Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi jadid adabiyoti tarixi fanidan oʻquv- uslubiy majmua


-MAVZU. Yangi adabiyotni ilmiy o‘rganish bosqichlari



Download 472,42 Kb.
bet19/82
Sana31.12.2021
Hajmi472,42 Kb.
#206339
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
Мажмуа Жадид адабиёти тарихи 2 tekshirilgan 2

1-MAVZU. Yangi adabiyotni ilmiy o‘rganish bosqichlari

REJA:

1.Jadidchilik va jadid adabiyotining mamlakatimiz va xorijda o‘rganilishi: yutuqlar va muammolar.

2. Bu davr adabiyotini tadqiq etishning bosqichlari. Har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy muammolari namoyandalari.

3.Mustaqillik davri jadidshunosligi: tamoyillar va tendensiyalar


Tayanch so‘z va iboralar:Jadidchilik, proletar adabiyoti, inqilob kuychilari, “yo‘lovchi” jadidshunoslik, tamoyillar va tendensiyalar

XX asrning 20-40-yillari ijtiomiy-siyosiy va mafkuraviy qarashlar davri sifatida ajralib turadi. Rossiyada 1917 -yil fevral, sakkiz oy o‘tmay oktabr to‘ntarilishi bo‘lib o‘tdi. 1-jahon urushidan g‘oyat toliqib chiqish, 1916-yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘olonining shafqatsiz bostirilishi, qishloqlarning vayron etilishi, haddan ziyod zulm va kamsitilish xalqning Chorizimga nisbatan cheksiz nafratini qo‘zg‘atdi. Ana shunday sharoitda ro‘y bergan fevral to‘ntarishi Turkistonda kuchli aks-sadosini berdi. Ammo jadidlarning barcha umidlari puchga chiqdi. 1924-yildagi milliy chegaralanish–yaxlit Turkistondan parchalanishga mo‘ljallangan edi. 1926-yilda esa bir yo‘la ikki kompaniya: yer-suv islohoti bilan “hujum” kompaniyasi o‘tkazildi. So‘ng Buxoro va Xiva xonliklarining tugatilishi, Sho‘rolar “bosmachilik harakati” deb nomlagan, aslida milliy ozodlik harakatining qonga botirib bostirilishi xalq hayotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.

O‘z davrining ongli ziyolilari bo‘lgan jadidlar ataylib uyushtirilayotgan bu “tadbir”larga befarq qarab tura olmadilar. Ular xalqning ko‘zini ochishga, milliy urf-odatlardan kechmaslikka chaqirdilar. Proletar diktaturasi va bolsheviklar partiyasining mudhish kirdikorlarini fosh etishga kirishdilar. Shuning uchun sho‘ro hukumati ularni jilovlash, o‘z siyosatiga bo‘ysundirish yo‘llarini izlay boshladilar. RKP(b)ning 1923-24-yillarda bo‘lib o‘tgan XI-XII s’yezdlarida adabiyotning vazifalari belgilab berildi. So‘ngra adabiyot va san’at partiya siyosatini og‘ishmay amalga oshirishi shart qilib qo‘yildi. 1925- yil 18- iyunda “Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to‘g‘risida”gi maxsus qarori qabul qilindi. Bu qarordan keyin proletar adiblarning gigemonligi kuchaydi. Yozuvchilar o‘rtasida turli bo‘linishlar kuchaydi. Turli oqimlar yuzaga keldi. “Chig‘atoy gurungi”, RAPPchilar, “Qizil qalam” jamiyatlari yuzaga keldi.

RAPP chilarning qarashlari S.Xusaynning “Sharq haqiqati” gazetasi 1929 -yil 26 -aprel sonida e’lon qilingan. “Ijodiy yo‘limiz” maqolasida o‘z ifodasini topdi: “Eson afandi shoir yamoqchi emas, u buyruqni qabul qilmaydi, deyishi bilan aldashdir. Sinfiy jamiyatda hech kim o‘zini xudo, ijtimoiy ta’sirdan tashqari yashovchi qilib ko‘rsata olmaydi (S.Xusayn. tanlangan asarlar. T., 1974. 23-bet).

Ana shunday ichki qarama-qarshiliklarga qaramay adabiyot yangilanish yo‘lidan dadil boraveradi. Shuningdek, ijodkorlarning g‘oyaviy jihatdan ikki oqimga ajralib qolganligi yaqqol sezildi. Bir tomondan Hamza boshchiligidagi inqilob kuychilari – So‘fizoda, G‘ayratiy, G‘.G‘ulom, H.Olimjon, Uyg‘un, Botu, Elbek, Ayniy kabilar, boshqa tomondan esa Fitrat boshchiligidagi A.Qodiriy, Cho‘lpon, Munavvar qori, Tavallo, U.Nosir kabilar o‘zaro g‘oyaviy kurashni avj oldirdilar. O‘rtada yana bir oqim – Sh.Sulaymon, Oybek, G‘.Zafariy va boshqa “yo‘lovchi” nomini olganlar ham bor edi.

S.Xusayn yozadi: “O‘zbekistonda proletar adabiyoti yo‘q, binobarin uning yo‘lovchisi bo‘lishi mumkin emas, deydir Oltoy, uning bunday tushunishi xatodir. Yo‘lovchilarni belgilaganda uning tabaqalarga bo‘linishini ko‘zda tutishimiz lozim. Yo‘lovchilarni ajratishda hozirga faqat mafkuraviy yondan qaraymiz, hozirgi adabiyotimizda o‘ng burilishidagi yo‘lovchi Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpondir. A.Qodiriy o‘ngchilikdan birmuncha qaytib kelmoqda. Fitrat, Cho‘lponlar inqilob boshida o‘ta o‘ng edilar. Keyin-keyin milliy boylar tomoni yengilish bilan so‘nib qoldilar... Shokir Sulaymon, Elbek, Oybek, N.Rahimov so‘llashmoqda bo‘lgan yo‘lovchilardir. Bular ichida Shokir Sulaymon mafkuraviy yoqdan o‘sib, so‘llashib kelmoqda”.

Matbuot sahifalari ham kurash maydoniga aylantirildi. Bir tomondan “Cho‘lponning “Buzilgan o‘lkaga” she’ri berilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan G‘ayratiyning “Tuzilgan o‘lkaga” she’ri bosildi. Fitratning “Mening kecham” she’riga qarshi Botuning “Mening kunduzim” she’ri bosildi.

20-yillardagi bahslarda yosh shoir-yozuvchilar atrofida ham bo‘ldi. Biroq bu bahslarning mazmunini Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy singari ulug‘ yozuvchilar asarlari hamda dunyoqarashi, mafkura va madaniy merosga munosabati singari muammolar tashkil etdi. Bu davrdagi bahslardan birini Otajon Hoshim, Jalil Boybulatov va Fitrat o‘rtasidagi munozarada ham ko‘rish mumkin.

20-yillar o‘zbek adabiyotining asosiy yutug‘i yetuk realistik hikoya, qissa, roman, drama namunalari va yangi she’riy shakllarning paydo bo‘lishi bilan ham belgilanadi.

Cho‘lponning “Oydin kechalarda”, “Qor qo‘ynida lola”, “Nonvoy qiz”, Abdulla Qodiriyning “Uloqda”, “Jinlar bazmi”, Abdulla Qahhorning “Boshsiz odam” hikoyalarida realistik fazilatlar namoyon bo‘ldi.

20-yillarda nisbatan kammahsul janr qissachilik bo‘ldi. Shunga qaramay, Sadriddin Ayniyning “Buxoro jallodlari”, “Qulbobo” asarlari yaratildi.

A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, A.Qahhorning “Sarob”, Oybekning “Qutlug‘ qon” romanlari 20-30- yillar o‘zbek adabiyotining ulkan hodisasidir.

O‘zbek adabiyotida bu davrda dramatik asarlarga boy bo‘ldi. Fitratning “Hind ixtilochilari”, “Abulfayzxon”, Cho‘lponning “yorqinoy”, “O‘rtoq Qarshiboev”, Hamzaning “Burungi saylovlar”, “Jahon sermoyasining eng oxirgi kunlari”, Avloniyning “Ikki muhabbat”, “Portugaliya inqilobi”, Xurshidning “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” dramalari yaratildi.

Cho‘lponning 20-yillar lirikasi o‘zbek she’riyatida yangi bosqichni tashkil etadi. U o‘zbek she’riyatiga yangi qahramon istiqlol fidoyisi obrazini olib kirdi.

Dramalar bu davrda ommaviy va badiiy idrok yo‘siniga ta’siri katta bo‘ldi.

Turkiy xalqlarning mushtarak tili haqidagi gaplar 1905-yil voqealaridan keyin, oq podsho yon berishga majbur bo‘lgach, erkinroq aytila boshlandi. Hatto ayrim ishlar ham qilindi. 1906-yil Gasprinskiy aytganidek, “til yili” bo‘ldi. Jumladan, 1906-yil Nijniy Novgorodda Rusiya musulmonlarining 600-700 vakili ishtirok etgan “Ittifoqi muslimin” yig‘ilishida umumiy adabiy til masalasi o‘rtaga qo‘yildi. Uni asta-sekin shakllantirish va amaliyotga qo‘yish haqida qaror qabul qilindi. Bu qaror o‘sha mushtarak adabiy tilda alohida risola bo‘lib bosilib ham chiqdi. Nihoyat, 1907-yilda Rusiya davlat maorif inspeksiyasi mamlakatdagi musulmonlarning o‘z ona tillarida o‘quv-yozuvni olib borishlari mumkinligi haqida qaror qabul qildi. Biroq bu maxsus qaror musulmon bolalarini o‘z ona tilida o‘qitishni faqat mahalliy shevada olib borish zarurligini uqtirdi. Gasprinskiy shundan cho‘chigan edi. U bu qarorni mutlaqo noto‘g‘ri, hatto jinoyat deb hisobladi: «Maorif inspeksiyasining bu ishini biz butunlay xato deb bilamiz, chunki xalqning ona tili bu millatning adabiy tilidir. Agar bizim qadimiy adabiy tilimizning bir halqasi Alisher Navoiy tili bo‘lsa, turli shevalardan tarkib topgan yangi zamonaviy tilimiz uning ikkinchi halqasidir”.

“Tarjimon”ning 1908-yil 13-sonida bosilgan “Til va mas’uliyat” maqolasida yana shu masalaga qaytib, o‘z fikrini atroflicha asoslaydi.

1885-yilda Istanbuldagi Abuziyo matbaasida Ismoilbek Gaspralining “Ovro‘po madaniyatiga bir nazari muvozana” degan kichkina risolasi bosilib chiqdi. Yevropa o‘z taraqqiyotining haddi a’losida turgan, Yevropa turmush tarzi dunyoning barcha mamlakatlariga o‘rnak va timsol tutilgan bir paytda Rusiyaday qoloq bir yurtning qaysi bir burchagidagi bir musulmon dunyoning taraqqiyparvar ahli orasidagi hukmron nuqtayi nazarga e’tiroz bildirdi.

Fan va texnikasi bilan dunyoni hayratga solgan kapitalistik Yevropani ham, jannat va’da etuvchi sotsialistik Yevropani ham rad etdi. Har ikkisida ham axloqsizlik ko‘rdi. Bugungi Yevropa madaniyati qadim Rim sivilizatsiyasi asosida maydonga kelgandir. Qadim Rim saltanati esa ma’naviy-axloqiy chiriganligi uchun barbod bo‘lgan. Binobarin, “Rumolilar asir etlari bilan hovuzlarda boqilgan baliqlarga to‘ymasdan qanday qulagan bo‘lsalar, ularning farzandlari bo‘lgan ovro‘polilar ham butun dunyoning mevalariga to‘ymaydilar”,- deb yozadi Gasiprali.

Risolada asosiy e’tibor “yangi dunyo” madaniyatining ma’naviy-axloqiy jihatlariga qaratiladi. Vorisiylikka, otalar va bolalar masalasiga to‘xtaladi. Bolalarning (sotsialistlarning) o‘z otalari (kapitalistlar)ni rad etishlarida katta ma’no ko‘radi. Ayni paytda, bolalarning adolat haqidagi tushuncha va fikrlari adolatsizliklar bilan to‘la ekanligini ochib tashlaydi.

“Madaniyati islomiya” nomi bilan bir kitobi paydo bo‘ldi va qisqa muddatda 2 marta chop etildi. Madaniyat, uningcha, kishilarning turmushi, ish faoliyati, kasb-hunarga munosabati bilan belgilanadi va ularni taxminan 3 ga (vahshiy, yarim vahshiy, madaniy) bo‘ladi. Gap shundaki, madaniyat hech qachon yolg‘iz bir millatga yoxud mamlakatga tegishli bo‘lib qolmaydi. Turli sabab va sharoitga ko‘ra birida ozroq, ikkinchisida ko‘proq yoxud birida bir, ikkinchisida boshqa jihati nisbatan farqli rivojlanishi mumkin. Bir vaqtlar Yevropa undan bebahra qolgan edi, hozirda uning Osiyodan o‘sib ketganligi hammaga ayon. Zamonida Yevropa kiyim nimaligini bilmay, mol terisiga o‘ralib yurgan paytlarda Osiyo paxta-ipak matolarini tanlab kiyardi. Hozirda osiyolik ot-eshak, qayiq bilan o‘n kunda yuradigan yo‘lni Yevropa temir yo‘l yo paroxodda bir kunda bosib o‘tadi. Bu madaniyat darajasining samarasi. Ayni paytda, u butun insoniyatnikidir, - deydi muallif.

Muallif islom madaniyatining mazmun va ko‘lami haqida umumiy ma’lumot bergach, “Ulumi tabiiya”, “Qonun va nizom”, “Tarix”, “Hikmat”, “Tib”, “Adabiyot”, “Ulumi riyoziyya”, “Fani jug‘rofiya” kabi boblar ochib, tasnif etadi. Har sohaning eng mashhur namoyandalarini tilga oladi, asarlaridan namuna keltiradi, baholaydi. Tasnif va baho ko‘pincha Yevropa ilm-fani bilan taqqoslab olib boriladi.

Turkiy xalqlarning o‘tmish madaniyatini, ruhiyatini teran anglashdan, uning keyingi asrlarda taqdir taqozosi bilan tushib qolgan tutqun va turg‘un turmushini teran idrok etishdan, unga yo‘l izlashdan kelib chiqqan edi. Bu jihatdan Ismoilbekning “Turkiston ulamosi” kitobi muhim. Ushbu kitob 1900-yilda Bokuda bosildi. Muallif “Noshirdan bir so‘z”da “Ovro‘poda ulum va funun biroz muntashor o‘lan bir zamonda Turkiston qit’asinda aqliy va naqliy ilmlara cholishmoqda emishlar”, — deb izoh bergan.

Gasprinskiy zamondoshlarini ko‘hna Turkistonning yuzdan ortiq ulamosi bilan tanishtirar ekan, ularni sahni keng gulshandan saralab olingan bir dasta gul sifatida taqdim etadi, o‘lkaning nodir iste’dodlarga benihoya boyligini ta’kidlaydi. Kitob o‘n faslga bo‘lingan. Dastlabki faslda “Turkistonda yetishgan ulamoi mashoyih, muhaqqiqindan ba’zilari” haqida gap ketadi. Fasl “shoh Naqshband”– mashhur Muhammad Bahovuddin Naqshband (1318-1389) bilan boshlanadi. Muallif uning tasavvufga dahldor “Dalilul- oshiqin” bilan “Hayotnoma”si “arbobi urfon”ning har doim nazar-e’tiborida kelganligini xabar qiladi.

Gasprinskiy Turkiston ulamosi haqida to‘xtalar ekan, bir faslini maxsus fiqhlarga (diniy huquq olimlariga) bag‘ishlaydi. Shuningdek, Turkistondagi qoloqlikni tugatish haqida ham fikr yuritadi. Ismoilbek fikricha, ahvolni tuzatmoq uchun uch narsa kerak: 1. Milliy fikr. 2. Milliy til. 3. Milliy maorif.

Milliy fikr, birinchi navbatda, millat birligi fikridir. Til yagona adabiy til masalasidir. Milliy maorif ona tildagi ta’lim-tarbiyani yo‘lga qo‘yishdir. Fikr va tilni matbuot tarbiya qiladi. Matbuot xodimlarini yetkazuvchi esa maorifdir. Demak, ishni maorifdan boshlash kerak.

Ismoilbek badiiy iqtidorga ham ega edi. Uning “Farangiston maktublari” (1887), “Dorur-rohat musulmonlari” (1889), “Sudan maktublari” (1889), “Xotinlar o‘lkasi” (1890), “Gulbobo ziyorati” (1908), “Arslon qiz”, “Kuntug‘di”, “Ivan va Sulaymon” (1897), “Baloyi islom” (1905), “Mukolamayi salotin” kabi ko‘plab nasriy asarlari bor. Ayrimlari o‘zbek tiliga tarjima ham qilingan. Voqealari deyarli hammasida muallif tilidan hikoya qilinadi.

Nomi - Mulla Abbos Fransaviy-Toshkandiy. Asli toshkentlik, Yevropada o‘qigan, sayohatni yaxshi ko‘radi. “Mukolamayi salotin” (1906) (“Sultonlar suhbati”) Amir Temur haqida. “Arslon qiz” (1893) Sharqiy Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlariga bag‘ishlangan. Markazida Guljamol bilan qo‘qonlik mashhur Ya’qubbek turadi. “Kuntug‘di” (1905) – avtobiografik roman. Doniyolbey –Ismoilbekning o‘zi. Xullas, Gasprinskiy badiiy asarlarining deyarli hammasi qay bir darajada Turkiston va turkistonlilar hayoti bilan bog‘lanadi.

“Tarjimon”ning 1887-yil sonlarida bosilgan. 1906-yilda Boqchasaroyda alohida nashr etilgan. 1997-yilda “Qalb ko‘zi” gazetasi qayta chop etdi.

Muallif asarning janrini “fantastik ro‘mon” deb belgilaydi. Asarning shirin taxayyul asosiga qurilgani sarlavhasidanoq ko‘rinib turibdi. Muallif xayoliy-afsonaviy bir mamlakat – Dorur-rohat (so‘zma-so‘z — rohat uyi), ya’ni obod va farovon bir yurt fuqarolari haqida hikoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun 8 asr davomida musulmonlar taxti farmonida kelgan va islom davlati sifatida Yevropa mamlakatlariga namuna bo‘lgan Andaluziyani tanlaydi.

Tahririyatning ixcham izohida asarning bosh qahramoni toshkentlik Mulla Abbos ekanligi, Fransiya sayohatidan keyin ”Fransaviy” deb nom olgani, o‘z ko‘rgan-bilganlarini ”Farangiston maktublari” sarlavhasi ostida ”Tarjimon”da e’lon qilib kelgani, maktublarning ikkinchi qismidan Andaluziya sayohati o‘rin olgani, muallif-sayyoh “baxtiyorona bir surati maishata yetishmish jamiyati muslimadan bahs etajagi” aytiladi.

Darhaqiqat, asar roman-sarguzasht xarakterida. Voqea Mulla Abbosning Farangistonda orttirgan tanishi madmuazel Margarita bilan xayrlashib, Ispaniyaga otlanishidan boshlanadi. Mulla Abbos ilk tahsilni Toshkentda olgan. Farangistonda “ilmi jadid”ga oshno bo‘lgan. 27 yoshda, sayohatni sevadi. Andaluziya haqida o‘qigan, eshitgan. Uning o‘z davrida jahonni hayratga solgan ilmu fanidan, yuksak madaniyatidan xabardor.

“Dorur-rohat musulmonlari” Rusiyadagi turkiy xalqlar adabiyotining yangi davrdagi birinchi yirik namunasi edi. Shu sabab u Volgabo‘yi va Turkiston xalqlari yangi adabiyotining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Bu gap o‘zbek adabiyotiga ham tegishlidir. Ikkinchi tomondan esa, Ismoilbekning badiiy ijodi uning qizg‘in va samarali kechgan jadidchilik faoliyatining ma’naviy davomi, buyuk millatparvar qarashlarining olijanob taxayyuli mevalari edi.


Download 472,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish