki XX asr boshlarida aruzni isloh qilish natijasida tug‘ilganligi haqidagi g‘ayriilmiy xulosalarini inkor. qiladi. U 1927-1928 yillarda jahon tarixida turkiy adabiyotning tamal toshini qo‘ygan Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Bolasog‘uniy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy va uning maktabiga mansub Sulaymon Boqirg‘oniy, Kamol Shayx, Shams O‘zgandiy, Ubaydiy, Xudoydod, Faqiriy, Mashrab kabi tasavvuf shoirlari, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi ulug‘ qalam ahllari ijodi bilan mashg‘ul bo‘ldi. 1928- yilda tuzilgan “O‘zbek adabiyoti namunalari” majmuasiga Rabg‘o‘ziy, Durbek, Otoyi, Lutfiy, Husayn Boyqaro kabi shoirlarning ijod namunalarini ham kiritdi. O‘zbek adabiyotining XVI asrgacha bo‘lgan tarixini aks ettiruvchi nihoyatda boy va ulkan davrda yaratilgan adabiy materiallarni qamrab olishga astoydil urindi. Olimning “Ahmad Yassaviy”(1927), “Yassaviy maktabi shoirlari to‘grisida tekshirishlar”(1928), “XVI asrdan so‘ngra o‘zbek adabiyotiga bir qarash”(1929), “Mashrab”(1930) va boshqa maqolalari goyatda qimmatlidir.

Bu maqolalarda Fitrat tasavvuf nazariyasi va mazkur maslakning tarixi, mohiyati, tarmoqlari haqida ma’lumotlar beradi. O‘z oldida turgan hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini aniqlaydi. Ba’zan qiyosiy tahlilar yo‘yidan borib Navoiyning “Xamsa”siningikkinchi dostoni bo‘lgan “Farhod va Shirin”ni Sharq olamida keng yoyilgan syujetlar bilan chog‘ishtiradi. Og‘zaki va yozma adabiyot munosabatlariga diqqat qaratadi. Mazkur izlanishlarning bir qismi keyinchalik yaratilgan “Fors shoiri Umar Hayyom”(1929), “Abulqosim Firdavsiy”(1936), “O‘zbek adabiyoti namunalari” 2-kitob kabi risola va majmualarning tayyorlanishiga zamin bo‘ldi. Ularning bir qismigina nashr etilgan bo‘lsa-da, shunday tadqiqotlar tayyorlanishining o‘zi ham ulkan ahamiyatga molik bo‘lgan izlanishlarning umumlashtirilishi edi.



Yuqorida tanishganimizday, birgina Fitrat ijodi misolida ham o‘sha davr matbuotida chop etilgan o‘zbek adabiyotshunosligi, folklorshunosligi, dinshunosligi, adabiyot va san’at nazariyasi hamda tarixi haqidagi maqolalar haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

O‘sha yillarda faoliyat yuritgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-adabiy tashkilot (jamiyat)lar orasida “Chigatoy gurungi” va “Qizil qalam” alohida ajralib turar edi.

“Chigatoy gurungi”– Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy va ilmiy-adabiy tashkilot bo‘lib, 1919-1921- yillarda faoliyat yuritgan. Tashkilotni tuzishga siyosatga aralashmaslik, madaniy qurilishga xizmat qilish sharti bilan ruxsat olingan, U Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan. Tashkilotning nomlanishi XIII - XIV asrlarda mavjud bo‘lgan Chigatoy ulusi va XVI – XVII asrlardagi eski o‘zbek tili ma’nolarida qo‘llanilgan “Chigatoy tili”kabi atama va istilohlar bilan bog‘liqdir. Chunki Abdurauf Fitrat mazkur tashkilotga nom tanlashda Turkiston hududida yashagan turkiy xalqlarga dahldor merosni o‘rganishga e’tibor qaratgan edi.

“Chigatoy gurungi”turkiy xalqlar madaniyati, san’ati, adabiyoti, tarixi, til va imlosi kabi sohalarni jiddiy o‘rganishga kirishgan. O‘zbek tilining sofligi uchun kurashish, yangi uzbek milliy madaniyatini barpo etish yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan. U “Til va imlo”, “Adabiyot”, “San’at va teatr”singari bir necha sho‘balardan iborat bo‘lgan. “Til va imlo”sho‘basiga dastlab Cho‘lpon, keyinroq Elbek rahbarlik qilishgan. Ashurali Zohiriy, Elbek, Shorasul Zunnun, Shokirjon Rahimiy, Qayum Ramazon, G‘ozi Olim Yunusov singari olimlarning tilshunoslikka oid ishlari Fitrat tomonidan belgilangan dastur asosida amalga oshirilgan. Jumladan, 1919 -yilda arab alifbosi isloh qilinib yangi alifbo yaratilgan. 1921- yilning yanvarida esa Til va imlo qurultoyi o‘tkazilgan.

Ma’lumki, Turkiston o‘lka Musulmonlar byurosi 1919 -yilda Fitrat, Nazir To‘raqulov va Laziz Azizzodadan iborat hay’at tuzib, tarixiy merosni o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratgan edi. Shuning uchun ham “Chigatoy gurungi”tarix sohasidagi ishini manbashunosliqdan boshlagan. Buxoro, Samarqand va Farg‘ona vodiysiga ilmiy safarlar uyushtirgan Natijada ko‘plab noyob qulyozmalar topilib, Toshkentga keltirilgan.

“Chigatoy gurungi” adabiyot va san’at sohasida ham muhim ishlarni amalga oshirgan. Fitrat, Cho‘lpon, Botu, Elbek qalamiga mansub “O‘zbek yosh shoirlari”(1922) to‘plami, Fitratning “Temur sag‘anasi”, “O‘guzxon”, “Abo Muslim”singari dramatik asarlarini eslashning o‘ziyoq bu haqda muayyan tasavvurlar beradi.

Ular o‘z g‘oyalarini “Yangi Sharq”, “Uchqun”gazetalari, “Shosh”jurnali orqali ifodalashgan. “Chigatoy gurungi”jurnalining birinchi soni chop qilingach, jurnal ta’qnqlmshsh Tashkilot faoliyati 1921 yilning boshlarida to‘xtatilgan.3

“Qizil qalam”– 1926-yilning avgustida Shokir Sulaymon raisligida Samarqandda tashkil etilgan adabiy jamiyatdir.Mazkur jamiyat faoliyatida Otajon Hoshim, Botu, Ziyo Said, Sofi Husayn, Oltoy, Anqaboy, Uyg‘un, Hamid Olimjon, Mirtemir, Oydin singari faylasuf, adabiyotshunos, shoir va nosirlir ishtirok etishgan. 1926-yilning oxirida jamiyatning Farg‘ona na Namangan viloyat bo‘limlari ochilgan. Fitrat, Cho‘lpon, Abdulli Qodiriy singari “keksa”avlod vakillarining qarashlaridan farqli o‘laroq, jamiyatning maqsadi O‘zbekistonda barpo etilayotgan yangi tuzumga xayrixoh ijodkor yoshlarni o‘z atrofiga to‘plab tarbiyalashdan ibrat bo‘lgan.

“Qizil qalam”majmuasining 1-kitobi (1928) nashr etilgandan so‘ng jamiyatning katta va yosh a’zolari o‘rtasida ixtilof paydo bo‘lgan. Natijada 1929- yilda jamiyatning boshqaruv organi qayta ko‘rilib, Ziyo Said unga rahbar etib tayinlangan. Shu vaqtdan e’tiboran jamiyatning organi sifatida “Alanga”jurnali nashr etilgan. 1929- yilda “Qizil qalam”majmuasining 2-kitobi bosilgan. Majmuaning har ikkala kitobida A.Samaylovichning “Navoiy to‘grisida Yevropa olimlari”, Cho‘lponning tarjima, Otajon Hoshimning adabiy meros va jadid adabiyoti, Shokir Sulaymonning Hamzaning so‘nggi kunlari to‘g‘risidagi maqolalari chop etilgan. Jamiyat Ozarbayjon va Tataristondagi “Qizil qalam”jamiyatlari hamda VAPP (Butun Rossiya proletar yozuvchilari uyushmasi) bilan ijodiy aloqada bo‘lgan. 1930- yilda Botu, Ramziy (Mannon Romiz) va Oltoyning qamoqqa olinishi bilan jamiyat tarqalib ketgan.




Download 472,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish