O‘zbekiston respubikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport



Download 0,62 Mb.
bet16/33
Sana19.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#564181
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
mumtoz solihov BMI 2022-yil yangi taxriri 1997

1.2.Oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport.
Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanining mashg'ulot- darslari va sport to‘garaklari talabalarni insonparvarlik ruhida, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos ravishda tayyorlashda ijtimoiy fanlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. U har bir talabaning o‘z kasbini egallashga jismonan tayyorlanishiga, shaxs sifatida shakllanishida muhim bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga u sog‘liqni mustahkamlash omili bo‘lib talabaning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy tarbiya oliy o‘quv muassasalari dasturiga fan sifatida 1928- yilda kiritilgan. Ungacha mutaxassislar qisqa 3- oylik kurslarda tayyorlangan.
1921- yilda Farg‘ona va Toshkent shaharlarida jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlashni ko‘zda tutib, 3- oylik kurslar ochilgan, shu yili bu kurslarni 60 kishi tugatdi.
1926- yilda jismoniy tarbiya yo‘riqchilarini (instrukti tayyorlaydigan 3- oylik kurslar ochilib, o‘sha yilning o‘zida ularni 30
kishi bitirib chiqdi.
1929- yilning noyabr oyida o ‘rta osiyoda xalq xo‘jaligini tez yuksaltirish va bu o‘lkada mutaxassislar kamligini hisobga olib, mamlakatning sharqida birinchi Oliy texnika o‘quv muassasasi, o ‘rta osiyo paxtachilik irrigatsiya-politexnika instituti, hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti tashkil etildi.
1933- yilda jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlash uchun Samarqand shahrida bir yillik kurs ochildi.
1935- yilda Yo‘ldosh Oxunboboyevning farmoniga muvofiq birinchi jismoniy tarbiya texnikumi ochilib, shu yili bu o‘quv maskaniga 100 kishi qabul qilindi.
1949- yilda Toshkent Davlat muallimlar tayorlash instit qoshida birinchi marta oliy malakali jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash bo‘limi ochildi.
1954- yilda Farg‘ona, Nukus va Andijon Davlat muallimlar oliygohida jismoniy tarbiya fakultetlari faoliyat ko‘rsata boshladi.
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonda 64 ta oliy o'quv muassasi bo‘lib, shu jumladan, 20 ta universitet, 44 ta institut, 800 taga yaqin o‘rta maxsus o‘quv muassasalari bo‘lib, ularning hammasida jismoniy tarbiya kafedrasi ishlab turganini qayd etish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport talabalarning kun tartibidan muhim o‘rin olgan, o‘quv muassasalarida va talabalar turar joylarida sport to‘garaklari ishlab turibdi. To‘garaklarni yuqori malakali jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport ustozlari boshqarib borishadi. Bu o'quv muassasalarida talaba va o‘quvchilar, o‘qituvchi va sport ustozlari boshchiligida jismoniy tarbiyi va sport bilan amaliy shug‘ullanishdan tashqari ilmiy izlanish ishlarini ham olib borishadi.
A.Normuradov, l.Morgunova va Ye.Suxovalar tomonidan ToshDShI talabalari bilan olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, reyting-sinovlari topshirish (semestr) davrida talabalar organizmning funksional holati susayarkan, bu holatni tez va jadal tiklash uchun jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari katta yordam berishini ko'rdik (6-jadval). Oliy o‘quv muassasalarida talabalar bilan semestr paytida ko‘pincha jismoniy tarbiya mashg‘ulotida o‘tkazilmaydi. Buning asosiy sababi ilmiy asoslangan tavsiyanoma yo‘qligidir.
Biz tomondan olib borilgan ilmiy izlanishlar davomida uch guruh talabalar nazorat qilindi: 1- guruh kun tartibi rejasiz, erkin yashagan talabalar bo‘lib, bunda faol jismoniy mashqlar belgilari kuzatilmadi; 2- guruhda jismoniy tarbiya mashqlari kun tartibi faoliyat; yaxshi rejalashtirilib, ammo uyqu, ovqatlanish, darsga (reyting- testlarga) tayyorlanish va ochiq havoda
bo ‘lish yaxshi qo‘yilmagan. 3- guruh talabalarining kun tartibi esa yuqori darajada rejalashtirilib, semestr davomida ham buzilmagan. 6-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, aqliy faoliyatni jismoniy mashqlar ta’sirida nisbiy o‘zgargani to‘g‘risidagi ma’lumotlar natijasi mazkur muammoni chuqurroq o‘rganishni taqozo qiladi. 3- guruh talabalarining ish qobiliyati gradienti reyting-testlari topshirish ta’sirida susaygani ko‘rinib turibdi. Talabalarning harakat faolligi yuqori saviyada tashkil qilinib, agar kun tartibi, yashash sharoiti, sog‘lom turmush tarzi bilan o‘zaro bog‘lanmasa, semestrlardan so‘ng aqliy mehnat qobiliyati tez tiklanmas ekan.
«Jismoniy tarbiya va sport dasturi» mustaqillik yillari davrida ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida qaytadan ishlab chiqilmoqda. Ular asosan o‘z yo‘nalishlari (iqtisodiy, tibbiyot, texnika, madaniyat pedagogika va h.k.) bo‘yicha dasturlarga o‘zgartirishlar kiritmoqda.
2016 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan «Jismoniy tarbiya va sport» dasturi rus tilida) ko‘p sohalarga namuna sifatida xizmat qila oladi. Undagi nazariy bilimlar bo‘limdagi ma’ruzalarning mavzularini keltirish mumkin, ya’ni:
1-bosqich.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport;
jismoniy tarbiya-oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoni sifatida; jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslari;
sog‘lom turmush tarzining asoslari.
Mazkur mavzulardagn nazariy bilimlar va zarur tushunchalarga ega bo‘lishga o‘zi talabalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga qiziqishlarini ortirishga yo‘layli. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sportning tarix, pedagogika, biologiya, sotsiologiya va b.q. fanlar bilan bevosita aloqadorligiga talabalar ishonch hosil qiladilar.
2-bosqich:
harakat faolligi va mehnat qobiliyatlarining tartibi (rejimi); jismoniy va sport tayorgarliklarning asoslari
mehnatni ilmiy tashkil qilishda jismoniy tarbiya;
kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik.
Bu mavzular ham talabalarni jismoniy tayyorlash, ayniqsa ularni o‘z kasblariga amaliy kasbiy jihatdan yo‘naltirishda jismoniy tarbiya va sportning mohiyatini e’tirof etishga da’vat etadi.
3-bosqichning birinchi yarmida «Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy ahamiyatlari» ma’ruza eshitish tavsiya etiladi. 3 bosqichda jismoniy tarbiya darslari o‘tilmaydigan oliy o‘quv yurtlarida bu mavzuni 2 bosqichning so‘ngida tashkil qilish lozim bo‘ladi. Chunki, jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlari jismoniy madaniyatning asosi sifatida xalq ommasiga chuqur singib bormoqda. Ularning ta’lim-tarbiya, sog‘lomlashtirish, jismoniy jihatdan barkamol qilib etishtirishdagi o‘rni, ayniqsa sport orqali O‘zbekistonning shuhratini butun jahonga tanishtirishdagi ahamiyatlarini bilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Dastur tarkibida gimnastika, engil atletika, suzish, sport o‘yinlari, tanlangan sport turlari. amaliy kasb-xunar jismoniy tarbiya kabilar o‘rin olgan. Bu turlarning mazmunida juda ko‘p atamalar, iboralar, nomlar mujassamlashgan. Ularni amaliy jihatdan yaxshi o‘zlashtirishda mazmun va qoidalarga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Tushunish qiyin bo‘lgan iboralarni mustaqil ravishda maxsus adabiyotlarni topib o‘qish, foydalanish lozim (ro‘yxatga qarang). Shuningdek, sport seksiyalarida shug‘ullanuvchilar, ayniqsa o‘qituvchi-murabbiylar bilan yaqin muloqotda bo‘lish zarur. Har kungi teleko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar, ayniqsa «Sport», O‘zbekiston futboli», «Turon», «Ma’rifat» kabi ommaviy axborot vositalarini o‘qib borish zarur. Shu asosda jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlarining mazmun hamda maqsadlarini chuqur o‘rganish, ayniqsa jismoniy jihatdan chiniqishga erishish mumkin bo‘ladi.


Xulosa tariqasida aytish lozimki, o‘quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy tarbiya darslaridagi nazariy bilim asoslari amaliy tayyorgarlik yo‘nalishlarini mustaxkamlashda yakka tartibda va o‘rtoqlari bilan hamkorlikda adabiyot manbalarini mutoala qilish hamda bevosita sport turlari bilan shug‘ullanish jarayonlarida o‘zlarining jismoniy barkamolligini oshirib borishlari lozim.
Ishlab chiqarish mehnat jamoalari, dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, oromgohlari hamda markazlardagi kishilar "jismoniy tarbiya va sport sohasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda mutaxassislarga murojaat qilish, ommaviy adabiyotlar, turli qo‘llanma-lardan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish