O’zbek tili Mavzu: Oybekning “Navoiy” romani mazmuni bilan tanishish



Download 22,08 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,08 Kb.
#253500
Bog'liq
7-mavzu


O`quv mashg`ulotida ta`lim texnologiyasi modeli

Fanning nomi: O’zbek tili

Mavzu: Oybekning “Navoiy” romani mazmuni bilan tanishish.

Uyushiq bo’lakli gaplar, ularda tinish belgilarining qo’llanilishi


Guruh






















sana

























Vaqt: 80 minut

Talabalar soni:


O’quv mashg’ulotining shakli va turi:

Amaliy mashg’ulot, aralash

O’quv mashg’ulotining rejasi:

  1. Oybekning nasriy asarlari;

  2. “Navoiy” romanining yaratilishi;

  3. Romandagi tarixiy hamda to’qima obrazlar.

  4. Gapning uyushiq bo’laklari, ularning gaplarda qo’llanilishi.

  5. Uyushiq bo’lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

O’quvchilarga “Navoiy” romanining mazmunini tushuntirish orqali basiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish; gapning uyushiq bo’laklari haqidagi bilimlarini takomillashtirish.

Pedagogik vazifalar:

1. Nasriy asarlar haqida ma’lumot berish, roman janriga tushuncha berish;

2. “Navoiy” romani haqida bilganlarini takrorlab, roman voqealari, asar qahramonlari haqida ma’lumotlar berish.

3. Uyushiq bo’lakli gaplar haqida nazariy ma’lumot berish.



O’quv faoliyati natijalari:

1. Nasriy asarlar haqida, roman janri haqida o’z tushunchlarini aytadilar;

2. Roman voqealariga munosabatlarini bildiradilar;

3. Uyushiq bo’laklar va ularning gaplarda qo’llanilishiga misollar keltiradilar, tinish belgilarining qo’llanilishini tushuntirasilar.



O’qitish metodlari:

Hikoya, savol-javob, munozara

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Jamoaviy ishlash

O’qitish vositalari

Oybek “Navoiy” romani, Adabiyot darsligi tarqatma qog’ozlar

O’quv sharoiti

O’zbek tili xonasi

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari vaqti



Faoliyat mazmuni

ta`lim beruvchi

ta`lim oluvchilar

1-bosqich.

O`quv mashg`uloti- ga kirish ( 5 daq.)



1.1. Mavzuning nomi, maqsadi, va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar hamda mustaqil o’qish uchun adabiyotlar ro’yxatini aytadi.

1.3. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi.


tinglaydi

so`raydi ,

fikr bildiradi



2-bosqich.

Asosiy


(65 daq.)

1. Nasriy asarlar haqida ma’lumot berish, roman janriga tushuncha berish;

2. “Navoiy” romani haqida bilganlarini takrorlab, roman voqealari, asar qahramonlari haqida ma’lumotlar berish.

3. Uyushiq bo’lakli gaplar haqida nazariy ma’lumot berish.



. 1. Nasriy asarlar haqida ma’lumot berish, roman janriga tushuncha berish;

2. “Navoiy” romani haqida bilganlarini takrorlab, roman voqealari, asar qahramonlari haqida ma’lumotlar berish.

3. Uyushiq bo’lakli gaplar haqida nazariy ma’lumot berish.


3-bosqich.

Yakuniy


( 10 daq.)

3.1.Oybek ijodida Navoiy qanday o’rin egallagan?uning Navoiyga bag’ishlangan yana qanday asarlari bor?

3.2. Mavzu yuzasidan topsiriq va mashqlarni bajaradilar

3.3. Uyga vazifa berish va tushuntirish.

1. Roman voqealariga hamda obrazlarga fikr bildiradilar;

2. Mashq va topshiriqlarni bajaradilar;

3. yozib oladilar.


Fan o’qituvchisi ________________________ Matyakupova Z.


Oybekning “Navoiy” romani

Oybek 1940-yilning boshidayoq “Navoiy” romani ustida ish boshlab, uni 1942-yilning qish oylarida tugatdi. Asar 1944-yilda nashr etildi.

XY asr adabiyot, san’at, fan keng taraqqiy etgan davrda ana shu taraqqiyotning timsoli va natijasi sifatida Alisher Navoiyning buyuk asarlari yaratildi. Navoiy buyuk shoirgina bo’lib qolmay, XY asrning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotiga katta ta’sir o’tkazdi.

Oybekning asosiy maqsadi Navoiyning ulug’ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini yaratishdir. Oybekning talqinicha, Navoiy siymosining ana shu uchala qirrasini o’zaro birlashtirib turadigan “magnit maydoni” uning insonparvarligidir.

Romandagi tarixiy obrazlar: Navoiy, Husayn Boyqaro, Jomiy, Behzod, Nizomulmulk, Majididdin Oybek romaniga to’g’ri tarix sahifasidan kirib kelgan bo’lsa, Asar voqealarini rivojlantirish uchun to’qima obrazlar: Navoiyning shogirdi Sultonmurod, uning do’sti Arslonqul va uning sevgilisi Dildordir.Bular roman voqealarida oddiy xalq vakillari sifatida qatnashib, Navoiyning ulug’ inson, shoir va davlat arbobi sifatidagi obrazini ochishga ko’maklashadi.

Navoiy asar boshlarida do’sti Xo’ja Afzal bilan suhbatda bunday deydi: “Inson barcha maxluqotlarning tojidir. U sharafli, sof, go’zal yashamog’i kerak. Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish qilsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin”.

Iqtisodiy ahvoli og’rlashgan, zakot va soliqlardan qadi bukilgan xalq isyon ko’taradi. Majididdin podsho huzurida xalqni, isyonni tig’ bilan bostirish zarurligini aytadi. Navoiy esa “Masala adolat va haqiqat masalasidir. Haqiqat olomon tarafda. Haq so’zni aytgan og’izlarni tosh bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoqqa ko’tarilgan qo’llarni kesmoq kerak. Zakot yig’moq davlat ishi, lekin bir necha badnafs maxluqlar uchun boylik manbai emas! Zakotni isloh qilish kerak. Xalqning qahri, g’azabi asosli, unga quloq solmoq kerak, shikoyatlarni sabr bilan tinglamoq vazifamizdir”- deydi.

Mavzu yuzasidan savollar:

1. Navoiy obrazini tavsiflab bering. Uning asosiy qirralari qanday ochilgan?

2. Oybek talqinida davlat arbobi qanday bo’lmog’i lozim?

3. Romandagi tarixiy va to’qima obrazlarni sanang. Asarda nima uchun Arslonqul va Dildor kabi to’qima obrazlar berilgan? Siz nima deb o’ylaysiz?



Uyushiq bo’lakli gaplar, ularda tinish belgilarining ishlatilishi

Har bir gap bo’lagi gapda birdan ortiq bo’lishi mumkin. Bunday gaplar uyushiq bo’lakli gaplar deyiladi. Bir xil so’roqqa javob bo’lib, o’zaro teng aloqadi, boshqa bo’laklar bilan tobe aloada bo’ladigan va gapdagi bir bo’lakka bog’lanadigan bo’laklar gapning uyushiq bo’laklari deb ataladi. Bu bo’laklar o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’lanadi.

Gapning har bir bo’lagi uyushib kelishi mumkin. Masalan:

1. ega: Bugun anvar yo ki Sobir navbatchilik qiladi.

2. Kesim; U asta joyiga o’tirdi va gapira boshladi.

3. to’ldiruvchi: Akamga, opamga xabar qildik.

4. aniqlovchi: Salqin va bahavo bog’da dam oldik.

5. hol: Topshiriqni tez , puxta bajardik.

Uyushiq bo’lakli gaplarda so’zlarni jamlovchi umumlashtiruvchi bo’lak bo’lishi mumkin. Mas: Uylar, daraxtlar, ko’chalar – hammasi qorong’ilik qa’riga cho’kkan. Ishga yangi kelganlar: Ahmad, Salim va akbar boshliqning oldiga kirishsin.

Umumlashtiruvchi bo’laklar uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo’yiladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, undan oldin tire qo’yiladi.



Mavzuni mustahkamlovchi mashqlar:

1. Olma va shaftolining hosili mo’l bo’ldi.

2. Shahar va qishloqlarda qurilishlar avjga chiqqan.

3. Yo’l keng va tekis edi.

4. Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so’ri --- hammasi meniki.

5. Mashina sekinladi, ammo to’xtamadi.

6. Qor sovug’i qo’llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa-da, menga juda yoqimli edi.

Uyga vazifa:

1.Oybekning “Navoiy” romanidan parchalar o’qish va mazmunini tushuntirish;



2. Asar matnidan uyushiq bo’lakli gaplarni topib, daftaringizga ko’chirib yozish, qaysi bo’lak uyushib kelganligini tushuntirish.
Download 22,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish