O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


-modda. Davlat xaridlarini amalga oshirish soxasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar 24-modda



Download 1,43 Mb.
bet54/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

23-modda. Davlat xaridlarini amalga oshirish soxasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
24-modda. Normativ-xukukiy xujjatlarning va ular loyixalarining korrupsiyaga karshi ekspertizasi
5-bob. Korrupsiyaga oid xukukbuzarliklarni aniklash, ularga chek kuyish, javobgarlikning mukarrarligi
25-modda. Korrupsiyaga oid xukukbuzarliklarni uz vaktida aniklash va ularga chek kuyishga, korrupsiyaga oid xukukbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning mukarrarligi prinsipini ta’minlashga doir chora-tadbirlar
26-modda. Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid xukukbuzarliklar faktlari tugrisida xabar kilish majburiyati
27-modda. Korrupsiyaga oid xukukbuzarliklar uchun javobgarlik
Korrupsiyaga oid xukukbuzarliklar sodir etganlik konun xujjatlariga muvofik javobgarlikka sabab buladi.
Korrupsiyaga oid xukukbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning karoriga kura muayyan xukuklardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash xukukidan konunga muvofik maxrum etilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid xukukbuzarliklarni sodir etganlik uchun konunda belgilangan tartibda javobgar buladi.
28-modda. Korrupsiyaga oid xukukbuzarliklar tugrisida axborot berayotgan shaxslarni ximoya kilish
29-modda. Korrupsiyaga oid xukukbuzarliklar natijasida kabul kilingan karorlarni bekor kilish yoki uzgartirish
6-bob. Yakunlovchi koidalar
30-modda. Korrupsiya soxasidagi tadkikotlar
31-modda. Axborot olish
32-modda. Korrupsiyaga karshi kurashish soxasida xalkaro xamkorlik
33-modda. Konun xujjatlarini ushbu Konunga muvofiklashtirish
34-modda. Ushbu Konunning kuchga kirishi
6.2. Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatini asosiy yo‘nalishlari.
Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nuqtida korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf ekanini ta’kidlab o‘tdilar. Ma’ruzada qayd etilganidek, 1 ming 177 nafar mansabdor shaxs korrupsiya holati bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat sodir etgan. Yurtboshimiz aytganlaridek, endilikda ushbu illatga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mana shu amaliy harakatning yana bir huquqiy asosi sifatida 2019 yilning 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Global muammolar orasida taraqqiyot uchun eng xatarli illatlardan biri bu — korrupsiya hisoblanadi. Butun insoniyatni tashvishga solayotgan ushbu ijtimoiy illat, ya’ni korrupsiya inson huquqlarining, bozor mexanizmlarining buzilishiga, insonlar hayot sifatining yomonlashuviga olib keladi. Demokratiya va huquqiy tartibotni kuchsizlantiradi, xalqaro xavfsizlikning uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa tahdidlariga sharoit yaratadi.
Mazkur Farmon korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikda faoliyat olib borishini, jamoatchilik nazoratini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shuning uchun ham mazkur hujjatda iqtisodiyotni yanada ravnaq toptirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini ta’minlash alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur farmon bilan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakl­lantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiya­ga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash davlat siyosatining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.
Ta’kidlash joiz, rivojlanayotgan davlatlarning barchasida o‘z maqsadlariga erishish uchun korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishlari zarurligi talab etilmoqda.
Mamlakatimizda 2017 yil 3-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bu illatga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab bergan bo‘lsa, yaqinda matbuotda e’lon qilingan mazkur Farmon keng jamoatchilik, yoshlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlari ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda ushbu illatga qarshi kurashda, har bir sohada korrupsiyaning oldini olishda faollikka chaqiradi. Xususan, Farmonga asosan, 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda Davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqish belgilab berildi.
Ushbu Farmonning e’tiborga molik jihatlaridan biri bu — davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati yuzasidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilganligidir.
Mazkur Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qor­g‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarining tashkil etilishi belgilab berildi. Ushbu komissiyalar endilikda joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganib, mavjud muammolar yechimiga e’tibor qaratadilar. Shuningdek, ular joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish funksiyalarini amalga oshiradilar. Bu bilan hududlarda, quyi bo‘g‘inlarda mavjud korrupsiya holatlariga chek qo‘yilishi bilan birgalikda, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari, komissiyalar va ularning tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid faoliyat yanada takomillashadi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Farmonda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘lishi belgilab berilgan.
Konstitutsiyamizning 13-moddasida inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi qat’iy belgilangan. Korrupsiya ko‘rinishlarining yuzaga kelishi esa fuqarolar huquqlarining amalga oshirilishida to‘siq bo‘luvchi faktorlardan biri hisoblanadi.
Mazkur hujjatning qabul qilinishi jamiyatda korrupsiya oqibatida tug‘iladigan muammo va tahdidlarga, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida, demokratiya, inson huquqlari, hokimiyatga ishonch, davlat boshqaruvi, tenglik va ijtimoiy adolat prinsiplariga, iqtisodiyotda sog‘lom raqobatga jiddiy xavf solishi va iqtisodiy o‘sishga jiddiy to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga to‘g‘ri baho berilganini tasdiqlab, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yanada mustahkamlaydi.
Farmonda 2019 yil 1 sentyabrga qadar huquqni muhofaza qilish organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu faoliyat­ni tashkil etish va mazkur yo‘nalishdagi funksiyalarni optimallashtirishda yagona yondashuvlarni joriy etish orqali tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish belgilab berilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan, kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Mazkur Farmon bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining qabul qilinishi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mas’uliyatli vazifalari yanada aniqlashtirildi. Davlat dasturida 4 ta yo‘nalish alohida belgilab berilgan. Unda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarini bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash kabi masalalarga asosiy e’tibor qaratilgan.
Davlat dasturining amaliyotga tatbiq etilishi fuqarolar, jumladan, tadbirkorlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi keng ko‘lamli islohotlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Dasturda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek, xalqaro hamkorlik asosida mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiya­ga qarshi kurash har kuni, har lahzada har bir fuqaro tomonidan amalga oshirilishi kerak. Insonlarning ushbu illatga qarshi qat’iy fuqarolik pozitsiyasi shakllanishi, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik va toqatsizlikning paydo bo‘lishi, korrupsiya holatlarini oqlash va izohlash emas, qoralash va qabul qilmaslik birinchi o‘ringa chiqishi kerak. Korrupsiya onglarni o‘zgartirmay turib, ongli yondashuv bilan fuqarolarning o‘zi ahvolni o‘zgartirishi, korrupsiyasiz jamiyat qurishda har kim o‘z roli va vazifalarini anglab, mas’uliyatni his etishi lozim.
Mazkur farmon ana shu vazifalarni amalga oshirishda hamda kor­rupsiya­ga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosatini, uning asosiy yo‘nalishlarini, oldini olish choralarini, unga qarshi kurashish dasturlarini, davlat mansabdor shaxslari va xizmatchilariga qo‘yiladigan asosiy talablarni, korrutsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi maxsus organlarni va ularning vakolatlarini, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab berishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish