O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan



Download 4,49 Mb.
bet13/94
Sana01.12.2022
Hajmi4,49 Mb.
#876254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
Bog'liq
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘ll

O‘zlashgan qatlam — o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), axta, bahodir (mo‘g‘.), afandi (turk.), ravshan (sug‘d.), traktor, avtobus (r-b.) va b.lar. Bu qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zlashtirishi VIII asrdan boshlanib, IX—X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhirn rol o‘ynagan: a) arablar istilosi; b) islom dinining keng tarqalishi; d) arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi; e) madrasalarda arab tilining o‘qitilishi; turkiy-arab ikki tilliligining (bilingvizmning) tarkib topganligi; g) olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi va b.lar.
Hozirgi o‘zbek tili leksikasida arab tilidan o‘zlashtirilgan leksemalarning ko‘pchiligi ot, sifat va ravish turkumlariga mansubdir: otlar — adabiyot, axborot, avlod, ayol, maktab, maorif ma’naviyat, odam, haqiqat, intizom va b.lar; sifatlar — adabiy, aziz, azim, ayyor, aqliy, badiiy va b.lar; ravishlar — avval, ba’zan kabi.
Bulardan tashqari, bog‘lovchilar (balki, ammo, lekin,va, vaholonki), undovlar (ajabo, barakalla, salom, xayr), modal so‘zlar (albatta, ehtimol, avvalo), yuklamalar (faqat), ko‘makchilar (binoan) ham o‘zlashtirilgan.
Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishi o‘tmishda faol bo‘lgan, hozir esa bu jarayon deyarli to‘xtagan. Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga misol: matbaa, mutolaa, saodat, oila, doir, e’lon, me’mor, ta’lim, e’tibor, san’at,adabiyot, san’at, tabiiy,ilm, muallim, olim, ftkr, tafakkur.
Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zbek tiliga
o‘zlashtirilishida quyidagi omillarning alohida roli bor: a) o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo‘shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi; b) o‘zbek-tojik va tojik-o‘zbek ikki tilliligining (bilingvizmi- ning) keng tarqalganligi; d) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; e) Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi; f) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik va b.lar.
Hozirgi o‘zbek tilida tojik-fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg, baxt, daraxt, daraxtzor, hunar, hunarmand), sifatlar (badjahl, batand, baravar,baxtiyor, ozoda, toza), ravishlar ( do‘stona, tez, bazo‘r, astoydil), bogiovchilar (chunki, yoki, agar, garchi, ham), undovlar (balli, dod), yuklamalar (xo‘sh), modal so‘zlar (chunonchi,binobarin) uchraydi.
Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarga misol: g‘isht, go‘sht, daraxt,do‘st, farzand,nobud, bahor, obodon, peshona kabi.
Tojik-fors tillaridan o‘zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o‘zlashgan: prefikslar — «be-», «ba-», «no-», «ham-», «bar-», «kam-», «xush-»; suffikslar «- kor», «-zor», «-xo‘r», «-parvar», «-kash», «-bop», «-boz», «-do‘z», «-namo», «- paz», «-furush» va b.lar. Masalan:badavlat, beayov, bebosh, beboshlik, nosog‘, noto‘g‘ri, hamkurs, hamyurt, barkamol, kamsuv,kamsuvlik, kamsuqum, kamsuqumlik, xushbichim, xushyoqmas, o‘rikzor, olmazor, bug‘doyzor, bug‘doykor,tekinxo‘r, adolatparvar, chizmakash, somsapaz, yubkabop, kastumbop, gruppaboz kabi. Bulardan tashqari, tojik tilidan o‘zlashgan xona, noma so‘zlari o‘zbek tilida affiksoid vazifasida qo‘llanib, oynoma, ishxona, bosmaxona kabi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan.
Ruscha-baynalmilal so‘zIar — o‘zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa
tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, sujet, geometriya, fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya va b.lar.
Rus tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga ko‘proq quyidagi omillar sabab bo‘lgan: Chor Rossiyasining o‘lkani bosib olishi; b) sho‘rolar davrida rus tilining millatlararo til mavqeyiga ega bo‘lishi, bu mavqening yildan-yilga mustahkamlanib borishi; d) o‘zbek-rus ikki tilliligining tarkib topishi; matbuot, radio, televideniyeda rus tiliga keng o‘rin berilishi; d) maktab- maorif tizimida, oliy o‘quv yurtlarida rus tilining maxsus o‘qitilishi; f) ilm-fan terminologiyasining shakllantirilishida ruscha-baynalmilal atamalarga ko‘proq tayanish; g) ma’muriy-idoraviy ish qog‘ozlarining asosan rus tilida yozilishi va b.lar.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar: kilogramm, litr, millimetr, santimetr, kilometr, sekund, tonna,zavod, fabrika, sex, stanok, teorema, kvadrat,sport, gazeta, transport, mashina, avtomobil, avtobus, poyezd, teatr, spektakl, rejissor, opera, drama,(radio, televizor, lampa, artilleriya, avtomat, tank, raketa, professor, standart, drama,indeks,feodal va medal.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum taqozosi bilan hamda iqtisoddagi va ta’limdagi islohotlar tufayli o‘zbek tili leksikasida yangi ruscha- baynalmilal o‘zlashmalar paydo bo‘ldi: investitsiya, marketing,
minimarket, supermarket, test, reyting, litsey, kollej va boshqalar shular
jumlasidandir.
Topshiriq: Matnni ifodali o‘qing. Uning ommabop xususiyatlarini shakllantiruvchi nutq vositalarini aniqlang.

Download 4,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish