O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish



Download 58,09 Kb.
bet5/6
Sana03.04.2022
Hajmi58,09 Kb.
#525785
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi ìàktabgach

2.2Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har
tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiyashakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Bolalar haqida gapirganda albatta, 2017 yil 7 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbirda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlarni ta’kidlash maqsadga muvofiq bo'ladi: ,,Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo'g’in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko'pgina muammolar yig’ilib qolganini ochiq aytish lozim. Bog’cha tarbiyasini ko'rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo'lishini bugun kimgadir isbotlab o'tirishning, o'ylaymanki, hech qanday hojati yo'q’’.Bu holatlarning barchasini hisobga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik zimmasiga ma’muriy islohotlar doirasida belgilangan ustuvor yo'nalishlardan kelib chiqib, bir qator muhim vazifalar yuklandi. Bu borada qabul qilingan dasturga muvofiq yaqin 3-4 yil mobaynida yurtimizdagi barcha hududlarda, bu katta shaharlar bo'ladimi yoki olis qishloq va ovullar bo'ladimi, minglab yangi bog’chalarni qurishimiz zarur. Ularni zamonaviy talablar asosida jihozlab, malakali tarbiyachi va mutaxassislar, yangi metodika bilan ta’minlashimiz kerak.
Mamlakatimizda yosh avlodni sog’lom, bilimli va zukko qilib tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga katta e’tibor qaratilyapti. Xususan, 2017 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida»gi farmoni hamda «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g’risida»gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Ayni kunda yangi vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalar qamrovini keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli ishlarni amalga oshirishga kirishdi.
Hozir har bir hudud bo'yicha 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni xatlovdan o'tkazib, ularni yoshiga qarab guruhlarga ajratish, 5-6 yoshli bolalarni MTMdagi qisqa muddatli guruhlarga jalb tarbiyachilarning bilim salohiyatini tahlil qilish va o'rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilarni oliy o'quv yurtlari qoshidagi sirtqi bo'limlarda o'qishga jalb etish, tarbiyachilar malakasini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Aytish joizki, maktabgacha ta’lim muassasalarida malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, sanitariya me’yorlari va gigiena qoidalariga to'la javob beradigan sog’lom ovqatlanish tartibini yo'lga qo'yish tizimdagi eng asosiy vazifalardan biridir.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o'tishi ko'pincha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o'zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xolos bo'lishga yordam beradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.Yuqoridagi bola rivojlanishiga qo’yilgan talablar Davlat talablarida aks etgan. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18-iyundagi 1- sonli buyrug’iga asosan “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari” ishlab chiqilib, ushbu Davlat talablarida bolaning quyidagi rivojlanish sohalari belgilangan:

  • Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;

  • Ijtimoiy - hissiy rivojlanish;

  • Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari;

  • Bilish jarayonini rivojlanishi;

  • Ijodiy rivojlanish.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi "Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to'g’risida"gi 528-sonli qarori asosida “Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida Nizom”, “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida Nizom”, “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida Nizom”, “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog’lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom”lar qabul qilindi.
Unga ko'ra, MTM maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

  • bolalarni ta’lim va tarbiya orqali maktabga sifatli tayyorlash;

  • bolalarni maktabgacha ta’limga jalb qilish.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar qabul qilinadi (avval bu ko'rsatkich 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruhsat berilgan).
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.Shuningdek, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi 2018 yil 7 iyul 4-sonli Hay’at Qarori bilan tasdiqlandi. 2018 yilning sentabr oyidan ushbu Davlat dasturi Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalariga tatbiq qilindi. Davlat dastur talablarini o'zida jamlagan hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi Bu dasturda barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya'ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o'zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni tashkil qiladi. Dastur asosida bilim olish jarayonini o'yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo'nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog'lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o'zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi.Bugun maktabgacha ta’lim sohasi davlat e’tiboridagi birinchi masalalar qatorida desak mubolag’a bo'lmaydi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir belgilab berilgan beshta yo’nalishdagi ustuvor vazifalarning to’rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilganligi hammamizga ma’lum. Bu yo’nalishda aholi farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham ustuvor vazifalar etib belgilangan.
Ta'lim sohasining birinchi pog’onasi hisoblanmish maktabgacha ta'lim sohasida ham katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta'lim muassasasalari faoliyatini me’yorlashtiruvchi,«O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to’g’risida Nizom”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” Davlat dasturi kabi muhim hujjatlarining qabul qilinishi tarixiy voqea bo’ldi. Sohaga e'tibor kuchaydi, dasturlarda ijobiy o'zgarishlar boshlandi. Lekin ma'lum bo'lishicha, yillar davomida bu tizim rivojlanishi ortda qolgan. Bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, fizio-psixologik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish bo'yicha ta'lim dasturlari joriy etilmadi. Natijada bog'chalar “ota-ona ishda bo'lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasa”ga aylanib qolgan.Bugungi bog'cha yoshidagi bolalarning ziyrakligi, axborot texnologiyalarini o'zlashtirib olayotgani maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya dasturlarini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni talab etmoqda.Mamlakatimiz rahbari qaroriga ko ra 2017-2021 yillarga mo'jallangan keng ko'lamli kompleks tadbirlardan iborat dastur zamirida ham bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tadbiq etish, bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitni yaratish maqsadi mujassamdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida 2017- yil 19-dekabr kuni o’tkazilgan majlisda belgilangan vazifa topshiriqlardan kelib chiqib, Haftaning Juma kuni "Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish kuni"deb belgilangan holda, shu kuni tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo’limlarining hisobotlarini eshitib borish yo’lga qo'yildi. Bu esa soha xodimlarini ishga mas’uliyat bilan yondashishlariga yana bir turtki bo’ldi.
O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnalini ta’sis etdi. O'zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonlarida ingliz va rus tillarini, ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonida ingliz va o'zbek tillarini o'rganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlanishini rejalashtirdi.
“O'zstandart” agentligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida o'quv -tarbiya jarayonini tashkil etish va zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun ta’limga qo'yiladigan davlat talablari asosida o'yinlar, o'yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlarini ishlab chiqib, tasdiqlanishini savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bolalar o'yinlari va o'yinchoqlari bo'yicha davlat buyurtmasini milliy ishlab chiqaruvchilar orasida taqsimlash bo'yicha 2018-2023-yillarga mo'ljallangan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi.OTMlarida ham Maktabgacha ta’lim yo’nalishi kvotlari o’sdi, abituriyentlarning sitrqi, maxsus sirtqi bo’limlarda o’qish imkoniyati ochildi. Bo’lajak kadrlarning malakali bo’lishlariga e’tibor kuchaytirilgan.
Maktabgacha ta’lim tizimiga berilayotgan bunday e’tibor, har bir viloyat va tumanlarda, chekka qishloqlarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining qurilayotgani va bolalar qamrab olinayotgani bugunning dolzarb masalasiga aylangan. Demak, Respublikamizdagi Oliy o’quv muassasalari kabi maktabgacha ta'lim muassasalarida ham moddiy - texnika bazasini rivojlantirish va undan ta'lim - tarbiya samaradorligini oshirishda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Hali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkoniyatlarini talab etmoqda. Mavjud imkoniyatlardan foydalanish pedagoglarning bilim va mahorat darajasiga bog’liqdir. Albatta, uzkuksiz ta'lim tizimida bu vazifalarni bajarish hammadan ma' suliyat talab etmoqda.Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo'g'inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog'lom va bilimli, yetuk kadrlar bo'lib voyaga yetishida bog'cha tarbiyasi juda - muhim o'rin tutadi.
Davlatimiz tomonidan bu tizimga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig'ilishlar o'tkazilib, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar qo'yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5198-sonli farmoni hamda “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-3305-sonli qarori bayon etilgan.
Shu o'rinda maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni intellektual, jismoniy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida turli to'garaklar, ma’naviyat va ekologiya xonalari, kichik muzey, kutubxonalar tashkil etish borasidagi an’analarni izchil davom ettirish maqsadga muvofiq. Chunki kitobga, san’atga, ilmga, umuman, kelajakda muayyan kasbni egallashga bo'lgan qiziqish bolalarda ayni shu davrda shakllanadi.
Muxtasar aytganda, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta’minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otadi, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo'lib shakllanishida muhim o'rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim uyg'un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan muassasadir. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko'rsatishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo hali sohada yechimini kutayotgan qator kamchiliklar bor. Jumladan, joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida moddiy-texnik bazaning nochorligi, malakali kadrlar yetishmasligi, sifatli oziq-ovqat ta’minotining pastligi kabilar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to'liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti.
Aytish kerakki, bu o'ta muhim va dolzarb vazifalarni tez va sifatli bajarish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning doimiy e’tiborida bo'lmoqda. 2017 yil 9 sentyabr kuni qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3261-sonli qarori ushbu fikrimizning amaliy ifodasidir.
Qarorda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o'quv jarayonini takomillashtirish, MTMlar infratuzilmasi va moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Maktabgachata’limtiziminiyanadatakomillashtirish, bolalarningsifatlimaktabgachata’limdantengfoydalanishinita’minlash, maktabgachata’limxizmatlariningnodavlatsektorinirivojlantirishmaqsadida, shuningdek, O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgachata’limtiziminiboshqarishnitakomillashtirishchora-tadbirlarito‘g‘risida”giqaroriqabulqilindi.UshbuqarordaO‘zbekistonRespublikasimaktabgachata’limtizimini 2030-yilgacharivojlantirishkonsepsiyasiishlab chiqildi.
Maktabgachata’limsohasidaginormativ-huquqiybazaniyanadatakomillashtirish, maktabgachayoshdagibolalarninghartomonlamaintellektual, axloqiy, estetikvajismoniyrivojlanishiuchunshart-sharoitlaryaratish, bolalarningsifatlimaktabgachata’limbilanqamrovinioshirish, undantengfoydalanishimkoniyatlarinita’minlashko’zdatutildi.O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekistonRespublikasiXalqta’limitizimini 2030-yilgacharivojlantirishkonsepsiyasinitasdiqlashto‘g‘risida”gifarmonigamuvofiqO‘zbekistondainklyuzivta’limnirivojlantirish, alohidata’limehtiyojlaribo‘lganbolalargata’lim-tarbiyaberishtiziminitakomillashtirishhamdaulargako‘rsatiladiganta’limxizmatlarisifatiniyaxshilashmaqsadida 2020 — 2025-yillardaxalqta’limitizimidainklyuzivta’limnirivojlantirishkonsepsiyasiishlabchiqildi.2020 — 2025-yillardaxalqta’limitizimidainklyuzivta’limnirivojlantirishkonsepsiyasini 2020-2021-yillardaamalgaoshirishbo‘yicha “yo‘lxaritasi” ishlabchiqildi. Alohidata’limehtiyojlaribo‘lganbolalarta’limini 2025-yilgacharivojlantirishningmaqsadliko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.
Konsepsiyaerishilgannatijalar, maqsadliko‘rsatkichlarvategishlidavrgamo‘ljallanganasosiyyo‘nalishlardankelibchiqqanholda 2022-yildanboshlabharyilitasdiqlanadiganalohida “Yo‘lxaritasi” asosidabosqichma-bosqichamalgaoshirilishibelgilandi.Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish, jumladan:
2020 — 2022-yillar davomida:
-inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtirish;
-inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta va malakasi oshirish;
-inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich vaoshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanishi;
-inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etish;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantirish;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish;
inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilish;
2023 — 2025-yillar davomida:
inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish;
inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish;
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘rish;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari soni optimallashtirish belgilab qo’yildi.
Maktabgachata’limmuassasasibelgilangandavlatnormativlarigavamaktabgachata’limmuassasasigaqo‘yiladigantalablargamuvofiqbolalarnitarbiyalashni, o‘qitishni, ulargaqarabturishvaularniparvarishqilishnihamdasog‘lomlashtirishnita’minlaydi. Maktabgachata’limmuassasasidata’limmazmuniO‘zbekistonRespublikasiXalqta’limivazirligitomonidantasdiqlanganyokitavsiyaqilingandasturlarbilanbelgilanadi.Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir.Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo‘lishi maktabgacha ta’lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi.Yangi davlat talablari:
-davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
-nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
-qisqa muddatli guruhlar;
-7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Quyidagilar Davlat talablarining vazifalari hisoblanadi:
-bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;
-bolalarda o‘qishga qiziqishni hamda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; -bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; -shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;
-bolalarni xalqimizning an’analari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
-bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish;
-bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish;
-bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;
-bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish. Davlat talablari asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha har bir yosh guruhi uchun indikatorlar to‘plamini namoyon etadi:
-jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish (yirik va mayda motorika, sensomotorikani rivojlantirish, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish );
-ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish(ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish, bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi,bolada mehnat tarbiyasini, xavfsizlik asoslarini shakllantirish);
-nutq, savod, o‘qish va chet tillarining o‘rgatilishiga tayyorlash;
-bilish jarayonini rivojlantirish(dunyo haqida bilim va tushuncha berish, elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish);
-badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish (badiiy estetik, musiqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish).
O’zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasisda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 20 ga yaqin uchrashuvlar o’tkazilib tajriba almashinuvi O’zbekiston eksperimental tarzda bolalar bog’chalarni ochish birgalikda kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar olib borishmkoniyatlarini o’rganib chiqish bo’yicha kelishuvlaga erishildi.Koreyaning ta’lim tizimiga kadrlar tayoorlashga ixtisoslashgan va tasarrufida maktabgacha ta’lim muassalari bo’lgan oliy ta’lim muassalari bilan hamkorliklarini rivojlantirish maqsadida Sanmyong Universteti , (sangmyung University) bilan Hadli kelishuvlar imzolanadi. Shuningdek Chonnam Milliy Universteti ( Chonnam National Universtiy) bilan hamkorlik memorandumlari imzoladi.
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar,
ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik
tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega
bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda
bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar
aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi,
o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus
yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog’lom bolalar qatoriga qo’shib sifatli ta’lim olishini ta’minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psihik nuqsonlari bo’lgan bolalar va rivojlanishid anuqsonlari bo’lmagan bolalarning bir tashkilotdabirgalikda o’qishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’lish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quydagicha bo’lishi mumkin:
Bolalar qisqa vaqt bo’adigan guruhlar (kuniga 3-4 soat)
To’liq kunli guruhlar ( kuniga 9.10,5 va 12 soat)
Bolalar kechayu kunduz bo’ladigan guruhlar
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi.Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lgan tarbiyalanuvchilar mazkur o‘quv yilining so‘nggiga qadar tashkilotda qoladi.Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi va chiqariladi.
Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili o‘rtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda bo‘ladi.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bolani qonuniy vakillarining roziligi bilan zarurat bo‘lganda yil davomida Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yoxud maslahat olish uchun zarur ixtisoslikdagi mutaxassislarga yuborilishi mumkin.
Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan, shu jumladan nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun defektolog shtat birligi kiritiladi.
Mashg‘ulotlar maxsus pedagogika sohasida oliy ma’lumotga yoki pedagogika bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan va maxsus pedagogika sohasida kasbiy qayta tayyorlovdan o‘tgan defektolog tomonidan o‘tkaziladi.
Defektolog bilan mashg‘ulotlarga maktabgacha ta’lim tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi:
3 — 7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar;
5 — 7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy, murakkab) bo‘lgan tarbiyalanuvchilar.
Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida defektolog bilan mashg‘ulotlarga jalb qilinadi.
Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasi logopedining korreksion-pedagogik ishlarni o‘tkazish tavsiya qilinayotgan muddat belgilangan holda, ushbu davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi asosida defektolog bilan bo‘lgan mashg‘ulotlariga jalb qilinadi. Defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkaziladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar orasida nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar aniqlanganda, maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi logopedining ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi.Nutqida nuqsonlari tasdiqlanganda logopedning davolash-profilaktika muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatishdir.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv ta’lim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish.Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida belgilangan muddatgacha o‘tkaziladi. Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy o‘tkazilganidan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan tekshiriladi. Agar tarbiyalanuvchida nutqida nuqsonlari bo‘lsa, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchiga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini davom ettirish tavsiya etilganligi to‘g‘risidagi logopedning xulosasi beriladi.Xulosada ko‘rsatilgan muddat tugashigacha nuqsonlar bartaraf etilsa, defektolog tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar to‘xtatiladi.Defektolog faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va uni nazorat qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi. Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin.Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlar yosh prinsipi bo‘yicha to‘ldiriladi.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda — ko‘pi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.


XULOSA
Inklyuziv ta‟lim nogironlarning ijtimoiy tengdoshlari bilan bir qatorda ta‟lim
olishini ta‟minlaydi, (agarda ularning rivojlanishida jiddiy sabablar bo‟lmasa)
muntazam maktablarga qabul qilishini nazarda tutadi. O‟ta murakkab nuqsonli
bolalar ayrim hollarda maxsus maktablar va maxsus reabilitasiya markazlari yoki
muntazam maktablar qoshidagi maxsus sinflarda korreksion dasturlar yordamida
lim oladilar. Ushbu maktablarda ta‟lim ta‟minoti albatta bolaning zaruriyatni
tiborga olgan holda amalga oshirish ko‟zda tutiladi.Bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri,ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan bog’liqdir.O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng,barcha soxalarda bo’lgani kabi,bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida ham chuqur islohatlar va o’zgarishlar sodir bo’ldi.
O’zbekiston huquqiy davlat sifatida rivojlanishi jarayonida Prezidentimizning xar bir fuqaroning manfatinihimoyalashda uning jinsi,irqi,millati,yoshidan qat’iy nazar qonun ustivorligini taminlashni asosiy omil sifatida belgilaganlar.
Bugun yurtimizdagi har bir bolaga davlatimizning barcha huquqlaridan to’liq foydalanadigan fuqarosi sifatida qaralishini takidlab o’tishimiz lozim.
Inklyuziv ta’lim bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar bilan ko’pchilik bolalar uchun amalga oshiruvchi ta’lim tadbirlariga jalb etishdir.Shundagina imkoniyati cheklangan bolalar jamiyat hayotida faol ishtirok etishga erisha oladilar.Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim borasida,balki bolalarning ma’naviy va jismoniy o’sishlari,shuningdek vositalarni iqtisod qilish borasida ham samaralidir.Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog’lom bolalar qatoriga qo’shib sifatli ta’limolishini ta’minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir.

Download 58,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish