O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet14/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Umuminsoniy qadriyatlar

Umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq muammolar hozirgi davrga kelib


faylasuflar va tadqiqotchilarning diqqatini jalb etayotgan asosiy mavzulardan
biriga aylanmoqda. Bu ibora hozir ko‘p ishlatilayotgani bilan, uning mazmuni,
tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bo‘lish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar
tizimi, bu tizimdagi asosiy qadriyat shakllarining o‘rni va ahamiyatini ilmiy tahlil
qilish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor kam.

Qadriyat kabi umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga ham xos bo‘lgan kundalik


muloqatlardagi mazmun bilan, falsafiy-aksiologik ma’no o‘rtasidagi farqqa e’tibor
berish lozim. Kundalik hayotda insoniyat ahamiyatiga molik boyliklar, kashfiyotlar,
xususiyatlar jihatlar, jarayonlarning o‘zini umuminsoniy qadriyat sifatida
tushunadilar. Qadriyatlarga bunday ta’rif berilganida, olamdagi umuminsoniy
ahamiyatiga molik son-sanoqsiz narsalar, jihatlar va hokazolarni istagancha sanash
mumkin. Aynan ana shunday uslubiy chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilarni
ta’kidlash lozim: olamda qadriyat, umuminsoniy qadriyat nomi bilan ataladigan
ob’ekt yo‘q, har bir narsaning o‘z nomi, ismi, oti-atamasi bor. Umuminsoniy qadriyat -
jamiyat va odamzod nasli uchn eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatiga ega bo‘lgan
narsalar, hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas, balki
ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy-aksiologik
tushunchadir.

Bizning davrimizga kelib umuminsoniy qadriyatlar jamiyatdagi har qanday


umumiy qadryaitlar tizimining markaziy va asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib
qolganligining sabablari quyidagilardir:

- Er sayyorasining olamdagi hamma kishilar uchun, ularning irqi, millati,
e’tiqodi, toifasi va boshqa tabiiy-tarixiy hamda ijtimoiy belgilaridan qat’iy
nazar, eng umumiy makon vashu bilan birga cheksiz koinotdagi mo‘‘jazgina yulduz
ekanligini tobora yaqqolroq his etila boshlanganligi;


olamdagi ijtimoiy xilma-xillik, siyosiy va mafkuraviy rang-baranglik,
turli xil ehtiyoj, qiziqish, maqsad, intilish, xatti-harakat, faoliyatlarini
taraqqiyot talablariga mos keladigan eng umumiy ma’naviy mezonlarga muhtojlik
sezila boshlanganligi;

33

www.ziyouz.com kutubxonasi



- dahshatli qurollar, yadoro urushi, ekologik bo‘hron va ma’naviy tanazzul kabi
xavflar bilan yuzma-yuz kelish natijasida insoniyatning kelajagi, Er sayyorasi
aholisi umumiy genofondining taqdiri xavf ostida qolganligi, Erda insoniyatnin
hozirgi avlodi mansub bo‘lgan sivilizatsiyani saqlab qolish ehtiyojlari borligi;


kishilarning turli ijtimoiy tuzumlar va davlatlarda yashashidan qat’iy
nazar, hamma joyda eng asosiy maqsad inson, uning tirikligi va mazmunli hayoti
ekanligi, bunday hayotni ta’minlashda butun jahon ahamiyatiga molik universal
texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari, ularni hamma mamlakatlarda qo‘llash
imkoniyatlarinning umumiyligi, bu imkoniyatlarni umumjahon voqeligiga
aylantirish uchun umumsayyoraviy hamkorik zarurligi tobora ko‘proq anglab
olinayotganligi.

Umuminsoniy qadriyatlar kategoryasining mazmunini o‘rganish uchun.avvalo,


«umumisnoniylik» tushunchasining ma’nosini tahlil qilmoq lozim. Bu tushncha
jamiyatning asosiy jihatlari, turli ijtimoiy sifatlar, xususiyatlar va
boshqalarning umuminsoniy xarakterga ega ekanliginii anglatadi.
«Umuminsoniylik» tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo‘lgan
odam zotining hayoti va kaomloti hamda tarixiy, siyosiy va boshqa birliklar
(ijtimoiy sub’ektlar) uchun ahamiyati ham o‘z aksini topadi. SHu bilan birga
umuminsoniylikda umumijtimoiy munosabtalar, ta’lim-tarbiyava ma’naviy-axloqiy
jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tomonlari bilan bog‘liq sifatlar ham aks
etadi. bir so‘z bilan aytganda umuminsoniylik odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezonlar,
ob’ektiv holatlar. Xususiyatlar, shart-sharoitlar va boshqalarni o‘zida aks
ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi.

Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, amaliy faoliyati, Ona-Er sayrasi


farzandlari hayotining eng umumiy sohalariga tegishli bo‘lgan umumjamiyat
miqyosidagi qadriyatlar bor. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat
ahamiyatiga ega bo‘lgan, insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini,
yashashning asosiy yo‘nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini,
odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini o‘zida aks ettiradigan
qadriyatlarning umumiy shakllarini ifodalaydi. Ular jamiyat a’zolarining hammasi
uchun umumiy ahamiyat kasb etadi, insoniyat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar,
kishilarning amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham ana shu
mezonlarga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab baholanadi.

Umuminsoniy qadriyat tushunchasining ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar


va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz hayotini va turmush tarzini umumlashtiradigan
jamiyatdir. Insoniyatning eng umumiy jamoasi bo‘lgan jamiyatgina umuminsoniy
qadriyatlarning yaratuvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar
nihoyatda keng ko‘lamli va serqirra tushuncha. U ozdlik, erkinlik, tinchlik, baxt-saodat
kabi umumijtimoiy ma’no va mazmun kashf etadigan qadriyatlardangina iborat emas.
Uni faqat moddiy va ma’naviy boyliklar sifatida tushunishni ham maqsadga
muvofiq, deb bo‘lmaydi. SHu bilan birga, muayyan milliy, sinfiy yoki boshqa xususiy
qadriyatlar tizimi ham, umuminsoniy qadriyatlar tizimining o‘rnini bosa olmaydi.
Umuminsoniy qadriyatlar va ularning namoyon bo‘lish shakllarini tahlil qilish,
aslida,bu qadriyatlardan iborat tarkibiy qismlari bir-biri bilan dialektik tarzda
bog‘langanumumiy tizimini, uning asosiy zismlari o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq
qilishdir. Bu qadriyatlar, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida yashayotgan kishilar
uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlar tizimini hosil qiladi, boshqa qadriyatlar bilan
uzluksiz aloqada, zaruriy bog‘lanishda namoyon buladi.

Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari nisbiy xususiyatga ega,


amo bu nisbiylik doimo ham ko‘zga tashlanavermaydi. bIzningcha, umuminsoniy

34

www.ziyouz.com kutubxonasi

qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllarini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish
lozim:

- butun insoniyatga xos bo‘lgan tabiiy-tarixiy jihatlar, ya’ni inson
vujudining tirikligi, sihat-salomatligi, ijtimoiy faoliyatga qobilligi, ongi,
bilim, muomala vositasi;


madaniyat, ma’naviyat, fan, din, huquq, siyosat, mafkura va ijtimoiy
ongning boshqa shakllari biln bog‘liq yutuqlar, kashfiyotlar. YAratilgan boyliklar,
ta’lim-tarbiya va ma’anviy kamoltning yo‘nalishlari, usullari, vositalari;


insoniyat rivojining hozirgi davri bilan bog‘liq mintaqlar, ijtimoiy
tuzumlar, davlatlar oldida turgan va butun jahon ahamiyatiga molik eng umumiy
olamshumul muammolar, dolzarb vazifalar,kelajakning istiqbollari;


sayyoramiz hududlari, davlatlari va ijtimoiy tuzumlaridan qat’iy nazar,
hamma uchun umumiy foydalanish imkonini beradigan universal texnologiyalar, ishlab
chiqarish, boshqarishni tashkil qilish, kosmonavtika, EHM, kibernetika va boshqa
yo‘nalishlardagi umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayonlar.

Tarixiy rivojlanish jarayonida (ob’ektiv tarzda), jamiyat va kishilarning


talab va ehtiyojlari natijasida (sub’ektiv tarzda) umuminsoniy qadriyat
shakllaridan goh biri, goh boshqasi umumiy tizimning markaziga, hayotning oldingi
pog‘onasia chiqib oladi: yurtda dushmanlar hukmronlik qilganida - ozodlik, diktatura
davrida - erkinlik, Vatan mustaqilligiga xavf tug‘ilganida - vatanparvarlik,
milliy o‘zlikni anglash va milliy uyg‘onish davrida - tarixiy va madaniy merosni
o‘rganishga intilish, urush sharoitida tinchlik va barqarorlikka ehtiyoj kuchayib
boradi. SHu tariqa ijtimoiy jarayonlar rivojida umuminsoniy qadriyatning ma’lum
bir shaklining dolzarbligi, boshqasining zarurligini bir qadar xiralashtirganday,
ularning ayrimlari ideal qadriyatlarga yaqinlashganday, boshqalari esa ulardan
uzoqlashganday bo‘lib tuyuladi.

Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari orasida o‘z ahamiyatini,


ijobiylik hamda foydalilik xususiyatlarini doimo saqlab qoladiganlari ham bor:
inson vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, insonning umri va hayoti, sihat-
salomatligi, ijtimoiy faoliyati va munosabatlari, mehnati, bilim, muomalasi va
boshqalar. Bu qadriyatlar inson va jamiyat bor ekan o‘zining ijtimoiy ahamiyatini
saqlab qoladi, ularning qarama-qarshisi bo‘lgan o‘lim, kasallik, ma’nosiz hayot
kechirish. Bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir.
Tiriklik bor ekan o‘lim, borliq eng buyuk ma’vo ekan -yo‘qlik, inson tirik jonzod
ekan - kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr ekan - ma’nosiz qo‘yilgan
ba’zi qadamlar. YAshashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan -
bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan - tanazzul va boshqalar insoniyatni doimo
ta’qib qiladi. YUqoridagi ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari
bo‘lgan jihatlarga nisbtan umuminsoniy talablarga to‘la-to‘kis javob beradigan,
yoppasiga hayotidan mamnun, soh-salomat. Oliy darajadagi bilim va qobiliyat egasi
bo‘lgan, ularga hamma imkoniyatlar yaratilgan zamonni topish qiyin. Bunday zamon
azal-azaldan orzu va umuminsoniy maqsad bo‘lib qolmoqda.

Umuminsoniy qadriyatlarning eng oliy shakllari ideal-qadriyatlar sifatida


qaraladi. Jamiyat tarixining hamma davrdarida odamlar ana shu ideal-qadriyatlarga
intilib, ularga erishishni orzu qilib yashaydilar. Kundalik hayotda va ilmiy
adabiyotlarda eng oliy ideal-qadriyatlarga nisbatan bir qator ibora va tushunchalar
keng qo‘llanadi: ma’naviy va axloqiy poklikning umumiy belgisi - yaxshilik; nafosat
belgisi - go‘zallik; bilimlarimiz va fan yutuqlarining amaliyotga mosligi - haqiqat,
inson huquqlarining oliy ifodalari - erkinlik va tenglik; siyosatning to‘g‘riligi -
adolat, odamlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar - do‘stlik; eng hokisor va beg‘araz
tuyg‘ular asosidagi qalblarning bog‘langanligi – muhabbat, orzu-umidlarga

35

www.ziyouz.com kutubxonasi

erishganlik- baxt-saodat, o‘z yurtini sevmoqlik va ardoqlash -vatanparvarlik va
hokazo. Ushbu ideal-qadriyatlar va ularga nisbatan teskari ma’noni anglatadigan
yomonlik, xunuklik, yolg‘on, erksizlik, tengsizlik, adolatsizlik, dushmanslik, nafrat,
xiyonat va boshqalar hayotda muayyan tarzda namoyon bo‘ladi.

Kundalik hayotda va tarixiy taraqqiyotda umuminsoniy qadriyatlarni barqaoro


qilish yo‘llari. Usullari va manfaatlarini bu boradagi maqsadlar bilan
ayniylashtirish hollari ham uchraydi. Ushbu holat siyosatda va ijtmoiy-siyosiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bunda uch asosiy
jihatga e’tibor berish lozim:


  1. Download 0,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish