O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
 
 
 
 
Professor H.B.Boboyev
Yuridik fanlar doktori H.T.Odilqoriyev
 



I bob. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI - UMUMNAZARIY FAN SIFATIDA 
 
1-§. Davlat va huquq nazariyasining o’ziga xos xususiyatlari 
Bugun ro’y berayotgan o’zgarishlar bizni ko’pchilik tushunchalar, atamalarni 
qaytadan idrok yetish va hatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug’ullanishga undaydi. 
Boshqacha bo’lishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq Ittifoq 
sharoitida ma’muriy-buyruqbozlik tizimining g’oyaviy asosi va oqlovchisi vazifasini 
bajarganligi sababli u albatta, qayta idrok etilishga muhtoj. Bundan tashqari, bugungi 
jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar, davlat va huquq tushunchasi, ularning mohiyati, 
tasnifi, vazifalarini yangicha talqinda tubdan qayta ko’rib chiqishni zamon taqozo etmoqda. 
Bu - tabiiy hol. 
Davlat va huquq nazariyasi faniga bolsheviklarcha yondashuv, kommunistik mafkura 
talablari asosida munosabatda bo’lish shunisi bilan farq qilardiki, bilimning bu sohasida 
insoniyat to’plagan boyliklarning ko’p qismi hamda respublikamizda, xorijiy mamlakatlarda 
saqlanib, yig’ilib kelgan davlat-huquq tafakkuri durdonalari marksizm-leninizm qoidalariga 
mos kelmagan taqdirda, e’tibordan batamom chetda qolib kyetardi. 
Shuni ta’kidlash joizki, huquq sohasida, ayniqsa uning «yuridik texnologiyasi» 
haqida gap ketganda, uning ko’pgina nazariy qoidalarini bugun ham ma’lum jihatdan 
qo’llanish mumkin bo’lsada, ammo davlatshunoslik fani sohasida ahvol anchagina 
achinarlidir. Prezidentimiz Islom Karimov haqqoniy ta’riflab berginidek, O’zbekiston (sobiq 
Ittifoqning boshqa respublikalari qatori) amalda o’z davlatchiligiga ega bo’lmasada, hamma 
yyerda «kapitalizmning mashaqqatli bosqichini chetlab, sotsializmga o’tginimiz» haqida jar 
solingan bir sharoitda boshqacha bo’lmasdi ham. Amalda esa, jamiyatimiz uning dahshatli 
bir ko’rinishidan iborat edi... Boz ustiga nokapitalistik taraqqiyot yo’liga o’tgan 
mamlakatlarni taklif etib, bizning tajribamiz asosida ularni ham kapitalizmdan «sakrab» 
o’tishga o’rgatmoqchi bo’lishardi. 
Halokatga eltuvchi, oldingisidan kelib chiqadigan yoki hech bo’lmaganda, u bilan 
bog’liq Yana bir illat shundan iborat ediki, markscha-lenincha davlat va huquq nazariyasi 
insonni huquqdan ajratib qo’ygan, shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlariga to’liq 
bo’ysundirgan, inson, fuqaro va shaxsning o’zini esa, mutlaqo e’tibordan chetda 
qoldirgandi. 
Hozirgi vaqtda davlat va huquq nazariyasining evolyutsiyasi - uning markscha-
lenincha mazmun va shaklidan voz kechish jarayoni kechmoqda. Ayniqsa, so’z davlat 
haqida borgani da bu holat yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidayoq Prezidentimiz davlat va 
huquq nazariyasi hamda amaliyotini yangicha tushunish zaruratini asoslabgina qolmay, 
balki uning mohiyatini ham ta’riflab berdi: «Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy hukmronlikning 
quroli sifatida davlat haqidagi markscha g’oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, 
davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engish vositasiga aylantirgan edik. 
Demoqratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li 
bilan emas balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan 
bartaraf yetish vositasiga aylanadi. 
Huquqning o’ziga esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-
intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida 
yondashiladi»
1

Davlat va huquq nazariyasini asl holicha qayta tiklash jarayoni endigina 
boshlanmoqda. Shu munosabat bilan, bu xildagi yondashuv sabablarini sub’yektiv emas, 
1
I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom.
Т.,1996, 19-20-bеtlar.



balki ob’yektiv xarakterga ega deb hisoblovchi A.B.Vengerov da’vosiga qo’shilmaslikning 
iloji yo’q. U o’z fikrini quyidagicha ifodalaydi: «Davlat va huquq nazariyasi davlat va 
huquqning kelib chiqishi, davlat va huquq mohiyatida sinfiylik va umuminsoniylikning birga 
qo’shilib kyetishi to’g’risidagi yangi bilimlar bilan boyidi. Sotsialistik davlatlarning faoliyat 
yuritishi va evolyutsiyasi haqidagi yangi bilimlar paydo bo’ldi. Burjuaziya davlatlari 
tushunchasi ham yangicha idrok etila boshlandi. Hozirgi zamon davlatchiligi taraqqiyotida 
insonparvarlik va demokratik qadriyatlar to’g’risida ham yangi bilimlar yuzaga keldi. 
Zo’ravonlik, totalitarizmga qarshi kurashda konstitutsiyaviy qonunchilikka asoslanishdek 
demokratik qadriyat hamda qonunlar ustuvorligi tushunarli bo’lib qoldi. Davlatchilikni 
rivojlantirishning istiqbolli va progressiv maqsadlardan biri sifatida ijtimoiy huquqiy davlat 
to’g’risidagi masala yangichasiga ko’ndalang bo’ldi. Inson huquqlari va erkinliklarining 
butun muammolar majmui, alohida individ, shaxs huquqlarining davlat, millat, xalq jamoa 
tuzilmalari huquqlari oldidagi ustuvorligi yangicha namoyon bo’lmoqda»
2

Yuqoridagilardan kelib chiqib, yuridik oliy o’quv yurtlari talabalari bugungi kunda 
foydalanayotgan ko’pgina darsliklar, adabiyotlar umuman eskirganligi va endilikda jahonda 
va respublikamizda ro’y bergan va berayotgan shiddatli o’zgarishlar bilan bog’liq talablarga 
javob bera olmasligini isbotlab o’tirishning hojati yo’q. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Oliy Majlisning to’rtinchi sessiyasida quyidagalarni alohida ta’kidladi: 
«Milliy tiklanish mafkurasiga va umumbashariy qadriyatlarni o’rganishga asoslanishi 
zarur bo’lgan ta’lim-tarbiya, uning yangicha mazmuni to’g’risida besh yildan beri gapiramiz. 
Biroq ko’pgina o’quv yurtlarida, ayniqsa, ijtimoiy, jamiyatshunoslikka oid fanlar bo’yicha 
hamon eski o’quv qo’llanmalari, o’quv dasturlaridan foydalanilmoqda. 
Bunday ahvolni mustaqil mamlakatimizning bolalariga, yosh avlodiga qarshi jinoyat 
deb baholash kerak»
3

Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, yangi 
qonunlarimizga asoslangan hamda jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy va boshqa jarayonlarni hisobga oluvchi yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari, 
ma’ruza to’plamlari, uslubiy ishlanmalarni chop yetish zarurati allaqachon yetildi. Biroq, 
eng muhimi - davlat va huquq umumiy nazariyasining yangi konsepsiyasi zarur. Mazkur 
bo’shliqni to’ldirish - respublikamiz huquqshunos olimlarining asosiy maqsadlaridan biridir, 
deyish mumkin. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish