O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent muhammad al-xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalar universiteti



Download 15 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi15 Kb.
#350872
Bog'liq
BJB Boltayev Mustaqil ish



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

TOSHKENT MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

Mustaqil ish

Fan:Beznis jarayonlarini boshqarish



Mavzu:Boshqaruvda nizoli vaziyatlar

Guruh: 811-19

Talaba: Boltayev Abdurauf

Tekshirdi: Hakimjoniva Dildora

Toshkent 2021



Mavzu: Boshqaruvda nizoli vaziyatlar

Reja:

  1. Kirish

Rahbarlik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizoli vaziyatlar

  1. Asosiy qism

1.Rahbar zimmasiga yuklanadigan masʼuliyatlar

2.Nizo turlari Nizoning psixologik tashkil qiluvchilari

3.Ijtimoiy ,Guruhlararo nizo,shaxs bilan guruh oʻrtasida nizo,shaxslararo nizo

4.Xulosa

1.Mamlakatimiz o’z oldiga qo’ygan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini yanada erkinlashtirish vazifalari rahbar kadrlarning kasbiy mahorati, ma’naviy qiyofasidagi axloqiy jihatlari masalalarining mavqeini yanada oshiradi. Davlatimiz rahbari kadrlar tarbiyasiga, ma’naviyatiga, salohiyatiga muhim ahamiyat berayotganligi, rahbar kadrlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga da’vat etayotganligi boisida ham ana shu ehtiyoj yotadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning chuqur tahlil va tanqidiy yondashuvga asoslangan “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” nomli kitobida ta’kidlaganidek, “bugungi kundagi eng muhim vazifamiz — mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz, avvalo, rahbarlarning faoliyatidan mamnun bo’lishi kerak”. Bu haqda so’z borganda, necha ming yillik tarixga ega xalqimiz uchun jamoa bo’lib yashash tuyg’usi g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini, o’z navbatida, munosib obro’-e’tibor, hayotiy tajriba, yuksak odob-axloq fazilatlarini o’zida mujassam etgan ana shu jamoa raisi yoki oqsoqoli, ya’ni rahbar shaxsning yetakchilik faoliyati hamisha odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo’llab-quvvatlab, tinch va farovon hayot kechirishiga zamin yaratib kelganini ta’kidlash lozim.


Milliy an’analarimizga ko’ra, xalqimiz hamisha rahbarga tayanadi. Bu o’z navbatida, rahbar shaxslar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Davlatimiz rahbari 2017- yil va undan keyingi davrga belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchta eng muhim talabga bog’liq ekanini alohida ta’kidladi: “birinchi — davlat rahbari — Prezidentdan boshlab barcha bo’g’indagi rahbarlarning yakuniy natijalar uchun shaxsiy javobgarligi. Ikkinchi — hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni ta’minlashimiz darkor.
Uchinchi talab — qatorlarimiz va kadrlarimizning sofligini ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlarning ildizini quritish”2

Mazkur vazifalarni ado etish ham oson ish hisoblanmaydi. Ushbu talablarni bajarish vaqtida rahbar shaxsining o’zida ham turli qiyinchiliklar, to’siqlar va muammoli vaziyatlar yuzaga kelishi tabiiy holdir. Bunday holatlarda nizo va to’siqlarni bartaraf etish, nizoli vaziyatlarni oldini ola bilish hamda stress va shaxs kayfiyatidagi noqulay holatlarni yenga olish ham rahbar kompetentligining asosiy shartlaridan hisoblanadi.


1.Aniqlanishicha, mehnat jamoalarida nizodan so’nggi kayfiyatning buzilishi va tinchlanguncha o’tadigan vaqt shu nizoga tayyorlanish davriga nisbatan uch baravar ko’proq muddatni egallar ekan. Chunki, nizo natijasidagi salbiy holatlar jamoa xodimining hissiyoti, xatti-harakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma’lum o’zgarishlar sodir etadi. Bu o’zgarishlar xodimning xulq-atvorida namoyon bo’lib, mazkur subyekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o’zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Shu nuqtayi nazardan barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar rahbar tomonidan diqqat bilan tahlil qilinishi lozim.

Jamoa a’zolari orasidagi nizolarning ko’pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish jarayonida o’ziga bo’ysunuvchi jamoa a’zolarining ruhiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Nizolar qanchalik ko’p bo’lsa, mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy iqlim shunchalik yomonlashadi. Mehnat jamoalarida ayrim nizo chiqarishga moyil shaxslar bo’lishi tabiiy. Bunday shaxslar ish vaqtida foydali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga o’zlarining nizolarida ko’rsatilgan masalalar rahbar xodimlar tomonidan qanday qabul qilinayotgani to’g’risida fikr yuritib, o’zlari va boshqalarni ishdan chalg’itib, ishga xalaqit beradilar. Bunday nosog’lom vaziyat jamoat a’zolari asabiga tegadi, ayrim ishchi-xodimlar bundan vaqtincha manfaatdor bo’lib, ular g’iybatlar uyushtirib, vaziyatni keskinlashtirishga harakat qiladilar. Jamoadagi ijtimoiy-ruhiy holat yomonlashadi, bu esa o’z-o’zidan ishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


2.Nizoning yuzaga kelishi bir necha bosqichlarda bo’lib o’tadi. Nizoning birinchi bosqichi – bu bajarilmagan talab, boshqarilmagan mayl, istak, xohishdir. Shaxs o’z ruhiyatidagi biron-bir istakni qondirmas ekan, u o’z atrofidan mana shu istakni, maylni qondirishga yo’l qidira boshlaydi.

Nizoning ikkinchi bosqichi – shaxsning biror narsaga g’ashi kelishidan bosh[1]lanadi. Bunda bir shaxsning ikkinchi shaxs ruhi va harakatidagi faoliyatni qabul qilmaslikdan, o’z imkon va manfaatini ustun qo’yishidan boshlansa, guruhlararo nizoning ilk bosqichi guruhidagi biron shaxsning boshqa guruhdagi biron shaxs yoki shaxslar faoliyatini qabul qilmasligidan boshlanishi turgan gap.

Nizoning uchinchi fazasi – bu agressiya, tahdid, hujum yoki himoyaga tayyorlanish. Bu fazada bir shaxs ikkinchi shaxs harakatidan, istagidan, atrof-muhitdagi biror-bir moddiy narsadan foydalanayotganidan norozi, uning o’zi ushbularni egallab olmoqchi, ammo ochiq-oydin ularni egallashga hali jur’at qilmayapti, qaror qabul qil[1]ishiga qandaydir ma’lumot yetmayapti. Bu o’rinda o’ta muhim jihati, holatni kim oldin qo’lga olsa, buzg’uvchi nizoni ilgariroq ilg’ab olib, uni yaratuvchi kuchga aylantirsa, o’sha tomon yutib chiqadi.

Ammo agressiya, stress, asabiy holatga tushgan kishining tanlash imkoniyati keskin darajada qisqaradi. Shaxs atrofidagi imkoniyatlarni to’liq va obyektiv baholash imkoniyatidan bu davrda mahrum bo’lib qolgan bo’ladi. Uning fikrida butun atrofidagi imkoniyatlar cheklanib, faqat birgina yo’lga aylanganday tuyula boshlaydi. Bu paytda shaxs o’z raqibini sindirish, mag’lub qilish harakatida bo’ladi. Bunday holda asabiylashuv kuchayadi, hatto bor kuchlarni ham ishlata olmaydigan holatga tushib qolishi mumkin va unda asosiy maqsadning o’zi nima ekanligini unutib qo’yishadi. Ya’ni maqsad unutilib, vaziyat qo’ldan va izdan chiqib, shaxslar faqat jarayon qurbonlariga aylanadi.

Bunday hollarda vaziyatni kuzatib turgan uchinchi tomonlar g’oliblikni qo’lga kiritib ketishi hollari ham uchrab turadi. Bunday holatga tushgan shaxslar esa eng mudhish yechimlarni tanlashlari mumkin, ya’ni ular bu holatga tushganlaridan keyin ko’pincha o’z joniga qasd qilishga qo’l ura boshlashadi.

Nizoning to’rtinchi bosqichi – nizoning yechimini kutayotgan holatga yangi variantdagi yechimlar, sizga ma’lum bo’lgan yechimlarga muqobil yechimlar izlab topish.

Ya’ni, shaxs mumkin qadar o’z ichki holatining yaxshi his qilib borishi lozim va o’z ichki holatining stressga kirib qolmasligini nazoratdan chiqarib yubormasligi katta rol o’ynaydi. Psixologik jihatdan olganda, bu holatlarning barchasida shaxs ruhida asabiylashuv kuchayib boradi. Shaxslararo nizolarda shaxslarning o’zaro bir-birlarini bilmasligi, ularning bir-biridan hadiksirashi, atrof-muhitning ham salbiy ta’siri, kishilarning shaxsiy xususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi.

Nizoning beshinchi bosqichi – qaror qabul qilish bosqichi, bu o’z o’rnida nizo[1]ning yechim fazasiga, eng yuqori bosqichdan pastga qarab qaytishiga sharoit yaratib beradi. Ushbu bosqichda ikki yo’nalishni ko’rib chiqamiz:

3.Shaxslararo nizo – boshqaruv obyekti va subyektlari o’rtasidagi, boshqaruv tizimi ishtirokchilari o’rtasidagi, hamda rahbar va xodim o’rtasidagi nizolar. Shaxslararo vertikal bo’yicha – rahbar va xodim o’rtasida, shaxslararo gorizontal bo’yicha – boshqaruvning bitta ierarxik pog’onasidagi a’zolar o’rtasida. Mehnat jamoalarida nizoning bu turi ko’plab uchraydi. Aksariyat rahbarlarning fikricha, bunday nizoning yagona sababi – xodimlar xarakterlarining o’zaro nomutanosibligi, boshqaruv usullariga amal qilmaslik, kommunikatsiyalarning buzilishi, xodimlar malakasining pastligi va boshqalardir. Biroq, mazkur nizoga oid vaziyatlar tahlili shuni ko’rsatadiki, shaxslararo ziddiyatlar asosida, ko’p hollarda, obyektiv sabablar yotar ekan.

Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizo – rahbar va xodim, tashkilot jamoalari va tashkiliy bo’linmalar o’rtasida oddiy ishchilar va jamoa o’rtasida bo’lishi mumkin. Har qanday guruh ichida o’zaro muomala, mehnat faoliyati va xulq-atvor normalari shakl[1]lanadi. Guruhning har qanday a’zosi bu normalardan kelib chiquvchi talablarni ba[1]jarishi shart. Qabul qilingan normadan chetlanish salbiy hodisa deb baholanadi va shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizoni keltirib chiqaradi. Nizoning bu turi hatto rahbar va unga itoat etuvchi xodimlar o’rtasida ham sodir bo’ladi. Tashkilot miqyosida eng ko’p muammolar guruhlararo va ijtimoiy nizolar asosida yuzaga keladi. Bunday nizolarni hal etishda rahbar o’z maslakdoshlari va yordamchilar ko’magiga muhtojlik sezadi.

Guruhlararo nizolar – tashkiliy bo’linmalar o’rtasida; bitta bo’limdagi ishlovchilar guruhlari o’rtasida; tashkilot rahbari va xodimlar o’rtasida; tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi o’rtasida. Mazkur nizo manbalaridan biri – jamoadagi rasmiy va norasmiy guruhlar o’rtasidagi mavjud muamolardan kelib chiqadi.

Ijtimoiy nizo – sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy institut va jamoalarning to’qnash kelishida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy nizo – o’zida bir qancha jabhalarni mujassam etgan murakkab hodisadir. Bunday ziddiyatda qarama-qarshi tomonlar maqsad va manfaatlari, harakatning an’anaviy uslublari ifodalanadi.

4.Ilk uyg’onish davri namoyondalarining davlat va jamiyatdagi konflikatlar to’g’risidagi mubohasalaridan xulosa qilib aytish mumkinki, odamlardagi sog’lom aql va purma’no tafakkurning oshib borishi konfliktlar oldini olishdagi boshlang’ich vosita ekan.Rahbar bu masalalarni o’zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda, har bir xodim va bo’lim qay tarzda ish tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog’i lozim.

Nizoni boshqarish uning tomonidan ehtimol uning maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan harakatni taqazo qiladi, shu jumladan biri boshqasiga ham o’sishga imkon beradi, ham muammoni boshqaradi.Shunday qilib insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida nizolarning kelib chiqishi, uning sabablari va uni boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqdi





Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish