O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet2/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Mas’ul muxarrirlar f.f.d. X. SHayxova,

f.f.n. A. O‘tamurodov.

Taqrizchilar t.f.d. A. Hasanov,

f.f.n. F. Musaev,
f.f.n. X. To‘xtaev.


© O‘zbekiston Milliy universiteti, 2004 yil

© O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2004 yil

2

www.ziyouz.com kutubxonasi



MUQADDIMA

Odamzod naslining hozirgi avlodi, milodning XX asri bilan vidolashib,


uchinchi ming yillikni kutib oldi. Insoniyat foydadan ko‘ra qadrni, qiymatdan ko‘ra
qadriyatni ustivor biladigan zamonlar yaqinlashib kelmoqda. Qadr va qadriyat
to‘g‘risidagi fan aksiologiya, ya’ni qadriyatshunos-likning foyda va qiymat
to‘g‘risidagi iqtisodiyot fanlari kabi ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan davr ham
unchalik uzoq emas. Agar odam zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab foyda,
qiymat va qo‘shimcha qiymatdan ko‘ra qadriyatni ustivor bilganida, Er yuzining
manzarasi butunlay boshqacha bo‘lgan, insoniyatni esa ekologik bo‘hronlar, urush xavfi
va ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolar kutib turmagan bo‘lar edi!

Foyda va qiymat, so‘ngra esa qo‘shimcha qiymat va kapital inson hayotining barcha
jabhalarida ustivor tushunchalarga aylanishi uchun odamzot naslining ne-ne
avlodlari olamga kelib ketmadi deysiz. Bugungi kunga kelib, insoniyat yana koinot,
olam, bashariyat, tabiat va odamzot naslining uyg‘unligini saqlab qolish uchun qadr va
qadriyat ham zarurroq ekanligini asta-sekin anglay boshladi.

Qadriyatlar falsafasining tarixi uzoq bo‘lsada, bu to‘g‘ridagi fan-aksiologiya


o‘tgan asrning o‘rtalarida shakllandi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga o‘tgan
asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapi
tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to‘g‘risidagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qadriyatshunoslik, deb atash mumkin. har bir fanga o‘z nomini bergan asosiy
tushunchalar bo‘lgani kabi qadriyat tushunchasi ham qadriyatshunoslik atamasi uchun
shunday asos rolini bajaradi. G‘arbda bu atama grekcha «axio» (qadriyat) va «Iogos»
(fan, ta’limot) tushunchalariga asoslanadi.

Har qanday fanni ilmiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ana shu
fanga xos mavzular, funksiyalar, tushunchalar, qonunlar, kategoriyalar borligini ham
e’tirof etishni zaruriyatga aylantiradi. Aksiologiyani ijtimoiy-falsafiy
bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ham bundan istisno emas. Unda ham bu
sohadagi fanlarga xos bo‘lgan hamma xususiyatlarni kuzatish mumkin.

Qadriyatshunoslik aksiologik ong, qadrlash tuyg‘usi, aksiologik bilish,


qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to‘plangan qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar
sistemasidir. To‘g‘ri, bu bilimlar hozirgacha bizning mamlakatimizda, muayyan fan
darajasiga etgan ilmiy sistema sifatida, yaxlit holatda bayon qilinmagan, ular
asosida maxsus qo‘llanma yoki darsliklar chop etilmagan. Ammo bu masalaning
mohiyatini o‘zgartirmaydi. Qolaversa, «Madaniyatshunoslik», «Siyosatshunoslik» kabi
bilim sohalarining maxsus fanlar sifatida e’tirof etilganiga va ularning
mamlakatimizdagi ijtimoiy fanlar sistemasida o‘z o‘rniga ega bo‘lganiga ham ko‘p
bo‘lgani yo‘q. Aksiologiya iborasi hozir ko‘pchilikka tanish bo‘lib qoldi, bu sohadagi
bilimlar besh-olti yil ilgarigiga qaraganda ancha ko‘paydi.

Olimlar va mutaxassislar orasida qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlarga


nisbatan turli xil munosabatni kuzatish mumkin. Bu munosabat shu sohada
qo‘llaniladigan atamalarda ham namoyon bo‘lmoqda. «Aksiologiya», «qadriyatshunoslik»,
«qadriyatlar falsafasi», «qadriyatlar nazariyasi» kabi atamalarda xilma-xil ma’no va
mazmun ifodalanadi. Masalan, «aksiologiya» va «qadriyatshunoslik» atamalari muayyan
fan sohasi yoki bilimlar sistemasini ifodalaydi, «qadriyatlar falsafasi» esa, qadr
va qadriyatlar bilan bog‘liq falsafiy yo‘nalishni anglatadi, ammo bunda alohida fan
sohasi to‘g‘risida gap bormaydi. «Qadriyatlar nazariyasi» ko‘proq sobiq ittifoq
davrida ishlatiladigan atama bo‘lib, u qadriyatlar sohasidagi bilimlarni
falsafaning nihoyatda mo‘‘jaz qismi sifatida e’tirof etishni anglatar edi. Bunda
aksiologiya atamasi kichik nazariya sifatida qaralar, ko‘proq burjua fani sifatida
tanqid qilinar edi.

3

www.ziyouz.com kutubxonasi

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, u yoki bu fan sohasi haqida fikr
yuritilganida, uning vujudga kelishida qaysi mamlakat yoki hudud muhim rol
o‘ynaganligi, yoxud fanning nomi g‘alatiroq eshitilishi asosiy mezon sifatida
qaralmasligi lozim. Gap fanning dastlab qaerda paydo bo‘lganligi, uning nomini kim
birinchi bo‘lib ishlatganligi yoki muayyan mamlakatda shu sohada ilk bora kimning
tadqiqotlar olib borganligi to‘g‘risida emas. Balki masala ana shu fanning ahamiyati,
zamona talablariga javob berishi, davrning muammolarini echishda biror-bir sohada
qo‘l kelishi, jamiyatga foydasi tegishi mumkinligi to‘g‘risidadir. Aksiologiyaning
jamiyatimizda qadriyatlarni qayta baholash jarayoni borayotgan hozirgi davrning
qonuniyatlarini tushunib olishdagi ahamiyati to‘g‘risida ham ana shunday deyish
mumkin.

Biror fanning jamoatchilik tomonidan bilimlarning maxsus sohasi sifatida


e’tirof etilishi bir-ikki filda bo‘ladigan ish emas, balki uzoq davom etadigan
jarayondir. U avvalo ilmning shu sohasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning
izlanishlari va tadqiqotlarida namoyon bo‘ladi. So‘ngra ushbu sohaga oid bilimlar
to‘planadi, sayqallanadi, ular asta-sekin keng jamoatchilik orasiga kirib boradi.
Qadriyatshunoslik ham ana shunday holatni boshidan kechirmoqda. hozircha bizning
adabiyotimizda qadriyat, uning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga ko‘proq e’tibor
berilmoqda, mavzuning o‘zi esa falsafaning muhim masalasi sifatida qaralmoqda.

Sobiq ittifoqda bu fanga nisbatan munosabat va uning taqdiri quyidagicha


bo‘ldi:

  1. Aksiologiya, avval boshdanoq, I.Stalinning ko‘rsatmasiga binoan,
    ta’qiqlangan edi, buning oqibatida esa sobiq SSSRda 1960-yillargacha aksiologik
    tadqiqotlar olib borilmadi.



  2. Download 0,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish