O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti


Aksiologik ong va qadriyatli dunyoqarash



Download 0,91 Mb.
bet8/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Aksiologik ong va qadriyatli dunyoqarash

Olam cheksiz, ko‘p qirrali, uni insoniy o‘zlashtirish, anglash, unga munosabat


bildirish ham xilma-ix. Bu xilma-xillik olamga qadriyatli munosabat, qadriyatli
yondashuv va aksiologik ongni ham o‘zida aks ettiradi. Aksiologik ong - qadriyatlarni
anglash jarayonida vujudga keladigan, qadrlash tuyg‘usi, aksiologik tushuncha,
xulosalarni ifodalaydigan va aks ettiradigan ijtimoiy ong shaklidir. Unda
qadriyatlar, ularning mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari, ahamiyati va
xususiyatlari o‘z aksini topadi. Ijtimoiy fanlarda, siyosiy ong, ekologik ong, estetik
ong kabi iboralarga ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ilmiy tushunchalar
sifatida qaraladi. Ammo aksiologik ong iborasi ko‘pchilikka notanish, uning
mazmuni to‘g‘risida fikr mulohazalar nihoyatda kam.

Aksilogik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli bo‘lib, olam, voqelik va hayotni
qadrlash tuyg‘usi asosida o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Unga asoslangan munosabat,
yondashuv, amaliyot va faoliyatlar ham boshqalardan farq qiladi. Masalan, huquq
kishilarning huquqiy munosabatlari va bu boradagi faoliyatini aks ettiradi.
Huquqiy talablar va normalar esa qonun yoki qoidalarga aylangan, muayyan
hujjatlarda aks ettirilgan bo‘ladi. Ularga rioya qilish ko‘p hollarda majburiy bo‘lib
hisoblanadi, bu borada bir qator idora va tashkilotlar ish olib boradilar. Axloq,
estetika va aksiologiya esa huquqdan farq qiladi. Ular bilan bog‘liq qoida va
talablarni hayotga joriy etadigan maxsus tashkilot va idoralar yo‘q hisobi. Ushbu
qoida va talablar esa ko‘p hollarda jamoatchilik fikri, faoliyat va yashashning
ma’naviy mezonlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning foyda yoki ziyonini

20

www.ziyouz.com kutubxonasi

aniqlashning aniq o‘lchami yo‘q. Bu, ayniqsa, qadrlash tuyg‘usi, qadrni anglash hissi va
aksiologik ongning boshqa jihatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Insonda olam, tabiat, jamiyat va o‘zga odamlarni, hayot, umr va boshqalarni


qadrlash tuyg‘usi bor. Bu tuyg‘u ularning qadrini anglab olish, qadriyatni idrok
qilish, uning ahamiyatini his qilish kabi insoniy xususiyatlar bilan uyg‘unlashib
ketgan. Odam zoti olam hodisalariga nafaqat baho beradi, balki ularga qadr va
qadrlash nuqtai nazaridan ham qaraydi. Insoniy qadrlash tuyg‘usi kishining narsa-
hodisalarni oddiy baholashidangina iborat emas, balki qadriyatli yondashuv asosida
shakllanadigan serqirra ma’naviy xususiyatdir. SHu ma’noda, u inson zotining eng
botiniy ma’naviy xislatlaridan biridir.

Qadriyatlarga va qadrlash tuyg‘usiga asoslangan aksiologik qarashlar ilmiy


jihatdan asoslangan, nazariy tahlil qilingan, muayyan prinsip asosida to‘plangan
bilimlar sistemasini ifodalaydi. Ular qadriyatlar sohasida olib borilgan
tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, bu boradagi nazariyalar, kitob va risolalarda o‘z
aksini topadi. Tugallangan, ozmi-ko‘pmi mukammal, izchil bayon qilingan va qadriyatlar
to‘g‘risidagi sistemaga ega bo‘lgan aksiologik qarashlar majmuasi - qadriyatlar
nazariyasi, deb yuritiladi. Aksiologik qarashlar tarixida qadriyatlar, ularning
shakllari va amal qilish xususiyatlari to‘g‘risida bir qator nazariya va aksiologik
konsepsiyalarni uchratish mumkin.

Aksiologik ong o‘z navbatida, aksiologik hissiyot, aksiologik idrok, qadrlash


tuyg‘usi, aksiologik kechinmalar, qadriyat mazmunini ifodalaydigan tushuncha, xulosa
va tafakkur bilan uzviy bog‘liqdir. Kimdadir aksiologik idrok va qadrlash tuyg‘usi
boshqalardan ko‘ra kuchliroq namoyon bo‘lishi, uning qalbida qadrlash tuyg‘usi bilan
bog‘liq hissiyot ko‘proq g‘alayon qilishi mumkin. Bunday kishida muayyan qadriyatni
qadrlash bilan bog‘liq mas’uliyat va unga asoslangan faoliyat ham boshqalarga
qaraganda yaqqolroq ko‘zga tashlanib turishi tabiiy.

Aksiologik bilishda qadrlash tuyg‘usi va aksiologik idrok muhim ahamiyat kasb
etadi. Qadrlash tuyg‘usi aksiologik ongning eng asosiy komonentlaridan biridir. U
tabiiy va ijtimoiy hodisalarning qadrini anglash, zavq olish, lazzatlanish,
mas’uliyat hissini sezish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Olam va odam o‘z ahamiyati
bilan qadrlidir. Olamdagi voqe narsalar, hodisa va jarayonlar odamlar uchun qadrlash
tuyg‘usini uyg‘otuvchi asosdir. SHu ma’noda ob’ektiv voqelikka, uning namoyon bo‘lish
shakllari va k q rinishlariga bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lmagan qadrlash tuyg‘usi
va uning mutla sub’ektiv xususiyat ekanligini e’tirof etish qiyin. Zero qadrlash
uchun qadrlanadigan «nimadir», ya’ni moddiylik yoki ma’naviylik bo‘lmog‘i, qadrlash
tuyg‘usini uyg‘otish uchun esa, ana shu tuyg‘uni vujudga kelishi uchun sabab bo‘ladigan
«ob’ekt» bo‘lmog‘i lozim. SHu ma’noda, olam, odam va hayot, deb atalmish serqirra
ma’volar qadrlash tuyg‘usini shakllantiradigan asosiy mezonlardir.

Aksiologik dunyoqarash - ijtimoiy dunyoqarashning o‘ziga xos tarkibiy


qismlaridan biri sifatida, kishilarning voqelikka qadriyatli munosabati va
faoliyatining yo‘nalishini belgilaydigan aksiologik qarashlar, prinsiplar va
maslaklarning majmuasidir. Dunyoqarashning aksiologik shakli qadriyatli yondashuv,
aksiologik munosabat, aksiologik baholash kabilarni qamrab oladi. Umumiy
dunyoqarash sistemasiga aksiologik dunyoqarash elementlari qo‘shilishi bilan
ijtimoiy sub’ektlarning voqelikka munosabatida qadrlash tuyg‘usi, qadriyatli
munosabat va aksiologik baho yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bunda aksiologik
prinsiplar kishilarning voqelikka munosabatlarini, bir-birlariga nisbatan o‘zaro
aloqalarini tartibga soluvchi ma’naviy mezonlar sifatida namoyon bo‘ladi. Ular
kishilarning faoliyatlarini amalga oshirishdagi manfaat va maqsadlarida ham ko‘zga
tashlanadi.

21

www.ziyouz.com kutubxonasi

Biror bir yo‘nalishga qaratilgan qadrlash tuyg‘usi va bu asosdagi bilimlar,
intilish, maqsad hamda manfaatlar kishilarning amaliy faoliyati uchun ma’naviy
boshqaruvchanlik (regulyatorlik) vazifasini ham bajaradi. Albatta bunda qadriyatlar
bilan bog‘liq omillardan tashqari boshqa sabablar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo kishilarni birlashtirib, muayyan maqsadga intilishdagi umumiy faoliyatda
omilkor bo‘lishni ta’minlaydigan omillar orasida qadriyatlar omili etakchi o‘rinni
egallashi mumkin. Masalan, hozirgi davrda O‘zbekistonning mustaqilligi hamda uni
yanada mustahkamlash vazifalari jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash,
demokratik tamoyillarga asoslangan hayot tarzini shakllantirish jarayonlarida
qadriyatlar omili katta ahamiyat kasb etmoqda.

Olamga qadriyatli munosabat shakllanishi har bir kishining etuk inson


sifatida voyaga etishi jarayonining tarkibiy qismidir. Kishi kamolot sari borar ekan
o‘zi, o‘zgalar, tashqi muhit, olam,, umr, vaqt, davr va boshqalarning haqiqiy qadrini
anglash tomon boraveradi. Bu foniy dunyoning o‘tkinchiligi, umrning mazmuni,
yashashning maqsadi, olamning abadiyligi qarshisidagi lahzalar qadriga etishni
o‘rgana boradi. Bu esa mazkur kishida aksiologik munosabat shakllanishining shaxsiy
jarayonini anglatadi. Aksiologik munosabat faqat yakka, alohida shaxsgagina tegishli
hodisa emas. Balki u ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyatga ham tegishli
bo‘lishi mumkin. Ushbu ma’noda aksiologik yondashuv va qadriyatli munosabatning
individual va ijtimoiy namoyon bo‘lish darajalarini, alohida, xususiy va umumiy
shakllarini ko‘rsatish mumkin. Bu borada quyidagi misolga murojaat qilaylik. Sobiq
ittifoq miqyosidagi g‘ayriaksiologik yondashuvga ko‘ra Markaziy Osiyo xom ashyo etkazib
beradigan xudud sifatidagi ahamiyatini saqlab qolaverdi. Unga ana shunday yondashuv
sobiq SSSR hayotining so‘nggi davrlarigacha davom etdi. Amu va Sirdaryolariga
solingan to‘g‘onlar, qurilgan kanallar, cho‘llarning o‘zlashtirilishida Ona-
Vatanimizning tabiatini qadrlash, uning kelajagini o‘ylash hissini topa olmaysiz.
Aynan g‘ayriaksiologik munosabat Orolning asta-sekin yo‘qolib borishiga, Markaziy
Osiyoning «sho‘r yuvgichlari» bo‘lgan Amu va Sirdaryolarning sho‘r tuzlarni dengizga
emas, balki ona-zaminimiz hududiga quyishi oqibatida misli ko‘rilmagan ekologik
halokat sodir bo‘lishiga, Orol fojiasiga olib kelgan asosiy sabablardan biridir.
To‘g‘ri, o‘sha asrimizning o‘rtalaridan boshlab qurilgan kanallaru suv omborlari
qanchalar foyda keltirgandir. Ammo ular Orolning qadrini bosa olarmikin? Ular
yana Orolni qayta to‘lg‘izish va ro‘y berayotgan ekologik halokatning oqibatlarini
tugatishga etarmikin? Yo‘q! Ko‘hna va navqiron tarix soxta qadriyatlarni ustivor
bilishga asoslangan g‘ayriaksiologik yondashuvning bu kabi fojeaviy misollariga ko‘p
bora guvoh bo‘lgan. Ana shu misollar butun insoniyat, qolaversa mintaqamiz aholisida
to‘g‘ri aksiologik yondashuvni, azaliy umuminsoniy ma’volarni qadrlash tuyg‘usiga
asoslangan qadriyatli munosabatni shakllantirishga undaydigan ibratli hodisalar
yanglig‘ kishini hushyorlikka undaydi. Ijtimoiy hushyorlik, ma’naviy mas’uliyat
qadrlash tuyg‘usining to‘g‘ri shakllanganligini, olamga qadriyatli munosabatning to‘g‘ri
vujudga keltirilganligini ifodalaydi.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish