O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Download 1,46 Mb.
bet1/4
Sana20.07.2021
Hajmi1,46 Mb.
#124382
  1   2   3   4
Bog'liq
fizika mus ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

TT va KT ” FAKULTETI



1 – BOSQICH TT-11-20 GURUH TALABASINING

Fizika1

FANIDAN TAYYORLAGAN


Mustaqil ishi

Bajardi: G’afurova N

Qabul qildi: To’rayev S

QARSHI – 2021

Mavzu: Qattiq jismlarning aylanma harakati

  1. Qattiq jismning aylanma harakati.

  2. Qattiq jismning inertsiya momenti.

  3. Qattiq jism aylanma harakati dinamikasining asosiy tenglamasi.


Kinematikada statikadagidek qattiq jismni mutlaq qattiq jism deb qaraladi.
Jismning istalgan ikki nuqtasining oralig’i hamma vaqt o’zgarmasdan qolsa,
bunday qattiq jismga mutlaq qattiq jism deyiladi. Bundan buyon jism yoki qattiq
jism deganda mutlaq qattiq jism tushuniladi. Qattiq jism harakatini kinematik
o’rganish bu harakatlanayotgan jismni harakat tenglamalarini tuzish va harakatni
xarakterlaydigan kinematik xarakteristikalarini o’rganishdan iborat bo’ladi. Butun
jismning harakatlanishi kinematik elementlari: harakat qonuni, tezlik va
tezlanishlari ma’lum bo’lgandan keyin jism bo’laklarining harakati o’rganiladi.
Jismni tashkil etuvchi bo’laklarning xarakterlariga xos bo’lgan qonuniyatlar
aniqlanadi.

Agar jism aylana bo‘yicha teng vaqtlar ichida teng yoylarni bosib o‘tsa, bunday harakat aylana bo‘ylab tekis harakat deyiladi, ya’ni:

bu yerda: - jismning vaqt davomida bosib o‘tgan yoyning uzunligi. Egri chiziqli harakatda jismning chiziqli tezligi hamma vaqt harakat trayektoriyasiga urinma bo‘lib yo‘nalgan bo‘ladi (1 – rasm).

Jism aylana bo‘ylab tekis harakat qilganda chiziqli tezlik vektori miqdor jihatdan o‘zgarmasdan, butun harakat davomida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turadi. Shuning uchun aylana bo‘ylab harakatlanayotgan jismning harakati chiziqli tezlikdan tashqari burchak tezlik deb ataladigan kattalik bilan ham harakterlanadi.

Burchak tezlik haqida tushuncha hosil qilish uchun biror jismning aylana bo‘ylab tekis harakatini ko‘rib chiqaylik (1–rasm). Aylananing O markazidan jismning biror A nuqtasiga R radius o‘tkazaylik va jism bilan birga unga o‘tkazilgan radiusning harakatini ham kuzataylik.


1 – rasm
Jism aylana bo‘ylab harakatlanganda radius ham buriladi. Masalan, jism biror vaqt davomida A nuqtadan V nuqtaga ko‘chgan bo‘lsa, shu vaqt ichida radius burchakka buriladi. Bu burchak jismning burilish burchagi (burchak yo‘li) deyiladi.

Jismning vaqt birligi ichida burilish burchagi aylana bo‘ylab tekis harakatning burchak tezligi deyiladi, ya’ni:



Yuqoridagi formulani ikkala tomonini R ga ko‘paytirib va ekanini nazarga olib, chiziqli tezlikni burchak tezlik bilan bog‘lovchi munosabatni topamiz:



Tekis aylanma harakatining burchak tezligini ham davr va chastota orqali ifodalash mumkin. Agar vaqt T davrga teng, ya’ni bo‘lsa, bo‘lib, ifoda quyidagi ko‘rinishi formulada T davr chastotaning teskari ifodasi ( ) bilan almashtirilsa:





Jism aylana bo‘ylab notekis harakatlanganda chiziqli tezlik bilan birga burchak tezlik ham o‘zgaradi. Shuning uchun chiziqli tezlikni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini harakterlaydigan tezlanish chiziqli tezlanish yoki markazga intilma tezlanish deyiladi, ya’ni:



Burchak tezligi o‘zgarishining shu o‘zgarish bo‘lgan vaqt oralig‘iga nisbati burchak tezlanishi deb aytiladi, ya’ni:



Burchak tezlik va burchak tezlanish – vektor kattaliklar.

Jismning aylana bo‘ylab tekis o‘zgaruvchan harakatining tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:

bu yerda - jism harakatining boshlang‘ich burchak tezligi.

I.Nyuton qonunlari faqat inersial sanoq sistemalarda to’g’ri bo’ladi. Lekin biror inersial sanoq sistemaga nisbatan tezlanish bilan harakatlanayotgan boshqa sanoq sistemasini ko’rsak, u noinersial sanoq sistema bo’ladi. Bunday noinersial sanoq sistemalarda harakat qonunlarini ko’rgarda asosiy kuchlar bilan birga yana qo’shimcha inersiya kuchlari deb ataluvchi kuchlarni hisobga olinadi.

Bunday holda dinamikaning tenglamalaridan foydalansa bo’ladi, faqat noinersial sanoq sistemalarda Nyutonning II qonuni quyidagicha yoziladi.


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish