Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Download 130,8 Kb.
Sana25.05.2023
Hajmi130,8 Kb.
#943442
Bog'liq
Tohirov Ibrohim27


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish

Mavzu: Moliya va Moliya tizimi

Fan: Zamonaviy Iqtisodiyot
Guruh :416-20
Bajardi: Tohirov Ibrohim
TOSHKENT 2022
Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi: a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; ye) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti-harakati.
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondla ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — Moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish Moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada Moliya amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona Moliya si (buni korporativ Moliya deb yuritiladi), xonadon Moliyasi, jamoat tashkilotlari Moliyasi, sugʻurtalash Moliyasi kabilar kiradi. Davlat Moliyasi makrodarajadagi Moliyani tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro Moliya munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro Moliya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi Moliya oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. Moliya turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon Moliyasi oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.Moliyaviy tizim individual shaxslar (shaxsiy moliya), korxonalar (biznes moliya) va hukumatlar (jamoat moliyasi) o'rtasidagi kapital oqimlarini o'z ichiga oladi. Moliya investorlar va sarmoyachilardan mablag'larni muxtoj tijoratlarga oldi-berdi harakatini o'rganadi. Agar investor foydali ishlab chiqarishga sarmoya kiritsa bu hissasidan foiz hisobida ulush yoki dividendlar oladi. Shaxslar, korxonalar hatto hukumatlar o'z faoliyati uchun zarur bo'lgan pul mablag'larini tashqi jamg'armalardan oladi.
Taqsimot — ijtimoiy takror ishlab chiqarish.ning muhim boʻgʻini, ishlab chiqarish.ni ayirboshlash va isteʼmol bilan bogʻlovchi munosabatlar tizimi; iqtisodiy resurelar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, ularning qiymat shakli hisoblangan daromadlarni iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida taqsimlanishiga xos boʻlgan iqtisodiy munosabatlar.

Har bir mamlakat va jamiyatda iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻziga xos T. tizimi boʻlib, unga taqsimlash obʼyekti (resurelar, mahsulot va xizmatlar), taqsimlash subʼyekti — ishtirokchilari, taqsimlash qonunqoidalari, taqsimlashda ishtirok etuvchi vositachi intlar, taqsimotga oid krnunchilik, T. siyosati kiradi.

T. ishlab chiqarish hosilasi, biroq u ishlab chiqarish.ga nisbatan passiv boʻlmaydi, aksincha unga faol taʼsir etadi. Tarixan T.ning 3 usuli borligi kuzatiladi. Anʼanaviy usul, unga xos belgi —resurelarning, yaratilgan mahsulot va xizmatlarning azaddan amal qilayotgan urfodatlarga binoan taqsimlanishidir. Masalan, Oʻrta Osiyoda ijarachi dehqon — koranda olgan hosil dehqon bilan yer egasi oʻrtasida ogʻzaki kelishuvlar, mavjud taomillarga koʻra taqsimlangan, dehqon oʻz ulushidan oʻlpon toʻlagan, kafsan ulashgan va h.k. Bozor usuli — bu usulda resurslar bozordagi talab va taklifnnt holatiga qarab taqsimlanadi, resurslar talab kam yerdan talab koʻp joyga oʻtadi. T.ning bozor usuli ustivor boʻlsada, uning nobozor usuli ham qisman mavjud boʻladi, bunda xayriehson qilinadi, muhtojlarga yordam koʻrsatiladi. Rejali usulga kura iktisodiy resurslar davlat idoralari tomonidan yuqoridan turib, yagona davlat rejasiga binoan taqsimlanadi. Markazlashtirilgan iqtisodiyotda resurslar, pul mablagʻlari, mahsulotlarni rejali taqsimlash makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajalarda iktisodiyotni boshqarishning eng muhim quroli hisoblanadi. Rejali T. markazlashgan, maʼmuriy T. boʻlib, resurslarni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, daromadlarni ehtiyojni hisobga olib erkin taqsimlanishiga yoʻl bermaydi. Bu tabiatan bir tekisda taqsimlash boʻlib, ish natijalarini hisobga olmaganidan iktisodiy oʻsishga yetarli stimul bermaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda (jumladan SSSRda) 1917—1990-yillar mobaynida amal qilgan.
21-asr boshiga kelib T.ning bozor usuli umuminsoniy va ustivor usulga aylandi. Bozor sharoitida resurslarni talabtaklif qonuniga koʻra taqsimlanishi muhim boʻlsada, daromadlarga tovar va xizmatlar ayirboshlanishi sababli ishlab chiqarish. natijasi boʻlgan daromadlarni taqsimlash gʻoyat katta ahamiyatga ega. Bozor tizimiga xos taqsimot qonuniga koʻra daromadlar iktisodiyot ishtirokchilari oʻrtasida ular ixtiyoridagi resurslarning miqdori, sifati va ishlatilish samarasiga qarab taqsimlanadi. Bunday taqsimotga koʻra ish kuchi egalari ish haqi va turli mukofotlar oladi, tadbirkorlar kapital sohibi sifatida foyda koʻradi, pul egalari foiz, yer egalari renta oladilar. T. dastlab ishlab chiqarish. faoliyati bilan bogʻliq sohalarda yuz beradi va bu birlamchi T. hisoblanadi, uning natijasida bozor T. usuli hosil etgan daromadlar hisoblanadigan asosiy daromadlar yuzaga keladi, bu tarkiban ish haqi, foyda, renta va foizdan, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta fondiga badallar, bilvosita soliklardan iborat. Birlamchi taqsimlashda davlat ham ishtirok etadi. Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi sifatida jamiyatga bepul ijtimoiy neʼmatlarxizmatlar yetkazib bergani uchun va fuqarolik jamiyatiga xizmat qiluvchi siyosiy institut boʻlganidan daromadlarning bir qismini soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar shaklida byudjetga oladi.
Ikkilamchi yoki qayta taqs im lash yuz berganda asosiy daromadlar ularning sohiblari bilan jamiyatning boshqa aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi (bevosita soliklar, dividendlar, subsidiyalar, ijtimoiy toʻlovlar), natijada hosila daromadlar yuzaga keladi. Qayta taqsimlash moliya va kredit mexanizmi orqali yuz beradi. Bunda davlat, firma, xonadon, nodavlat va ijtimoiysiyosiy tashkilotlar moliyasi asosiy rol oʻynaydi. Ular turli moliyaviy ajratmalar tashkil etadilar. Davlat byudjetidan davlat pensiyasi, subsidiyalar, nafaqa va yordam puli ajratilib, ular xonadonlar, firmalar va nodavlat tashkilotlarga beriladi va oʻsha subʼyektlar tomonidan qayta taqsimlanadi.
Download 130,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish