O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet10/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

Nazorat savollari
1. Xushmuomalalik deganda nimani tushunasiz?
2. Etiket qoidalari nimalardan iborat?
3. Xushmuomalalik qoidalari haqida nimalarni bilasiz?
4. Inson o‘zini qanday tutishi kerak?


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.


8-MAVZU: MAVZU: 21 OKTABR-O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT TILI HAQIDAGIQONUNIQABUL QILINGAN KUN.


Reja:
1. Tilni avaylash millatni asrash demakdir.
2. Til millat ruhi, boyligi va gultojidir.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganiga bu yil 26 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning ramzlari qatorida turadigan va qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.


Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili deb e’lon qilinishi ota-bobolarimiz orzu qilgan hurlikka, ozodlikka qo‘yilgan birinchi qadam edi. O‘tgan davr mobaynida ona tilimizni yanada sayqallashtirish, boyitish va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Davlatimiz tomonidan ma’naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini to‘ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar majmuasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturni hayotga izchillik bilan tatbiq etish natijasida ma’naviy hayotimizda muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Milliy merosimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi, xalqimizning milliy ma’naviy dunyoqarashi mustahkamlandi.
Bugungi kunga kelib jahon xalqlari davlatimiz ramzlari — O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i, gerbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbek tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho berib kelmoqda.
Mamlakatimizda har yili 21 oktyabr kunini til bayrami sifatida nishonlash an’anaga aylanib qolgan. Chunki, mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini yuksaltirish, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish sohasida qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini ta’minlashdek ustuvor yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish kundalik hayotimizga tobora singib bormoqda. Prezidentimiz Islom­ Karimovning “Yuksak ma’naviyat­ — engilmas kuch” asarida: “…o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu vazifalar inson qalbiga til orqali, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir”, deya ta’kidlab o‘tilgan. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor va hurmat tom ma’noda o‘zgardi. Jamiya­timizning barcha sohalarida, ijod va idoraviy ish yuritishda ona tilimiz keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Ma’rifatparvar adibimiz Abdulla Avloniy «Har bir millatning dunyoga borligini ko‘rsatadigan oynali hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir», degan aniq va teran fikrlarni bayon etganda naqadar haq edi. Darhaqiqat, dunyoda sanoqli millatlar o‘z tiliga egadir. Shunday ekan, millatimiz milliyligini namoyon qilib turuvchi ona tilimiz sofligini saqlash, uni boyitish va mustahkamlashga alohida e’tibor bilan qarashimiz darkor. Zero, til millat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Bu borada til madaniyati, adabiy til va shevalar munosabati, adabiy talaffuz va stilistik mezonlar haqida nazariy hamda amaliy tadqiqotlar, nasr va nazm tiliga doir tadqiqotlar olib borish, o‘zbek tilida har xil matnlar tuzish tartib-qoidalari chuqur izohlangan ilmiy asarlar, turli hajmdagi izohli, sinonim, antonim, paronim, omonim va imlo lug‘atlari hamda qo‘llanmalar tuzish til madaniyatini yuksaltirishda katta ahamiyatga egadir.
Istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko‘hna urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo‘ldi, desak ayni haqiqatni ifodalagan bo‘lamiz. Ammo muhtaram Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asarlarining xotima qismida ta’kidlanganidek: “Ma’naviy yuksalishga erishish — bu bir yillik yoki besh-o‘n yillik ish emas. Xalq, millat o‘z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki, ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi”.
Bundan anglashiladiki, biz taraqqiyot sari intilar ekanmiz, ma’naviyatni yuksaltirishdan bir kun ham, hatto bir daqiqa ham to‘xtamasligimiz kerak. Chunki, “mamlakatimiz taraqqiyot pillapoyasidan yangi-yangi cho‘qqilar sari qadam qo‘yar ekan, biz yashayotgan zamon sur’atlari shiddat bilan tezlashib, oldimizda yana qancha muammo va mashaqqatlar paydo bo‘lar ekan, tabiiyki, ma’naviy hayotimiz ham ana shu sinovlarda toblanib, yuksalib, jamiyatimiz, millatimizning yorug‘ va sog‘lom kelajagini har qanday tahdid va to‘fonlardan - davr o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi va shakli o‘zgarishiga qaramasdan - bezavol saqlash va asrab qolishga qodir bo‘lishi darkor”.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, milliy qadriyatimizning bir bo‘lagi bo‘lmish o‘zbek tilining sofligini ta’minlash, uni asl holatida kelajak avlodga etkazish barchamizning vazifa hamda sharafli burchimizdir. Zero, til millat ruhi, boyligi va gultojidir.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish