O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi



Download 75,06 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi75,06 Kb.
#583319
Bog'liq
1-mavzu


1-amaliy mashg‘ulot: “O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislikka oid nutq asoslarini shakllantirishsoha tili, soha atamashunosligi, kasbiy matnlarni yaratishni o‘rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra talabalar uchun “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.
Mazkur fan talabalarga muloqot va uning turlari, ish faoliyatida samarali muloqot tashkil qilish yo‘llari, matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Fanning
    • talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish
    • yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash

vazifasi
    • matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish
    • matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish

    • dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish
    • nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini o‘rgatish

Fanning maqsadi
bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxasslikka oid bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanini o‘qitishdan maqsad:
- turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish;
-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish;
- mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо‘lish;
- ilmiy, rasmiy, publitsistik, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish;
- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish;
- aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish;
- nutqning kommunikativ sifatlarini tо‘g`ri qо‘llay olish;
- taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;
- mutaxassisligiga oid mavzularda bog‘lanishli matn tuza olish va bunday matnlarni tarjima qilish;
- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to‘g‘ri o‘qish, ma’nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzishni bilishi va amalda qo‘llay olishi;
- o‘z ixtisosligi bo‘yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish;
- mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.
“O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi” fani boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, fikrini o‘z sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassis tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonni yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fani, avvalo, til fani bilan bog‘liq bo‘lib, ilmiy nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi.
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo‘lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.
Download 75,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish