O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali


Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining huquq va majburiyatlari



Download 88,13 Kb.
bet9/10
Sana13.06.2022
Hajmi88,13 Kb.
#663522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Elektr energiyasidan foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qonunlari va me’yoriy hujjatlari.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining huquq va majburiyatlari

130. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari quyidagi huquqlarga ega:


iste’molchilardan elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan majburiyatlarni tegishli darajada bajarishni talab etish;
iste’molchilar tomonidan elektr ta’minoti shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoki buzilishi oqibatida unga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda qoplanishi;
avariya rejimida Byuroni xabardor qilgan holda iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish (o‘chirish);
Byuro ko‘rsatmasi bo‘yicha iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan, shuningdek, EHNATga ulangan va oldindan to‘langan mablag‘ tugagandan so‘ng elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovni amalga oshirish qurilmasiga ega hisobga olish asbob mavjud bo‘lgan iste’molchilarni uzish.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari yoki Byuro mazkur Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar.
(130-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/838/2077-son)
131. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari quyidagilarga majbur:
har yili iste’molchilarning barcha toifalari buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida elektr energiyasi iste’molining prognoz ko‘rsatkichlarini, shu jumladan aholi iste’molini, o‘z ehtiyojlariga va kelgusi yilda uni uzatishga texnologik sarfni shakllantirish, yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan obyektlar uchun zaxiralarni nazarda tutish va 1-oktabrgacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga taqdim etish;
(131-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
kelgusi yil uchun elektr energiyasi iste’moli miqdorlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishish;
maishiy iste’molchining arizasiga asosan ariza berilgan paytning o‘zida to‘lovlarning holati va iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdorlikning mavjud emasligi (mavjudligi) to‘g‘risida ma’lumotnomalar taqdim etish;
iste’molchilarga o‘rnatilgan elektr energiyasi iste’molini hisobga olish asboblarini almashtirish, o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, shuningdek Byuro bilan birgalikda ularni plombalash;
maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘z vaqtida qiyoslovidan o‘tkazish.

O‘zenergoinspeksiya


tomonidan elektr energiyasining nooqilona sarflanishi, elektr qurilmalarining avariya xavfini tug‘diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati, shuningdek, boshqa qoida buzarliklar aniqlanganda, qoidabuzarlarni elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yish choralarini ko‘rish uchun ular to‘g‘risida zudlik bilan Byuro va elektr tarmoqlari hududiy korxonasiga xabar beriladi.




Xulosa
Elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzilishlar Byuroning vakili va maishiy iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi maishiy iste’molchiga beriladi va Byuro yoki uning taqdimnomasi asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ushbu Qoidalarni buzgan iste’molchi elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qo‘yiladi.
Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, qoida buzish dalolatnomasida iste’molchini tanishtirganlik to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori dalolatnoma asosida aniqlanadi va to‘lash uchun maishiy iste’molchiga qo‘shimcha to‘lov hujjati yozib beriladi.
Qoida buzilishi yuzasidan to‘lov hujjatini yozishda amaldagi tarif qo‘llanadi.
Maishiy iste’molchi belgilangan tartibda Byuro va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan e’tiroz bildirish huquqiga ega, biroq bu uni qoida buzish dalolatnomasi bo‘yicha yozilgan qo‘shimcha to‘lov hujjatini belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.


Download 88,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish