O`zbek filologiyasi fakul’teti o`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs kunduzgi bo`lim bitiruvchisi feruz rajabovning



Download 78,98 Kb.
bet14/20
Sana13.01.2022
Hajmi78,98 Kb.
#358993
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
“jaloliddin manguberdi” tragediyasida fojiaviy ruh)

Uchinchi bobga oid xulosalar

1.”Jaloliddin” tragediyasining asosiy ijobiy qahramonlari Vatan va xalq mustaqilligi, baxti uchun kurashuvchi va bu kurashda jonidan ham kechishga tayyor turgan olijanob, mard, fidoyi insonlardir. Bular tragediyaning bosh qahramoni Jaloliddin Manguberdi, uning vatanparvar, oqila singlisi Sultonbegim, matonatli lashkarboshi Temur Malik va boshqalar bo`lib hisoblanadi.

2. Tragediyada, tabiiyki, ijobiy obrazlardan tashqari Buzg`unchilik, urush, fitna-fasod ruhini aks ettiruvchi bir qancha salbiy-yovuzlik mohiyatiga ega personajlar faoliyati ham o`z badiiy ifodasini topgan. Bunday obrazlarni quyidagi guruhlarga ajratib ko`rsatish mumkin:

1) urush, talon-taroj, yomonlik niyati bilan yashaydigan bosqinchilar (CHingizxon va boshqa mo`g`ul no`yonlari);

2) o`z vataniga xiyonat qilgan kimsalar( amir Badriddin, tabib, uning o`g`li YAroqbek);

3) Vatan va xalqmanfaatidan yiroq shuhratparast, kaltabin davlat arboblari( Muhammad Xorzmshoh va uning ayrim amirlari).

3. Tragediyada eng muvaffaqiyatli chiqqan salbiy personaj, bizning fikrimizcha, CHingizxon obrazidir. Bu o`rinda shu narsani aytish lozimki, bu obraz Maqsud SHayxzoda tomonidan tarix haqiqatiga muvofiq ravishda barpo etilgan. U zolim, shafqatsiz, makkor, o`z maqsadiga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydigan shaxs tarzida badiiy gavdantirilgan.Dramaturg bu obrazni yaratishda mo`g`ul rahnamosining o`ziga xos, boshqa hukmdorlardan ajralib turadigan xususiyatlarini ham ko`rsatgan. Jumladan, CHingizxon xiyonatkor va xushomad kimsalarni yomon ko`rgan. Garchi bunday kimsalardan o`z maqsadlarini amalga oshirishda foydalansa-da, oxir-oqibat ularni o`ldirib yuborgan. Masalan, u burchini bajarib o`rniga o`ziga yaltoqilik qilgan no`yonni darhol o`ldirishni buyuradi. “O`lsang, ibrat bo`lur, bu ham bir xizmat” deydi shafqat so`ragan no`yonga.

Turkiston moziysida shonli g`alabalar bilan bir qatorda yutqizish, mag`lubiyat ham bo`lgan. Bunday fojialarda oramizdan chiqqan sotqinlar mash`um o`rin tutganlar. Tragediyanavis amir Badriddin, tabib, YAroqbek obrazlari tasviri orqali xtiyonatkorlikning tub mohiyatini kuchli dramatizm asosida yorita olgan.

Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasi milliy dramaturgiyaning mumtoz namunalaridan biridir. Bu tragediyaning haqiqiy mohiyati milliy istiqlol davrida to`la-to`kis namoyon bo`lmoqda. Bu asar yuksak badiiyat asosida yaratilgan bo`lib, jahon so`z san`atining barkamol namunalari bilan bir qatorda turadi.


Download 78,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish