O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet17/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

Nazorat uchun savollar:
1.Libos — inson ziynati deganda nimani tushinasiz.
2.Zamonaviylik – bu ...
3.Turli mamlakatlarda paydo bo‘layotgan har qanday liboslar, kostyumlar tez
orada dunyo miqyosida urfga aylanayotganining sababi nimada?
4.Odob-axloq qoidalari deganda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
5.O‘quvchilar odob-axloqida man etiladigan holatlar nimalardan iborat?


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.


12-MAVZU: 18 NOYABR-O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN.


Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i haqida.
2. Mamlakatimiz tarixidagi boshqa bayroqlar haqida.

Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilganida, xorij safarlarida, o‘zga davlatlar hududida O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog‘i hilpiraganida odamning qalbi allanechuk bo‘lib ketadi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e’zozlaydi. Zero milliy bayrog‘imiz – mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.


Keling ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan, uning tarixi haqida suhbatlashamiz...
Umuta’lim maktabida o‘qiyotgan davrimizda, sinf xonamizdagi milliy bayrog‘imiz haqida o‘qituvchilarimiz to‘lqinlanib gapirib berishar edi. Uning tarixi, tasvirlari va ranglarining ma’nolari haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni berishardi. Har yili 18 noyabr sanasida esa, milliy bayrog‘imiz qabul qilingan sana munosabati bilan, tantanali tadbir o‘tkazilar, biz o‘quvchilar bayroq haqida she’r va qo‘shiqlar bilan ishtirok etardik. Prezidentimizning chet ellarga qilgan safarlari chog‘ida, yurtboshimiz sharafiga ko‘tarilgan davlat bayrog‘i, milliy bayrog‘imiz-ning BMT bosh qarorgohidagi oliy minbarga o‘rnatilishi, sportchimiz Lina Cheryazovaning qishki olimpiada o‘yinlari shohsupasida bayrog‘imizning ko‘tari-lishi tasvirlangan kadrlar, o‘sha yillari televizorda tez-tez takrorlanar edi.
O‘shandan buyon, davlat bayrog‘imiz mening ongimda, davlatimizning oliy ramzi sifatidagi muqaddas tushuncha bo‘lib shakllanib, hurmat va e’zoz obyektiga aylangan. Va menimcha, vatan oldidagi ma’suliyat his qiladigan har bir O‘zbekiston fuqarosi ham shunday fikrda bo‘lsa kerak... Yer yuzida qancha davlat, qancha nufuzli xalqaro tashkilotlar bo‘lsa, ularning davlat bayroqlari va rasmiy ramzlari orasida eng chiroylisi shubhasiz O‘zbekiston bayrog‘idir!
Milliy bayrog‘imiz 1991 yil 18-noyabr, dushanba kuni, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonuni bilan qabul qilingan edi.
Albatta milliy bayrog‘imizni hammamiz har kuni ko‘ramiz, uning shakli va ranglari, hamda, boshqa elementlarining joylashuvi bizga yod bo‘lib ketgan. Lekin, keling, bayrog‘imizga tegishli barcha tafsilotlarni ham yaqindan bilamizmi?...
Milliy bayrog‘imiz eniga 250 sm, bo‘yiga 125 sm o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mato bo‘lib, har birining eni 40 sm keladigan, moviy, oq va yashil en chiziqlardan iborat. O‘rtadagi oq en chizig‘i ning har ikki yon tarafidan kengligi 2.5 sm keladigan qizil hoshiya o‘tkazilgan.
O‘zbekiston respublikasi davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy enning old va orqa tomonlarida, bayroqning chap chetiga yaqin joyda, dastadan 20 sm masofada vertikal holatdagi oq rangli yangi oy tasviri joylashtirilgan. Oyning do‘ng tarafi dastaga qaragan holatda va dastagacha bo‘lgan masofa do‘ngning eng chetki qismidan o‘lchanadi. Yarim oy tasviri xayolan to‘lin oyga birlashtirilganida, uning diametri 30 sm chiqadi. Ya’ni bayrog‘imizdagi oy aylanasi uzunligi 30π ga teng. Moviy rangdagi qismda shuningdek, yarim oy tasviridan o‘ng tarafda, 12 ta besh qirrali yulduzlar tasvirlangan bo‘lib, ular yuqorida 3 ta, o‘rta qatorda 4 ta va pastki qatorda 5 tadan joylashtirilgan. Har bir yulduz diametri 6 sm keladigan doiraga sig‘adi. Yulduzlarga tashqi chizilgan doiralar orasidagi masofa ham 6 sm qilib belgilangan. Quyi qatordagi 5 dona yulduz oyning pastki qirrasidan 3.5 sm masofada joylashadi. Oy va yulduzlar umumiy holatda 75X30 o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adi. Davlat qonuniga ko‘ra, milliy bayrog‘imizning rangli va sxematik tasviri quyidagicha:


O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohlarida, Oliy majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining va boshqa oliy davlat boshqaruv organlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining, mahalliy hokimiyatlar, Konstitutsion Sud va Oliy Sud, Prokuratura, Milliy Xavfsizlik Xizmati va boshqa davlat yuqori idora va tashkilotlarining binolarida, ularning rahbarlarining xizmat xonalarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixona, konsulxona va boshqa vakolatxonalarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralari va ulardagi o‘tish joylarida, O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari va boshqa harbiy birlashmalarda, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli daryo va dengiz transporti kemalarida doimiy ravishda o‘rnatiladi.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i va uning tarkibiy elementlaridan, O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni ifodalash maqsadida, o‘quv-tarbiya jarayonlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida qo‘llash mumkin. Biroq, davlat bayrog‘i va uning elementlaridan nodavlat tashkilotlarning rekvizitlarida yoki materiallarida, shuningdek, tijorat, reklama maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat tashkilotlarning ramzlari davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lish mumkin emas.
Agar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bayrog‘i ko‘tarilsa, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i, unga yuzlanib qarab turgan holatda, chap tarafda joylashishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining o‘lchamlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bayrog‘idan kichik bo‘lmasligi, hamda, undan past joylashtirilmasligi lozim. Xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlarning bayrog‘i bilan bir qatorda joylashtirilganida, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bayroqlari bilan o‘lchami bir xil bo‘lishi va teng balandlikda joylashtirilishi lozim. Ko‘tarib qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i yer sathidan kamida 2.5 metr balandlikda, flagshtokka o‘rnatilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i esa, ko‘pi bilan 45° burchak ostida o‘rnatilishi shart.
Biz milliy bayrog‘imizdagi ranglarning anglatadigan ma’nolari haqida to‘xtalib o‘tmadik. Sababi bu haqida, har inson maktab, oliy o‘quv yurti va ish joyida mukammal ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak. Agar o‘zbek o‘z bayrog‘idagi ranglar va elementlarning qanday ma’noni anglatishini bilmasa, bu UYAT!
Keling endi suhbatimi davomida, mamlakatimiz tarixidagi boshqa bayroqlar bilan tanishib, qiziqarli ma’lumotlar bilan almashinamiz.
Avvalo, O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvidan avvalgi, sobiq ittifoq tarkibidaligida bo‘lgan davrdagi bayrog‘i bilan tanishsak:
Quyida Turkiston ASSR ning bayrog‘i tasvirlangan.

Atiga 72 kun umr ko‘rgan Turkiston muxtoriyati esa bunday bayroqni davlat ramzi sifatida qo‘llagan:

O‘rta asrlardan boshlab, to XX asr boshigacha tarix sahnasida mavjud bo‘lgan o‘zbek xonliklaridan, Xiva xonligining bayrog‘i quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan:

Buxoro amirligida esa mana bu bayroq davlat ramzi bo‘lgan:

Jahon mamlakatlari orasida qaraydigan bo‘lsak, qadimiy va ajoyib, aytish mumkinki, g‘alati bayroqlarni uchratishimiz mumkin:
Masalan, zamonaviy davlatlar orasida eng qadimiy bayroq egasi bu – Daniya hisoblanadi. U olis 1219 yildan boshlab Daniya ramzi hisoblanadi. Daniyaliklar orasida tarqalgan afsonaga ko‘ra, Tallin yaqinida, Estonlar bilan jang bo‘layotgan paytda, oq xoch tasviri tushirilgan alvon rangli mato, Daniya qirolining qo‘liga osmondan kelib tushgan emish. Shu tufayli uni Daniyaliklar Xudoning in’omi deb biladilar va o‘sha jangdagi g‘alaba aynan mazkur bayroq – Danneborgning jangchilarga bergan ruhlantirishida deb o‘ylaydilar.
Zamonaviy bayroqlar ichida eng antiqalaridan biri esa bu 1977 yilda qabul qilingan Liviya bayrog‘idir. U yagona rang – to‘q yashil tusda bo‘lib boshqa hech qanday elementlari va ranglari yo‘q.
Nepal bayrog‘i esa, hozirgi zamonda mavjud rasmiy bayroqlar orasidagi to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega bo‘lmagan yagona bayroqdir. U birlashtirilgan ikkita uchburchak ko‘rinishida bo‘lib, unda mazkur mamlakatning milliy o‘simligi – rododendron tasvirlangan. Nepal bayrog‘idagi quyosh va oyning ichida avvallari (1962 yilgacha) inson yuzi tasvirlangan edi. Biroq keyinchalik uni «yanada zamonaviyroq» qilish uchun olib tashlangan. Biroq Argentina va Urugvay davlat bayroqlaridagi elementlarda inson yuzi tasviri hali ham mavjud.
Jahon mamlakatlari bayroqlari orasida eng qiziq va o‘ziga xos bayroqlardan biri bu Filippin bayrog‘i bo‘lsa kerak. Bir qarashda oddiy bayroq, to‘g‘rimi? Biroq bu Filippinning tinchlik vaqtidagi bayrog‘i. Agar Filippin bayrog‘ini teskari holatda, ya’ni, qizil rangi yuqorida, ko‘k rangi pastda holatda o‘rnatilganini ko‘rsangiz, ehtiyot bo‘ling! Bu Filippinda urush ketayotganligini bildiradi...!



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish