O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan



Download 4,49 Mb.
bet14/94
Sana01.12.2022
Hajmi4,49 Mb.
#876254
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
Bog'liq
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘ll

Sog‘lom turmush tarzi
Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, tartibli ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, ruhiy va ma’naviy oziqlanish, muntazam shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Har birimiz bularni o‘z turmush tarzimizga tadbiq etsak, o‘zimiz istagandek sog‘lom turmush kechiramiz. Ekspertlarning fikricha, tibbiy xizmat sog‘lig‘imizning atigi 8-10 % ini ta’minlar ekan. Sog‘lig‘imizning 20 % irsiy omillarga, yana 20 % atrof-muhitga va 50 % idan ko‘prog‘i turmush tarzimizga, ya’ni o‘zimizga bog‘liq ekan. Shunday ekan biz o‘z sog‘lig‘imizga o‘zimiz ma’suliyatli bo‘lishimiz lozim. Shu sababdan sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor berishimiz kerak:
Harakatli turmush va badantarbiya - har kuni uyqudan turganda badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim. Bu kun davomidagi kayfiyatimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Insonlar harakatdan to‘xtar ekan, uning fikrlash dunyosi ham sayozlashadi. Harakat natijasida biz bir qancha kasalliklarni bartaraf qila olamiz. Tonggi badantarbiya muskullarni chiniqtiradi va tetiklik baxsh etadi.Suv havzalarida suzish asablarni tinchlantiradi.Har kuni uzoq masofaga piyoda yurish qon aylanish sistemasini yaxshilaydi va umrni uzaytiradi.
Shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish - shaxsiy gigena - insonning hayoti va faoliyati sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash yo‘lida asosiy zamin. Shaxsiy gigena tana terisi, og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi, ovqatlanish tartibi, mehnat hamda dam olishni to‘g‘ri rejalashtirish va sport mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Uyni ozoda saqlash va havosini teztez almashtirib turish kerak. Ichimlik suvi va oziq-ovqat manbalarini og‘zi yopiq xolda saqlang. Jamoat joyida turganingizda axlatni maxsus idishlarga tashlang.
To‘g‘ri va ratsional ovqatlanish - sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishda
ovqatlanishga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir inson to‘g‘ri ovqatlanishga odatlansa - bu uning yutug‘i. Avvalo ovqatlanish vaqtini qat'iyan belgilab oling va har doim o‘sha vaqtda ovqatlanishga odatlaning. Nonushtaga yengil va to‘yimliroq, tushlikka esa og‘ir va kechki ovqatga tez xazm bo‘ladigan yengil ovqatlar tanovul qiling. Albatta, ovqatlanishdan oldin qo‘llaringizni yuvishni unutmang, aks xolda turli zararli mikroblarni ovqat orqali oshqozonga kirishiga imkon yaratasiz va oshqozon yarasi, gastirit kabi kasalliklarga sabab bo‘lasiz.
Ruhiy osoyishtalik va muomala madaniyati - insonlarni sog‘lom turmush
kechirishida ruhiy osoyishtalik juda muhim. Har kuni uyquga ketishdan oldin o‘zingizga o‘n daqiqa vaqt ajrating, hayotda sizga muhim bo‘lgan narsalar haqida va hayotingizdagi eng baxtli daqiqalarni o‘ylang, bu asablaringizni tinchlanishida juda katta yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, insonlar o‘rtasidagi xushmuomalalik va ijtimoiy qo‘llabquvvatlashning uzoq va sog‘lom umr ko‘rishdagi o‘rni xuddi jismoniy mashqlar va parhezga amal qilish foydasi bilan teng ekan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish - sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi asosiy omillardan biri - bu atrof-muhitni muhofazasi. O‘zimiz nafas olib turgan muhitni asrashimiz bu bizning vazifamiz. Atrofga, ariqlarga, kanallarga chiqindilarni to‘kmaslik orqali biz o‘z muhitimizni asray olamiz va turmush tarzimizni yaxshilaymiz.
Zararli odatlar dеganda biz odatda, faqat, alkogolli ichimliklarni mе'yoridan oshirib, muttasil istе'mol qilish, tamaki va nosvoy chеkish, giyoxvandlik kabilarni tushunishga o‘rganib qolganmiz. Aslida zararli odatlar tushunchasi birmuncha kеng bo‘lib, o‘z doirasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, organizm extiyojiga qaraganda ko‘proq ovqat еyishga o‘rganib qolish, dangasalik va ishyokmaslik, badjaxllik, axloksizlik, ust-bosh, hovli va uy xonalari iflosligi bilan ko‘nikib yashash, o‘z hayotini jamiyatda qabul qilingan mе'yor va o‘lchamlar asosida tashkil qila bilmasdan, pala-partish o‘tkazish va hеch bir maqsadsiz yashash, madaniyatsizligi va johilligi tufayli vеgеtativ turmush tarzida yashash bilanchеgaralanib qolish kabi odatlarni ham oladi.
Tamaki chеkish va uning zarari haqida. Chеkuvchilik chеkuvchi uchun ham, atrofdagi chеkmovchilar uchun ham katta zarar kеltiradi. Chеkish bilan juda ko‘p kasalliklar uzviy boglangan bo‘lib, insonlarni barvaxt va tasodifan o‘limga olib kеladigan, ularning umrini o‘rtacha 8-15 yilga qisqartirishga sababchi bo‘ladigan omildir. O‘pka raki kasalligi qariyb 90% qollarda chеkish bilan bog‘langan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston bolalar sport jamg‘armasini
tuzish to‘g‘risida»gi farmoni (24 oktyabr 2002 y.) va shu asosda hukumat qarori sportni keng rivojlantirish hamda bu bilan yoshlarning jismoniy barkamolligini ta’minlash, yurtimizning sportdagi shuhratini jahonga keng yoyish kabi eng muhim tadbirlarni amalga oshirishga asos bo‘la oladi.
TESTLAR

  1. Yurtimizda sog‘lom avlod tarbiyasiga har qachongidan ko‘ra ko‘proq e’tibor berilmoqda”, -jumla qaysi uslubda yozilgan?

A. badiiy
B. publitsistik
S. so‘zlashuv
D. ilmiy
2. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari qaysi uslubda yoziladi?
A. So‘zlashuv uslubi
B. Badiiy uslub
S. Publisistik uslub
D. Rasmiy uslub
3. Qaysi uslub bizning his-tuyg‘ularimizga ta'sir ko‘rsatadi?
A. So‘zlashuv uslubi
B. Badiiy uslub
S. Ilmiy uslub
D. Rasmiy uslub
4. Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar, feleton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklorasiyalar qaysi uslubda yoziladi?
A. Publisistik uslubi
B. Badiiy uslub
S. Ilmiy uslub
D. Rasmiy uslub




  1. Download 4,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish